BBA | Sirdaryo viloyati
Kanalga Telegram’da o‘tish
Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining telegramdagi kanaliga xush kelibsiz! Admin bilan bog'lanish: @bba_jamshid
Ko'proq ko'rsatish3 723
Obunachilar
+924 soatlar
-337 kun
-30430 kun
Postlar arxiv
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari transport-logistika loyihalarini o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshirishni topshirdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasida ilmiy yondashuvga e’tibor yanada kuchayadi. Prezidentimiz Andijon viloyatiga tashrifi davomida qiymati 9,4 milliard dollarlik loyihalar faoliyatiga va qurilishiga start berdi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı transport-logistika joybarların ózara úylesimli túrde ámelge asırıwdı tapsırdı. “Jasıl mákan” ulıwmamilliy joybarında ilimiy jantasıwǵa itibar jáne de kúsheyedi. Prezidentimiz Ándijan wálayatına saparı dawamında qunı 9,4 milliard dollarlıq joybarlardıń iskerligine hám qurılısına start berdi.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства поручил обеспечить взаимосвязанную реализацию проектов в транспортно-логистической сфере. В общенациональном проекте «Яшил макон» усилится внимание к научному подходу. В ходе поездки в Андижанскую область Президент Шавкат Мирзиёев дал старт работе и строительству проектов на 9,4 миллиарда долларов.
—
Weekly review of the most important events: The Head of state instructed to ensure the coordinated implementation of projects in the transport and logistics sector. The nationwide project “Yashil Makon” will place greater emphasis on a scientific approach. During his visit to Andijan region, President Shavkat Mirziyoyev launched the implementation and construction of projects worth $9.4 billion.
Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам сборной команды Узбекистана по шахматам
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
⚡️ Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining minbaridagi Saida Mirziyoyevaning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo'ldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor."https://t.me/Rasmiy_axborot_official
+9
#Live_Milliy_sertifikat
Ayni damda Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida kimyo fanidan milliy sertifikat bo'yicha test sinovi bo'lib o'tmoqda.Test jarayonlarida 800 nafarga yaqin talabgorlar ishtirok etib, o‘z bilim, salohiyat va tayyorgarlik darajalarini sinovdan o‘tkazishmoqda va test sinovlari ochiqlik, shaffoflik hamda xolislik tamoyillari asosida o'tkazish uchun 80 nafarga yaqin guruh nazoratchilari ajratilib, kerakli barcha sharoitlar yaratilgan. Test topshiriqlarini bajarish hamda javoblar varaqalarini to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish uchun talabgorlarga 3 soat vaqt ajratilgan. Mazkur vaqt davomida ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini maksimal darajada namoyon etish imkoniyatiga ega. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
+9
#Live_Milliy_sertifikat
Ayni damda Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida kimyo fanidan milliy sertifikat bo'yicha test sinovi boshlanish arafasida.Mazkur jarayonda 800 nafarga yaqin talabgorlar ishtirok etib, o‘z bilim, salohiyat va tayyorgarlik darajalarini sinovdan o‘tkazishi rejalashtirilgan. Test sinovlari ochiqlik, shaffoflik hamda xolislik tamoyillari asosida o'tkazish uchun 80 nafarga yaqin guruh nazoratchilari ajratilib, kerakli barcha sharoitlar yaratilgan. Talabgorlarga test topshiriqlarini bajarish hamda javoblar varaqalarini to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish uchun 3 soat vaqt ajratilgan. Ushbu vaqt davomida ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini maksimal darajada namoyon etish imkoniyatiga ega. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Repost from FM 90,6 Sirdaryo Yoshlari Radiosi
Fm.90.6 Sirdaryo yoshlari radiosi...
#Hamroh_loyihasi
Endilikda,umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlari, ya’ni limit belgilandi.Xo'sh bu abituriyentlar uchun qulaylik tug'diradimi yoki muammo? "Oqshom mehmoni" eshittirishida Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamarajabov tomonidan ushbu savollar shuningdek, amaliyotga tadbiq etilgan ushbu tartib, uning afzalliklari va ko'zlangan maqsad yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.
#BmB
📱 https://t.me/sirdaryoyoshlariradiosi
📱 https://www.instagram.com/sirdaryo_yoshlariradiosi?igsh=MXNnZjBvZTNuZzlqZQ%3D%3D&utm_source=qr
Repost from FM 90,6 Sirdaryo Yoshlari Radiosi
Fm.90.6 Sirdaryo yoshlari radiosi...
#Hamroh_loyihasi
Endilikda,umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlari, ya’ni limit belgilandi.Xo'sh bu abituriyentlar uchun qulaylik tug'diradimi yoki muammo? "Oqshom mehmoni" eshittirishida Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamarajabov tomonidan ushbu savollar shuningdek, amaliyotga tadbiq etilgan ushbu tartib, uning afzalliklari va ko'zlangan maqsad yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.
📱 https://t.me/sirdaryoyoshlariradiosi
📱 https://www.instagram.com/sirdaryo_yoshlariradiosi?igsh=MXNnZjBvZTNuZzlqZQ%3D%3D&utm_source=qr
Repost from Bilimni baholash agentligi
+6
Prezidentimizning qadami qutlug‘, e’tibori cheksiz!
Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19–20-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan edi.
Ko‘pchilikda ushbu tashrif davomida Prezidentning turli soha rivoji bilan tanishgani, sarmoya ko’lamini kengaytirish tashabbusi, imkoniyatlar va boshqa muhim voqeliklar bilan yodda qolgan.
Lekin yana bir shunday samimiy voqea bo‘lib o‘tgandiki, uni hammayam eslay olmasa kerak. Yurtboshimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi e’tiborni tortgan edi.
Prezident o‘shanda bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan ekan.
Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.
Adolat, xalqparvarlik bor joyda mehr-muruvvatning adog‘i bo‘lmaydi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+4
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari sertifikat imtihonlarini topshirdilar📆 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni 🎵 musiqa madaniyati fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi. ⛳ Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 💼 Talabgorlar test sinovlarini “Onlayn test” axborot tizimi orqali topshirdilar va test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👥 Jarayonda 260 nafardan ziyod musiqa madaniyati o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi. 🗓️ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
+3
YOSH AVLOD — O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA KAPITALIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHga safari davomida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekistonda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoit va keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.Albatta, chunki davlatning haqiqiy boyligi faqat tabiiy yoki moddiy resurslar bilan emas, balki bilimli, sog‘lom, xavfsiz muhitda ulg‘ayayotgan va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lgan insonlar bilan belgilanadi. Uchrashuvda, shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va aniq rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi. Demografik dividend – bu shunchaki aholi sonining ko‘payishi emas. Bu – insonlarning bilim, salohiyat va mehnati mamlakat taraqqiyotining yangi imkoniyatiga aylanishidir. Bugungi yosh avlodga berilgan imkoniyat – ertangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+9
#Live_Milliy_sertifikat
Ayni damda Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida biologiya fanidan milliy sertifikat bo'yicha test sinovi bo'lib o'tmoda.
Mazkur jarayonda 900 nafarga yaqin talabgorlar ishtirok etib, o‘z bilim, salohiyat va tayyorgarlik darajalarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Test sinovlari ochiqlik, shaffoflik hamda xolislik tamoyillari asosida o'tkazilmoqda.
Talabgorlarga test topshiriqlarini bajarish hamda javoblar varaqalarini to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish uchun 3 soat vaqt ajratilgan. Ushbu vaqt davomida ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini maksimal darajada namoyon etish imkoniyatiga ega.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
