cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz! Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 272
Obunachilar
+624 soatlar
+57 kunlar
+4330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda 🇺🇿🇬🇧Ma'lumki, joriy yil fevral oyida Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi Angliya, Fransiya davlatlariga amaliy tashrifi davomida “Oxford University Press” tashkilotida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi Bilimni baholash agentligiga tashrif buyurdi. ✅Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari Agentlikning Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binosida bo‘lib, u yerda talabgorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. ✅Tashrifning ikkinchi kunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, “Oxford test of English” testini Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 🇺🇿🇬🇧Uchrashuv yakunida Bilimni baholash agentligi hamda “Oxford University Press” tashkiloti o‘rtasida baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi. 👉 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#foydali ❓SAVOL: my.gov.uz yoki my.uzbmb.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tib, Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun amalga oshirgan to‘lovni qaytarish uchun nima qilish kerak? ✅ JAVOB: BMBAga yozma ariza bilan murojaat qilish kerak. (Amaldagi huquqiy hujjatlarda belgilangan tartiblarga asosan) 🤔 Bu qanday amalga oshiriladi? 💡Yechim: Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan imtihonlarda qatnashish uchun amalga oshirilgan to‘lovni qaytarish yuzasidan yuqorida berilgan ariza namunasini qo‘lyozma shaklda yozish hamda ariza va tegishli hujjatlar (pasport (ID karta) nusxa, to‘lov cheki)ni Agentlikning [email protected] yoki [email protected] elektron pochta manziliga yuborish lozim. 👉 @bbasirdaryo
Hammasini ko'rsatish...
#foydali ❓SAVOL: my.gov.uz yoki my.uzbmb.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tib, Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun amalga oshirgan to‘lovni qaytarish uchun nima qilish kerak? ✅ JAVOB: BMBAga yozma ariza bilan murojaat qilish kerak. (Amaldagi huquqiy hujjatlarda belgilangan tartiblarga asosan) 🤔 Bu qanday amalga oshiriladi? 💡Yechim: Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan imtihonlarda qatnashish uchun amalga oshirilgan to‘lovni qaytarish yuzasidan yuqorida berilgan ariza namunasini qo‘lyozma shaklda yozish hamda ariza va tegishli hujjatlar (pasport (ID karta) nusxa, to‘lov cheki)ni Agentlikning [email protected] yoki [email protected] elektron pochta manziliga yuborish lozim. 👉 @bbasirdaryo
Hammasini ko'rsatish...
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi. Bunda nomzodlarning: ✅ tinglab tushunish ✅ o‘qish ✅ gapirish ✅ so‘z boyligi va grammatika ✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi. 📆 Test sinovi 18-mayda tashkil etiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 17-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. 🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m. 🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati). Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 17-may kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52 👍 Imtihonlar 18-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
#LIVE_SPEAKING ⚡️Ayni vaqtda Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi binosida Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimi tomonidan chet tilidan "gapirish" koʻnikmasini baholash imtihoni oʻtkazilmoqda. 🎙Viloyatda "gapirish" ko'nikmasini baholash bosqichi 5-iyunga qadar davom etadi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram|Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#Live_arab_tili_testi ⏰ Ayni vaqtda Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi binosida 2024-yil may oyi uchun ro'yxatdan o'tgan talabgorlarga arab tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovi boʻlib oʻtmoqda. ♻️ Test sinovida ishtirok etadigan jami 21 nafar talabgorlardan barchasi qatnashmoqda. 👉 @bbasirdaryo
Hammasini ko'rsatish...
🎙Chet tilidan gapirish koʻnikmasini baholash imtihoni boʻyicha video qoʻllanma Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram|Facebook| YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
#uzbekiston24 Tahlilnoma | Oliy ta’limdagi katta o‘zgarishlar: haftaning superyangiligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan suhbat.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Surxondaryo viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi ✅ Bilimni baholash agentligi direktori M.Karimov 10-11-may kunlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Surxondaryo viloyati bo‘limi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, shuningdek, mazkur binoda abituriyentlar bilan birgallikda ularning ota-onalari uchun ham zarur sharoitlar yaratish zarurligiga alohida to‘xtaldi. ☝️Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari uchun test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini berishi, chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi. ☝️Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi. 👉 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...