Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Edu.uz analitikasi
Edu.uz (@eduuz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 150 213 obunachidan iborat bo'lib, Taʼlim toifasida 750-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 272-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 150 213 obunachiga ega bo‘ldi.
04 Sentabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -12 903 ga, so‘nggi 24 soatda esa -323 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 15.83% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.31% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 23 786 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 16 991 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 28 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 05 Sentabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Taʼlim toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Ma'lumot yuklanmoqda...
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 05 Sentabr | 0 | |||
| 04 Sentabr | +5 | |||
| 03 Sentabr | +16 | |||
| 02 Sentabr | +198 | |||
| 01 Sentabr | +115 |
| 2 | Milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur boʻyicha oliy taʼlim tizimidagi vazifalar muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Otabek Hasanov raisligida respublika oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi, kelgusi oʻn yillikning Milliy yuksalish davri boʻlishi, shu maqsadda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dasturni amalga oshirish vazifalari muhokama qilindi.
Oliy taʼlim muassasalarida “Har bir talaba — eʼtiborda” tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash, ularning bilim va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, iqtidor va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215144
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 22 457 |
| 3 | Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yangi yondashuvlar asosida:
➖ tibbiyot oliygohlariga qabul parametrlari hududlar va tibbiyot muassasalarining real ehtiyoji hamda kadrlar yetishmovchiligi asosida shakllantiriladi. Davlat buyurtmasi yoʻnalishlar kesimida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
➖ 2027/2028 o‘quv yilidan “Davolash ishi” yo‘nalishi o‘rniga 6-yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturi joriy etish taklif qilinmoqda. Besh yillik ta’limdan so‘ng talabalar bir yil to‘liq amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi;
➖ dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyati beriladi;
➖ tor soha mutaxassislarini tayyorlash bosqichma-bosqich rezidenturaga o‘tkaziladi, magistratura esa asosan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi;
➖ rezidentlarning oilaviy poliklinikalarda bir vaqtning o‘zida ta’lim olishi va amaliyot o‘tashi yo‘lga qo‘yiladi;
➖ farmatsevtika ta’limi ishlab chiqarish bilan yanada yaqinlashtirilib, dual ta’lim kengaytiriladi va talabalarning amaliy tayyorgarligi kuchaytiriladi;
➖ barcha tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr shakllantiriladi;
➖ mutaxassislarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil baholash tizimi joriy etiladi;
➖ 2027-yildan davlat ro‘yxatidan o‘tish ixtiyoriy, 2030-yildan majburiy tartibda amalga oshirilishi taklif qilinmoqda;
➖ tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz kasbiy ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi. Oliy ma’lumotli xodimlar har yili kamida 50 kredit, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari esa 28 kredit to‘playdi;
➖ mutaxassislarga ta’lim provayderi, dastur va o‘qish shaklini mustaqil tanlash imkoniyati beriladi. Onlayn kurslar, masofaviy ta’lim, ish joyida malaka oshirish, seminar va treninglar kabi shakllardan foydalanish mumkin bo‘ladi;
➖ xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy dastur va tadbirlarda olingan kreditlarni tan olish mexanizmi joriy etiladi.
#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #taʼlim
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 24 542 |
| 4 | Samarqandda Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi boshlandi
Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan xalqaro vakillar va yosh parlamentariylar ishtirok etayotgan nufuzli anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov, shuningdek, bir qator oliy taʼlim muassasalari rektorlari ham ishtirok etdi.
Konferensiya avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbir qatnashchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva anjumanni kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarni qutladi.
Ochiq muloqot va qizg‘in muhokamalarga boy tadbirda raqamli dunyoda yoshlar huquqlari, munosib mehnat va iqtisodiy imkoniyatlar, iqlim o‘zgarishi hamda siyosiy jarayonlarda yoshlarning o‘rni va ishtiroki kabi muhim masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/215067
👉 На русском
👉 In English
#XalqaroKonferensiya
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 9 484 |
| 5 | #Qonunchilik_yangiliklari
📝 Texnikumlar bilan dual taʼlimni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlarga kredit beriladi
Bu borada “Texnikumlar bilan dual taʼlimni yo‘lga qo‘ygan hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlagan tashkilotlarga kredit ajratish tartibi to‘g‘risida” 2026-yil 20-avgustdagi 449-son Hukumat qarori qabul qilingan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 12 516 |
| 6 | #Markaz #TTJ #Qulaylik
Toshkent davlat texnika universitetida talabalarni turar joy bilan taʼminlash boʻyicha maʼlumot markazi faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilgan
Markaz orqali talabalarni turar joy bilan taʼminlash jarayonini tizimli va shaffof tashkil etish, navbat va ortiqcha sarsongarchiliklarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Markaz faoliyati bilan videolavhada tanishing.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 10 323 |
| 7 | #Ovozli_chat
2-yarim yillik sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
📣 Birozdan so‘ng Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat boshlanadi.
🎙️ Ovozli chat davomida 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlariga oid savollarga batafsil javob beriladi.
🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.
📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 11 094 |
| 8 | #Qonunchilik_yangiliklari
Universitetning ta’lim tizimi takomillashtiriladi
✔️ Qarorga ko‘ra, Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishida:
➖ Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti asosida;
➖ masofaviy ta’lim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida;
➖ kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
📖 Universitetning dual ta’lim tizimida har bir kursant va tinglovchiga o‘qishni boshlashidan uni tamomlanguncha bir nafardan tajribali amaliyotchi-mutaxassisni mentor-tyutor sifatida biriktirish tartibi joriy etiladi.
📜 Har yili oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari kursantlari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi tashkil etiladi hamda g‘olib bo‘lganlarga xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
⏳ Universitet ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari va kelgusidagi strategiyasi bitiruvchilarning 5 yil davomidagi kasbiy o‘sishi hamda xizmat samaradorligi monitoringi natijasi orqali belgilanadi.
📄 Universitet tomonidan byudjet, byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda grantlar hisobidan har yili professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va magistrlarning kamida 30 nafarini hamkor xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish uchun yuborish amaliyoti joriy etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 9 270 |
| 9 | #Qonunchilik_yangiliklari
❗️ Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Bu haqda Prezidentning “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 26-avgustdagi PQ–302-son qarori qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash faoliyati (jamoat xavfsizligini ta’minlash) yo‘nalishlarida kadrlarni tayyorlash maqsadida:
🔹 Universitetning yillik qabul kvotalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga 600 nafar kursantgacha, masofaviy ta’lim shakliga 300 nafar tinglovchigacha oshirilib, ularning 3/4 qismi Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi kadrlarni tayyorlashga ajratiladi;
🔹 Universitet tomonidan Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun kadrlar tayyorlashda qabul kvotalari va mutaxassislik (yo‘nalish)lar taqsimoti ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqib, Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departamenti bilan kelishilgan holda belgilanadi;
🔹 Universitetda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi uchun yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash:
➖ bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida “Yurisprudensiya (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati” va “Qo‘riqlash faoliyati”)” yo‘nalishlari, masofaviy ta’lim shaklida esa “Yurisprudensiya (“Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash”)” yo‘nalishi bo‘yicha;
➖ ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun magistraturada o‘qitish “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 15 939 |
| 10 | Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
Bu yerda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 11 226 |
| 11 | Vazir Qoʻngʻirot tumanidagi maktablarda yoshlar bilan uchrashdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qoʻngʻirot tumaniga tashrifi doirasida qator taʼlim muassasalarida boʻlib, ustozlar va yoshlar bilan uchrashdi.
Vazir oʻzi tahsil olgan 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularni ilm olishga, kitob mutolaasiga oshno boʻlishga, zamonaviy kasb va koʻnikmalarni egallashga hamda katta maqsadlar sari dadil intilishga chorladi.
Shuningdek, tashrif doirasida Q. Sharipov Qoʻngʻirot tumanidagi ilk xususiy maktab — 500 nafar oʻquvchiga moʻljallangan “Utegenov School”ning tantanali ochilish marosimida qatnashdi.
Tadbir davomida taʼlim sifatini oshirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda maktab — oila — jamoatchilik hamkorligining muhim oʻrni alohida qayd etildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/214823
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 12 298 |
| 12 | #SavolJavob
🎓Ta’lim krediti: foiz, kafillik va ariza topshirish tartibi
❓ Ta’lim kreditining foiz stavkasi qancha?
❓ Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarsa, kredit foizi ham o‘zgaradimi?
❓ Ta’lim krediti qachondan qaytariladi?
❓ Kafillik talab etiladimi?
❓ Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar kerak?
❓ Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
❓ Ta’lim krediti uchun qayerdan ariza berish mumkin?
🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring.
Javobni matnli o‘qish: https://gov.uz/oz/edu/news/view/214742
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 61 907 |
| 13 | #dayjest
Payshanba – “Yoshlar kuni”da oliy ta’lim tashkilotlarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda
“Dolzarb 90 kun” dasturi hamda payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy, intellektual hamda ijodiy tadbirlar tashkil etildi.
• Urganch davlat pedagogika instituti
• Buxoro davlat universiteti
• Andijon qishlo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Guliston davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Andijon davlat universiteti
• Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
• Andijon davlat chet tillari instituti
• Andijon davlat texnika instituti
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
• Guliston davlat universiteti
• Urganch innovatsion universiteti
• Guliston davlat pedagogika instituti
• Xalqaro innovatsion universiteti
• Guliston davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat chet tillari instituti
• Andijon davlat texnika instituti
• Qo‘qon davlat universiteti
• O‘zbekiston davlat milliy estrada san’ati instituti
• Buxoro davlat universiteti
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
• Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Guliston davlat universiteti
• Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Termiz davlat pedagogika instituti
• Samarqand davlat pedagogika instituti
• Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 14 952 |
| 14 | E'LON!
🇺🇿 🇲🇾 Qo‘shma ta’lim dasturi asosidagi o‘qishga hujjatlar qabul davom etmoqda
🎓Bank-moliya akademiyasi Malayziyaning Utara universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi asosidagi o‘qishga taklif etadi.
📚Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistr bosqichini tasdiqlovchi diplomlar beriladi:
🇺🇿 MBA – Master of Business Administration (BMA);
🇲🇾 MBM — Master in Business Management (UUM).
Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha UUM tomonidan belgilangan quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
- TOEFL 60;
- IELTS 6.0;
- MUET 4.0 (Malayziya);
- Cambridge English Advanced (CAE) minimal ball 169;
- Pearson Test of English Academic (PTE Academic) minimal ball 50;
- Bakalavr darajasini ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom).
Qabul: suhbat asosida
🎓 Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga admission.bfa.uz sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.
O‘qish muddati: 2 yil.
To‘lov-kontrakt: 1 yil uchun 44 mln so‘m.
Batafsil ushbu havola orqali tanishing.
📅 Hujjatlar 2026-yil 6-iyuldan 12-sentyabrgacha (shu kuni ham) admission.bfa.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Murojaat uchun: +998 55 515-54-23
👉 In English
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in | 10 364 |
| 15 | #Olimlar_minbari
#23-30.08.2026
“Buyuk o‘zgarishlar davri: faxr va shukronalik” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;
“O‘zbekiston kimyo sanoati: keskin burilish va transformatsiya davri” — Sadriddin TUROBJONOV, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;
“Yangi pedagogik tafakkur ufqlari” — Gʻofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, Oʻzbekiston fan arbobi;
“Mustaqillikka ishonch uyg‘otgan yillar” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston fan arbobi;
“Hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;
“O‘ttiz besh yoshli istiqlol — Yangi O‘zbekiston qissasi” — Sherzodxon QUDRATXO‘JA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;
“Tarixiy yo‘l, burch va mas’uliyat” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“Topshiriqdan ijrogacha yoxud hududlar kesimida ta’lim va ilm-fan integratsiyasi” — Obidjon XAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;
“Takomillashayotgan agrar ta’lim: amaliy kasbiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlanmoqda” — Narzullo OBLOMURОDOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
“Кадры, идеи, технологии: университет для новой экономики” — Бахoдиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета;
“Inson kapitali — taraqqiyot kafolati” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;
“Импульс для развития индустрии гостеприимства” — Мухсинжон ХОЛМУХАМЕДОВ, исполняющий обязанности ректора Международного университета туризма и культурного наследия «Шёлковый путь»;
“O‘zaro manfaatlarga tayangan ishonch ko‘prigi” — Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Uchinchi Renessans bunyodkorlarining tarbiyalash — ham burch, ham mas’uliyatimiz” — Muxsin HOJIYEV, Guliston davlat universiteti rektori, professor;
“Tizimli islohotlar — Uchinchi Renessans poydevori” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;
“Сфера туризма — катализатор социально-экономического подъема страны” — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доцент ТГЭУ, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам;
“Стратегия «Правосудие – 2030»: курс на суд, которому доверяют” — Фируза МУХИТДИНОВА, профессор Университета мировой экономики и дипломатии;
“Профессия как стартовая точка” — Аслбек ЭРГАШЕВ, преподаватель кафедры Чирчикского государственного педагогического университета;
“Вклад в обеспечение продовольственной безопасности” — Диляйра РИЗАЕВА, преподаватель Ташкентского государственного аграрного университета;
“Путь экономических преобразований” — Мавлюда АБДУЛЛАЕВА, профессор Университета общественной безопасности Республики Узбекистан;
“Растут урожаи и экспортные поставки” — Раъно АБДУМАЖИТОВА, старший преподаватель Ташкентского государственного аграрного университета;
“Приватизация как фактор экономического роста” — Тургун ЗИЯЕВ, почетный доктор ТГЭУ.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 28 373 |
| 16 | 🇺🇿🇯🇵 Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya markazi tashkil etildi
Markazning tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Hirata, Yaponiya elchixonasi maslahatchisi Kuria Tsutaki, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mamoru Sakai, JICA loyiha ishlab chiqish bo‘yicha konsultanti Naomi Abe, O‘zbekiston–Yaponiya Markazi hamdirektorlari Hiroo Iwazaki va Alisher Paygamov, markaz koordinatori va JICA vakili Heizo Nakamura, O‘zbekiston–Yaponiya Markazi milliy koordinatori Ulug‘bek Azamov, Tsukuba universiteti professori Wakana Yamaguchi, yapon tili professori Shoko Takada, O‘zbekiston–Yaponiya Markazining Buxoro shahar vakolatxonasi direktori Shaxruh Mahmudov hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Markaz faoliyati orqali yoshlarning yapon tilini o‘rganishi, Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishishi, xalqaro tajriba almashishi, ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtirok etishi, shuningdek, ta’lim va kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Batafsil: https://bstu.uz/news/61
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 11 490 |
| 17 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 8 980 |
| 18 | #Study_In_Uzbekistan
Xorijiy talabalar diqqatiga!
📝 O‘zbekistonda ta’lim olish istagidagi xorijiy fuqarolar uchun “Study in Uzbekistan” platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha yangilangan videoqo‘llanma tayyorlandi.
📹Xorijiy talabalar mazkur bosqichda hujjat topshirish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
▶️Videoqo‘llanmani YouTube orqali ko‘rish (HD formatda)
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 29 559 |
| 19 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 31 948 |
| 20 | #InnoWeek_2026
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?
Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.
🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!
Bu yerda siz:
🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.
🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
📍27–29-oktabr | CAEx
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 29 221 |
