cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz! Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 263
Obunachilar
-624 soatlar
-207 kunlar
-3130 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi 📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi. 📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi. 📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik! Savol va takliflaringizni [email protected] elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yo’llashingiz mumkin. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
1250Loading...
02
🤩🤩🤩🤩 Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari Huquqiy asosi: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarnianiqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori. 2.Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonqarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Asosiy olimpiadalarning to‘rtinchi (respublika) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi. Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi. Tegishli fandan beriladigan maksimal ball fanlar majmuasida mazkur fan mavjud bo‘lgan abituriyent tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘rinli hisoblanadi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
1970Loading...
03
🤩🤩🤩🤩 Profilaktika inspektorlari Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 30-noyabrdagi PQ-23-son qarori. Qo‘llanishi: 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno) kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanoma berilgan profilaktika (katta) inspektorlari ro‘yxati Ichki ishlar vaziri tomonidan har yili iyun oyida test imtihonlari natijalari va komissiya xulosasi bilan birgalikda, tavsiya etilayotgan oliy ta’lim muassasalari kesimida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi. O‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining qarori bilan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablag‘lari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Ichki ishlar vazirligi orqali to‘lab beriladi. Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari oliy ta’lim muassasalarining sirtqi ta’lim shakliga qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilinadi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Ichki ishlar vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
1320Loading...
04
🤩🤩🤩🤩 Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro va respublika tanlovlari,musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professionalta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarinitaqdirlash tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1-5-o‘rinlar) shaxmat va shashka turnirlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar. Bunda ularni oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi ixtisosliklari bilan tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Sportni rivojlantirish vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
670Loading...
05
🤩🤩🤩🤩 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari Huquqiy asosi: 1.Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faola’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarori. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quvyilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga, ya’ni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. Bunda respublika komissiyasi tanlov natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) eng munosib yoshlari tanlab olinadi. Tavsiyanomaga ega O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari Davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi. ✍️ @BBAXorazm
1100Loading...
06
🤩🤩🤩🤩 Prezident maktablari bitiruvchilari Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori. Qo‘llanishi: Prezident maktablari bitiruvchilari davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi. ✍️ @BBAXorazm
751Loading...
07
🤩🤩🤩🤩 “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari Huquqiy asosi: 1.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroribilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quvyilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Sog‘liqni saqlash vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
920Loading...
08
🤩🤩🤩🤩 Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori. Qo‘llanishi: Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarining bir nafardan yakka ijrochilari tegishli yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining bakalavriat bosqichiga qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. Ushbu respublika ko‘rik-tanlovlari: –Xalq cholg‘ulari ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta,dastlab 2019-yilning iyun oyida; –Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2019-yilning oktabr oyida; –Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” ko‘rik-tanlovi ikki yilda bir marta, dastlab 2020-yilning aprel oyida o‘tkaziladi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Madaniyat vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
640Loading...
09
🤩🤩🤩🤩 “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari Huquqiy asosi: 1.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroribilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quvyilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ✍️ @BBAXorazm
640Loading...
10
🤩🤩🤩🤩 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori. Qo‘llanishi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi. ✍️ @BBAXorazm
833Loading...
11
🤩🤩🤩🤩 Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari Huquqiy asosi: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarnianiqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quvyilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni egallagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. Bular: —Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO); —Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad(IPhO); —Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO); —Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO); —Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad inInformatics (IOI). Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
710Loading...
12
🤩🤩🤩🤩 “Nihol” mukofoti sohiblari Huquqiy asosi: 1.Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-son qaroribilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti to‘g‘risida” nizom. 2.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroribilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quvyilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: “Nihol” mukofoti sovrindorlari Madaniyat vazirligining taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno). Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Madaniyat vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
650Loading...
13
🤩🤩🤩🤩 “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori. Qo‘llanishi: “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rinlar) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shu jumladan Prezident ta’lim muassasalari o‘quvchilari belgilangan tartibda – o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalariga, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari – oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga, oliy ta’lim muassasalari talabalari – ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
870Loading...
14
🤩🤩🤩🤩 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori. Qo‘llanishi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Prezident ta’lim muassasalari agentligi.
200Loading...
15
🤩🤩🤩🤩 Bojxona organlari xodimlarining farzandlari Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagiPQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Davlat bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Shuningdek, DBQ raisi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan farzandlariga – qolgan o‘quv davri to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining to‘liq hajmini, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan farzandlariga – to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdorining ellik foizi miqdorini Davlat bojxona qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berish huquqiga ega. Mas’ul vakolatli davlat organi: Davlat bojxona qo‘mitasi. ✍️ @BBAXorazm
710Loading...
16
🤩🤩🤩🤩 “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. Bunda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga qo‘shimcha davlat grantlari asosida qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi. ✍️ @BBAXorazm
600Loading...
17
🤩🤩🤩🤩 Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari Huquqiy asosi: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagiDavlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni. 2.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroribilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quvyilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori. Qo‘llanishi: Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa magistraturaga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha sinovlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi. ✍️ @BBAXorazm
640Loading...
18
🤩🤩🤩🤩 Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari Huquqiy asosi: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro va respublika tanlovlari,musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professionalta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarinitaqdirlash tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadilar. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan) jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan - akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar. Mas’ul vakolatli davlat organi: Sportni rivojlantirish vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
750Loading...
19
🤩🤩🤩🤩 Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari Huquqiy asosi: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlarorganlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori. 2.Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qaroribilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozi beriladi (tavsiyanoma asosida). Tavsiyanoma kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Ichki ishlar vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
731Loading...
20
🤩🤩🤩🤩 Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qarori. 2.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroribilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga asosan har bir harbiy qismdan bir nafardan yuqori natijalarga erishgan yosh harbiy xizmatchi qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi. ✍️ @BBAXorazm
1162Loading...
21
🤩🤩🤩🤩 Harbiy xizmatchilarning farzandlari Huquqiy asosi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qarori. 2.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qaroribilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida” nizom. Qo‘llanishi: Harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida oliy ta’lim muassasalariga kirishda belgilangan qabul ko‘rsatkichlaridan tashqari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imtiyozga ega abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etiladi. Mas’ul vakolatli davlat organi: Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, Milliy gvardiya. ✍️ @BBAXorazm
830Loading...
22
#эълон #бакалавриат Академиянинг “Тергов фаолияти” йўналиши бўйича бакалавриати қабулига дастлабки танлов натижалари https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=1964 — Результаты предварительного отбора по приему на обучение в бакалавриат Академии по направлению «Следственная деятельность» https://proacademy.uz/ru/news/view?alias=1964 📣Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг! Facebook | Instagram | Twitter | You Tube
1942Loading...
23
Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? ✅ 2024-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga va professional ta’lim muassasalariga qabul yangi tartib asosida amalga oshiriladi. 📱 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) amalga oshiriladi. 📝 Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. ▶️ Qabuldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida Kun.uz tomonidan Bilimlarni baholash agentligi mutaxassisi bilan o‘tkazilgan suhbat orqali batafsil tanishish mumkin. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILISH ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2581Loading...
24
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
2365Loading...
25
#bilasizmi? #qabul2024 ❓Test sinovi jarayonida abituriyentlarning qanday huquqi, majburiyati va javobgarligi mavjud? 👆Yuqorida rasmlarda batafsil keltirilgan ✅ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori 👉 @bbasirdaryo
2250Loading...
26
#serifikat ✔️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga sharh berildi. Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ushbu qoʻshma qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi. ❗️ Qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi. 👉 @bbasirdaryo
2391Loading...
27
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi. Bunda nomzodlarning: ✅ tinglab tushunish ✅ o‘qish ✅ gapirish ✅ so‘z boyligi va grammatika ✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi. 📆 Test sinovi 13-iyunda tashkil etiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 12-iyun ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. 🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m. 🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati). Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
1652Loading...
28
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52 👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
2183Loading...
29
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda ✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi. ❗️ Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi. 🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi) 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m 🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar: 🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma 📱 @dtmtoefl 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
1842Loading...
30
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4869/ 👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
2312Loading...
31
Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4858/ 👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
2232Loading...
32
Bakalavriatga kirish uchun tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4864/ 👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
2311Loading...
33
OTMga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro’yxati tasdiqlandi Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4875/ 👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
2553Loading...
34
Bu yil OTM va texnikumlarning imtihoni birgalikda bo'ladi 👉 https://youtu.be/FXCvm1x51sQ @bbasirdaryo
2781Loading...
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi 📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi. 📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi. 📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik!
Savol va takliflaringizni [email protected] elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yo’llashingiz mumkin. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xorazm | BBA
Photo unavailableShow in Telegram