en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

BBA | Sirdaryo viloyati

BBA | Sirdaryo viloyati

Open in Telegram

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Admin bilan bog'lanish: @bba_jamshid

Show more
4 162
Subscribers
+324 hours
-197 days
+40630 days
Posts Archive
#Yoshlar_kuni Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi Har payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yoshlar kun
+3
#Yoshlar_kuni Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi Har payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limida GulDU hamda GDPI qoshidagi akademik litseylar o‘quvchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda yoshlarga Agentlik faoliyatiga oid so'nggi yangiliklar, Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan har qanday imtihonlarda shaffoflik va adolatni ta'minlash, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va bu borada har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekanligi tushuntirildi. Shuningdek, IT va sun’iy intellektni rivojlantirish, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi yangi tashabbuslar haqida media kontent ishlab chiqish va raqamli industriya kasblariga jalb etishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini tarqatish bo'yicha batafsil tushunchalar berildi. Bizning rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

#Prezident_tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyas
#Prezident_tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida (COP31) so‘zlagan nutqidan asosiy fikrlar: 📌O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Yangi taraqqiyot modelini “yashil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda; 📌O‘zbekiston YIM birligiga to‘g‘ri keladigan gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga borib, zararli chiqindilarni 50 foizga kamaytirish bo‘yicha yangi marrani belgiladi; 📌O‘n yil ichida iqtisodiyotda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beshdan bir qismga kamaydi. Sug‘oriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi; 📌O‘zbekiston kelgusi yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi va transchegaraviy havzalarni boshqarishdek mas’uliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oshirishga tayyor; 📌Yerlarni keng ko‘lamda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. O‘rmonlar maydoni olti million gektarga ko‘paytirildi, uning uchdan bir qismi Orolbo‘yi hududiga to‘g‘ri keladi; 📌Uch milliard dollardan ortiq investitsiya yo‘naltiriladigan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” joriy etildi; 📌Mamlakatning har beshinchi fuqarosi – maktab o‘quvchisi yoki talaba. Tizimli ekologik ta’lim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, O‘zbekiston aholisining to‘rtdan uch qismi tabiatni asrash bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘ladi; 📌Iqlim muammolariga hech bir davlat yolg‘iz holda yechim topa olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi xatarlarning ko‘lami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan mushtarak harakatlarni talab qiladi; 📌Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu hamkorlikni uchta asosiy yo‘nalishdan boshlash taklif qilindi; 📌Birinchisi – axborot yo‘nalishi. Jahon meteorologiya tashkiloti ko‘magida iqlim xavf-xatarlari to‘g‘risida ma’lumot almashish infratuzilmasini yaratish zarur; 📌Ikkinchisi – texnologik yo‘nalish. O‘zbekiston har yili o‘tkazadigan Markaziy Osiyoning “Eco Expo” ko‘rgazmasini mintaqaga mos zamonaviy ekologik yechimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirishni maqsad qilgan; 📌Uchinchisi – moliyaviy yo‘nalish. Taraqqiyot banklari va maqsadli jamg‘armalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uchun yangi ko‘mak vositalari – imtiyozli grantlar, shuningdek, “moviy” va “arid” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest  
XORIJIY DIPLOMLARNI TAN OLISH BO‘YICHA NAVBATDAGI TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TDI
   📆 2026-yil 29-oktyabr kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi.   📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. Bu esa talabgorlarga o‘z yashash hududlariga yaqin joyda imtihonda ishtirok etish imkonini berdi.   🧑‍💻 Sinovlar maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi. Eng muhimi, talabgorlar test yakunlangach, o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.   👥 Test sinovida 505 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 123 nafari belgilangan talabni bajardi.   ‼️ Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin:   ✅ @NostrifikatsiyaBBA_bot 🌎 https://t.me/NostrifikatsiyaBBA ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Inson qadri va aholi farovonligi yuksaltiriladi Prezidentning 2026-yil, 10-noyabrda “Inson qadri
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Inson qadri va aholi farovonligi yuksaltiriladi Prezidentning 2026-yil, 10-noyabrda “Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–242-son Farmoni qabul qilindi. ✍️ Farmonga ko‘ra, quyidagilar Milliy dasturlarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan: ✅ bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish; ✅ aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash; ✅ yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish. 🚩 Shuningdek, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish bo‘yicha quyidagilar milliy dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi: ✔️ 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish; ✔️ nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish va ularning samaradorligini baholash; ✔️ barcha umumta’lim maktablarini bosqichma-bosqich xalqaro baholash dasturlari bilan qamrab olish; ✔️ kamida 10 ta oliy ta’lim tashkilotini nufuzli xalqaro reytinglarining top-1000 talik ro‘yxatiga kiritish; ✔️ 10 mln nafar yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish va boshqalar. Batafsil ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqlim bo‘yicha global sammitda nutq so‘zladi. — Президент Шавкат Мирзиёев выступил с речью на глобальном климатическом саммите. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari
📝 2026-yil 7-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨‍💻 Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida "Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi" bo‘limidan ko‘rishlari mumkin. 📌 Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Test sinovi o'tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari (2026-yil 12-noyabr): 1. QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limii. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 10:00. •Manzil: Nukus shahri, Janabazar MFY, Nukus To'rtko'l avtomagistrali shossesi, 53/2-uy Mo‘ljal: Janubiy avtovokzal •Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F 2. XORAZM VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 11-30. •Manzil: Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, "Yuqoriovul" MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy. •Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab. •Bino geolokatsiyasi: https://yandex.uz/maps/-/CLAKFLjz 3. BUXORO VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 10-30 •Manzil: Buxoro tumani, "Bog‘idasht" MFY. •Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman, 43-maktab. •Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/5k8Cnn4yzQNjQ3f4A 4. NAVOIY VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo‘limi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat `11-00. •Manzil: Navoiy shahar “Yoshlik” MFY. •Mo‘ljal: Yangi bozordan Narpay markaziga qarab yurishda Metan gaz quyish shahobchasi yonida. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/tZUjupAM9JHEmy5RA 5. SAMARQAND VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 11:00. •Manzil: Pastdarg‘om tumani "Kamolot" mahallasi Irteshar ges ko'chasi 5-A uy. •Mo'ljal: sobiq "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi yonida. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/BpqJm6VMmktapYQ99 6. QASHQADARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Qashqadaryo viloyati bo'limi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 09:30. •Manzil: Qarshi shahri “Buyuk Turon” MFY Buyuk Turon ko‘chasi 10/v-uy. •Moljal: Qarshi xalqaro Aeroport yo‘li, "Smart" telivizor zavod yonida, Qarshi shahar 24-umumta'lim maktabi ro‘parasi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/8pwYs32AqYcefpg59 7. SURXONDARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo'limi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, 1-smena 08:30, 2- smena 10:30. •Manzil: Termiz shahri "Tinchlik" maxallasi Shodiyona ko'chasi 1-"A" uy. •Mo‘ljal: Termiz shahar yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonasi. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/UxekcDhjQgt5pGUd7 8. JIZZAX VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Jizzax viloyati bo‘limining yangi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 10:00. • Manzili: Sh.Rashidov tumani, "Oqtosh ota" MFY, "Yangi O‘zbekiston" massivi. • Mo‘ljal: Sayxan, M39 avtomagistralida barpo etilayotgan yangi uylar. •Bino geolokatsiyasi:https://maps.app.goo.gl/zxi8CkZQ36ujLBUX7 9. SIRDARYO VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi bo'limi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 10-00. • Manzili: Guliston shahri, 4-mavze, “Buyuk kelajak” massivi. • Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi va Guliston davlat pedagogika instituti. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78 10. ANDIJON VILOYATI: Andijon davlat universiteti akademik litseyi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, 1-smena soat 09-30, 2-smena soat 11-30. •Manzil: Andijon shahri, Universitet ko'chasi 129"A"-uy. Mo‘ljal: “Andijon davlat universiteti Akademik litseyi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7 11. FARG'ONA VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi. Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 10:00. •Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”. •Mo‘ljal: “EKO shahar” •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5 12. NAMANGAN VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, soat 09:00. •Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy. •Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida. Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA 13. TOSHKENT SHAHRI: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi. •Testning boshlanish vaqti: 12-noyabr, 1-smena soat 09-30, 2-smena soat 11-00. •Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA Yandex Xarita Bilim va malakalarni baholash agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bo‘limi, ta’lim boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus, Janʼa Bazar mahalla fuqarolar yig'ini – Yandex Maps 1 отзыв, 4 фото. Koʻrish telefon raqami, xaritadagi kirish va tuzish mumkin.

#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislarni sertifikatlash imtihoni bo‘lib o‘tdi 📆 2026-yil 11-noyabr k
+6
#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislarni sertifikatlash imtihoni bo‘lib o‘tdi
📆 2026-yil 11-noyabr kuni shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimi doirasida navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu imtihonlarda 570 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 1 nafari belgilangan tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun chetlatildi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar imtihon yakunida to‘plagan ballarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📝 Imtihonlarning yakuniy natijalari bo‘yicha qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ‼️ Ma'lumot uchun: ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident Shavkat Mirziyoyev Antaliyadagi COP31 Jahon yetakchilari sammitiga keldi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл на Саммит мировых лидеров COP31 в Анталье. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi 📆 Koʻzi ojiz, gapirish va eshitish
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi
📆 Koʻzi ojiz, gapirish va eshitishda nuqsoni bor hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlarga chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, imtihonlar 2026-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin. 🆔 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/13112026-11-10 ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
Özbekiston ziyolilari umumiy maqsad yölida birlaşmoqda Mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari ötkaziladi. Bu yiğilişlar “Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, adabiyot, madaniyat va boşqa sohalar vakillarini birlaştiradi. Maqsad – ziyolilarning bilim va tajribasini yurt taraqqiyotiga yönaltiriş, joylardagi dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilib, amaliy takliflar işlab çiqiş. Hududlarda bildirilgan taşabbuslar umumlaştirilib, Kengaşning respublika yiğilişida taqdim etiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 🎓 Xorijiy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni O‘zbekistonda tan olish (nostrifikatsiya qilish) tartibi haqida nimalarni bilish kerak? 📹 Ushbu video orqali diplomlarni tan olish jarayoni, talab etiladigan tartib-taomillar hamda muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling! ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Bugun Toshkentda O‘zA va TASS axborot agentliklari tomonidan tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini b
+9
Bugun Toshkentda O‘zA va TASS axborot agentliklari tomonidan tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini boshladi. Tadbirda ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalarining yuqori martabali vakillari, yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, ekspertlar hamda media hamjamiyatlari vakillari ishtirok etmoqda. Forumning ochilishidagi nutqimda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan muntazam muloqoti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, media va kommunikatsiyalar sohasidagi aloqalar rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlayotganini ta’kidladim. So‘nggi yillarda O‘zbekiston axborot makonida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarining 67 foizi nodavlat sektorga to‘g‘ri keladi, internetdan foydalanish darajasi 94 foizga yetdi. Raqamli kontent ishlab chiqarish ko‘lami kengaymoqda, Markaziy Osiyoda birinchi milliy mediabank ishga tushirildi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi professional media hamjamiyati oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Axborotning ishonchliligini ta’minlash, jurnalistlarning mas’uliyatini oshirish, feyklar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot xurujlari va yolg‘on xabarlar mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz o‘rtasida ishonchsizlik va kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmasligi kerak. Aksincha, so‘z va axborot o‘zaro anglashuv, hurmat va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur. Kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida qo‘shma ta’lim dasturlari va stajirovkalarni tashkil etish, faktcheking sohasidagi hamkorlik, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat tahririyatlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni mustahkamlash alohida o‘rin tutadi. Ishonchim komil, forum yangi g‘oyalar, amaliy tashabbuslar va qo‘shma medialoyihalarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi. — Сегодня в Ташкенте начал свою работу III Узбекско-российский медиафорум, организованный информационными агентствами УзА и ТАСС. В мероприятии принимают участие высокопоставленные представители Администраций Президентов двух стран, руководители ведущих средств массовой информации, журналисты, эксперты и представители медиасообщества Узбекистана и России. В своём выступлении на открытии форума отметил, что регулярный диалог Президентов Шавката Мирзиёева и Владимира Путина, основанный на взаимном доверии и дружбе, задаёт высокую динамику развитию многопланового сотрудничества наших стран, в том числе в сфере медиа и коммуникаций. За последние годы в информационном пространстве Узбекистана произошли масштабные преобразования. Сегодня 67 процентов средств массовой информации страны приходится на негосударственный сектор, уровень проникновения интернета достиг 94 процентов. Расширяются масштабы производства цифрового контента, запущен первый в Центральной Азии национальный медиабанк. Вместе с тем стремительное развитие искусственного интеллекта и цифровых технологий ставит перед профессиональным сообществом новые задачи. На первый план выходят достоверность информации, ответственность журналистов, противодействие фейкам и дезинформации. Информационные атаки и недостоверные сообщения не должны становиться причиной недоверия и разногласий между странами и народами. Напротив, слово и информация должны служить взаимопониманию, уважению и укреплению дружеских связей. В числе перспективных направлений дальнейшего взаимодействия – совместные образовательные программы и стажировки, сотрудничество в сфере фактчекинга, реализация проектов в области искусственного интеллекта и цифровых технологий, а также укрепление прямых профессиональных контактов между редакциями двух стран. Уверен, что форум станет важной площадкой для новых идей, практических инициатив и совместных медиапроектов. Facebook|Instagram|X

Bugun Toshkentda O‘zA va TASS axborot agentliklari tomonidan tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini b
+9
Bugun Toshkentda O‘zA va TASS axborot agentliklari tomonidan tashkil etilgan III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi o‘z ishini boshladi. Tadbirda ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalarining yuqori martabali vakillari, yetakchi ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, ekspertlar hamda media hamjamiyatlari vakillari ishtirok etmoqda. Forumning ochilishidagi nutqimda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan muntazam muloqoti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, media va kommunikatsiyalar sohasidagi aloqalar rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlayotganini ta’kidladim. So‘nggi yillarda O‘zbekiston axborot makonida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarining 67 foizi nodavlat sektorga to‘g‘ri keladi, internetdan foydalanish darajasi 94 foizga yetdi. Raqamli kontent ishlab chiqarish ko‘lami kengaymoqda, Markaziy Osiyoda birinchi milliy mediabank ishga tushirildi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi professional media hamjamiyati oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Axborotning ishonchliligini ta’minlash, jurnalistlarning mas’uliyatini oshirish, feyklar va dezinformatsiyaga qarshi kurashish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot xurujlari va yolg‘on xabarlar mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz o‘rtasida ishonchsizlik va kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmasligi kerak. Aksincha, so‘z va axborot o‘zaro anglashuv, hurmat va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur. Kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida qo‘shma ta’lim dasturlari va stajirovkalarni tashkil etish, faktcheking sohasidagi hamkorlik, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat tahririyatlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni mustahkamlash alohida o‘rin tutadi. Ishonchim komil, forum yangi g‘oyalar, amaliy tashabbuslar va qo‘shma medialoyihalarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi. — Сегодня в Ташкенте начал свою работу III Узбекско-российский медиафорум, организованный информационными агентствами УзА и ТАСС. В мероприятии принимают участие высокопоставленные представители Администраций Президентов двух стран, руководители ведущих средств массовой информации, журналисты, эксперты и представители медиасообщества Узбекистана и России. В своём выступлении на открытии форума отметил, что регулярный диалог Президентов Шавката Мирзиёева и Владимира Путина, основанный на взаимном доверии и дружбе, задаёт высокую динамику развитию многопланового сотрудничества наших стран, в том числе в сфере медиа и коммуникаций. За последние годы в информационном пространстве Узбекистана произошли масштабные преобразования. Сегодня 67 процентов средств массовой информации страны приходится на негосударственный сектор, уровень проникновения интернета достиг 94 процентов. Расширяются масштабы производства цифрового контента, запущен первый в Центральной Азии национальный медиабанк. Вместе с тем стремительное развитие искусственного интеллекта и цифровых технологий ставит перед профессиональным сообществом новые задачи. На первый план выходят достоверность информации, ответственность журналистов, противодействие фейкам и дезинформации. Информационные атаки и недостоверные сообщения не должны становиться причиной недоверия и разногласий между странами и народами. Напротив, слово и информация должны служить взаимопониманию, уважению и укреплению дружеских связей. В числе перспективных направлений дальнейшего взаимодействия – совместные образовательные программы и стажировки, сотрудничество в сфере фактчекинга, реализация проектов в области искусственного интеллекта и цифровых технологий, а также укрепление прямых профессиональных контактов между редакциями двух стран. Уверен, что форум станет важной площадкой для новых идей, практических инициатив и совместных медиапроектов. Facebook|Instagram|X

Repost from Rasmiy axborot

#Milliy_sertifikat_imtihoni #Jarayondan_videolavhalar 📹 2026-yil 7–8-noyabr kunlari milliy sertifikatlash doirasida chet tillaridan o‘tkazilgan imtihonlar haqida ota-onalarning taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan videolavhada tanishing! ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Milliy_sertifikat_imtihoni #Jarayondan_videolavhalar 📹 2026-yil 7–8-noyabr kunlari milliy sertifikatlash doirasida chet tillaridan o‘tkazilgan imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlarning taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan videolavhada tanishing! ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 12-noyabr kuni o‘tkaziladi. 📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

#Chet_tili_imtihoni 〰️〰️〰️ Chet tillaridan sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🌎 Avval xabar qilingan chet tillari Imtihonla
+4
#Chet_tili_imtihoni 〰️〰️〰️
Chet tillaridan sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🌎 Avval xabar qilingan chet tillari Imtihonlari doirasida ingliz, nemis, fransuz, turk, fors, xitoy, ispan, italyan, urdu va arab tillarini bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi. 💼 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar kompyuterda topshirildi. 📍 Imtihonlar 7-8-noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Imtihonlarda 31,7 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etdi va ulardan 21 nafari amaldagi tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi. 🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi  9-20-noyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi. 📝 Imtihonlar natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qarorida belgilangan tartibda va muddatda e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari 📆 2026-yil 7-noyabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi
+4
DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari
📆 2026-yil 7-noyabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 📍 Saralash test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etildi. 📚 Imtihonda talabgorlarning ona tili, matematika, tarix va chet tili fanlaridan bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 👥 Test sinovlarida 4,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va ulardan bir nafari belgilangan tartibga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi. 📎 Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube