es
Feedback
BBA | Sirdaryo viloyati

BBA | Sirdaryo viloyati

Ir al canal en Telegram

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining telegramdagi kanaliga xush kelibsiz! Admin bilan bog'lanish: @bba_jamshid

Mostrar más
4 014
Suscriptores
-824 horas
-467 días
-10630 días
Archivo de publicaciones
#Ovozli_chat_3 Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha 3-ovozli chatning videoyozuvi 📣 Mazkur ovozli chat 2026-yil 17-iyun kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining youtube kanali orqali o'tkazilgan. 🎙️ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tartibi va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. 🧑‍💻 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va savollarga batafsil javob berildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Call_Center Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda
#Qabul2026 #Call_Center Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali qabul komissiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Call-center” telefon raqamlari: +998955115856 +998935790126 TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X

🇺🇿 OLG‘A, O‘ZBEKISTON! 🇺🇿 🗓Ertaga, 18-iyun kuni soat 7-00 da bo‘lib o‘tadigan 🇺🇿 O‘zbekiston – Kolumbiya 🇨🇴 terma ja
🇺🇿 OLG‘A, O‘ZBEKISTON! 🇺🇿 🗓Ertaga, 18-iyun kuni soat 7-00 da bo‘lib o‘tadigan 🇺🇿 O‘zbekiston – Kolumbiya 🇨🇴 terma jamoalari o‘rtasidagi futbol baxsida yigitlarimizga ulkan omad tilaymiz! ⚡ Sizlar maydonda yurtimiz sha’ni, xalqimiz ishonchi va millionlab muxlislarning orzu-umidlarini himoya qilasiz. Ishonamizki, matonat, mahorat va jamoaviy birdamlik bilan yana bir yorqin o‘yin namoyish etasiz.
👏Sirdaryo viloyati ahli va Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi jamoasi sizlarni qo‘llab-quvvatlaydi!
⚽️ G‘alaba sari dadil qadam! ⚽️ Yurt sharafi uchun kurash! ⚽️ Biz siz bilanmiz! 🤝Omad sizlarga yor bo‘lsin, O‘zbekiston terma jamoasi! Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

🇺🇿 Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad! ⚽️ O‘zbekiston milliy terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! 💚 FIFA Jahon
🇺🇿 Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad! ⚽️ O‘zbekiston milliy terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! 💚 FIFA Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi barcha uchrashuvlar Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida tashkil etiladigan maxsus fan-zonalarda ulkan LED ekranlar orqali jonli efirda namoyish etiladi. 📍 Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati: ✔️Boyovut tumani - Yoshlar markazi binosida ✔️Guliston tumani - Yoshlar bog‘ida ✔️Oqoltin tumani - Madaniyat saroyida ✔️Mirzaobod tumani - Ma'naviyat maskanida ✔️Sardoba tumani - Madaniyat bo‘limida ✔️Sirdaryo tumani - Bolalar oromgohida ✔️Sayxunobod tumani - Yoshlar xiyobonida ✔️Shirin shahar - Yoshlar markazida ✔️Yangiyer shahar - Madaniyat markazida ✔️Guliston shahar - Amfi teatrda, Yoshlar markazida, GulDUda, GulDPIda hamda musiqali drama teatrda. 🗣 Eng yirik tomosha maydoni 18-iyun kuni soat 06:00 da Guliston shahridagi Istirohat bog‘i hududida tashkil etiladi — bu yerda 2 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Har bir o‘yin — milliy g‘urur! Har bir muxlisning qo‘llab-quvvatlashi — jamoamizga qo‘shimcha kuch! Oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan birga fan-zonalarga tashrif buyuring va milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! 🗓 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan): 🇺🇿 O‘zbekiston 🆚 Kolumbiya 🇨🇴 📅 18-iyun 🕖 07:00 🇵🇹 Portugaliya 🆚 O‘zbekiston 🇺🇿 📅 23-iyun 🕙 22:00 🇨🇩 DR Kongo 🆚 O‘zbekiston 🇺🇿 📅 28-iyun 🕟 04:30 Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿

#matbuot_anjumani Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi 📣 2026-yil 18-iyun kuni s
#matbuot_anjumani Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi 📣 2026-yil 18-iyun kuni soat 11:00 da matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 🏢 Matbuot anjumani "O‘zbekiston" teleradio kanali bilan hamkorlikda MTRK binosida tashkil etiladi. 📝 Mavzu: "2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul test sinovlariga tayyorgarlik holati". 👥 Spikerlar: 🎙️ M.Karimov – Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori; 🎙️ F.Mirzayev – Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari; 🎙️ J.Nurmatov – Bilim va malakalarni baholash agentligi, departament boshlig‘i; 🎙️ B.Yusupov -- Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqarma boshlig‘i; 🎙️ H.Nuraliyev -- Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqarma boshlig‘i; 🎙️ N.Lutfiyev -- Ilmiy-o‘quv amaliy markaz rahbari; 🎙️ J.Odilov – Bilim va malakalarni baholash agentligi, bo‘lim boshlig‘i. 👨‍💻 Jarayon "O‘zbekiston" tele va radio kanallari orqali jonli efirga uzatiladi. 💼 OAV xodimlari va blogerlarni taklif etamiz. Ishtirok etishni xohlovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi -- @reg_uzanjuman_bot Savol va murojaatlarni yo‘llash havolasi -- @uzbekistan_murojaat_bot 📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko'chasi, 2-uy. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
16-iyun soat 18:36 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 216 582 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Ovozli_chat Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat 3 📣 2026-yil 17-iyun
#Ovozli_chat Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat 3 📣 2026-yil 17-iyun kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligi tomonidan ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat youtube orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. youtubega kirish havolasi ovozli chat boshlanishidan 10 daqiqa oldin taqdim etiladi. 🎙️ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tartibi va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Ovozli_chat Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat 3 📣 2026-yil 17-iyun
#Ovozli_chat Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat 3 📣 2026-yil 17-iyun kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligi tomonidan ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat Yotube orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. Yotubega kirish havolasi ovozli chat boshlanishidan 10 daqiqa oldin taqdim etiladi. 🎙️ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tartibi va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🧑‍💻 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
15-iyun soat 17:57 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 182 443 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA! ⁉️Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yoki test sinovlari
📢 ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA! ⁉️Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yoki test sinovlari bilan bog‘liq savol, murojaat yoki takliflaringiz bormi? ✅ Unda, Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi xodimlariga telefon orqali yoki bo‘limga kelib murojaat qilishingiz mumkin. ✅ Bo‘lim xodimlari Sizlarning murojaatingiz, taklif va savollaringizni tinglashga va ularga belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar asosida tushuntirish va maslahat berishga tayyor. Murojaat uchun telefon raqamlar: 1️⃣ Bo‘lim boshlig‘i - Alisher Baxromov 📲 Telefon: 91 100-44-66 2️⃣ Bosh mutaxassis - Jamshid Mamaradjabov 📲 Telefon: 99 327-56-88 🏢Bino nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi 📍Manzil: Guliston shahri 4-mavze “Buyuk kelajak” massivi 📌 Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi, Guliston davlat pedagogika instituti Geolokatsiya:https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

#Sertifikat_natija 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi 🗓 2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 1
#Sertifikat_natija 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
🗓 2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 11-13- va 25-may kunlari kunlari o‘tkazilishi belgilangan Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e'lon qilindi. 🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 va undan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. 🏢 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. 💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi
  🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq “Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar o‘g‘ishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmyriy reglamenti tasdiqlandi.   📃 Unga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish yo‘lga qo‘yiladi.   📝 Ariza beruvchi har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.   ‼️ Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:  
so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda;
belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshirilmaganda.
  📝 Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.   🧾 Bu haqda ariza beruvchiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.   📝 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
15-iyun soat 6:40 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 154 819 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ TKT xalqaro imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi 🗓 Joriy yilning 14-iyun sanasida Bilim va malakalarni bahola
+5
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ TKT xalqaro imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi   🗓 Joriy yilning 14-iyun  sanasida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan TKT (Teaching Knowledge Test) xalqaro imtihoni yuqori saviyada tashkil etildi.   ↗️ Mazkur imtihon ishtirokchilarning ingliz tilini o‘qitish metodikasi, pedagogik kompetensiyalari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.   ↗️ TKT xalqaro imtihoni natijalari ishtirokchilarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatga ega bo‘lish hamda ta’lim sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

DIQQAT, E’LON! 2026-yilning 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni ta
DIQQAT, E’LON!   2026-yilning 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi sanasi o‘zgardi   Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari hajmining keskin oshganligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilganligi sababli, shuningdek, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovida ishtirok etish to‘g‘risidagi murojaatlar soni ortib borayotgani va ushbu murojaat qilayotgan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish maqsadida iyun oyi grafigiga o‘zgartirish kiritildi.   O‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2026-yil 18-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari 2026-yil 23-iyun sanasiga ko‘chirildi.   Talabgorlar mazkur test sinovida ishtirok etish uchun 2026-yil 19-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha qayta ariza topshirishlari mumkin. Test sinovlari o‘tkaziladigan sana, hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Brifing_4 🎙Ishtirokchi: Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamaradjabov     🔰Mavzu: Abituriyentlar tomonidan ko'p berilayotgan savollarga javoblar Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

#Korrupsiya 📢 KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ! Halollik — jamiyatning eng katta boyligi. Korrupsiya esa rivojlanish yo‘
#Korrupsiya 📢 KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ! Halollik — jamiyatning eng katta boyligi. Korrupsiya esa rivojlanish yo‘lidagi eng katta to‘siqdir. 🔸 Korrupsiya nimaga olib keladi? Adolatsizlik kuchayadi, ishonch yo‘qoladi, taraqqiyot sekinlashadi ✅ Halollik nimani beradi? Ishonchli jamiyat, teng imkoniyatlar, barqaror kelajak 🔰 Har birimizdan boshlanadi: Poraga yo‘l qo‘ymang! Qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlang! Halol mehnatni qadrlang! 🟢 Bugungi halollik — ertangi taraqqiyot garovi! ✍️ @BBASirdaryo

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi 13-iyun soat 18:22 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 138 312 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🎙️ “Oqshom mehmoni” eshittirishining navbatdagi mehmoni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamaradjabov bo‘ldi. 📝 Suhbat davomida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga ro'yxatdan o'tish bilan bog'liq abituriyentlar tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga batafsil javoblar berildi.
📻 Eshittirishning asosiy maqsadi abituriyentlar va ularning ota-onalarini qabul jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar bilan tanishtirish, test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy tavsiyalar berish hamda yuzaga kelayotgan savollarga aniqlik kiritishdan iborat bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube