fa
Feedback
BBA | Sirdaryo viloyati

BBA | Sirdaryo viloyati

رفتن به کانال در Telegram

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining telegramdagi kanaliga xush kelibsiz! Admin bilan bog'lanish: @bba_jamshid

نمایش بیشتر
4 076
مشترکین
-524 ساعت
+507 روز
+530 روز
آرشیو پست ها
Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ Ertaga 13-iyul kuni soat 09:00 dan 11:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test sino
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Test sinovlari jarayonida abituriyentning huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi ✔️test savollari kitobida nuqson bo‘lsa, guruh nazoratchisidan almashtirishni talab qilish; ✔️test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish; ✔️parta ustiga qo‘yilgan ichimlik suvi, ruchka, test topshiriqlarini echishda ishlatiladigan yordamchi materiallardan foydalanish; ✔️javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash; ✔️test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish; ✔️javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish; ✔️javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik; ✔️javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish; ✔️test topshirig‘i yoki javob variantida xatolik bo‘lganda, belgilangan tartibda maxsus shaklda qayd etish; ✔️belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yash; ✔️ Jarayon yakunida test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish; ✔️test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish; ✔️natijasidan norozi bo‘lganda, apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilish. Eslatma: test sinovlari davomida abituriyent sog‘ligi yomonlashishi sababli tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olib ketilsa yoki o‘z ixtiyori bilan test o‘tkazilayotgan hududdan chiqib ketsa, uning test sinovi natijasi sog‘ligi yomonlashishiga qadar javoblar varaqasiga belgilagan javoblari asosida hisoblanadi. Unga boshqa vaqtda test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. (Asos: VMning 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test tops
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Test topshirishda vaqt miqdori Test topshiriqlarini bajarish uchun, javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga, har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi. Har bir test topshirig‘iini yechish uchun esa 2 daqiqadan vaqt ajratiladi. Demak, 2 ta mutaxassislik fanining har biridan 30 tadan, jami 60 ta topshiriq va 3 ta majburiy fanning har biridan 10 tadan, jami 30 ta topshriq, umumiy hisobda 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Unutmang, test sinovi tugab, belgilangan vaqtda test materiallarini topshirmagan yoki topshirishdan bosh tortgan abituriyent jarayondan chetlashtiriladi va natija hisoblanmaydi. (Asos: VMning 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Abituriyent ruxsatnomasi bo‘yicha qoidalar ➡️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning 1-bosqichi yakunlanganidan so‘ng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan oladi. ➡️Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. ➡️Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. (Asos: VMning 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 📢 Abituriyentlar diqqatiga!!! 📵 Hurmatli abituriyentlar! Sizlardan test sinovlariga yuqorida ko
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📢 Abituriyentlar diqqatiga!!! 📵 Hurmatli abituriyentlar! Sizlardan test sinovlariga yuqorida ko‘rsatilgan taqiqlangan vositalarsiz kelishlaringizni so‘raymiz. ✅ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori asosida tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga yoki binoga taqiqlangan vositalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirsa yoki ulardan foydalansa test sinovlaridan chetlashtiriladi va test natijalari chiqarilmaydi.
☝️Shuningdek, barcha abituriyentlardan ruxsatnomasida belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan test sinovi bo'lib o'tadigan hududga yetib kelishlarini so‘raymiz.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

#Qabul2026 2026–2027-o‘quv yili qabul test sinovlari jarayonlariga tayyorgarlik: mas’uliyat, shaffoflik va sifat — ustuvor va
+5
#Qabul2026
2026–2027-o‘quv yili qabul test sinovlari jarayonlariga tayyorgarlik: mas’uliyat, shaffoflik va sifat — ustuvor vazifa
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida Agentlik markaziy apparati hamda barcha hududiy bo‘limlar rahbar va xodimlari ishtirokida 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 👥 Yig‘ilishda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan test sinovlarini zamonaviy talablar asosida, adolatli, shaffof va xolis tashkil etish, barcha tashkiliy jarayonlarni puxta rejalashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 📝 Ta’kidlanganidek, har bir abituriyentning bilimini xolis baholash, teng imkoniyatlar yaratish va inson omilini minimallashtirish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois test sinovlarini o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, belgilangan tartib-qoidalarga so‘zsiz amal qilish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. 📝 Shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning tayyorgarlik holati, texnik va tashkiliy infratuzilmani yana-da takomillashtirish, ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jarayonlarga jalb etiladigan nazoratchilar va mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish, xavfsizlik, jamoat tartibini ta’minlash hamda bu yil yangidan joriy etilayotgan FACE ID texnologiyasini mukammal o‘zlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 👨‍💻 Yig‘ilish davomida hududiy bo‘limlar tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari tahlil qilinib, mavjud vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va zarur tavsiyalar berildi. 🔶 Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026–2027-o‘quv yili qabul test sinovlarini yuksak tashkiliy darajada, adolat, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazish yo‘lida barcha zarur choralarni izchil amalga oshirish ta'minlanishi asosiy vazifa qilib belgilandi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul_2026 #Testga_tayyorgarlik Test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi ✅ Bugun, 11-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va in
+9
#Qabul_2026 #Testga_tayyorgarlik    Test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi   ✅ Bugun, 11-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Bekzod Toshpo‘latov tomonidan Bilimni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi.   🔰 O‘rganish jarayonida Sirdaryo viloyati hokimligining mas’ul xodimlari boshchiligida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali mas’ullari ishtirok etdi.  
♻️ Yig‘ilish davomida test sinovlarini xavfsiz, shaffof va yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda barcha tashkiliy masalalarni belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
  👉 @BBASirdaryo

#Qabul_2026 #Testga_tayyorgarlik Test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi ✅ Bugun, 11-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va in
+9
#Qabul_2026 #Testga_tayyorgarlik    Test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi   ✅ Bugun, 11-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Bekzod Toshpo‘latov tomonidan Bilimni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi.   🔰 O‘rganish jarayonida Sirdaryo viloyati hokimligining mas’ul xodimlari boshchiligida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali mas’ullari ishtirok etdi.  
♻️ Yig‘ilish davomida test sinovlarini xavfsiz, shaffof va yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda barcha tashkiliy masalalarni belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
  👉 @BBASirdaryo

photo content
+5

Repost from Xushnudbek.uz
Son kamaygani bilan, sifat oshyapti Abituriyent kamayib, ball tusharkan, deb o‘ylamang. Nufuzli yo‘nalishlarda ball har qachongidan baland bo‘lishi kutilmoqda. Chunki joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). Tasavvur qilyapsizmi, 13 ming kishi allaqachon tegishli balini naqd qilib bo‘lgan. Eng qizig‘ini aytaymi, 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 2024-yilda esa atigi 1 nafar abituriyentda barcha fandan sertifikatlar bor edi. O‘sishni ko‘ryapsizmi? 2024-yil - 1 nafar; 2025-yil - 678 nafar; 2026-yil - 12 ming 997 nafar. Bilimli yoshlarimiz ko‘payotganidan, bilim uchun harakat qilayotganidan juda xursandman.
P.S.: lekin bir narsa men uchun juda qiziq va hattoki biroz xavotirli — maksimal 189 ball olgan minglab abituriyent bitta oliygohning bitta yo‘nalishini tanlasa nima bo‘ladi? Buncha talabani o‘qita olmasligi aniq-ku. Mas’ullar bu borada bosh qotirishmoqda, biron adolatli yechim topiladi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda — joriy yilda so‘nggi 8 yildagi eng kam miqdor bo’ldi #abituriyent Joriy yilda
❗️Abituriyentlar soni kamayishda davom etmoqda joriy yilda so‘nggi 8 yildagi eng kam miqdor bo’ldi #abituriyent Joriy yilda jami 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 ming 744 nafarini (66,6%) joriy yil bitiruvchilari, 226 ming 163 nafari (33,4%)ni avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. 🧑‍🎓Qizlar: 365 ming 196 nafar (53,9%); 👨‍🎓Yigitlar: 312 ming 711 nafar (46,1%). Agar oxirgi 10 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar 2018-yil darajasigacha kamayganini ko’rish mumkin: ▪️2017-yil — 729 ming 950 nafar; ▪️2018-yil — 675 ming 49 nafar; ▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar; ⬆️ 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar; ▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar; ▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar; ▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar; ▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar; ▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar; ▪️2026-yil — 677 ming 907 nafar. 👉 @xushnudbek 👈

photo content
+5

#Qabul_2026 #Abituriyent2026 📢 Sirdaryo: 2026-2027-o'quv yili qabuli uchun test sinovlari bo'lib o'tadigan bino ✅ Viloyatimi
+2
#Qabul_2026 #Abituriyent2026 📢 Sirdaryo: 2026-2027-o'quv yili qabuli uchun test sinovlari bo'lib o'tadigan bino ✅ Viloyatimizda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlari zamonaviy tipda qurilgan ва barcha sharoitlarga ega bo‘lgan Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosida bo‘lib o‘tadi. 🏫Bino nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosi 1️⃣-BINO: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosi (“A” sektor) 1-20-guruhlar 2️⃣-BINO: Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosi (“B” sektor) 21-40-guruhlar ❗️Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze "Buyuk kelajak" massivi ♻️ Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi, Guliston davlat pedagogika instituti, viloyat arxivi 📍Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/JusSEMUU3G8g92X78 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga oid statistik ma'lumotlar
🖥 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 👨‍💻 Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. 📕 Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi. ✍️ Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar. 🎼 Abituriyentlarning 36 500 (5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307) alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga; 🤝 10 581 (2025-yilda 10 572) nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. 🧾 Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi (2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi. 📝 Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 (2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 (2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. ✔️ Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 🏘 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me'yorlashtirildi. Hozirda 64 (2025-yilda - 65) ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1 183 (2025-yilda - 1 169) ta guruhda, 35 490 (2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa 70 980 (2025-yilda 70 140) nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi. 📆 Test sinovlari 10 kun muddat davomida o‘tkaziladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Ijodiy_imtihon #Qabul2026 #Live 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish plat
#Ijodiy_imtihon #Qabul2026 #Live 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish platformasi ishga tushirildi Oliy ta’lim tashkilotlarining sport, jurnalistika, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo'yicha o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Mazkur platforma imtihon jarayonlarining ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi hamda ota-onalar, nazoratchilar va keng jamoatchilikka imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatini yaratadi. Platformaga o‘tish: imtihon.edu.uz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Maqsadli
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Maqsadli qabul tartibi ➡️Maqsadli qabul parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan tasdiqlanadigan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari doirasida ajratiladi. ➡️Maqsadli qabul parametrlari ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dastlab maqsadli, so‘ngra umumiy qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi. ➡️Abituriyent maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan taqdirda, umumiy qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etmaydi. ➡️Oliy ta’lim tashkilotlarining hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sino
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga! 🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga
#Qabul2026 #Abituriyent2026
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!
🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan: ✔️1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. ✔️2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 📱 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. ‼️ SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. Batafsil bu yerda tanishing Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Test sino
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Test sinovida to‘plagan ballari va tanlov natijalari haqida   ✔️ Abituriyentning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi. ✔️ Abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyent tomonidan oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddat ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.   (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube