TTYSI • TITLI • ТИТЛП
رفتن به کانال در Telegram
TTYSI rasmiy kanali Официальный канал ТИТЛП Veb-sayt www.ttysi.uz Facebook www.facebook.com/ttysi.uz Instagram www.instagram.com/ttysi_uz/ YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz Murojaat uchun @suhrob_bek3
نمایش بیشتر5 327
مشترکین
-124 ساعت
-327 روز
-1 79230 روز
آرشیو پست ها
Repost from TTYSI_YOSHLAR_AKADEMIYASI
+4
✔️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “35 yil — 35 natija kecha va bugun” ruknlari asosida tashkil etilgan ijtimoiy kontent va videolavhalar tanlovida Sanoat texnalogiyalari va mexanika fakulteti talabalari🥇 1-o‘rin-Mahammadov Umidjon 🥈 2-o‘rin-Mexriddinov Husniddin 🥉 3-o‘rin-Umaraliyeva Fotima
“Ekostipendiya” tanlovi doirasida esa ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish yo‘nalishida g’olib boʻlgan Sanoat texnalogiyalari va mexanika fakulteti talabalar🥇 1-o‘rin-Ziyodullayeva Nafisa 🥈 2-o‘rin-Mardiyev Asilbek 🥉 3-o‘rin-Ochilova Oyniso Tanlovlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan talaba-yoshlarga diplomlar topshirildi. 👌 YOSHLAR AKADEMIYASI ILM-FAN SOHASIGA O‘Z HISSANGNI QO‘SH 🚀Telegram 📷Instagram
+9
✔️✅✅✅✅
TALABALAR TURAR JOYIDA SPORT O‘YINLARI TASHKIL ETILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli sport o‘yinlari tashkil etildi.🗣Musobaqalar davomida talaba-yoshlar sportning turli yo‘nalishlarida o‘zaro bellashib, jamoaviy hamkorlik, chaqqonlik va faolliklarini namoyon etdilar. ⏺Bunday sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi bilan bir qatorda, ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilmoqda. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
+2
✔️✅✅✅✅
“BIZ — SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ” SHIORI OSTIDA PROFILAKTIK DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning oldini olish hamda OIV/OITSga qarshi kurashish maqsadida “Biz — sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.🗣Tadbirda institut Xotin-qizlar kengashi raisi Dilrabo Baxriddinova, institut psixologi Dildora Tojimova hamda xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha psixolog Shoira O‘rinova ishtirok etdi. ⏺Davra suhbatida talabalarga OIV/OITS, uning yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, klinik belgilari va profilaktikasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. ⏺Bundan tashqari, talabalarga “Ichki tartib-qoidalar”, “Odob-axloq kodeksi”, “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” hamda talabalarda tanglik holatlarining oldini olish mavzulari yuzasidan tushuntirishlar berildi. ⏺Tadbir davomida shaxsiy va ijtimoiy hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, xavfsiz hayot tamoyillariga rioya etish, turli zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish masalalari keng muhokama qilindi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦
SUPER KONTRAKT ASOSIDA O‘QISHGA QABUL QILISH BO'YICHA YANGI TARTIB TASDIQLANDI
2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo'yicha yangi tartib tasdiqlandi.🗣Ikkinchi va keyingi tanlovga qabul qilinganlar uchun: Tanlangan ta’lim yo‘nalishlarining ikkinchisi yoki undan keyingisiga qabul qilingan talabgorlar super kontrakt asosida faqat birinchi tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirishi mumkin. ⏺Masalan: abituriyent 5-tanlovidagi yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsa va boshqa tanlovida o‘qishni istasa, u faqat 1-tanlovidagi yo‘nalish uchun super kontrakt rasmiylashtirishi mumkin. 2-, 3- yoki 4-tanlovlar bo‘yicha super kontrakt qilishga ruxsat berilmaydi. ⏺Hech bir yo‘nalishga qabul qilinmaganlar uchun: 6-tanlovga qabul qilingan abituriyentlarga ham 1-tanlovidagi yo‘nalish bo‘yicha super kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyati beriladi. ⏺Agar abituriyent tanlagan 5 ta ta’lim yo‘nalishining hech biriga qabul qilinmagan bo‘lsa, u o‘zi tanlagan istalgan bitta yo‘nalish bo‘yicha super kontrakt rasmiylashtirishi mumkin. 💬Eslatma: Oliy ta’lim muassasalarida, jumladan Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida ham super kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun arizalar qabul qilinmoqda. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
+9
✔️✅✅✅✅
“JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASHISH!” MAVZUSIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurashish!” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.🗣Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti Yorqin Shukurov hamda institutning birinchi prorektori, professor Baxtiyor Nasimov va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi. ⏺Tadbir davomida milliy qadriyatlar xalqning o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviy qiyofasini belgilovchi muhim omillardan biri ekani ta’kidlandi. Yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda sog‘lom dunyoqarash, mustaqil fikrlash va yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ⏺Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ongiga turli yot va zararli g‘oyalarni singdirishga qaratilgan urinishlar, xususan, diniy ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olish muhimligi qayd etildi. ⏺Tadbirda ekstremizm va terrorizm kabi zararli oqimlar dinimizning insonparvarlik, tinchlik va bag‘rikenglik tamoyillariga zid ekani ta’kidlanib, bunday tahdidlarga qarshi kurashishda ma’rifat, bilim va mustaqil fikrlashning ahamiyati haqida fikr yuritildi. ❤️Yakunida ishtirokchilar tekshirilmagan va asossiz axborotlarga, radikal g‘oyalarga ergashmaslik, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish hamda bilim va tafakkurni muntazam boyitib borish zarurligi yuzasidan fikr almashdilar. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦
DUAL TA’LIMDA TALABALAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR YARATILADI
Oliy ta’limda dual ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi.🗣Prezidentning 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan dual ta’limni rivojlantirishning yangi mexanizmlari belgilandi. ⏺Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. ⏺Shuningdek, muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalarida dual ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun o‘qishni 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi. ⏺Bundan tashqari, talabaning dual ta’limda tahsil olgan davri umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi. ⏺2027-yil 1-yanvardan dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etiladi. Bunda: - 30 nafar professor-o‘qituvchi va mentorning malakasi xorijiy davlatlarda oshiriladi; - maxsus kursni tamomlagan, bakalavr darajasiga ega murabbiylar OTMlarga pedagog sifatida soatbay asosda jalb qilinadi; bir nafar murabbiyga 15 nafargacha talaba biriktiriladi; - har bir talaba uchun bir o‘quv yiliga 30 soatlik ish hajmi belgilanadi; - murabbiylarni maxsus kurslarda o‘qitish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. ⏺2027/2028-o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi. ⏺Eng yuqori natija koʻrsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi oʻrniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard soʻmdan ragʻbatlantiriladi. 💬Yangi mexanizmlar dual ta’limda talaba, oliy ta’lim muassasasi va ish beruvchi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
+9
✔️🟦🟦🟦
“EKOSTIPENDIYA” TANLOVI: TALABALARNING ILMIY-IJODIY ISHLANMALARI NAMOYISH ETILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetining “Yashil transformatsiya va sanoat xavfsizligi” kafedrasi talabalari o‘rtasida “Ekostipendiya” tanlovi doirasida ilmiy-ijodiy ishlanmalar taqdimoti o‘tkazildi.🗣Tanlov davomida talabalar tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy ishlanmalar namoyish etildi. ⏺Ishtirokchilar o‘z loyihalarining maqsadi, dolzarbligi, yangiligi, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari haqida taqdimotlar orqali ma’lumot berdilar. ⏺Shuningdek, talabalar o‘z ilmiy-ijodiy ishlanmalarini himoya qilib, loyihalarning ekologik muammolarni hal etishdagi ahamiyati hamda amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini yoritib berdilar. ⏺Taqdimotlar yakunida hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarining ishlanmalari tanlov Nizomida belgilangan mezonlar asosida baholandi. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
+3
✔️📰📰📰📰📰📰📰
YEVROPA TA’LIM MARKAZI PREZIDENTI ISHTIROKIDA O‘ZARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yevropa ta’lim markazi prezidenti, “Bolgariya — O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati raisi Toshko Krastev hamda jamiyat raisi o‘rinbosari Dmitriy Lem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🗣Institut tomonidan uchrashuvda birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ismailjon Bulanov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Viktoriya Lyamkina ishtirok etdi. ⏺Muloqot davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari, o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. ⏺Shuningdek, O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi ta’limiy va do‘stona aloqalarni rivojlantirishda do‘stlik jamiyatlarining o‘rni va hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. ⏺Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. __________ 🗣В Ташкентском институте текстильной и легкой промышленности состоялась встреча с президентом Центра европейского образования, председателем общества дружбы «Болгария — Узбекистан» г-ном Тошко Крастьевым и заместителем председателя общества дружбы «Узбекистан — Болгария» Дмитрием Лемом.
Со стороны института во встрече приняли участие первый проректор Б. Насимов, проректор по международному сотрудничеству И. Буланов и начальник отдела международного сотрудничества В. Лямкина. В ходе встречи стороны обсудили перспективы сотрудничества, укрепление взаимоотношений и возможности расширения связей в сфере образования. Особое внимание было уделено роли обществ дружбы в развитии диалога между двумя странами. Встреча стала важным шагом на пути укрепления узбекско-болгарских отношений и открыла возможности__________ 🗣A meeting was held at the Tashkent Institute of Textile and Light Industry with Mr Toshko Krastev, President of the Center for European Education and Chairman of the Bulgaria–Uzbekistan Friendship Society, and Dmitry Lem, Deputy Chairman of the Uzbekistan–Bulgaria Friendship Society.
The Institute was represented by First Vice-Rector B. Nasimov, Vice-Rector for International Cooperation I. Bulanov, and Head of the International Cooperation Department V. Lyamkina. During the meeting, the parties discussed prospects for cooperation, strengthening bilateral relations, and opportunities to expand educational ties. Particular attention was paid to the role of friendship societies in promoting dialogue between the two countries. The meeting marked an important step towards strengthening Uzbek–Bulgarian relations and opened up opportunities for further cooperation.#Xalqaro_Hamkorlik #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” START OLDI!
Talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari 2-oktabrdan start oladi.⏺Musobaqalar bir necha bosqichda tashkil etiladi: - 1-bosqich: 2–12-oktabr — guruhlararo va fakultet birinchiligi - 2-bosqich: 19–31-oktabr — fakultetlararo institut birinchiligi - 3-bosqich: 9–14-noyabr — OTMlararo hudud birinchiligi - 4-bosqich: noyabr oyining ikkinchi yarmi — Respublika birinchiligi 🏐 Voleybol — jamoaviy ruh va hamjihatlik sinovi 🏓 Stol tennisi — tezkorlik va aniqlik bahsi ⚽️ Futbol — kuch, mahorat va jamoaviylik maydoni 🏃 Yengil atletika — iroda, chidamlilik va tezlik mezoni 🏀 Stritbol — chaqqonlik va jismoniy tayyorgarlik bellashuvi 🔥 Endi maydonlarda haqiqiy sport ruhi hukm suradi! ⏺“Besh tashabbus olimpiadasi” talaba-yoshlar uchun nafaqat o‘z sport mahoratini namoyish etish, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va yangi iqtidorlarni kashf etish uchun muhim imkoniyatdir. 💬Aziz talabalar, o‘z fakultetingiz sharafini himoya qiling va g‘alaba sari dadil qadam tashlang! #BESH_TASHABBUS #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
Repost from TTYSI_YOSHLAR_AKADEMIYASI
🌱 Jarayon - “EKOSTIPENDIYA” tanlovi doirasida talabalarning taqdimoti.
👌 YOSHLAR AKADEMIYASI ILM-FAN SOHASIGA O‘Z HISSANGNI QO‘SH
🚀Telegram 📷Instagram
Repost from TTYSI_Iqtisodiyot fakulteti
🌿🇺🇿 Juma — Milliy qadriyatlar va ma’naviyat kuni (Roots & Pride)
✨ Milliy qadriyatlar – millat ko‘zgusi!
📅 Har juma kuni institutimizda o‘tkaziladigan an’anaviy Milliy qadriyat kuni doirasida
🏛 Iqtisodiyot fakulteti talabalari tashabbusi bilan
🎉 “Milliy qadriyat” tanloviga START berildi!
🎯 Tanlovdan maqsad – milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizni targ‘ib qilish, yoshlar qalbida milliylik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdir
🤝 Qadriyatlarimizni asraylik!
🌿 An’analarimizni davom ettiraylik!
😀 Milliyligimizni faxr bilan namoyon etaylik!
Rasmiy sahifalarimiz 👇
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
MUHTARAM USTOZ VA MURABBIYLAR!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ustoz — inson hayotiga yo‘l ko‘rsatuvchi, qalbiga ilm va ma’rifat nurini singdiruvchi, kelajak avlodning kamol topishiga beqiyos hissa qo‘shuvchi ulug‘ zotdir. Zero, har qanday taraqqiyot va yuksalishning mustahkam poydevori, avvalo, bilim, ta’lim va tarbiyaga borib taqaladi.
Bugun mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar professor-o‘qituvchilarimiz zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklamoqda. Yoshlarni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar va raqobatbardosh mutaxassislar etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz har qanday e’tirofga munosib.
Ayniqsa, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik an’analari, salohiyatli professor-o‘qituvchilari va iste’dodli yoshlari bilan mamlakatimizning to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani barchamiz uchun faxrdir.
Aziz ustozlar!
Sizlarning ilmiy izlanishlaringiz, boy tajribangiz, kasbiy mahoratingiz va yosh avlodga berayotgan e’tiboringiz institutimizning bugungi taraqqiyoti va ertangi yutuqlarining muhim omilidir. Har bir shogirdingizning yutug‘i, kasbiy muvaffaqiyati va Vatan ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi — sizning mehnatingiz samarasidir.
Ishonchim komilki, sizlarning bilim va tajribangiz, yangilikka intilishingiz hamda kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz kelajak avlodni tarbiyalashdek sharafli yo‘lda bundan buyon ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Fursatdan foydalanib, barcha professor-o‘qituvchilar va murabbiylarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb xotirjamligi, ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilayman.
Har bir kuningiz shogirdlaringiz yutug‘idan quvonch, mehnatingiz natijasidan faxr bilan o‘tsin!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Davron Vaxabov - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
+4
✔️🟦🟦🟦
“MUSTAQILLIK — 35 YIL”: TASVIRIY SAN’AT TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar o‘rtasida “Mustaqillik — 35 yil” shiori ostida maxsus tashkil etilgan burchak — gipsokarton devorda tasviriy san’at va suratlar tanlovi o‘tkazildi.
⏺Tanlov davomida talaba-yoshlar o‘zlarining ijodiy qobiliyati, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi va badiiy mahoratini namoyon etdilar.
⏺Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, tanlov g‘oliblari quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabasi Maxkamov Umar
2-o‘rin — Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabasi Mamatova Alfiya
3-o‘rin — Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabasi Sharobiddinova Iroda
4-o‘rin — Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabasi Norboyeva Farangiz
5-o‘rin — Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabasi Abdullahatova Guliza
6-o‘rin — Dizayn va texnologiyalar fakulteti talabasi Qalandarova Charos
⏺Barcha g‘olib va ishtirokchilarni tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi ijodiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar va ilhom tilaymiz!
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“ENG YAXSHI FOTOALBOM” VA “ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI O‘TKAZILADI!
🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda mustaqil ijodiy ishlarini rag‘batlantirish maqsadida tanlov tashkil etiladi.
Sana: 2026-yil 18-oktabr
⏺Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
⏺“Eng yaxshi fotoalbom”
⏺“Eng yaxshi qo‘shiq”
⏺Ijodkor va iste’dodli talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
⏺O‘z iste’dodingizni namoyish eting va eng yaxshilar safidan joy oling!
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“MUNOZARA” DEBATI O‘TKAZILADI!
🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarning mustaqil fikrlashi, muloqot va munozara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, o‘z nuqtayi nazarini erkin va asosli ifoda etish qobiliyatini oshirish maqsadida “Munozara” debati tashkil etiladi.
Sana: 2026-yil 15-oktabr
⏺Barcha faol, izlanuvchan va munozaraga qiziqadigan talaba-yoshlarni debatda ishtirok etishga chorlaymiz!
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#DOSTFEST2026 — DO‘STLIKNI BIRLASHTIRUVCHI ONLAYN CHELLENJ VA TANLOV!
🗣Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni o‘zaro birlashtirish, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida #dostfest2026 heshtegi ostida onlayn chellenj va tanlov tashkil etiladi.
⏺Chellenj doirasida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan eng yaxshi foto va video materiallar ishtirokchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy profillarida #dostfest2026 heshtegi ostida joylashtirib boriladi.
⏺Eng qiziqarli, ijodiy va mazmunli foto hamda videolar institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham ushbu heshteg ostida yoritib boriladi.
#dostfest2026
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦
USTOZLARGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ustozga ehtirom — millatga ehtirom” shiori ostida ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.🗣Bayram munosabati bilan institutda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar samimiy kutib olinib, fakultet jamoalari tomonidan ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. ⏺Shuningdek, institutda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriy ustozlarning holidan xabar olinib, ularning ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, boy ilmiy-pedagogik merosi hamda ko‘p yillik tajribasi yuksak qadrlanmoqda. ⏺Bunday ezgu tashabbuslar ustoz-shogird an’analarini asrab-avaylash, faxriy ustozlar merosini yosh avlodga yetkazish va ustozlarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada mustahkamlashga qaratilgan. #USTOZGA_EHTIROM #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️‼️‼️‼️✅✅✅✅
USTOZLARGA EHTIROM — IBRATLI AN’ANA DAVOM ETMOQDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ustozga ehtirom — millatga ehtirom” shiori ostida ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.🗣Iqtisodiyot fakultetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘ziga xos bayramona tadbir tashkil etildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari jamoa tomonidan samimiy kutib olinib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. ⏺Tadbir davomida ustozlarning ta’lim va tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnati, ko‘p yillik pedagogik tajribasi hamda yosh avlodni yetuk va malakali mutaxassislar etib tarbiyalashdagi hissasi alohida e’tirof etildi. ⏺Samimiy tilaklar, iliq munosabat va bayramona muhit uyg‘unlashgan tadbir ustoz mehnatini qadrlash, professor-o‘qituvchilarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromni namoyon etishning yorqin ifodasi bo‘ldi. #USTOZGA_EHTIROM #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILADI!
🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 14-oktabr
⏺“Zakovat” — bilim, tafakkur va jamoaviy fikrlash maydoni! Barcha bilimdon va izlanuvchan talaba-yoshlarni intellektual bellashuvda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
“YOSH KITOBXONLAR” TANLOVI O‘TKAZILADI!
🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga qiziqishini oshirish hamda bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Yosh kitobxonlar” tanlovi o‘tkaziladi.
Sana: 2026-yil 12-oktabr
⏺Tanlovda kitob mutolaasiga qiziqadigan, bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazishni istagan talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
