Adpi.uz | Rasmiy kanal
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz ✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz ✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz ✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz ©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adpiuzbot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Adpi.uz | Rasmiy kanal
Channel Adpi.uz | Rasmiy kanal (@adpiuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 476 subscribers, ranking 15 859 in the Education category and 6 336 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 476 subscribers.
According to the latest data from 27 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 925 over the last 30 days and by 22 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 27.24%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 19.56% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 3 397 views. Within the first day, a publication typically gains 2 439 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 7.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz
©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adpiuzbot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 28 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Yoshlar Kengashi koordinatorligi 1️⃣. Intelektual loyihalar koordinatori 2️⃣. Besh tashabbus loyihalar koordinatorl 3️⃣. Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori 4️⃣. Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori 5️⃣. Talaba qizlar koordinatori 6️⃣. “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori 7️⃣. Fakultet koordinatoriMunosib deb topilganlar koordinatorlikka tayinlanadi! ✅Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://forms.gle/Ma5eChXeAB991FM16 🇺🇿Intiluvchan va tashabbuskor yoshlarni safimizga chorlaymiz! 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida faoliyat yuritayotgan “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zolik uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.📌 Ariza yuborish muddati: 20-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi. 📌 Kimlar a'zolikka olinishi mumkin? Kunduzgi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki shu sohaga qiziqqan faol talaba-yoshlar suhbat asosida tanlab olinadi.
✨ “Qalqon” jamoatchilik guruhining vazifalari: 🔹 Ta’lim muassasasi hududi osudaligini ta’minlash; 🔹 Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish; 🔹 Shubhali holatlar haqida tezkorlik bilan tegishli organlarga xabar berish; 🔹 Talabalar o‘rtasida profilaktika va targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish; 🔹 Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashish. 🔹 Talabalar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash va huquqiy tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazishda qatnashish; 🔹 O‘z faoliyatini maxsus forma va guvohnoma bilan olib borish; 🔹 Darsdan bo‘sh vaqtlarda belgilangan hududlarda navbatchilikni amalga oshirish;
🎖 A’zolarning imtiyozlari: 💴Faol a’zolar uchun har oy bazaviy stipendiyaning 50% gacha qo‘shimcha rag‘bat olish imkoniyati mavjud. 🏅 Fidoyi a’zolar davlat mukofotlari, “O‘zbekiston belgisi” va boshqa yuksak nishonlarga tavsiya etiladi. 👮🏼♂️ Bitiruvchi a’zolar ichki ishlar organlari, mudofaa tizimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyanoma asosida ishga joylashish huquqiga ega bo‘ladilar. 👨🏼✈️ Jismoniy va ruhiy jihatdan talabga mos faol a’zolar muddatli harbiy xizmatga qabul qilinishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar. 👕 Barcha a’zolar maxsus forma va shaxsiy guvohnoma bilan ta’minlanadi. 👨🏻💻 Faol a’zolar xalqaro va respublika darajasidagi tanlovlar, musobaqalar va o‘quv-seminarlarga jalb qilinadi.📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/GxLphzXRmDGCFj5K6 🛡 “Qalqon” – intizom, mas’uliyat va sharaf ramzi! 🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring! 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan. ❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. ❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma! ❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. 🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Shtab a’zolari tomonidan: -Talabalar arizalarini qabul qilish; -Hujjatlarni tartibga solish; -Joylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish; -Yotoqxonalarda qulay shart-sharoitlarni yaratish ishlari olib borilmoqda.Mazkur jarayonning shaffof va adolatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida barcha bosqichlar qat’iy nazorat ostida amalga oshirilmoqda. Institut rahbariyati talabalarning yangi o‘quv yilini qulay va xavfsiz sharoitlarda boshlashi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
📌 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga muvofiq, talabalar turar joylariga joylashish bo‘yicha arizalar my.gov.uz portalidagi ushbu havola orqali qabul qilinadi. Reglament asosida avvalo imtiyoz va ustuvorlikka ega bo‘lgan talabalar qabul qilinadi.#Talabaga_qulaylik 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
