Adpi.uz | Rasmiy kanal
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz ✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz ✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz ✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz ©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adpiuzbot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Adpi.uz | Rasmiy kanal
Channel Adpi.uz | Rasmiy kanal (@adpiuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 829 subscribers, ranking 15 737 in the Education category and 6 234 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 829 subscribers.
According to the latest data from 04 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 276 over the last 30 days and by 38 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 35.26%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 21.87% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 460 views. Within the first day, a publication typically gains 2 766 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 11.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz
©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adpiuzbot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 05 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 05 September | +183 | |||
| 04 September | +42 | |||
| 03 September | +51 | |||
| 02 September | +82 | |||
| 01 September | +11 |
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
| 2 | KITOBLAR AXBOROT-RESURS MARKAZI FONDIGA BEG‘ARAZ TAQDIM ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-avgustdagi 02/58-2175-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar tomonidan shaxsiy kutubxonalaridagi adabiyotlarni institut Axborot-resurs markazi fondiga beg‘araz taqdim etish tashabbusi amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida institutning Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z shaxsiy kutubxonalaridan saralangan badiiy adabiyotlarni Axborot-resurs markazi fondiga topshirdilar.
Ushbu ezgu tashabbus institut kutubxona fondini mazmunan boyitish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning sifatli va foydali adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, kutubxona fondiga taqdim etilgan adabiyotlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 3 005 |
| 3 | DUAL TA’LIM TALABALARI UCHUN DASTLABKI TANISHTIRUV VA “MUSTAQILLIK DARSLARI” TASHKIL ETILDI
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida dual ta’lim shaklida tahsil olishni boshlagan talabalar uchun alohida auditoriyalarda dastlabki tanishtiruv mashg‘ulotlari hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni institutdagi ta’lim jarayoni, dual ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish tartibi hamda oliy ta’lim tizimidagi muhim platforma va mexanizmlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tanishtiruv darslari davomida talabalarga dual ta’limni tashkil etish tartibi, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘zaro uyg‘unligi, o‘quv jarayonining olib borilishi, kredit-modul tizimi hamda HEMIS axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarning o‘quv jarayonidagi huquq va majburiyatlari, fanlarni o‘zlashtirish, kreditlarni to‘plash, darslarda ishtirok etish, mustaqil ta’limni tashkil etish hamda nazorat jarayonlari yuzasidan zarur tushunchalar berildi.
Mazkur jarayonda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov ham bevosita ishtirok etdi. Institut rektori talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Muloqot davomida talabalarning institutdagi ta’limdan kutayotgan natijalari, oldilariga qo‘ygan maqsadlari, kelajakdagi kasbiy rejalari hamda yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Rektor talabalarni yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, o‘z ustida muntazam ishlash va kelajakda malakali pedagog bo‘lib yetishish yo‘lida faol bo‘lishga chaqirdi.
Fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan esa institutning ichki tartib-qoidalari, dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, baholash mezonlari, talabalarning ta’lim jarayonidagi mas’uliyati va intizomi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
“Mustaqillik darslari” doirasida talabalarga mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi taraqqiyot va islohotlar jarayoni, yoshlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni hamda Vatan ravnaqi oldidagi mas’uliyati xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Dastlabki tanishtiruv mashg‘ulotlari talabalar uchun yangi ta’lim muhitiga moslashish, dual ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim amaliy yo‘riqnoma vazifasini o‘tadi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 760 |
| 4 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA DUAL TA’LIMGA START BERILDI
Bugun, 5-sentyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun dual ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir institut rektori Baxtiyor Rasulov raisligida tashkil etilib, unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilyorbek Turdiyev hamda dual ta’lim asosida tahsil olishni boshlayotgan talabalar ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, Andijon davlat pedagogika institutida dual ta’lim shakli 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur ta’lim shaklida o‘quv jarayoni “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilib, talabalarning nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘un holda egallashiga alohida e’tibor qaratiladi.
Dual ta’lim tizimining o‘ziga xos jihati shundaki, ta’lim jarayonining bir qismi pedagogika oliy ta’lim tashkilotida olib borilsa, asosiy amaliy mashg‘ulotlar bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi. Bu esa talabalarga tahsilning dastlabki bosqichlaridanoq kelajakdagi kasbiy faoliyat muhiti bilan yaqindan tanishish, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash hamda zarur kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish imkonini beradi.
Tantanali ochilish marosimida institut rektori Baxtiyor Rasulov talabalarni hayotlaridagi muhim bosqich — talabalik davri boshlangani bilan tabriklab, dual ta’limning zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, kelgusida ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, nazariya va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, talabalarni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh hamda yuksak kasbiy salohiyatga ega mutaxassislar etib tayyorlash borasida amalga oshiriladigan vazifalar haqida fikr bildirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilyorbek Turdiyev ham yangi ta’lim shaklining amaliy ahamiyati, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy mahoratini bevosita ta’lim muassasalarida shakllantirish imkoniyatlari xususida so‘z yuritib, talabalarga o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Shu tariqa, 5-sentyabrdan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun dars mashg‘ulotlariga rasman start berildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 323 |
| 5 | Kuz-qish mavsumi yaqinlashmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi. Asosiy tavsiyalar ushbu videorolikda taqdim etilgan.
———
Приближается осенне-зимний сезон. МЧС призывает граждан принять все необходимые меры, для того чтобы избежать случаев отравлений угарным газом, вспышек газо-воздушной смеси и пожаров. Основные рекомендации представлены в данном видеоролике.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X | 2 525 |
| 6 | Milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur boʻyicha oliy taʼlim tizimidagi vazifalar muhokama qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Otabek Hasanov raisligida respublika oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi, kelgusi oʻn yillikning Milliy yuksalish davri boʻlishi, shu maqsadda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dasturni amalga oshirish vazifalari muhokama qilindi.
Oliy taʼlim muassasalarida “Har bir talaba — eʼtiborda” tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash, ularning bilim va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, iqtidor va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215144
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 2 897 |
| 7 | 🟦🟦🟦 🟦🟦
2026/2027-O‘QUV YILIDA O‘QUV JARAYONLARI VA TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH MUDDATLARI
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida o‘quv jarayonlari bosqichlar kesimida quyidagi muddatlarda boshlanadi (Bakalavr va magistratura uchun):
✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — super-kontrakt asosida tahsil olish istagida bo‘lgan talabgorlar ham Andijon davlat pedagogika instituti talabasi sifatida 7-sentyabrdan o‘quv jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.
Super-kontrakt asosida o‘qishga kirish tartibi, to‘lov miqdori, zarur hujjatlar va boshqa muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun institutning Qabul markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
📞 Murojaat uchun telefonlar:
+998 77 110 01 75
+998 77 120 01 75
+998 74 224 44 09
+998 74 224 01 72
TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHISH TARTIBI
1-bosqichga qabul qilingan talabalar my.gov.uz platformasi orqali ariza yuborib, talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha yo‘llanmasi shakllangan bo‘lsa, quyidagi muddatlarda joylashishlari mumkin:
🔹 1- va 2-sonli talabalar turar joylari hamda DXSHga — 5-sentyabrdan;
🔹 3-sonli talabalar turar joyiga — 6-sentyabrdan.
❗️Yuqori bosqich, ya’ni 2–4-bosqich talabalari esa my.gov.uz platformasi orqali ariza yuborib, TTJga joylashish bo‘yicha yo‘llanmasi shakllangan taqdirda 8-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashishlari mumkin.
⚠️Talabalardan TTJga kelishdan avval my.gov.uz platformasidagi ariza holatini va joylashish bo‘yicha yo‘llanmasi shakllanganini tekshirish so‘raladi.
🏠 Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun maxsus elektron platforma:
https://adpittj.netlify.app/
🗺Manzil: Andijon shahar, do'stlik ko'chasi 4-uy (🚕20 yo'nalishdagi damaslar qatnaydi)
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 5 420 |
| 8 | 📢 E’LON!
DUAL TA’LIMGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun dual ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 2026-yil 5-sentabr kuni soat 08:30 da institutga kelishlari so‘raladi.
📌 Abituriyentlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:
Pasportning asl nusxasi;
Natija qayd varaqasi.
Ma’lumot uchun: dual ta’lim shaklida o‘quv jarayoni “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida tashkil etilib, ta’lim jarayonining bir qismi pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, asosiy amaliy qismi esa maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladi.
❗️Belgilangan vaqtda talab etilgan hujjatlar bilan kelishingizni so‘raymiz.
🗺Manzil: Andijon shahar, do'stlik ko'chasi 4-uy (🚕20 yo'nalishdagi damaslar qatnaydi)
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 773 |
| 9 | 📢 RASMIY XABAR: 2026/2027-O‘QUV YILIDA DARS MASHG‘ULOTLARINING BOSHLANISH MUDDATLARI
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalar uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish muddatlari quyidagicha belgilandi.
🎓 KUNDUZGI TA’LIM
🔹 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan, soat 08:30 da;
🔹 3-bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 08:30 da;
🔹 2- va 4-bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 13:30 da dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.
🌙 KECHKI TA’LIM
🔹 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan, soat 16:30 da;
🔹 Yuqori bosqich talabalari — 14-sentyabrdan, soat 16:30 da dars mashg‘ulotlarini boshlaydi.
📚 SIRTQI TA’LIM
🔹 3- va 4-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari — 5-oktyabrdan;
🔹 5-bosqich talabalari uchun — 2-noyabrdan boshlanadi.
🔄 DUAL TA’LIM
Dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun dars mashg‘ulotlarining boshlanish muddati va tashkil etilish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 1 076 |
| 10 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YUTUQLARGA ERISHGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR TAQDIRLANDI
Bugun, 4-sentyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida institut rektori Baxtiyor Rasulov raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish doirasida ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida munosib natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar taqdirlandi.
Dastlab, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan, ilmiy unvonlarga erishgan professor-o‘qituvchilar, xalqaro olimpiadalarda munosib ishtirok etgan professor-o‘qituvchi va talabalar, shuningdek, xorijiy va xalqaro malaka oshirish dasturlarida faol qatnashib, kasbiy tajribasini boyitgan institut vakillari alohida e’tirof etildi.
Institut rektori Baxtiyor Rasulov taqdirlanganlarni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etib, ularning muvaffaqiyatlari nafaqat shaxsiy natija, balki institut jamoasining umumiy salohiyati, ta’lim sifati va ilmiy muhitining yuksalib borayotganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Ayniqsa, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarning ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasi, ilmiy-pedagogik faoliyatdagi fidoyiligi yuksak e’tirofga loyiq ekani qayd etildi.
Shuningdek, ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalari va pedagogik faoliyati institut ilmiy salohiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi. Ularning erishayotgan natijalari yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun ham munosib namuna bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Tadbir davomida xalqaro olimpiadalarda institut sharafini munosib himoya qilgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ham taqdirlandi. Ularning bilim, salohiyat va intellektual imkoniyatlarini xalqaro maydonda namoyon etayotgani institutda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.
Bundan tashqari, xalqaro va xorijiy malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarning tajribasi ham alohida qadrlanib, ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy pedagogik metodlar va innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish institut rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Taqdirlash marosimi davomida faol va tashabbuskor professor-o‘qituvchi hamda talabalarga institut rahbariyati tomonidan munosib e’tirof bildirilib, ularning kelgusidagi ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Institut rektori o‘z so‘zida erishilgan har bir yutuq ortida katta mehnat, izlanish va mas’uliyat mujassam ekanini qayd etib, kelgusida ham professor-o‘qituvchilar va talabalarni respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlovlar, olimpiadalar, ilmiy loyihalar, malaka oshirish va stajirovka dasturlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 400 |
| 11 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YUTUQLARGA ERISHGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR TAQDIRLANDI

🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 2 916 |
| 12 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YUTUQLARGA ERISHGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR TAQDIRLANDI

🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 2 810 |
| 13 | ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KENGAYTIRILGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Bugun, 4-sentyabr kuni Andijon davlat pedagogika institutida institut rektori Baxtiyor Rasulov raisligida 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan institut Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
Dastlab institut rektori Baxtiyor Rasulov yangi 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini yanada oshirish, talabalarga zamonaviy va munosib ta’lim muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda oldinda turgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati atroflicha muhokama qilinib, o‘quv jarayonlarini tasdiqlangan rejalar asosida tizimli tashkil etish, auditoriyalar va ta’lim infratuzilmasining tayyorgarligini ta’minlash, dars mashg‘ulotlarining sifatli va samarali olib borilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida institut oldiga qo‘yilgan strategik maqsad va rejalar, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Alohida e’tibor qaratilgan masalalardan biri professor-o‘qituvchilarning xorijiy stajirovkalarda ishtirokini kengaytirish bo‘ldi. Institutning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, pedagog kadrlarning nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda tajriba almashishi, malaka oshirishi hamda o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni institut faoliyatiga tatbiq etishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Rektor tomonidan professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlariga maqsadli jalb etish, xalqaro hamkor tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish, mavjud imkoniyat va grant dasturlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish, professor-o‘qituvchilarning nufuzli ilmiy nashrlardagi faolligini kuchaytirish, yosh pedagog va tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.
Yig‘ilishda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va loyihalarini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Institut rektori har bir rahbar va mas’ul xodim yangi o‘quv yiliga belgilangan vazifalarning ijrosiga mas’uliyat bilan yondashishi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda yangicha tashabbus va yondashuvlarni namoyon etishi zarurligini alohida qayd etdi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 2 842 |
| 14 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Facebook|Instagram|X | 2 546 |
| 15 | INSTITUT PROFILAKTIKA INSPEKTORI MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash hamda Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatandoshlarimizga berildi.
Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida Andijon davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori, podpolkovnik Qodirov Bahodir Adiljonovich ham bor.
Bahodir Qodirovning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, talaba-yoshlar o‘rtasida qonuniylik va huquqiy madaniyatni mustahkamlash, ularning osoyishta va xavfsiz ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Bahodir Adiljonovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaydi!
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 3 911 |
| 16 | 🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. | 2 587 |
| 17 | 🔹🔹🔹🔹
🔻Payshanba – “Yoshlar kuni”da oliy ta’lim tashkilotlarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
♦️“Dolzarb 90 kun” dasturi hamda payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy, intellektual hamda ijodiy tadbirlar tashkil etildi.
• Urganch davlat pedagogika instituti
• Buxoro davlat universiteti
• Andijon qishlo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Guliston davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Andijon davlat universiteti
• Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
• Andijon davlat chet tillari instituti
• Andijon davlat texnika instituti
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
• Guliston davlat universiteti
• Urganch innovatsion universiteti
• Guliston davlat pedagogika instituti
• Xalqaro innovatsion universiteti
• Guliston davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat pedagogika instituti
• Andijon davlat chet tillari instituti
• Andijon davlat texnika instituti
• Qo‘qon davlat universiteti
• O‘zbekiston davlat milliy estrada san’ati instituti
• Buxoro davlat universiteti
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
• Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
• Guliston davlat universiteti
• Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
• Termiz davlat pedagogika instituti
✅ “Dolzarb 90 kun” – bu shunchaki 90 kunlik vaqt oralig‘i emas, balki yoshlarning iste’dodi va salohiyatini namoyon etish, yangi g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish, o‘z ustida ishlash hamda katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash uchun yaratilgan imkoniyatlar davridir.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram | 3 058 |
| 18 | 🟦🟦
MAGISTRATURA 1-BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA!
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili magistratura bosqichiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2026-yil 7-sentabr kuni boshlanadi.
🕜 Kunduzgi ta’lim — soat 13:30
🕟 Kechki ta’lim — soat 16:30
Barcha magistratura 1-bosqich talabalaridan belgilangan vaqtda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari so‘raladi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 4 054 |
| 19 | 📢 E’LON!
DUAL TA’LIMGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
Andijon davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun dual ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 2026-yil 5-sentabr kuni soat 08:30 da institutga kelishlari so‘raladi.
📌 Abituriyentlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:
Pasportning asl nusxasi;
Natija qayd varaqasi.
Ma’lumot uchun: dual ta’lim shaklida o‘quv jarayoni “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishida tashkil etilib, ta’lim jarayonining bir qismi pedagogika oliy ta’lim tashkilotida, asosiy amaliy qismi esa maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladi.
❗️Belgilangan vaqtda talab etilgan hujjatlar bilan kelishingizni so‘raymiz.
🗺Manzil: Andijon shahar, do'stlik ko'chasi 4-uy (🚕20 yo'nalishdagi damaslar qatnaydi)
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦Telegram🟦Facebook🟦Instagram🟦YouTube | 7 301 |
| 20 | Andijon davlat pedagogika institutiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi
Andijon davlat pedagogika institutida xorijiy fuqarolarni ta’limga qabul qilish jarayonini yanada samarali va qulay tashkil etish maqsadida “Study in Uzbekistan” platformasi orqali hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida institutning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sultonov Ismoiljon hamda Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri Usmonova Umida ishtirok etdi.
Nomzodlar bilan yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularning institutda tahsil olishga bo‘lgan qiziqishi, tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha rejalari, bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, xorijiy tillarni bilish darajasi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talabgorlarning kelgusidagi ilmiy va kasbiy maqsadlari ham o‘rganildi.
Mazkur suhbat xorijiy fuqarolarni Andijon davlat pedagogika institutiga qabul qilish jarayonining ochiqligi, shaffofligi va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilayotganini ko‘rsatadi.
Institutda xorijiy talabalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim xizmatlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 4 071 |