ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI BAXTIYOR RASULOV QORABOĞ UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI UNVONIGA SAZOVOR BÖLDI
Joriy yilning 16-oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi şahrida Özbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari örtasida II Rektorlar forumi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida taşkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro forumda ikki mamlakatdan 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi rahbarlari va vakillari iştirak etdi.
Forumda
Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov boşçiligidagi institut delegatsiyasi ham faol iştirak etib, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytiriş, ilğor tajribalarni almaşiş va oliy ta’lim sohasida yangi şeriklik aloqalarini rivojlantirişga qaratilgan muhokamalarda qatnaşdi.
Xalqaro forum doirasida institut rektori Baxtiyor Rasulov delegatsiya a’zolari bilan birgalikda
Qoraboğ universitetiga taşrif buyurib, mazkur oliy ta’lim muassasasining zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, öquv jarayonlarini taşkil etiş tajribasi hamda talabalar uçun yaratilgan şert-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.
Taşrif davomida delegatsiya universitetning asosiy öquv binosi, Biznes va iqtisodiyot binosi, Tibbiyot va soğliqni saqlaş fanlari fakulteti hamda Universitet klinikasida böldi. Mehmonlarga mazkur tuzilmalarning faoliyati, zamonaviy öquv muhiti, amaliy ta’lim imkoniyatlari va turli mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlaş tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taşrifning eng e’tiborli voqealaridan biri — Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulovga Qoraboğ universitetining faxriy professori unvoni berilgani böldi.
Mazkur faxriy unvon ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari örtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, akademik hamkorlikni rivojlantiriş hamda özaro tajriba almaşiş istiqbollari nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, taşrif davomida universitetning zamonaviy ta’lim texnologiyalari, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştirişga qaratilgan yondaşuvlari hamda ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantiriş borasidagi tajribalari bilan yaqindan tanişildi.
II Rektorlar forumi Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, qöşma ilmiy-ta’lim loyihalarini rivojlantiriş hamda oliy ta’lim muassasalari örtasida uzoq muddatli strategik şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
🟦
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦
Telegram 🟦
Facebook 🟦
Instagram 🟦
YouTube