ru
Feedback
Adpi.uz | Rasmiy kanal

Adpi.uz | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

✔️Veb-sayt:www.adpi.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz ✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz ✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz ✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz ©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adpiuzbot

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Adpi.uz | Rasmiy kanal

Канал Adpi.uz | Rasmiy kanal (@adpiuz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 12 819 подписчиков, занимая 15 844 место в категории Образование и 6 369 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 12 819 подписчиков.

Согласно последним данным от 13 июня, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -1 189, а за последние 24 часа — -17, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 13.99%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 10.29% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 1 794 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 319 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 7.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz ✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz ✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz ✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz ©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adpiuzbot

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 14 июня, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.

12 819
Подписчики
-1724 часа
+47 дней
-1 18930 день
Архив постов
🇺🇿 Tarixiy onlar yaqin! Men 12-man O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok et
+9
🇺🇿 Tarixiy onlar yaqin! Men 12-man O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu nafaqat futbolchilar, balki millionlab muxlislar uchun ham muhim qadam! Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi #Men12Man chellenjiga qo‘shiladi. ⚽️ Maydonda 11 futbolchi, tribunada esa millionlab yuraklar! Biz terma jamoamizning 12-o‘yinchisimiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿🔥 #Men12Man #BizBirgamiz #JahonChempionati #Uzbekistan 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun 14-iyun 2026-yil,yakshanba 📆 Bugun: 💻 Xalqaro blogerlar kuni 🇺🇸 AQSh - Amerika bayrog‘i kuni. 🇫🇰 Folkl
🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun 14-iyun 2026-yil,yakshanba 📆 Bugun: 💻 Xalqaro blogerlar kuni 🇺🇸 AQSh - Amerika bayrog‘i kuni. 🇫🇰 Folklend orollari - Ozodlik kuni. 🇨🇺 Kuba - Ernesto Che Gevara kuni. 🇱🇻 Latviya, 🇪🇪 Estoniya - Kommunistik qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni. 🇨🇴 Litva - Motam va umidlar kuni. 🇲🇼 Malavi - Ozodlik kuni. 🇲🇳 Mo‘g‘uliston - Budda kuni. 🇵🇱 Polsha - Nemis fashistlari konslagerlari qurbonlarini xotirlash kuni. 🇷🇺 Rossiya - Migratsion xizmat xodimlari kuni. ⏳ Tarixiy  voqealar: ✅ 1797 - Fransiya istilosidan so'ng Liguriya Respublikasi tashkil etilganligi e'lon qilindi. 🧑‍✈️ 1800 - Qohirada Napoleon generali, Misr gubernatori Jan-Batist Kleber musulmon mutaassib tomonidan o'ldirildi. ⚔️ 1807 - Fridland jangi. Rus qo‘shinlari Napoleon tomonidan yakson qilindi. 👑 1839 - Angliyada birinchi Qirollik regatasi Xenleyda bo‘lib o‘tdi. 💻 1951 - Vashingtonda birinchi kompyuter - “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi. 📝 1985 - Shengen kelishuvi  imzolandi. 🎉 Bugun tug'ilganlar: 🤵‍♂️ 1871 - Fyodor Tokarev (1968) - rus o‘qotar qurol konstruktori, Sotsialistik Mehnat qahramoni. 👮🏻‍♂️ 1882 - Yon Antonesku (1946) - rumin harbiy va davlat arbobi, Ruminiya diktatori (1940-1944). 🧑🏻‍💼 949 - Bertran Lavye - fransuz rassomi, “aksilsan’at” namoyondasi. 👩‍💼 1968 - Yasmin Blit - amerikalik aktrisa, fotomodel. 🤵🏻1978 - Maxset O'temuratov - qoraqalpogʻistonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti. 🤵‍♂️ 1983 - Davron Fayziyev - Oʻzbekistonlik sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media departamenti direktori (2019-yildan).  🤵🏻‍♀️ 1990 - Regina Todorenko - ukrainalik teleboshlovchi, qo‘shiqchi, kompozitor. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🇺🇿 Tarixiy onlar yaqin! Men 12-man O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok et
+9
🇺🇿 Tarixiy onlar yaqin! Men 12-man O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu nafaqat futbolchilar, balki millionlab muxlislar uchun ham muhim qadam! Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi #Men12Man chellenjiga qo‘shiladi. ⚽️ Maydonda 11 futbolchi, tribunada esa millionlab yuraklar! Biz terma jamoamizning 12-o‘yinchisimiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿🔥 #Men12Man #BizBirgamiz #JahonChempionati #Uzbekistan 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟧🟧🟧🟧 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUV IMTIHONLARI O'TKAZILMOQDA Andijon davlat pedagogika institutida 2025/2
+9
🟧🟧🟧🟧 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUV IMTIHONLARI O'TKAZILMOQDA Andijon davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya jarayonlari davom etmoqda. Bakalavriat bosqichi talabalari bitiruv malakaviy ishlari va davlat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ishtirok etmoqda. Imtihonlar barcha fakultetlarda ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va kasbiy tayyorgarlik darajalarini amaliy misollar orqali namoyish etishmoqda. Mazkur jarayon yosh mutaxassislar uchun muhim bosqich bo‘lib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratadi. Bitiruvchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟩🟩🟩🟩 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sud tizimi xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi Andijon
+9
🟩🟩🟩🟩 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sud tizimi xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi Andijon davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimi xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur intellektual bellashuv xodimlarning bilim va tafakkur salohiyatini oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, tezkorligi hamda keng dunyoqarashini namoyon etdilar. Tadbir davomida intellektual o‘yinlarning jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar va mutaxassislar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etilgan mazkur tadbir “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tashabbuslarning mantiqiy davomi bo‘lib, ishtirokchilarda yuqori kayfiyat va ijobiy taassurotlar qoldirdi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun 13-iyun 2026-yil, shanba 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro albinzm haqida xabarlarni keng yoyish kuni. 🌏 Tikuv m
🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun 13-iyun 2026-yil, shanba 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro albinzm haqida xabarlarni keng yoyish kuni. 🌏 Tikuv mashinasi kuni. 🌏 To‘g‘nog‘ich tug‘ilgan kun. 🇬🇷 Argentina - Yozuvchilar kuni. 🇦🇺 Avstraliya - Monarx tug‘ilgan kun (Qirolichaning rasmiy tug‘ilgan kuni). 🇮🇶 Iroq - Sulaymoniyadagi shahidlarni xotirlash kuni. 🇵🇱 Polsha - Harbiy jandarmeriya kuni. 🇭🇺 Vengriya - Venger ixtirochilari kuni. ⏳ Tarixiy  voqealar: 🏛 1891 - Istanbul Arxeologiya muzeyi ochildi. Ushbu muzey turli madaniyatlarga oid 1 mln dan ortiq asari bilan dunyoning eng yirik muzeylaridan biridir. ✅ 1920 - Jenevada Xalqaro Feministkalar Kongressi ochildi. 🤝 1934 - Venetsiyada Gitler va Mussolini  uchrashuvi. 🤵🏻 1942 - AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt Strategik xizmatlar boshqarmasi (hozirgi MRB) ni tuzish haqida qaror qabul qildi. 🚀 1944 - Olmoniyada qanotli raketalar ilk bor qoʻllanildi. 📚 1949 - Oruellning “1984-yil” romani AQShda yilning eng yaxshi kitobi deb topildi. 🎉 Bugun tug'ilganlar: 🤵‍♂️ 1865 - Uilyams Yits (1939) - irland shoiri va dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi (1923). 👨🏻‍🔬 1870 - Jyul Borde (1961) - belgiyalik bakteriolog va immuniolog, vaksinalar yaratuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1919). 🧑‍🔬 1911 - Luis Alvares (1988) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1968). 🧑🏻‍💼 1940 - Goyko Mitich - yugoslaviyalik kinoaktyor, rejissiyor va kaskadyor. 👨‍💼 1944 - Pan Gi Mun - BMTning sakkizinchi Bosh kotibi (2007-2016). ⚽️ 1957 - Rinat Dasayev - mashhur sovet futbolchisi, darvozabon. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🇺🇿 Tarixiy onlar yaqin! Men 12-man O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok et
+9
🇺🇿 Tarixiy onlar yaqin! Men 12-man O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu nafaqat futbolchilar, balki millionlab muxlislar uchun ham muhim qadam! Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi #Men12Man chellenjiga qo‘shiladi. ⚽️ Maydonda 11 futbolchi, tribunada esa millionlab yuraklar! Biz terma jamoamizning 12-o‘yinchisimiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿🔥 #Men12Man #BizBirgamiz #JahonChempionati #Uzbekistan 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

“Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” mavzusidagi onlayn ma’ruza o‘tkazildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
+6
“Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” mavzusidagi onlayn ma’ruza o‘tkazildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshirig‘iga muvofiq, joriy yilning 12-iyun kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tashabbusi bilan masofaviy ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur onlayn tadbir doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, falsafa fanlari doktori Jo‘rayev Narzulla Qosimovich tomonidan “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” mavzusida ma’ruza o‘qilmoqda. Unda Andijon davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda iqtidorli talabalari ZOOM platformasi orqali faol va tizimli ravishda ishtirok etmoqda. Ma’ruza davomida Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini qaror toptirish, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritilmoqda. Bunday ilmiy-ma’rifiy tadbirlar talaba-yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini boyitish, ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟩🟩🟩🟩 “Dolzarb 90 kun”: Talabalar Xorazmning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishmoqda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida
🟩🟩🟩🟩 “Dolzarb 90 kun”: Talabalar Xorazmning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishmoqda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon davlat pedagogika instituti talabalari uchun ichki turizmni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning Vatanimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Xorazm viloyatiga ma’rifiy sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida talabalar qadimiy Xiva shahrining noyob tarixiy-me’moriy yodgorliklarini o‘zida mujassam etgan Ichan-Qal’a majmuasini ziyorat qildilar. Ushbu ochiq osmon ostidagi muzey bilan tanishish jarayonida yoshlar buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy meros, milliy qadriyatlar va o‘ziga xos me’morchilik maktablari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur sayohat talabalarda yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosiga nisbatan qiziqishni yanada kuchaytirib, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga sadoqat va ajdodlar merosini asrab-avaylash mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy kamoloti va dunyoqarashini boyitishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun 12-iyun 2026-yil, juma 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. 🌏 To‘qimachilik v
🟥🟥🟥🟥🟥 Bugun 12-iyun 2026-yil, juma 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. 🌏 To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni. 🌏 Xalqaro shialar kuni. 🌏 Protivogazning tug‘ilgan kuni. 🇧🇷 Braziliya - Sevishganlar kuni. 🇽🇰 Kosovo - Tinchlik kuni. 🇳🇬 Nigeriya - Demokratiya kuni. 🇪🇬 Paragvay - Tinchlik kuni. 🇷🇺 Rossiya - Mustaqillik kuni. 🇺🇦 Ukraina - Fond bozori xodimlari kuni. 🇹🇲 Turkmaniston - Fanlar kuni. 🇸🇽 Filippin - Mustaqillik kuni. 🇫🇮 Finlandiya - Xelsinki shahri kuni. ⏳ Tarixiy  voqealar: 🏛 1668 - Lund (Shvetsiya)da Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri tashkil etildi. ✅ 1776 - Virjiniya Huquqlar Deklaratsiyasini qabul qilgan birinchi Amerika shtati bo'ldi. 🔰 1849 - Lyuis Xaslet protivogazga patent oldi. 🕌 1867 - Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil topdi. 🔪 1897 - Karl Elzener  shveytsar armiya pichog‘iga patent oldi. ✈️ 1909 - Uchuvchi va ikki yo‘lovchisi bo‘lgan birinchi “Blerio” aeroplani havoga ko‘tarildi. 🎛1936 - Amerikadagi birinchi qisqa to‘lqinli radiostansiya ishga tushdi. 🤵🏻 2000 - Ahmad Qodirov  Checheniston Respublikasi  Administratsiyasi boshlig'i etib tayinlandi. ⚽️ 2014 - San-Paulada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati ochildi. 🎉 Bugun tug'ilganlar: 🧑🏻‍🏫 1773 - Amshel Rotshild (1855) - nemis bankiri, Rotshildlar sulolasi asoschilaridan biri. 🧑🏻‍💼 1824 - Albert Karye-Belle (1887) - fransuz haykaltaroshi. 👨🏻‍🔬 1899 - Friz Albert Lipmann (1986) - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1953). 🤵🏻‍♀️ 1908 - Marina Semyonova (2010) - balerina, pedagog, SSSR Xalq artisti, Sotsialistik Mehnat qahramoni. 👨‍💼 1915 - Devid Rokfeller (2017) - amerikalik bankir, davlat arbobi. 🧑‍⚕️ 1942 - Bert Zakman - nemis vrachi, fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1991). 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Repost from Yoshlar.edu.uz
+8
🔹🔹🔹🔹 🗣Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ma’rifiy tashriflar va tadbirlar o‘tkazilmoqda. 🏢 Oliy ta’lim tashkilotlarida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Guliston davlat universiteti⁠ • Urganch davlat pedagogika instituti⁠ • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti⁠ • Turan International University⁠ • Andijon davlat tibbiyot instituti⁠ • Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti⁠ • Andijon davlat pedagogika instituti⁠ • Andijon davlat universiteti⁠ • Andijon davlat chet tillari instituti⁠ • Buxoro davlat universiteti⁠ • Farg‘ona davlat texnika universiteti⁠ • Qoraqalpoq davlat universiteti⁠ • Samarqand davlat universitetining Urgut filiali⁠ • Olmaliq davlat texnika instituti⁠ • Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali⁠ • Samarqand davlat tibbiyot universiteti⁠ • Jizzax politexnika instituti⁠ • Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi⁠ • Jizzax shahar Sambhram universiteti⁠ • Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali⁠ • Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali⁠ • Toshkent kimyo-texnologiya instituti⁠ • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bunday tadbirlar oliy ta’lim muassasalarida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

🟥🟥🟥🟥 🟥🟥🟥🟥🟥🟥🟥 #JahonChempionati #BizBirgamiz 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz! 🏆Andijon davlat pedagogika instituti talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatida chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi hamda futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaydi. 🇺🇿 Vatan sharafi uchun, g‘alaba uchun, olg‘a, O‘zbekiston! 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

“Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi doirasida talaba-yoshlar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi “Talaba Expo–2
+6
“Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi doirasida talaba-yoshlar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi “Talaba Expo–2026” ko‘rgazmasi doirasida talaba-yoshlarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish hamda mavjud muammolarni hal etish mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokama davomida murojaatlar bilan ishlash amaliyotini yanada takomillashtirish, ularni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda tizimli yondashuv asosida samarali yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ehtiyoj va takliflarini o‘rganish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Mazkur muhokama talaba-yoshlar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda yoshlar manfaatlariga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 Bitiruvchi talabalar bilan muloqot o‘tkazildi Andijon davlat pedagogika institutida sirtqi ta’lim shakli
+5
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 Bitiruvchi talabalar bilan muloqot o‘tkazildi Andijon davlat pedagogika institutida sirtqi ta’lim shakli bitiruvchi talabalarining malakaviy imtihoni bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonida Andijon viloyati teleradiokanali direktori Abdulhamid Nurmatov bitiruvchi talabalar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida yoshlarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligi, mehnat bozoridagi talablar, mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatlari hamda kelgusidagi faoliyat istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda institut rektori Rasulov Baxtiyor Muhammadjonovich ham ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘z tavsiya va tilaklarini bildirdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga oid muhim tavsiyalar bilan boy bo‘lib, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari hamda malakali mutaxassis sifatida shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etdi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 Xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Andijon davlat pedagogika institutiga Xitoy Xalq R
+5
🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 Xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Andijon davlat pedagogika institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Shenyang Urban Construction University delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur tashrif xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va madaniy almashinuvni kengaytirish hamda institut huzuridagi Xitoy tili va madaniyati markazi faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratildi. Tashrif davomida mehmonlar institutning zamonaviy infratuzilmasi, o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, talabalar turar joylari hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga ta’lim jarayonlari, ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Muloqotlar chog‘ida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, xitoy tilini o‘qitish sifatini oshirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa Andijon davlat pedagogika i
+6
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧 Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa Andijon davlat pedagogika institutida Payshanba – yoshlar kuni doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institutning Karyera markazi rahbari Elmurodjon Tashbayev hamda Andijon viloyati Milliy banki AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi rahbari Baxtiyor Odilov ishtirok etdi. Tomonlar bitiruvchi-talabalarni ish bilan ta’minlash, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi PQ–210-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟧🟧🟧🟧 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUV IMTIHONLARI O'TKAZILMOQDA Andijon davlat pedagogika institutida 2025/2
+9
🟧🟧🟧🟧 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUV IMTIHONLARI O'TKAZILMOQDA Andijon davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya jarayonlari davom etmoqda. Magistratura talabalari bitiruv malakaviy ishlari va davlat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ishtirok etmoqda. Imtihonlar barcha fakultetlarda ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va kasbiy tayyorgarlik darajalarini amaliy misollar orqali namoyish etishmoqda. Mazkur jarayon yosh mutaxassislar uchun muhim bosqich bo‘lib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratadi. Bitiruvchilarga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Repost from Yoshlar.edu.uz
❗️Kelajagingizni xavfga qo‘ymang: zakladchilikdan yiroq bo‘ling!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 #ADPI #Yoshlar_kuni #Sport #Andijon ADPIda tonggi badantarbiya — sog‘lom hayot sari muhim qadam Andijon
+8
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 #ADPI #Yoshlar_kuni #Sport #Andijon ADPIda tonggi badantarbiya — sog‘lom hayot sari muhim qadam Andijon davlat pedagogika institutida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi. Bugun erta tongdan institut rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda 800 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotlar ko‘tarinki ruh, yuqori tashkiliy saviya va jamoaviy hamjihatlik asosida tashkil etilib, ishtirokchilarda kunni faol va ijobiy kayfiyatda boshlash muhitini yaratdi.
Mutaxassislar tomonidan qayd etilishicha, tonggi badantarbiya inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, muntazam jismoniy mashqlar organizmda qon aylanishini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni chiniqtiradi, nafas olish tizimi faoliyatini faollashtiradi hamda immunitetni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ertalabki badantarbiya insonning asab tizimini muvozanatlashtirib, stress va charchoqni kamaytiradi, kun davomida ish samaradorligini oshiradi.
Andijon davlat pedagogika institutida yo‘lga qo‘yilgan bunday sog‘lomlashtirish tadbirlari talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamoada ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 #ADPI #Yoshlar_kuni #Sport #Andijon ADPIda “5000 qadam” — sog‘lom hayot sari muhim tashabbus Andijon dav
+8
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩 #ADPI #Yoshlar_kuni #Sport #Andijon ADPIda “5000 qadam” — sog‘lom hayot sari muhim tashabbus Andijon davlat pedagogika institutida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida navbatdagi keng qamrovli sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi. Bugun erta tongdan institut rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda 800 nafardan ortiq talaba-yoshlar “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashabbus jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida sport va salomatlik madaniyatini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbir davomida ishtirokchilar ko‘tarinki ruhda, bir yoqadan bosh chiqarib belgilangan masofani bosib o‘tdilar.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, piyoda yurish inson salomatligi uchun eng oddiy, ammo eng samarali jismoniy faollik turlaridan biridir. Xususan, muntazam piyoda yurish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi hamda stress va ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ertalabki sayr organizmni kun davomida faol bo‘lishga tayyorlab, umumiy ish qobiliyatini oshiradi.
Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etilayotgan bunday ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari nafaqat jismoniy sog‘lomlikni ta’minlash, balki jamoada o‘zaro hamjihatlik, birdamlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube