Adpi.uz | Rasmiy kanal
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz ✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz ✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz ✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz ✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz ©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati Murojaat uchun: @adpirektoribot
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Adpi.uz | Rasmiy kanal
تُعد قناة Adpi.uz | Rasmiy kanal (@adpiuz) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 13 328 مشتركاً، محتلاً المرتبة 14 945 في فئة التعليم والمرتبة 5 882 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 13 328 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 26 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 864، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -13، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 27.02%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 20.05% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 3 603 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 2 673 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 12.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz
©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adpirektoribot”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 27 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.
Qodirova Xamidaxon Nurmuxamadovna 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.Xamidaxon Qodirova 1983-yil 2-sentyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. U 2001–2005-yillarda Andijon davlat universitetining “Fizika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichida, 2005–2007-yillarda esa “Fizika va uni o‘qitish metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Ilmiy izlanishlarini izchil davom ettirgan Xamidaxon Qodirova 2024-yil 20-dekabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2025-yil 12-fevralda unga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan.
Xamidaxon Qodirovaning bugungi kunga qadar 33 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan. Jumladan, u 1 ta mualliflik guvohnomasi (DGU), 5 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma muallifidir. Shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi ilmiy nashrlarda 14 ta ilmiy maqolasi, jumladan, 9 tasi respublika va 5 tasi yuqori Impact Factor ko‘rsatkichiga ega xorijiy jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari, uning 13 ta respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari e’lon qilingan.Olimaning ilmiy faoliyati fizika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda o‘quvchilarning fanga oid bilim va kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga qaratilgan. 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonining berilishi Xamidaxon Qodirovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, samarali izlanishlari va ta’lim sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Qodirova Xamidaxon Nurmuxamadovnani ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Kochkarova Shaxnoza Satvaldiyevna 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlandi.Shaxnoza Kochkarova 1978-yil 20-martda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U 2011-yilda Andijon davlat universitetini boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Shaxnoza Kochkarova ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi, xususan, boshlang‘ich ta’limda fanlarni samarali o‘qitish masalalari bo‘yicha izchil ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Bugungi kunga qadar uning muallifligida 20 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ish e’lon qilingan. Jumladan, u 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta darslik muallifidir. Shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi ilmiy nashrlarda 12 ta ilmiy maqolasi, jumladan, respublika va xorijiy jurnallarda qator ilmiy ishlari chop etilgan.13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlanishi Shaxnoza Kochkarovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, izchil izlanishlari hamda ta’lim sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Kochkarova Shaxnoza Satvaldiyevnani ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
To‘rayev Axrorbek Tojdinovich 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.Axrorbek To‘rayev 1987-yil 9-mayda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. U 2008–2012-yillarda Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichida tahsil olgan. 2020–2022-yillarda esa Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi doirasida “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. Axrorbek To‘rayev ilmiy-pedagogik faoliyati davomida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash yo‘nalishlarida izchil faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunga qadar uning muallifligida 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma hamda 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonining berilishi Axrorbek To‘rayevning ilmiy-pedagogik faoliyati, kasbiy tajribasi hamda jismoniy tarbiya va sport ta’limi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi To‘rayev Axrorbek Tojdinovichni ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Jo‘rayeva Nasibaxon Ganiyevna 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.Nasibaxon Jo‘rayeva 1961-yil 27-noyabrda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. U 1968–1978-yillarda Asaka tumanidagi 27-o‘rta maktabda tahsil olib, uni oltin medal bilan tamomlagan. 1978–1982-yillarda Andijon davlat pedagogika institutining “O‘zbek tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Nasibaxon Jo‘rayeva ta’lim sohasida 43 yillik pedagogik faoliyat davomida o‘zbek tili va adabiyoti, tilshunoslik hamda ta’lim metodikasi yo‘nalishlarida samarali ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordi.
Uning muallifligida 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta DGU yaratilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda, respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 50 dan ziyod ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.Olimaning ko‘p yillik pedagogik tajribasi, ilmiy izlanishlari, o‘zbek tilshunosligi va ta’lim tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi uning ilmiy-pedagogik faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. 10.00.01 – “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonining berilishi Nasibaxon Jo‘rayevaning ko‘p yillik fidokorona mehnati, ilmiy salohiyati va ta’lim sohasidagi samarali faoliyatining munosib e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Jo‘rayeva Nasibaxon Ganiyevnani ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Shamatova Ominaxon Shukurdinovna 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlandi.Ominaxon Shamatova 1973-yil 22-iyunda Andijon shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1997-yilda Farg‘ona davlat universitetining Xorijiy tillar fakulteti Sharqshunoslik bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi — sharqshunos-filolog, fors tili va adabiyoti hamda ingliz tili o‘qituvchisi. Olimaning ilmiy faoliyatida 2024-yil muhim bosqich bo‘ldi. U 2024-yil 15-oktyabr kuni Namangan davlat chet tillar instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi bo‘yicha “Turli til bilish darajasidagi nofilologik OTM talabalariga til o‘qitishning lingvodidaktik asoslari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 31-oktyabrdagi 363/1-son bayonnomasi asosida unga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan. Ominaxon Shamatova ilmiy-pedagogik faoliyati davomida xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlar hamda raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha izchil ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2024-yildagi dissertatsiya himoyasidan so‘ng uning 10 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari chop etilgan. Jumladan, u “English through Digital Devices” nomli o‘quv qo‘llanma, ushbu qo‘llanmaning veb-ilovasi uchun dasturiy ta’minot guvohnomasi (DGU), “Oliy ta’lim muassasalari turli til bilish darajasidagi talabalarga ingliz tili o‘qitishning metodik asoslari” nomli monografiya hamda “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda chet (ingliz) tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik muallifidir. Shuningdek, olimaning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar hamda ilmiy-amaliy anjumanlarda qator maqola va tezislari e’lon qilingan.
13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlanishi Ominaxon Shamatovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, izchil izlanishlari va ta’lim sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Shamatova Ominaxon Shukurdinovnani ushbu yuksak ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
O‘rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlandi.Kumushoy O‘rinboyeva 1997-yil 15-mayda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. U 2015–2019-yillarda Andijon davlat universitetining “Fizika” ta’lim yo‘nalishida bakalavriat bosqichida tahsil olgan. 2020–2022-yillarda esa mazkur universitetning “Fizika (Lazer fizikasi)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Kumushoy O‘rinboyeva ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi yo‘nalishida izchil ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Uning ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyati ta’lim jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunga qadar olimaning 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan. Jumladan, u 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 35 dan ortiq ilmiy maqola muallifidir.13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlanishi Kumushoy O‘rinboyevaning ilmiy-pedagogik faoliyati, samarali izlanishlari hamda ta’lim va fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi O‘rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizini ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Mirzayeva Zubaydaxon Odiljon qizi 02.00.09 – “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.Zubaydaxon Mirzayeva 1991-yil 7-oktyabrda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. U 2014-yilda Andijon davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishini tamomlagan. 2016-yilda esa mazkur universitetning “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Ilmiy faoliyatini izchil davom ettirgan Zubaydaxon Mirzayeva 2023-yil 26-dekabr kuni Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengashda 02.00.09 – “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha “Achchiq tarvuz asosida xalq tabobati uchun oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Unga mazkur ilmiy tadqiqot natijalari asosida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan. Zubaydaxon Mirzayevaning bugungi kunga qadar 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan. Jumladan, u 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, 2 ta dasturiy mahsulot uchun DGU, shuningdek, 20 ta tezis va 20 dan ortiq ilmiy maqola muallifidir. Olimaning ilmiy izlanishlari tabiiy biologik resurslardan samarali foydalanish, ularning kimyoviy tarkibini tadqiq etish, oziq-ovqat qo‘shilmalarini yaratish hamda ularni ilmiy asosda tasniflash kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi.
02.00.09 – “Tovarlar kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonining berilishi Zubaydaxon Mirzayevaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, izchil tadqiqotlari va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasining munosib e’tirofidir.Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Mirzayeva Zubaydaxon Odiljon qizini ushbu ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
To‘raxonova Barno Tursunboy qizi 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.Barno To‘raxonova 1994-yil 24-martda Andijon viloyati Andijon tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 2013–2017-yillarda Andijon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida bakalavriat bosqichida, 2017–2019-yillarda esa mazkur yo‘nalish bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Ilmiy faoliyati davomida pedagogika va psixologiya, bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Barno To‘raxonova Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)” ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak pedagog-psixologlarni tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ustida ilmiy izlanish olib borgan.Bugungi kunga qadar olimaning ilmiy nashrlarda 36 ga yaqin maqolasi chop etilgan. Jumladan, ularning 9 tasi respublika, 10 dan ortig‘i xorijiy ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. Shuningdek, Barno To‘raxonova 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta DGU va 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi. Mazkur ilmiy unvon Barno To‘raxonovaning ilmiy-pedagogik faoliyati, izchil izlanishlari, ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari hamda ta’lim sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi To‘raxonova Barno Tursunboy qizini dotsent ilmiy unvonini olgani bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Mirzayev Toxirjon Turg‘unovich 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.Toxirjon Mirzayev 1969-yil 14-fevralda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. U 1995-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutining “Filologiya (rus tili va adabiyoti)” yo‘nalishini tamomlagan. Mazkur ta’lim bosqichi magistratura darajasiga tenglashtirilgan. Shuningdek, 2002-yilda Andijon davlat universitetida ikkinchi mutaxassislik sifatida huquqshunoslik yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Toxirjon Mirzayev ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi yo‘nalishida samarali izlanishlar olib bormoqda. Uning muallifligida jami 19 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ish e’lon qilingan. Jumladan, u 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifidir. Shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi ilmiy nashrlarda 3 ta ilmiy maqolasi, respublika, xalqaro, yuqori Impact Factor ko‘rsatkichiga ega hamda xorijiy ilmiy jurnallarda esa 13 ta ilmiy maqolasi chop etilgan.
Mazkur ilmiy unvon Toxirjon Mirzayevning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim metodikasini takomillashtirish yo‘lidagi izlanishlari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasining munosib e’tirofidir.Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Mirzayev Toxirjon Turg‘unovichni dotsent ilmiy unvonini olgani bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi yutuqlar, samarali izlanishlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Umarova Yayraxon To‘xtanazarovna 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonida tasdiqlandi.Yayraxon Umarova 1982-yil 19-martda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. U 2003-yilda Andijon davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini bakalavriat bosqichida, 2005-yilda esa Lingvistika mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. Olimaning ilmiy faoliyatida 2020-yil muhim bosqich bo‘ldi. U 2020-yil 11-noyabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengashda 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)” ixtisosligi bo‘yicha “Til ta’limida matn tahlili orqali o‘quvchilarda pragmatik kompetensiyani rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2020-yil 31-dekabrda unga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi. 2022-yil 30-sentyabrda Yayraxon Umarova “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlandi. Ilmiy izlanishlarini izchil davom ettirgan olima 2025-yil 15-oktyabr kuni Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik Ilmiy kengashda “Kognitiv lingvistika asosida talabalar ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025-yil 28-noyabrda unga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi. Bugungi kunda Yayraxon Umarova 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, uning ilmiy izlanishlari o‘zbek tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy lingvistik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalarning pragmatik va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga qaratilgan. Professor ilmiy unvonida tasdiqlanishi olimaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, izchil izlanishlari hamda ta’lim va fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak e’tirofidir. Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Umarova Yayraxon To‘xtanazarovnani ushbu yuksak ilmiy muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatiga yangi zafarlar, ulkan yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Biz quyidagi yo‘nalishlarga qiziqadigan yoshlarni kutamiz: 👉 operatorlik va mobilografiya; 👉 video montaj va grafik dizayn; 👉 jurnalistika va muhbirlik; 👉 suhaddonlik va intervyu olish; 👉 ssenariy va kreativ matnlar yozish; 👉 vaynerlik va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash; 👉 sun’iy intellekt texnologiyalari va AI vositalari bilan ishlash; 👉 sun’iy intellekt asosida kreativ kontent yaratish; 👉 yangi loyiha va tashabbuslarni ilgari surish.⚡️ Bu yerda Siz o‘z iqtidoringizni real loyihalarda sinab ko‘rish, media va zamonaviy texnologiyalar sohasida amaliy tajriba orttirish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish va kreativ jamoaning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ❗️Diqqat kasting 28-sentyabr kuni soat 9:00da boshlanadi 📍 Manzil: “V” bino, 207-xona 📞 Bog‘lanish uchun: +998 95 060 00 80 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
