en
Feedback
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

Open in Telegram
8 628
Subscribers
-424 hours
+587 days
+66730 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari #06.09–11.09.2026 Eng qimmat resurs Abduvali XOLIQOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktori, professor; “Ilmiy ishlanmadan qo‘shilgan qiymatga” — Rustam ERGASHEV, Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarmasi boshlig‘i; “Markaziy Osiyo va Bolqonni bog‘lovchi strategik ko‘prik” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor; “Agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor; «От идеи до промышленности: Как инновации становятся технологичной продукцией?» — Ботир УСМАНОВ, ректор Ташкентского химико-технологического института, профессор; “Oʻzbekiston — Serbiya: agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi”Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor; Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor; Innovatsion taraqqiyot sari” — Diyorjon ABDULLAYEV, Urganch davlat pedagogika instituti rektori v. b., professor; “Iqtisodiy ochiqlik: cheklovdan unumdorlikka”Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor; Katta o‘zgarishlar formulasi — Obidjon SHOFIYEV, Termiz davlat universiteti birinchi prorektori; “Raqamli avlod davri: ta’lim-tarbiya transformatsiyasi” — Qudratulla OMONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti birinchi prorektori; O‘zbekiston diplomatiyasi: o‘zaro ishonch va hamkorlik uchun barqaror muhit” — Farhod KARIMOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dekani, professor; “Siyosiy ishonch va umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik” — Abdurayim ULUG‘OV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali kafedra mudiri, dotsent; “Yashil tamoyil — Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish modeli” — Nosir MAHMUDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori; “Roʻyxat boshida” Rustambek SHAMSUTDINOV, Andijon davlat universiteti professori; “Sahnadagi 35 yil: tarix, bugun, kelajak” Shuhrat RIZAYEV, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor; “Xalq va davlat uygʻunligi — kelajak taraqqiyoti” Zohidullo MUNAVVAROV, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori.

#Yoshlar #OchiqMuloqot #YoshlarSiyosati #YoshlarImkoniyatlari Yoshlar — islohotlarning faol ishtirokchisi 👍 Buxoro davlat pe
+9
#Yoshlar #OchiqMuloqot #YoshlarSiyosati #YoshlarImkoniyatlari Yoshlar — islohotlarning faol ishtirokchisi 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. 💻 Muloqotda Buxoro viloyat yoshlar ishlari boshqarmasining Bolalar, xotin-qizlar, ta’limdagi yoshlar va volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Hasan Normurodov hamda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umedjanova Malika Lukmanovna ishtirok etdi. ☄️ Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari va turli tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, o‘z iqtidor va qobiliyatini namoyon etishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida fikr almashildi. ➡️ Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning mavjud imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, ularni yangi tashabbus va loyihalarga jalb etish hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar — yurtimiz taraqqiyoti va kelajagining muhim kuchi. Ularning har bir tashabbusi, intilishi va izlanishi yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️ 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining 1-kurs talabalari o‘rtasida sport musobaqalari q
+5
#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️ 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining 1-kurs talabalari o‘rtasida sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. 🏓 Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda talaba-yigitlar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va sport mahoratini namoyish etdilar. 🤩 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Mirzakarimov Murodillo, Harbiy ta’lim yo‘nalishi 🥈 2-o‘rin — Kenjayev Botir, Harbiy ta’lim yo‘nalishi 🥉 3-o‘rin — Oqmurodov Mirshodbek, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti G‘olib va sovrindor talabalarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz! 🏃‍♂️ Navbatdagi bahslar — yengil atletika! 📅 18-sentyabrSoat 12:00 📍 Buxoro shahri, “Sitora” stadioni 🎓 Talabalar o‘rtasida 4×100 metr estafetali yugurish bo‘yicha yengil atletika musobaqasi o‘tkaziladi. 🏙 Bunday sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

Xalqaro hamkorlik faoliyati amalda 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti va Turkiya Respublikasining Hacettepe universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida xalqaro akademik almashinuv jarayonlari izchil davom etmoqda. 🇹🇷 Mazkur hamkorlik doirasida Hacettepe universiteti Zamonaviy turkiy tillar va adabiyoti bo‘limi doktoranti Gizem Kılıç akademik almashinuv dasturi asosida Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Ikki hafta davomida Gizem Kılıç O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlikda o‘zining ilmiy tadqiqot mavzusi yuzasidan izlanishlar olib borib, ilmiy-akademik faoliyatini samarali davom ettirmoqda.
📚 Shu bilan birga, xorijiy tadqiqotchi Tillar fakultetining 3-bosqich talabalari uchun “Sharq tillari (turk tili)” fanidan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida talabalar turk tilining grammatik xususiyatlari, lug‘at boyligi, to‘g‘ri talaffuz va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlar orqali yanada mustahkamlamoqdalar.
🌐 Mazkur akademik almashinuv xalqaro tajribani o‘rganish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarning xorijiy til bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#Payshanba_Yoshlar_kuni Rahbar va yoshlar uchrashuvi: xavfsizlik — muhim masala 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida “Rahb
+9
#Payshanba_Yoshlar_kuni Rahbar va yoshlar uchrashuvi: xavfsizlik — muhim masala 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i T. Rustamov ishtirokida institut rahbariyati hamda talaba-yoshlar bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi.Uchrashuv davomida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🏙 Xususan, gazdan, ayniqsa, is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish hamda yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha talaba-yoshlarga batafsil tushuntirishlar berildi. ➡️ Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning savol va takliflari tinglanib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Mazkur uchrashuv yoshlarning xavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni ogohlikka chaqirish hamda kuz-qish mavsumini tinch va xavfsiz o‘tkazishga xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

BuxDPIni tanlashingizga eng ko‘p nima sabab bo‘ldi?
Anonymous voting

BuxDPIga o‘qishga kirish qaroringiz qanday boshlangan?
Anonymous voting

BuxDPIni tanlashingizga eng ko‘p nima sabab bo‘ldi?
Anonymous voting

BuxDPIga o‘qishga kirish qaroringiz qanday boshlangan?
Anonymous voting

Yangi oshxona o'z faoliyatini boshladi! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamd
+9
Yangi oshxona o'z faoliyatini boshladi! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi. 📢 Bugundan boshlab institut hududida yangi oshxona rasman o‘z faoliyatini boshladi. Oshxona institut Axborot-resurs markazining orqa tomonida joylashgan bo‘lib, bu yerda talabalar va institut jamoasi uchun qulay sharoitda ovqatlanish imkoniyati yaratilgan. 🥗 Mazali va sifatli taomlar ☕️ Qulay va ozoda muhit 🎓 Talabalar hamda xodimlar uchun qulay xizmat Yangi oshxona institut jamoasi va talabalar uchun kundalik hayotda yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti, Axborot-resurs markazi orqa tomoni. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️ 🏓 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi 🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi” doi
+9
#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️ 🏓 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi 🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida 1-kurs talabalari o‘rtasida sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. 🎓 Talaba qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va sport mahoratini namoyish etdilar. 🥇-o‘rin — Sharipova Jasmina, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 🥈-o‘rin — Boboniyozova Rushana, Tillar fakulteti 🥉-o‘rin — Mo‘minova Zuhra, Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 👏 G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! ➡️ Navbat — talaba yigitlarga! 📅 17-sentyabr14:00 📍 Institut bosh binosi sport zali 🏓 Sport turi: stol tennisi Barcha 1-kurs talaba yigitlarini musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

🔴🟦🟦🟦 🟦🟦 🇺🇿🇺🇿 👍 Bugun, 17-sentyabr kuni Buxoro davlat pedagogika institutida o‘quv va mehnat jarayonlari O‘zbekisto
+5
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦 🇺🇿🇺🇿 👍 Bugun, 17-sentyabr kuni Buxoro davlat pedagogika institutida o‘quv va mehnat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi 🇺🇿 Davlat madhiyasining yangrashi barchamizga Vatanga bo‘lgan sadoqat, milliy g‘urur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yana bir bor his etish imkonini berdi. Mazkur ezgu an’ana professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarni yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilish, o‘z vazifalariga yuksak mas’uliyat bilan yondashish va kelajak sari dadil intilish ruhida birlashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🌱TOZALIK — O‘ZIMIZDAN BOSHLANADI! 💚Tabiatni asrash va atrof-muhitni ozoda saqlash har birimizning burchimiz. Ayniqsa, tahsil olayotgan xonalarimizni toza va tartibli saqlash — yuksak madaniyat belgisi. 💥Keling, har birimiz o‘z xonamizdan boshlab, institutimizning yanada obod va ozoda bo‘lishiga hissa qo‘shaylik! Toza xona — sog‘lom muhit! 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Facebook |📱 Instagram

🔴🟦🟦🟦 🟦🟦 Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalarining dars jarayonidan fotolavhalar 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Ani
+9
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦 Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalarining dars jarayonidan fotolavhalar 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalarining navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlaridan fotolavhalar. 📚 Dars jarayonlarida talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va kompetensiyalarini yanada oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.
📸 Dars jarayonidan fotolavhalar
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube

#BuxDPIda_dars_jarayoni 👍 🎓 Buxoro davlat pedagogika instituti talabalarining dars jarayonlari qizg'in davom etmoqda!
💬 Buxoro davlat pedagogika institutidagi dars jarayonlari haqida fikrlaringizni reaksiyalarda bildiring!

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🧠 “ZAKOVAT” — TALABA QIZLAR LIGASI BOSHLANDI! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida 👍 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha liga o‘z faoliyatini boshladi. Liga davomida bilimdon, topqir va zukko talaba qizlar o‘zaro bellashib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. 🎯 Mazkur loyiha talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan. 💫 Bilim — kuch! Zukkolik — g‘alaba sari yo‘l! 📌 “Zakovat” talaba qizlar ligasi — bilim va tafakkur bellashuvi davom etadi! ©️ Murojaat uchun: @NURULLOYEV_SHAHRIYOR 📸  Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati 📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram

Repost from Edu.uz
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan. To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi. To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram