BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
رفتن به کانال در Telegram
✔️Veb-sayt:www.buxdpi.uz/ ✔️Facebook:www.facebook.com/buxdpi ✔️Instagram:www.instagram.com/buxdpi_uz ✔️Youtube:https://youtube.com/@buxdpi769
نمایش بیشتر8 005
مشترکین
-224 ساعت
+437 روز
-5930 روز
آرشیو پست ها
+5
🏅 E’TIROF — YUKSAK MAS’ULIYAT
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’lim tizimidagi samarali faoliyati uchun “O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof — institutning ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va yoshlar uchun keng imkoniyatlar ochish yo‘lidagi izchil faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
Ushbu e’tirof institut jamoasi uchun ham katta sharaf va yangi marralar sari intilishda muhim rag‘batdir.
Bahodir Ma’murov Baxshulloyevichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — buyuk imkoniyatlar, bunyodkorlik va taraqqiyot timsoli!
#Mustaqillik35yil
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Edu.uz
Prezident Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlari topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
‼️ TALABALAR DIQQATIGA! ‼️
🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti hududida davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) asosida qurilgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi talabalarga o‘z xizmatlarini taklif etmoqda!
🎓 Mazkur talabalar turar joyi yoshlar uchun qulay, shinam va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida zamonaviy talablar asosida jihozlangan.
🏠 Bu yerda talabalar uchun:
😎 zamonaviy va qulay yashash xonalari;
😎 zarur mebel va jihozlar;
😎 o‘qish va mustaqil ta’lim olish uchun qulay sharoitlar;
😎 sanitariya-gigiyena talablari asosidagi sharoitlar;
😎 hordiq chiqarish uchun qulay muhit;
😎 talabalarning kundalik ehtiyojlari uchun zarur infratuzilma
mavjud.
❗️ 400 o‘rinli talabalar turar joyi — ta’lim olish, yashash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni o‘zida mujassam etgan.📣 Aziz talabalar, siz uchun yaratilgan eng qulay va zamonaviy sharoitlardan unumli foydalaning! 📍 Joylashuv (Buxoro shahar, Qayum Murtazoyev ko‘chasi, 16-uy.) 📞 Murojaat uchun: +998936560501 🏠 Qulay yashash muhiti — sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari muhim qadam! 🇺🇿🇺🇿 #DXSH #Mustaqillik35yil #kelajak #yangio'zbekiston #mustaqilyurt 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook|Instagram|X
Repost from Edu.uz
#Magistratura2026 #Tahrirlash
⚠️ ESLATMA!
⚡️ Bugun soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga my.edu.uz orqali ariza yuborgan va arizasi turli kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga bugun, 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizasini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan.❗️Aniqlangan kamchiliklar shu muddatgacha bartaraf etilishi lozim. Soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlashga imkoniyat berilmaydi. ☝️ Muhim: talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat talabga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta topshirilgan taqdirda ham ko‘rib chiqilmaydi. 📲 Arizani tahrirlash: my.edu.uz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Bahodir Ma’murov
Harbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning yangi bosqichi
👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli, Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey direktori, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrobovich tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon institutning ta’lim jarayoni, moddiy-texnik bazasi hamda Harbiy ta’lim fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, harbiy ta’lim yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrobovich Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy ta’lim yo‘nalishining rivoji va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida harbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, tajriba almashish, ta’limiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur hamkorlik kelgusida harbiy ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yoshlarning kasbiy va vatanparvarlik salohiyatini yuksaltirish hamda malakali harbiy-pedagog kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
#Mustaqillik35 #Hamkorlik #Vatanparvarlik #HarbiyAkademikLitsey
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
#sayyor_qabul
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
👫 Aholi va yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
📆 28 - avgust kuni
⏰ soat 10:00 dan 12:00 gacha
📍 Buxoro davlat pedagogika instituti
📝 Taklif va tashabbuslari, murojaatlari mavjud bo‘lgan barchani ushbu qabulga taklif etamiz.
Murojaat uchun:
📞 +998914486480
#Mustaqillik35yil #kelajak #yangio'zbekiston #mustaqilyurt
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+3
#Mustaqillik35 #IlmiyHimoya #PhD #IlmFan #IlmiyYutuq #MuvaffaqiyatliHimoya
Muvaffaqiyatli ilmiy himoya!
👍 2026-yil 25-avgust kuni Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi dotsenti Shukurov Avazjon Ro‘ziboyevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarini kompyuter animatsion 3D modellardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
➡Shuningdek, Eshonqulova Malika Zayniddin qizining 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)” ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich ta’limda psixolingvistik yondashuv asosida nutq o‘stirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi ham Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01 raqamli Ilmiy kengashning bir martalik Ilmiy kengashi asosida muvaffaqiyatli himoya qilindi.
🫥Mazkur ilmiy tadqiqotlar ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda ilg‘or metodikalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan muhim ilmiy natijalari bilan alohida ahamiyatga ega.
✨ Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan ilmiy daraja yo‘lida munosib natijaga erishgan tadqiqotchilarni samimiy muborakbod etamiz!
🤝Ularga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ilmiy yutuqlar va zafarlar tilaymiz!
Ilm yo‘lidagi har bir yutuq — ta’lim taraqqiyoti sari muhim qadam!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Edu.uz
#Magistratura2026 #Tahrirlash
⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan. ❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. ❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. ☝️Muhim eslatma! ❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. 🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Uzbekistan Rugby 🏉
+7
Buxoro viloyatida kattalar o‘rtasida regbi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra natijalar quyidagicha:
O‘g‘il bolalar:
🥇 Buxoro davlat pedagogika instituti
🥈 Qorovulbozor sport maktabi
🥉 Buxoro viloyati regbi federatsiyasi
Qizlar:
🥇 Buxoro davlat pedagogika instituti
🥈 Qorovulbozor sport maktabi
🥉 Buxoro viloyati regbi federatsiyasi
____
В Бухарской области состоялся Кубок по регби среди взрослых. По итогам соревнований места распределились следующим образом:
Мужчины:
🥇 Бухарский государственный педагогический институт
🥈 Спортшкола Каракульбазара
🥉 Федерация регби Бухарской области
Женщины:
🥇 Бухарский государственный педагогический институт
🥈 Спортшкола Каракульбазара
🥉 Федерация регби Бухарской области
+9
#Mustaqillik35 #IqtidorliTalabalar #IlmFan #TalabalarIlmiyFaoliyati
Talabalar ilmiy-amaliy anjumani
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida talabalarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Talabalar ilmiy-amaliy anjumani” tashkil etildi.
👩🎓 Anjumanda talabalar o‘z ilmiy maqola va tezislarini taqdim etib, dolzarb ilmiy masalalar, innovatsion g‘oyalar va amaliy tadqiqotlar yuzasidan fikr almashdilar.
🏆 Anjuman yakunlariga ko‘ra:
🥇 I darajali diplom — Mirzayeva Ra’no;
🥈 II darajali diplom — Rasulova Shaxinabonu;
🥉 III darajali diplom — Ochilova Azizabonu.
🎓 “Eng yaxshi magistr-tadqiqotchi” nominatsiyasi — Jabborova Gulchehraga nasib etdi.
✨ Mazkur anjuman yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
💫 Ilmga intilgan yosh - kelajak bunyodkori!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
🎥 🟦🟦🟦 | 🟦🟦 🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #istiqlol35 #mustaqilyurt #renessanspoydevori #yangio'zbekiston
🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik – taraqqiyot va bunyodkorlik ramzi
🇺🇿 Yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.
🇺🇿 👍 Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida ham bayramona ruh hukm surmoqda. Institut hududida yaratilgan bayramona muhit professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ✨ Mustaqillik — bugunimiz, ertangi kunimiz va porloq kelajagimiz poydevoridir! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Edu.uz
#2026_2027OʻquvYili
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
📌 “Dolzarb qirq kunlik”
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.
📖 2026/2027-o‘quv yili:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.
💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.
👩🎓 1-bosqich talabalari uchun
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.
🇺🇿 “Mustaqillik darslari”
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.
Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
🗓 Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari oldiga o‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
💙💙💙
🎓 2026-yil 4-chorak qabuli: kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutining 2026-yil 4-chorak qabuli doirasida mustaqil izlanuvchilik (PhD) hamda (DSc) yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun ixtisosliklar kesimida mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.
📅 Sana: 27-avgust 2026-yil
🕘 Vaqt: 09:00
📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti
❗️ alabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari hamda imtihon va suhbat jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlari so‘raladi.
📼 Barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaymiz!✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
