BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
Ir al canal en Telegram
✔️Veb-sayt:www.buxdpi.uz/ ✔️Facebook:www.facebook.com/buxdpi ✔️Instagram:www.instagram.com/buxdpi_uz ✔️Youtube:https://youtube.com/@buxdpi769
Mostrar más8 623
Suscriptores
+224 horas
+87 días
+66030 días
Archivo de publicaciones
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklar
❗️Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi
Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.
Batafsil videoda 👆
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
💙💙💙 ❤️❤️❤️❤️
Sport – sog‘lom turmush garovi!
👍 19-sentyabr, shanba kuni soat 07:00 da Buxoro davlat pedagogika institutining Bosh bino “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ertalabki badantarbiya va sport mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
👍 Ertalabni tetiklik va yaxshi kayfiyat bilan boshlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy sport mashg‘ulotlari orqali faol hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan ushbu tadbirda barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📅 19-sentyabr, shanba
⏰ 07:00
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+6
💙💙💙 ❤️❤️❤️❤️
100 metrga yugurish musobaqasi g'oliblari aniqlandi
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari doirasida 100 metrga yugurish bo‘yicha bellashuvlar yuqori ruhda o‘tkazildi.
⚡️ Musobaqada ishtirokchilar tezkorlik, chaqqonlik va jismoniy tayyorgarlik borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar.
🏆 Yigitlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Amandurdiyev Javohir
🎓 Harbiy ta’lim fakulteti
🥈 2-o‘rin — Oltiboyev Shoxruz
🎓 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
🥉 3-o‘rin — Kamolitdinov Samad
🎓 Harbiy ta’lim fakulteti
🏆 Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — O‘ktamova Mohinur
🎓 Pedagogika fakulteti
🥈 2-o‘rin — Muminova Muslima
🎓 Tillar fakulteti
🥉 3-o‘rin — Abdumajidova Visola
🎓 Pedagogika fakulteti
Sport — sog‘lom hayot, kuchli iroda va yuksak marralar sari yo‘l!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+5
Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi amaliyot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakultetida 3-bosqich talabalarining 4+2 tartibidagi malakaviy amaliyotiga bag‘ishlangan navbatdagi konferensiya tashkil etildi.
📚 Mazkur tadbir talabalarning oliy ta’lim muassasasida olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida mustahkamlashi, pedagogik faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini chuqurroq anglab yetishi hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etdi.
🌙 Konferensiya davomida amaliyot davrida talabalar oldida turgan muhim vazifalar va mas’uliyatlar, umumta’lim maktablari hamda ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish, yoshlarni Vatanga sadoqat va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Amaliyot — nazariy bilimlarni real pedagogik faoliyat bilan bog‘laydigan muhim bosqichdir.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+9
#Kitobxonlik #Ma’rifat #Yoshlar #Mutolaa #KitobTaqdimoti
📚 Kitob — tafakkur va ma’rifat manbai
🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazida ARM xodimlari, Tillar fakulteti tyutorlari hamda talabalar ishtirokida davlatimiz rahbari qalamiga mansub asarlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimot davomida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi, inson qadri, Vatan ravnaqi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan qator asarlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📖 “Inson qadri uchun, el-yurt farovonligi uchun”
📖 “Yurt qayg‘usi — 365 kun”
📖 “Vatan va xalq haqida o‘ylar”
📖 “Yangi O‘zbekiston: kelajak sari ishonchli qadam”
📚 Mazkur asarlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini ta’minlash, inson manfaatlarini ulug‘lash hamda yosh avlod uchun munosib kelajak barpo etish borasidagi ezgu maqsad va tashabbuslar o‘z ifodasini topgan.Tadbir davomida talabalarga ushbu asarlarni mutolaa qilish orqali zamonaviy O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li, jamiyat hayotidagi yangilanishlar va mamlakatimiz oldida turgan muhim vazifalar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari ta’kidlandi.
➡️ Kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularni ezgu g‘oyalar asosida tarbiyalashga qaratilgan bunday ma’rifiy tadbirlar institutda izchil davom ettirilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from "EZGULIK" RESPUBLIKA ELEKTRON GAZETASI
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasida taʼlim tizimini tubdan isloh qilish shunchaki alohida yoʻnalish emas, balki “Inson qadri uchun” tamoyilining eng bosh poydevori hamda jamiyatni sifatjihatidan yangi bosqichga o‘tkazishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon boʻlmoqda. Inson qadri, eng avvalo, uning sifatli bilim olish, oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, munosib mehnat sharoitiga ega boʻlish va jamiyatda oʻz oʻrnini topish huquqining amalda taʼminlanishi bilan oʻlchanadi. Shuning uchun ham soʻnggi yillarda ushbu sohada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar tizimli, qamrovli va uzoq muddatli strategik maqsadlarga yoʻnaltirilgani bilan ajralib turadi. Sohani har tomonlama baholaganda, maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatigacha boʻlgan barcha boʻgʻinlarda inson omilining birinchi oʻringa olib chiqilganini koʻrish mumkin.Batafsil: https://buxdpi.uz/page/talim-tizimidagi-islohotlar-yangi-ozbekistonda-inson-qadrini-yuksaltirishning-yorqin-namunasi/ https://t.me/ezgulikgazeta
💙💙💙 ❤️❤️❤️❤️
“Ustozga ehtirom” — sport musobaqalariga marhamat!
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida “Ustozga ehtirom” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etiladi.
⚽️ Mini-futbol 🏓 Stol tennisi📅 Musobaqalar sanasi: 21–26-sentabr 2026-yil ⏰ Boshlanish vaqti: 16:00 📍 O‘tkazilish joylari: 🔴 BuxDPI sport zali 🔴 BuxDPI Yoshlar bog‘i o‘yingohi 👥 Musobaqalarda BuxDPI professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin. Barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘z jamoalari bilan mini-futbol musobaqasida qatnashishlari mumkin. 📝 Mini-futbol musobaqasi uchun talabnomalar 19-sentabr 2026-yil soat 10:00 gacha qabul qilinadi. 🤩 NIZOM 🏅 Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar Buxoro davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Sport — salomatlik, jamoaviylik va birdamlik garovi! 🏃♀️ BuxDPI Sport klubi ☎️ Murojaat uchun: +998972825552 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
🚫 Giyohvandlik – hayotni o‘g‘irlaydigan illat!
🔴 Bugungi kunda giyohvandlik insoniyatni og‘ir muammolardan biri sifatida tashvishga solmoqda. Bir qarashda “faqat bir marta sinab ko‘raman” degan fikr insonni butun umrga qulga aylantiradi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
#ogohlik
🛑 Jinoyat va jamiyat: Qonunlarga hurmat, tinchlik va barqarorlik
Jinoyat — bu jamiyatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan, shaxs, jamiyat yoki davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi va jinoyat kodeksi bilan jazolanadigan xatti-harakatdir. Jinoyatlarni oldini olish va ularni kamaytirish, jamiyatni yaxshilashga xizmat qiladi. Jamiyatda qonunlarga hurmat va adolatni ta'minlash, har bir shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun zarurdir.
🎥 Inson huquqlari va erkinliklarni himoya qilish: Jinoyatlarni oldini olish jamiyatda tinchlik, adolat va tenglikni ta'minlashga yordam beradi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
#ogohlik
🛑 Terrorizm – qo‘rquv va vahima targ‘iboti
Terrorizm — bu siyosiy, diniy yoki boshqa maqsadlarga erishish uchun odamlar orasida qo‘rquv, vahima va beqarorlikni yuzaga keltiruvchi zo‘ravonlik va tahdid vositasida amalga oshiriladigan jinoyatkor harakatlar tizimidir. Terrorizmning oldini olishda ta'lim muhim rol o'ynaydi. Yoshlarni radikal g'oyalardan himoya qilish uchun ularga inson huquqlari, adolat, tinchlik, va multikulturalizm kabi qadriyatlar haqida ma'rifat berish kerak.
🎥 Jamiyatda tinchlik va farovonlikni saqlash uchun barcha ijtimoiy guruhlar, davlatlar va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik zarur. Birgalikda ishlash, ijtimoiy muammolarni hal qilishda samarali yondashuvni ta'minlaydi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
#ogohlik
🛑 Ekstremizm – xavfli tushunchalar va unga qarshi kurash
Bugungi kunda ekstremizm ijtimoiy barqarorlikka tahdid solayotgan eng katta xavflardan biri hisoblanadi. Ekstremizm faqatgina radikal fikrlar bilan cheklanib qolmay, balki jamiyatni ajratib, tinchlikni buzishga qaratilgan faoliyatlarni ham o'z ichiga oladi. Ekstremizmni oldini olishning muhim jihati – ijtimoiy adolat va hurmat asosida ta'lim berishdir. Bu, yoshlarning xilma-xillikni tushunishlariga, diniy, madaniy va etnik farqlarga hurmat ko'rsatishga yordam beradi. Bundan tashqari, ekstremistik guruhlarning fikrlariga nisbatan salbiy tasavvurlarni shakllantirish va ularga qarshi ma'rifatli yondashuvni rivojlantirish muhimdir.
🎥 Xo‘sh, bu ma’lumotlar sizningcha bejizga aytilyaptimi?
Unutma vatan barchamizniki, asrab avaylash xam o‘z qo‘limizda!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from QVZ | Rasmiy kanali
😃 BUXORO shahrida bo‘lib o‘tadigan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining SARALASH BOSQICHI FESTIVALI!
➡️ ISHTIROKCHILAR RO‘YXATI —
18-sentabr:
1. O‘zbegim beklari – Axborot texnologiyalari va menejement universiteti
2. Benkamchilik – “Akfa extrusions” MChJ
3. Surxon yoshlari – Termiz davlat universiteti
4. Medstars – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
5. Pedmiks – Buxoro davlat pedagogika instituti
6. Kompus stars – Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali
7. Kattaqo‘rg‘on yoshlari – Kattaqo‘rg‘on yoshlar ishlari bo‘limi
8. Yosh pedagoglar – Urganch dаvlаt pedagogika instituti
9. Pegas shou – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
19-sentabr:
1. Iqtisodchi – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
2. Omadli jentelmenlar – “Yuksalish optovik plus” MChJ
3. Kimyogarlar – “Navoiyazot” AJ
4. Milayn – Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
5. Politexnik – Jizzax politexnika instituti
6. Texnologlar – Buxoro davlat texnika universiteti
7. Yuz foiz buxdu – Buxoro davlat universiteti
8. Antiqa – Qarshi xalqaro universiteti
9. Tarjimon – Samarqand davlat chet tillar instituti
Murojaat uchun:
☎️ +99893-547-09-09
🕊Telegram 📺YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🕊Twitter 📱TikTok
Repost from Edu.uz
#Sportkuni
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari o‘tkazildi
Har chorshanba universitetlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kengaytirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
▪️Termiz davlat universiteti ▪️Chirchiq davlat pedagogika universiteti ▪️Guliston davlat universiteti ▪️Namangan davlat texnika universiteti ▪️Guliston davlat pedagogika instituti ▪️Buxoro davlat pedagogika instituti ▪️Samarqand davlat pedagogika instituti Urgut fakulteti ▪️Buxoro davlat texnika universiteti ▪️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ▪️Andijon davlat texnika instituti ▪️Jizzax davlat pedagogika universiteti ▪️Navoiy davlat universiteti ▪️Namangan davlat texnika universiteti ▪️Jizzax politexnika instituti ▪️Farg'ona davlat universiteti ▪️Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali ▪️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ▪️Geologiya fanlar universitetiFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
+6
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦
#Milliy_liboslar #MilliyMeros
🇺🇿 Milliy an’ana — millat ko‘zgusi
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida davlat madhiyasini jamoaviy ijro etish ezgu an’anaga aylangan. Har juma kuni “Milliy liboslar kuni”ning tashkil etilishi esa milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada namoyon etmoqda.
🎓 Ushbu kunda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning milliy liboslarda ishtirok etishi xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, urf-odat va an’analarini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar jamoada birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.🇺🇿 Buxoro davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib etish va yosh avlodga yetkazishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Edu.uz
#Olimlar_minbari
#06.09–11.09.2026
“Eng qimmat resurs” — Abduvali XOLIQOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktori, professor;
“Ilmiy ishlanmadan qo‘shilgan qiymatga” — Rustam ERGASHEV, Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarmasi boshlig‘i;
“Markaziy Osiyo va Bolqonni bog‘lovchi strategik ko‘prik” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;
“Agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
«От идеи до промышленности: Как инновации становятся технологичной продукцией?» — Ботир УСМАНОВ, ректор Ташкентского химико-технологического института, профессор;
“Oʻzbekiston — Serbiya: agrosanoat rivojida strategik burilish nuqtasi” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
“Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Innovatsion taraqqiyot sari” — Diyorjon ABDULLAYEV, Urganch davlat pedagogika instituti rektori v. b., professor;
“Iqtisodiy ochiqlik: cheklovdan unumdorlikka” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori, professor;
“Katta o‘zgarishlar formulasi” — Obidjon SHOFIYEV, Termiz davlat universiteti birinchi prorektori;
“Raqamli avlod davri: ta’lim-tarbiya transformatsiyasi” — Qudratulla OMONOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti birinchi prorektori;
“O‘zbekiston diplomatiyasi: o‘zaro ishonch va hamkorlik uchun barqaror muhit” — Farhod KARIMOV, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dekani, professor;
“Siyosiy ishonch va umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik” — Abdurayim ULUG‘OV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali kafedra mudiri, dotsent;
“Yashil tamoyil — Yangi O‘zbekistonni yuksaltirish modeli” — Nosir MAHMUDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;
“Roʻyxat boshida” — Rustambek SHAMSUTDINOV, Andijon davlat universiteti professori;
“Sahnadagi 35 yil: tarix, bugun, kelajak” — Shuhrat RIZAYEV, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, professor;
“Xalq va davlat uygʻunligi — kelajak taraqqiyoti” — Zohidullo MUNAVVAROV, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori.
+9
#Yoshlar #OchiqMuloqot #YoshlarSiyosati #YoshlarImkoniyatlari
Yoshlar — islohotlarning faol ishtirokchisi
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
💻 Muloqotda Buxoro viloyat yoshlar ishlari boshqarmasining Bolalar, xotin-qizlar, ta’limdagi yoshlar va volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Hasan Normurodov hamda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umedjanova Malika Lukmanovna ishtirok etdi.
☄️ Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Yoshlar ishlari agentligining mega loyihalari va turli tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, o‘z iqtidor va qobiliyatini namoyon etishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida fikr almashildi.
➡️ Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning mavjud imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, ularni yangi tashabbus va loyihalarga jalb etish hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar — yurtimiz taraqqiyoti va kelajagining muhim kuchi. Ularning har bir tashabbusi, intilishi va izlanishi yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochadi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
+5
#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️
👍 Buxoro davlat pedagogika institutining 1-kurs talabalari o‘rtasida sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
🏓 Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda talaba-yigitlar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va sport mahoratini namoyish etdilar.
🤩 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Mirzakarimov Murodillo, Harbiy ta’lim yo‘nalishi
🥈 2-o‘rin — Kenjayev Botir, Harbiy ta’lim yo‘nalishi
🥉 3-o‘rin — Oqmurodov Mirshodbek, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
G‘olib va sovrindor talabalarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz!
🏃♂️ Navbatdagi bahslar — yengil atletika!
📅 18-sentyabr
⏰ Soat 12:00
📍 Buxoro shahri, “Sitora” stadioni
🎓 Talabalar o‘rtasida 4×100 metr estafetali yugurish bo‘yicha yengil atletika musobaqasi o‘tkaziladi.
🏙 Bunday sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
