BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
الذهاب إلى القناة على Telegram
✔️Veb-sayt:www.buxdpi.uz/ ✔️Facebook:www.facebook.com/buxdpi ✔️Instagram:www.instagram.com/buxdpi_uz ✔️Youtube:https://youtube.com/@buxdpi769
إظهار المزيد8 623
المشتركون
-424 ساعات
+587 أيام
+66730 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
BuxDPIni tanlashingizga eng ko‘p nima sabab bo‘ldi?
Repost from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
BuxDPIga o‘qishga kirish qaroringiz qanday boshlangan?
BuxDPIga o‘qishga kirish qaroringiz qanday boshlangan?
+9
Yangi oshxona o'z faoliyatini boshladi!
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi.
📢 Bugundan boshlab institut hududida yangi oshxona rasman o‘z faoliyatini boshladi.
Oshxona institut Axborot-resurs markazining orqa tomonida joylashgan bo‘lib, bu yerda talabalar va institut jamoasi uchun qulay sharoitda ovqatlanish imkoniyati yaratilgan.
🥗 Mazali va sifatli taomlar
☕️ Qulay va ozoda muhit
🎓 Talabalar hamda xodimlar uchun qulay xizmat
Yangi oshxona institut jamoasi va talabalar uchun kundalik hayotda yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
📍 Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti, Axborot-resurs markazi orqa tomoni.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+9
#BeshTashabbusOlimpiadasi ❤️❤️❤️❤️
🏓 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi
🏆 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida 1-kurs talabalari o‘rtasida sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
🎓 Talaba qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va sport mahoratini namoyish etdilar.
🥇-o‘rin — Sharipova Jasmina, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
🥈-o‘rin — Boboniyozova Rushana, Tillar fakulteti
🥉-o‘rin — Mo‘minova Zuhra, Jismoniy madaniyat yo‘nalishi
👏 G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!
➡️ Navbat — talaba yigitlarga!
📅 17-sentyabr
⏰ 14:00
📍 Institut bosh binosi sport zali
🏓 Sport turi: stol tennisi
Barcha 1-kurs talaba yigitlarini musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
+5
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦
🇺🇿🇺🇿 👍 Bugun, 17-sentyabr kuni Buxoro davlat pedagogika institutida o‘quv va mehnat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi
🇺🇿 Davlat madhiyasining yangrashi barchamizga Vatanga bo‘lgan sadoqat, milliy g‘urur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yana bir bor his etish imkonini berdi.
Mazkur ezgu an’ana professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarni yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilish, o‘z vazifalariga yuksak mas’uliyat bilan yondashish va kelajak sari dadil intilish ruhida birlashtirmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🌱TOZALIK — O‘ZIMIZDAN BOSHLANADI!
💚Tabiatni asrash va atrof-muhitni ozoda saqlash har birimizning burchimiz. Ayniqsa, tahsil olayotgan xonalarimizni toza va tartibli saqlash — yuksak madaniyat belgisi.
💥Keling, har birimiz o‘z xonamizdan boshlab, institutimizning yanada obod va ozoda bo‘lishiga hissa qo‘shaylik!
Toza xona — sog‘lom muhit!
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |
📱 Facebook |📱 Instagram
+9
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦
Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalarining dars jarayonidan fotolavhalar
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalarining navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlaridan fotolavhalar.
📚 Dars jarayonlarida talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va kompetensiyalarini yanada oshirishga qaratilgan
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.
📸 Dars jarayonidan fotolavhalar🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
#BuxDPIda_dars_jarayoni 👍
🎓 Buxoro davlat pedagogika instituti talabalarining dars jarayonlari qizg'in davom etmoqda!
💬 Buxoro davlat pedagogika institutidagi dars jarayonlari haqida fikrlaringizni reaksiyalarda bildiring!
Repost from BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🧠 “ZAKOVAT” — TALABA QIZLAR LIGASI BOSHLANDI!
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida 👍 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha liga o‘z faoliyatini boshladi. Liga davomida bilimdon, topqir va zukko talaba qizlar o‘zaro bellashib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
🎯 Mazkur loyiha talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.
💫 Bilim — kuch! Zukkolik — g‘alaba sari yo‘l!
📌 “Zakovat” talaba qizlar ligasi — bilim va tafakkur bellashuvi davom etadi!
©️ Murojaat uchun: @NURULLOYEV_SHAHRIYOR
📸 Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati
📱Telegram | 📱You Tube 📱Facebook |📱Instagram
Repost from Edu.uz
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan. To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi. To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
🔵Yoshlar bandligi — kelajak poydevori
✔️Har bir yoshning o‘z qobiliyati, orzusi va imkoniyati bor. Muhimi, ushbu salohiyatni to‘g‘ri yo‘naltirish va uning ro‘yobga chiqishi uchun zarur sharoitlarni yaratishdir.
📌Bu yil ta’lim muassasalarini tamomlab, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
❗️Viloyat hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov boshchiligidagi ishchi guruh Vobkent tumanida bo‘lib, yoshlar bandligini ta’minlash shtabi faoliyatini o‘rgandi.
➡️ Shuningdek, tumandagi “Beshrabot” va “Kosari” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi ta’lim muassasalarini tamomlagan, ish izlayotgan yoshlarning holati birma-bir o‘rganildi.
⌛ Ishchi guruh Vobkent tuman 2-son texnikumida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham yaqindan tanishdi.
❗️Yoshlarni kasbga o‘rgatish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning mustaqil daromad topishi hamda munosib hayot qurishiga ko‘maklashish — asosiy maqsadimizdir.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
#dayjest #Olgʻa_shaxmatchilar #Olgʻa_Oʻzbekiston
15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda!
Tarixda ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Mazkur olimpiada munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida chellenjlar tashkil etildi.
➡️Jizzax politexnika instituti ➡️Buxoro davlat universiteti ➡️Toshkent davlat texnika universiteti ➡️Buxoro davlat pedagogika instituti ➡️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali ➡️Samarqand davlat pedagogika instituti ➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti ➡️O‘zMU Jizzax filiali ➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti ➡️Termiz davlat pedagogika instituti ➡️Samarqand davlat chet tillar instituti ➡️Namangan davlat texnika universiteti ➡️Farg'ona davlat universiteti ➡️Buxoro davlat texnika universitetiFacebook | Instagram | YouTube|Telegram
🎥 #video_reportaj
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlaridan so‘ng talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida turli sport o‘yinlari tashkil etildi.
CHORSHANBA - SPORT KUNI
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
+6
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Buxoro davlat pedagogika institutida o'qish va ish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.Davlat madhiyasining yangrashi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+9
🔴🟦🟦 🟦🟦🟦 ❤️❤️❤️❤️
“Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!”
🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.
🗂 Ertalabki badantarbiya — nafaqat jismoniy faollik, balki kunni ko‘tarinki kayfiyat, tetiklik va yuqori ishchanlik bilan boshlashning samarali vositasidir. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, organizmni kunlik faoliyatga tayyorlamoqda.
💪 Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, salomatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat. Ayniqsa, mashg‘ulotlarning institutning ko‘rkam “Yoshlar bog‘i” hududida o‘tkazilayotgani ishtirokchilarga ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘ynida tetiklanish va yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlash imkonini beradi.
🧳 Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning birgalikdagi ishtiroki esa institutda sog‘lom muhitni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlarni faol hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌱 Har tongni harakat bilan boshlang — sog‘lom hayot sari bir qadam tashlang!
#Sog‘lomTurmushTarzi #ErtalabkiBadantarbiya #YoshlarBog‘i #FaolHayot #Sog‘lomAvlod
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
