BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
前往频道在 Telegram
✔️Veb-sayt:www.buxdpi.uz/ ✔️Facebook:www.facebook.com/buxdpi ✔️Instagram:www.instagram.com/buxdpi_uz ✔️Youtube:https://youtube.com/@buxdpi769
显示更多7 996
订阅者
-924 小时
+217 天
-6030 天
帖子存档
#munosabat
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida ilgari surilayotgan tashabbuslar mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash va yangi ishbilarmonlik imkoniyatlarini yaratish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega.
➡️ Batafsil
Fayziyeva Farida Solixovna
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori
#Mustaqillik35yil #kelajak #buxdpi #yangio'zbekiston #mustaqilyurt
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI
⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar!
❗️ So‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali institut professor-o‘qituvchilari yoki talabalari nomidan turli mazmundagi xabarlar yuborilishi, ayrim hollarda esa shaxsiy ma’lumotlar, pul mablag‘lari yoki boshqa talablar bilan murojaat qilinishi mumkin.
❗️Shuni alohida ta’kidlaymizki, bunday xabarlar har doim ham aynan xabarda ko‘rsatilgan shaxs tomonidan yuborilgan bo‘lmasligi mumkin. Begona shaxslar ustozlar yoki talabalar nomidan foydalanib, siz bilan turli yo‘llar orqali bog‘lanishga urinishi ehtimoldan xoli emas.
🔎 Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqiramiz.
⚠️ Agar sizga: ▪️ institut xodimi yoki talabasi nomidan shubhali xabar kelsa; ▪️ pul mablag‘i yoki boshqa yordam so‘ralsa; ▪️ shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish talab qilinsa; ▪️ noma’lum havolaga kirish yoki fayl yuklab olish so‘ralsa; ▪️ xabarning mazmuni yoki yuboruvchisi sizda shubha uyg‘otsa — shoshilinch xulosa qilmang va hech qanday ma’lumot yoki mablag‘ yubormang.✅ Avvalo xabar yuborgan shaxs bilan boshqa aloqa vositasi orqali bog‘lanib, ma’lumotni qayta tekshiring.
⚠️ OGOHLANTIRAMIZ: har qanday xabarga ishonishdan oldin uning manbasi va haqiqiyligini tekshiring!🤩 Barchangizdan internet va messenjerlardan foydalanishda mas’uliyatli bo‘lish, firibgarlik va turli noqonuniy holatlarning oldini olish uchun doimo hushyorlikni saqlashni so‘raymiz. 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
🇰🇷 Koreya Respublikasi Elchixonasi qoshidagi Toshkent Koreya Ta’lim Markazining hududiy filiali — Buxoro Koreys Tili Ta’lim Markazi 2026-yil 3-semestr uchun hujjatlar qabulini e’lon qiladi!
📢 Koreys tilini o‘rganishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat!
📅 Qabul muddati:
❗️ Guruhlar to‘lgach, qabul yakunlanadi. Shoshiling!
👥 Kimlar hujjat topshira oladi?
• Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quvchilari
📚 O‘quv jarayoni:
🗓 7-sentabr – 13-noyabr — 10 haftalik kurs
📅 Haftada 3 kun: dushanba, chorshanba, juma
⏰ Guruhlar vaqti:
➡️ 09:30–11:00
➡️ 15:30–17:00
➡️ 17:10–18:40
📄 Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli hujjatlar:
• Pasport yoki ID-karta nusxasi
• Tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi ham qabul qilinadi
• 3,5 × 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat
📍 MUHIM: Ro‘yxatdan o‘tish faqat Buxoro Koreys Tili Ta’lim Markaziga shaxsan tashrif buyurish orqali amalga oshiriladi.
📌 Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 2-uy
📞 Aloqa uchun: +998 92 001 06 03
🔗 Telegram: t.me/Tashkec_Bu
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
‼️ DIQQAT, E’LON! ‼️
🇰🇷 Koreya Respublikasi Elchixonasiga qarashli Toshkent Koreya Ta’lim Markazining hududiy filiali — Buxoro Koreys Tili Ta’lim va Malaka Oshirish Markazida 2026-yil 3-semestr uchun koreys tili kurslariga qabul davom etmoqda!
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchilarini koreys tilini o‘rganishga taklif etamiz!
📅 Darslar: 7-sentabr – 13-noyabr (10 hafta)
🗓 Haftaning kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma
📄 Kerakli hujjatlar:
• Pasport yoki ID-karta (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) nusxasi
• 3,5 × 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat
📌 Eslatma: Guruhlar to‘lgach, qabul yakunlanadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tish: faqat Buxoro Koreys Tili Ta’lim va Malaka Oshirish Markazida shaxsan amalga oshiriladi.
📌 Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 2-uy
📞 Murojaat uchun: +998 92 001 06 03
🔗 Telegram: t.me/Tashkec
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+5
🏅 E’TIROF — YUKSAK MAS’ULIYAT
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’lim tizimidagi samarali faoliyati uchun “O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof — institutning ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy ta’lim muhitini yaratish va yoshlar uchun keng imkoniyatlar ochish yo‘lidagi izchil faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
Ushbu e’tirof institut jamoasi uchun ham katta sharaf va yangi marralar sari intilishda muhim rag‘batdir.
Bahodir Ma’murov Baxshulloyevichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — buyuk imkoniyatlar, bunyodkorlik va taraqqiyot timsoli!
#Mustaqillik35yil
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Edu.uz
Prezident Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlari topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
‼️ TALABALAR DIQQATIGA! ‼️
🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika institutining Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti hududida davlat-xususiy sherikchilik (DXSH) asosida qurilgan 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi talabalarga o‘z xizmatlarini taklif etmoqda!
🎓 Mazkur talabalar turar joyi yoshlar uchun qulay, shinam va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish maqsadida zamonaviy talablar asosida jihozlangan.
🏠 Bu yerda talabalar uchun:
😎 zamonaviy va qulay yashash xonalari;
😎 zarur mebel va jihozlar;
😎 o‘qish va mustaqil ta’lim olish uchun qulay sharoitlar;
😎 sanitariya-gigiyena talablari asosidagi sharoitlar;
😎 hordiq chiqarish uchun qulay muhit;
😎 talabalarning kundalik ehtiyojlari uchun zarur infratuzilma
mavjud.
❗️ 400 o‘rinli talabalar turar joyi — ta’lim olish, yashash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlarni o‘zida mujassam etgan.📣 Aziz talabalar, siz uchun yaratilgan eng qulay va zamonaviy sharoitlardan unumli foydalaning! 📍 Joylashuv (Buxoro shahar, Qayum Murtazoyev ko‘chasi, 16-uy.) 📞 Murojaat uchun: +998936560501 🏠 Qulay yashash muhiti — sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari muhim qadam! 🇺🇿🇺🇿 #DXSH #Mustaqillik35yil #kelajak #yangio'zbekiston #mustaqilyurt 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook|Instagram|X
Repost from Edu.uz
#Magistratura2026 #Tahrirlash
⚠️ ESLATMA!
⚡️ Bugun soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga my.edu.uz orqali ariza yuborgan va arizasi turli kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga bugun, 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizasini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan.❗️Aniqlangan kamchiliklar shu muddatgacha bartaraf etilishi lozim. Soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlashga imkoniyat berilmaydi. ☝️ Muhim: talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat talabga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta topshirilgan taqdirda ham ko‘rib chiqilmaydi. 📲 Arizani tahrirlash: my.edu.uz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Bahodir Ma’murov
Harbiy ta’lim yo‘nalishida hamkorlikning yangi bosqichi
👍 Buxoro davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli, Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey direktori, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrobovich tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon institutning ta’lim jarayoni, moddiy-texnik bazasi hamda Harbiy ta’lim fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari, harbiy ta’lim yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, polkovnik Saidov Ixtiyor Mizrobovich Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy ta’lim yo‘nalishining rivoji va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdi.
Muloqot davomida harbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, tajriba almashish, ta’limiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur hamkorlik kelgusida harbiy ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yoshlarning kasbiy va vatanparvarlik salohiyatini yuksaltirish hamda malakali harbiy-pedagog kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
#Mustaqillik35 #Hamkorlik #Vatanparvarlik #HarbiyAkademikLitsey
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Instagram | 📱 You tube
#sayyor_qabul
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
👫 Aholi va yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.
📆 28 - avgust kuni
⏰ soat 10:00 dan 12:00 gacha
📍 Buxoro davlat pedagogika instituti
📝 Taklif va tashabbuslari, murojaatlari mavjud bo‘lgan barchani ushbu qabulga taklif etamiz.
Murojaat uchun:
📞 +998914486480
#Mustaqillik35yil #kelajak #yangio'zbekiston #mustaqilyurt
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
+3
#Mustaqillik35 #IlmiyHimoya #PhD #IlmFan #IlmiyYutuq #MuvaffaqiyatliHimoya
Muvaffaqiyatli ilmiy himoya!
👍 2026-yil 25-avgust kuni Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi dotsenti Shukurov Avazjon Ro‘ziboyevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarini kompyuter animatsion 3D modellardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
➡Shuningdek, Eshonqulova Malika Zayniddin qizining 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)” ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich ta’limda psixolingvistik yondashuv asosida nutq o‘stirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi ham Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01 raqamli Ilmiy kengashning bir martalik Ilmiy kengashi asosida muvaffaqiyatli himoya qilindi.
🫥Mazkur ilmiy tadqiqotlar ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish hamda ilg‘or metodikalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan muhim ilmiy natijalari bilan alohida ahamiyatga ega.
✨ Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan ilmiy daraja yo‘lida munosib natijaga erishgan tadqiqotchilarni samimiy muborakbod etamiz!
🤝Ularga kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi ilmiy yutuqlar va zafarlar tilaymiz!
Ilm yo‘lidagi har bir yutuq — ta’lim taraqqiyoti sari muhim qadam!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
