ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

Открыть в Telegram
8 440
Подписчики
+2424 часа
+87 дней
-14730 дней
Архив постов
🔴🟥🟥 🟥🟥🟥 Buxoro davlat pedagogika institutida kun davlat madhiyasi bilan boshlandi 🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika inst
+9
🔴🟥🟥 🟥🟥🟥 Buxoro davlat pedagogika institutida kun davlat madhiyasi bilan boshlandi 🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida o'qish va ish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.Davlat madhiyasining yangrashi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. 🇺🇿🇺🇿 Mazkur ezgu an’ana yosh avlodni milliy qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimiz tarixiga, davlat ramzlariga hurmat va sadoqatni shakllantirish, shuningdek, jamoada birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

🔴🟥🟥 🟥🟥🟥 ❤️❤️❤️❤️ “Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!” 🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hudu
+9
🔴🟥🟥 🟥🟥🟥 ❤️❤️❤️❤️ “Sog‘lom turmush tarzi sari birgalikda!” 🇺🇿🇺🇿 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Bosh bino hududidagi “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda. 🗂 Ertalabki badantarbiya — nafaqat jismoniy faollik, balki kunni ko‘tarinki kayfiyat, tetiklik va yuqori ishchanlik bilan boshlashning samarali vositasidir. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, organizmni kunlik faoliyatga tayyorlamoqda. 💪 Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, salomatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat. Ayniqsa, mashg‘ulotlarning institutning ko‘rkam “Yoshlar bog‘i” hududida o‘tkazilayotgani ishtirokchilarga ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘ynida tetiklanish va yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlash imkonini beradi. 🧳 Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning birgalikdagi ishtiroki esa institutda sog‘lom muhitni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlarni faol hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌱 Har tongni harakat bilan boshlang — sog‘lom hayot sari bir qadam tashlang! 💬 #Sog‘lomTurmushTarzi #ErtalabkiBadantarbiya #YoshlarBog‘i #FaolHayot #Sog‘lomAvlod
CHORSHANBA - SPORT KUNI
👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

photo content
+6

photo content
+9

Ta’lim sifati va intizom — doimiy e’tiborda! 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti rahbariyati tomonidan kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayonlari, darslarga qatnashish davomati hamda tartib-intizom holati o‘rganildi. 🎓 O‘rganish davomida ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishi, talabalarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki va ichki tartib-qoidalarga rioya etishiga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

🏆 BUXDPI — MINI-FUTBOL MUSOBAQASINING MUTLAQ G‘OLIBI! ⚽️ Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchila
+4
🏆 BUXDPI — MINI-FUTBOL MUSOBAQASINING MUTLAQ G‘OLIBI! ⚽️ Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan barcha bellashuvlarda Buxoro davlat pedagogika instituti (BuxDPI) jamoasi yirik hisobdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mutlaq g‘olib bo'ldi. ⚽️ Uchrashuv natijalari: 🔹 BuxDPI — BuxDTI 19:0 🔹 BuxDPI — BuxDTU 16:4 🔹 BuxDPI — BITU 9:2 🔹 BuxDPI — BuxDU 13:1 👏 Jamoamiz jami 57 ta gol urib, o‘zining yuksak mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. 💐 Jamoa a'zolarini ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

Talabalar turar joyida yoshlar holidan xabar olindi 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani X.Xaitov boshchiligida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitlari va kundalik hayoti bilan yaqindan tanishildi. 🤩 Tashrif davomida xonalarning holati, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda ularning ta’lim olishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun mavjud imkoniyatlar o‘rganildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#Regbi Buxoro davlat pedagogika instituti regbi-7 jamoasi mashg‘ulotlari davom etmoqda 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti regbi-7 jamoasi navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazib, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonini davom ettirdi. 🏉 Murabbiylar Ibragimov Manuchexr va Ibragimov Dilshodbek rahbarligida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi, chaqqonligi va chidamliligini oshirishga qaratilgan mashqlar bajarildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

🔊🔊🔊🔊 ❤️❤️❤️❤️ Sport – sog‘lom turmush garovi! 🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
🔊🔊🔊🔊 ❤️❤️❤️❤️ Sport – sog‘lom turmush garovi! 🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, haftaning “Chorshanba” kuni – sport kuni etib belgilandi. 👍 21-oktabr kuni soat 07:00 da Buxoro davlat pedagogika institutining Bosh bino “Yoshlar bog‘i”da talaba-yoshlar, ishchi-xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 👍 Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
CHORSHANBA - SPORT KUNI
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#ARM #jonajon_tilim “Ziyo istagan qalblar uchun!” — adabiyot va ma’rifat uchrashuvi 🌱 O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi
+4
#ARM #jonajon_tilim “Ziyo istagan qalblar uchun!” — adabiyot va ma’rifat uchrashuvi 🌱 O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi (ARM) xodimlari, Tillar fakulteti tyutori hamda faol talabalar ishtirokida “Ziyo istagan qalblar uchun!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 💡 Suhbat davomida adibning hayoti va ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda asarlarida ilgari surilgan insoniylik, ma’naviyat va ezgulik g‘oyalari haqida fikr almashildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#jonajon_tilim Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi! 📚 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti tyutori G.Umarova tashabbusi ostida 3-bosqich talabalari tomonidan ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni ifoda etuvchi bayramona challenge tayyorlandi. ♻️ Til — millatning ruhi, xalqning o‘zligi va ma’naviy boyligining bebaho timsolidir. Ona tilimizni ardoqlash, uning sofligini asrash, boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, faxrimiz va bebaho ma’naviy merosimiz! ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

Repost from Botir Zaripov
Hurmatli buxoroliklar, aziz yurtdoshlar! Ma’lum muddat guruhimiz faoliyatida qisqa tanaffus yuzaga kelgan edi. Shu vaqt davom
Hurmatli buxoroliklar, aziz yurtdoshlar! Ma’lum muddat guruhimiz faoliyatida qisqa tanaffus yuzaga kelgan edi. Shu vaqt davomida murojaatlaringizni maxsus Telegram-bot va ishonch telefonlari orqali yo‘llash imkoniyati saqlab qolindi. ✅ Sizlar bilan bevosita muloqot qilish va muammolaringizni tinglash maqsadida @ZaripovBotir Telegram guruhimiz faoliyati qayta tiklandi. 🇷🇺 Fuqarolarning dardini tinglash va muammolarga amaliy yechim topish barcha rahbarlar uchun birinchi darajali vazifadir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, har bir inson va xonadon muammosiga vaqtida ko‘mak berish asosiy qoida bo‘lishi lozim. ➡️ Shu maqsadda @ZaripovBotir guruhining moderatsiyasi va murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi takomillashtirildi. Endilikda murojaatlar 💭 tezkor saralanadi, mas’ullarga yetkaziladi va ijrosi qat’iy nazorat qilinadi. Biz uchun asosiy mezon — shunchaki javob berish emas, balki muammoning amalda ✔️ hal etilishidir. Shuni aytish joizki, @ZaripovBotir ✅ guruhi O‘zbekistondagi verifikatsiya (ko‘k tasdiqlash belgisi)ga ega yagona ommaviy murojaatlar guruhidir. Murojaat yuborish qoidalari: 🔹 Murojaatni aniq va lo‘nda bayon eting. 🔹 Tuman/shahar va mahalla nomini ko‘rsating. 🔹 Qayta aloqa ma’lumotlar (telefon raqam)ingizni yozing. 🔹 Imkon qadar foto, video yoki hujjatlarni ilova qiling. 🔹 O‘zaro hurmatni saqlang. Haqorat, reklama va spam taqiqlanadi. 🤝 Maqsadimiz murojaatlar sonini kamaytirish emas, balki odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni yo‘q qilishdir.

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi — ikki karra jahon kubogi sohibasi! 🥇 Joriy yilning 13–18-oktabr kunlari bo‘lib
+2
Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi — ikki karra jahon kubogi sohibasi! 🥇 Joriy yilning 13–18-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro chempionatda Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Bobokulova Ergashoy K-1 yo‘nalishida yuksak mahorat va matonat namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. ✨ Ushbu g‘alaba orqali Ergashoy yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etib, ikki karra Jahon kubogi sohibasi degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Yangi g‘alabalar va yuksak marralar sari!! ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida uchrashuv o‘tkazdilar �
+2
Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida uchrashuv o‘tkazdilar 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Gulandom Mirxanova, Gulshan Xamdamova, Nigora Bafoyeva, Yulduz Nurova va Shohista Nizomova Anqara shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasida bo‘ldilar. 🤝 Elchixonaning madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha kotibi Rustam Narbayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish, Turkiyada o‘zbek tilining nufuzini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Hacettepe universitetida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan O‘zbek tili va madaniyati markazi faoliyati hamda shunday markazlarni Turkiyaning boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham ochish bo‘yicha takliflar tinglandi. ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

“Ommaviy diktant” xalqaro marafonida xorijlik talabalar ishtiroki 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan o‘zb
+5
“Ommaviy diktant” xalqaro marafonida xorijlik talabalar ishtiroki 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Ommaviy diktant” xalqaro marafonida hindistonlik talabalar ham qatnashib, o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
🇺🇿 🇮🇳 Xorijlik yoshlarning diktant marafonidagi ishtiroki ona tilimizning jozibasi, boy lug‘at xazinasi va o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora kengayib borayotganini aks ettiradi.
Til — xalqlarni yaqinlashtiruvchi, madaniyatlarni bog‘lovchi va o‘zaro hurmatni mustahkamlovchi bebaho ko‘prikdir. 👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

#OmmaviyDiktant #jonajon_tilim BuxDPI tashabbusi bilan “Ommaviy diktant” xalqaro marafoni o‘tkazildi 👍 Buxoro davlat pedagog
+9
#OmmaviyDiktant #jonajon_tilim BuxDPI tashabbusi bilan “Ommaviy diktant” xalqaro marafoni o‘tkazildi 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Har bir so‘zda millat ruhi, har bir yozuvda til g‘ururi!” shiori ostida “Ommaviy diktant” xalqaro marafoni tashkil etildi. Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Artikova Hafiza Tuyumurodovna ochib berdi. Unda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov, viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari rektorlari, mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Marafonning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yanada yuksaltirish, aholining yozma savodxonligini oshirish, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni mustahkamlashdan iboratdir. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar diktant yozish orqali o‘z bilim va savodxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu jarayon ishtirokchilarga imlo qoidalarini mustahkamlash, so‘z boyligini oshirish hamda ona tilimizning boy imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi. Ommaviy diktant nafaqat savodxonlikni sinovdan o‘tkazuvchi, balki milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va ona tiliga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy tashabbusdir. Zero, til — millatning ruhi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligini mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Buxoro davlat pedagogika instituti tomonidan ilgari surilgan mazkur tashabbus yosh avlodni ona tiliga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘zbek tilining nufuzini keng targ‘ib etish hamda jamiyatda yuksak nutq madaniyati va savodxonlikni qaror toptirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Ona tilimizga ehtirom — milliy o‘zligimizga ehtirom! 👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube

photo content
+2

photo content
+9

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi O‘zbekiston Respublika
+9
Prezidentimiz O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ikkinchi yig‘ilishining ochilishida ishtirok etdi. Tadbirda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnashdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida muhim minerallarni o‘zlashtirish va chuqur qayta ishlash orqali yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va davlat boshqaruviga sun’iy intellekt hamda raqamli yechimlarni joriy qilish, ta’lim va kadrlar tayyorlash hamkorlikni yanada kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib o‘tdi. Ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini hamda sanoat va texnologiyalar jadal rivojlanishiga xizmat qiladigan yirik markazlarni birgalikda shakllantirish muhimligi qayd etildi. Kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikning strategik mexanizmiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan savdo-investitsiyaviy va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish taklif etildi. #Mirziyoyev #kengash #AQSh #hamkorlik Facebook | Instagram | YouTube|Telegram