Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff
Open in Telegram
āµļøDigital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot
Show more1 966
Subscribers
-124 hours
-157 days
+330 days
Posts Archive
Hozirgina bitta pasxalkani angladim:
Devid Cheyz o'z "Sopranos"ida Toni Sopranoni psixologi roliga latofatli Lorraine Bracco'ni tanlagan va uning ismini Dr, Jennifer Melfi deb atagan.
Melfi...KarlššAna senga pasxalka:)
@boredpandablog
Serial treyleri menimcha yoshi katta avlod uchun maxsus qilingan. U filmni deyarli kadrma-kadr takrorlaydi.
Akyorlar yomon emas, ammo hammasida ozgina nimadur kamdek. Masalan, Hermionaga ozgina dadillik, Ronga biroz emotsiya, Harriga esa biroz dard yetishmayapti:) Harri Dursllar xonadonida qattiq ezilib, ancha jahldor va ojar bo'lib ulg'ayadi. Ota-onasini bilmaydi, yetim. U maktabda sehr haqida hech nimani bilmay keladi, mana shuni kutayapman men.
#feedback
TREYLERNING Kadrma-kadr TAHLILI
ā Treyler boshida biz Hogwarts Expressning bekatga kirib kelayotgani va ularni kutib olish chiqqan Hagrid siluetini va keyin Umumiy Zalga ortidan birinchi kurslarni ergashtirib kirib kelayotgan o'rta yoshli professor MakGonagallni ko'rishimiz mumkin. Bu hammasi tanish. Kadr ortida MakGonagall bolalarga Taqsimot Seremoniyasini tushuntiryapti. Kanon.
ā Hermionani tanishtirishmoqchi, biroz qimtinib, qo'rqa-pisa kirib kelayotgan va alalqachon summer reading o'qidinglarmi deb so'rayotgan bilag'on qizaloq. Emma Watsonda qat'iyatliroq ko'ringandi ilk sahnadan, bu yerda uncha bilinmagan.
ā Ronald Uizli menda juda ikki xil taassurot qoldirdi. Rupert Grin biroz ovsar, ammo samimiy qahramon yaratgandi, Yangi ROn esa juda muloyim va uyatchang ko'rinayapti. Jorj va Fred esa ilk sahnadayoq uncha taassurot qoldirmadi, Uizli xonim esa kanonga yaqin.
ā Va Harry Potter. Deniel Redcliff ijrosida biz ancha g'amginroq Poterni ko'rgandek, bu yerda u biroz boshqacha, ammo nimasi boshqacha hozir ayta olmayapman. Sorting Hat o'sha-o'sha, o'quvchi o'ziga qo'yib beradi.
ā Dambldor ijrosi ham kanon bilan bir xil. Birinchi filmdagi bilan birga-bir hatto. Dasturxon bu safar ancha tartibli va soddaroq.
ā Supurgi darsi, ilk o'qish kuni va hokazolar.. Nothing special. MacGonagall negadur Potterdan qattiq o'qishni so'raydi.
ā O'qish dars jadvali, Herbologiya darsi saboqlari va Potterning Ron va Hermiona bilan do'stlashib olganini ko'rsatishadi.
ā Potter "Hamma meni buyuk afsungar" deb o'ylayotganini, ammo umuman hech nima bilmasligini aytadi. Kanonda u buyuk afsungar emas, balki Omon qolgan bola sifatida ko'proq qiziqtirishi yozilgandi adashmasam. Ha, mayli.
ā Qudditch o'yini sahnasi. Potter Chaser bo'ladi.
ā Va nihoyat Sneyp ko'rsatiladi bizga. Sneyp uchun aktyor sal yoshroqdek nazarimda, soch turmagi esa boshqa mavzu:)
ā Yana Quidditch, maktab, Potterning boyo'g'lisi (kanondagi bilan bir xil), Hagrid uyida Potterga "Oila shunchaki qondoshlikdan ko'ra ko'proq narsa" deydi. Ammo aktyorning ovozi va qiyofasi biz bilgan yoqimtoy va xushmuomala Devdan ancha farq qiladi. U serial aqlliroq qiyofa yasagan. Bu qanchalik yaxshi bilmadim.
ā Potter Quidditchni yutadi, Ron uni quchoqlab tabriklaydi. Hermiona g'alati harakat bilan jodu ishlatadi, gapirmasdan qizig'i.
ā Shaxmat donalari (kanon), Potter ular nimadur aqlbovar qilmas narsa topganini aytadi, Bu safar ular uch kishi emas, yana kimdur ular safida ko'rinadi. Katta ehtimol Nevill Longbotttomga ko'proq ekran vaqti berilgan.
ā Jorj va Fred qanday ko'prikni yoqishadi (bezash maqsadidaš§) sabab tushunarsiz.
ā Dambldor MakGonagallga "biz ularni himoya qilolmaymiz, ularni tayyorlashimiz mumkin" deydi. U esa "Nimaga?" deb javob beradi. Shu orada Potterga Ko'rinmas Yopinchiq sovg'a qilinadi. Yaxshi savol.
ā Potter Ko'zguni topadi. Mr Fitchni orqadan ko'ramiz, Hermiona "bu yerda istalgan eshik ortida istakgan narsa yashirinib yotibdi" deydi. U haq.
ā Ko'zsiz Troll kadri. Yosh auditoriyasi uchun Gilermno del Toro qahramonlari kabi juda qo'rqinchi. Ron, kimdur biz tanimaydigan qahramon va yana Sneyp. Repper Sneyp:)
ā Noma'lum inson noma'lum uy oldida. Hermiona tepaga qo'rqib qarayapti, katta ehtimol 3 boshli itga. Ron shaxmat doskasida. Harri qayerdadur yerto'lada.
ā Va kitobdagi "Falsafa toshi yozuvi" serial birinchi mavsumi bag'ishlangan artefakt. Ron va Harri Hermionaga tushunmay qarab turishadi, Hermiona nahotki o'qimagansizlar deydi? Shu bilan tugaydi.
#premyera
āHarry Potterā seriali ik tizer-treylerini qarshi oling!
https://youtu.be/SJVmeJaS44s?si=OgGE77vpn1SRLZ4m
@boredpandablog
https://www.youtube.com/watch?v=0gvtAvT-xQ0
Morgen Shtern ismini o'zgartiribdi, dindor bo'lib, Isroilda yashayapti ekan. Morgenning 180 darajaga o'zgarganini qanday bo'lganini ko'rish uchun ham ko'rsa bo'ladi.
@boredpandablog
Bugun 2000-yili tugāilganlar 2019-yili tugāilgan farzandlarini birinchi sinfga yetaklab bordi.
2008-yili tugāilganlar esa universitetga qadam qoāydi.
@boredpandablog
Repost from Nodir Nishonov ā Susambil
ā”ļø Iyen MakKellenning boālajak āEbenezerā filmidagi yangi qiyofasiga nigoh.
Film 2026-yil 13-noyabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.
@insusambil
#kinonews
āOārgimchak odam 4ā filmi chiqqani tufayli Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar uchligidan joy oldi
Barcha davrlarning eng kassabop uch aktyori (bosh rollarda) quyidagicha:
⢠Zoi Saldana ā 15,47 mlrd dollar
⢠Skarlett Yoxansson ā 15,40 mlrd dollar
⢠Tom Holland ā ~15,20 mlrd dollar
@boredpandablog
Transferning so'nggi kuni baribir oldik Barkolyani...šš“š„
#review
M. Nayt Shyamalan (2-qism)
Obyektiv bo'lish uchun aytishim kerakki, ketma-ket dahshatli omadsizliklardan soāng ham Shyamalan suv betida qola oldi. U oāz mulkini garovga qoāydi, arzimas chaqaga Ā«TashrifĀ» (The Visit) kamer horrorini suratga oldi, keyin esa Jeyms Makevoy ishtirokida Ā«SplitĀ» bilan portladi va uni hisobdan chiqarishga hali ertaligini isbotladi.
U Ā«VaqtĀ» (Time) kabi zerikarli omadsizlikni taqdim etishi ham, yoki Ā«SplitĀ»dek juda qiziqarli asar suratga olishi ham mumkin. Biz uni soākamiz, uning joān finallari ustidan kulamiz, lekin baribir uning yangi filmlari uchun kinoteatrlarga boramiz.
Chunki qayerdadir, ich-ichimizdan umid qilamiz: ajab emas, bu safar unda oāsha Ā«Oltinchi tuygāuĀ» yana oāxshab chiqqan boālsa?
@boredpandablog
#review
M. Nayt Shyamalan
Nayt Shyamalan filmlarini xronologik ketma -ketlikda koŹ»rib kelayapman. āGlassā filmiga kelib qoldim. Hozircha xulosam shunday:
1999-yili 29 yoshli M. Nayt Shyamalan Ā«Oltinchi tuygāuĀ» (The Sixth Sense) filmini suratga oldi. Kartina deyarli bir milliard dollar daromad keltirdi, 6 ta nominatsiyada Ā«OskarĀ»ga tavsiya etildi va kino tarixidagi eng shok beruvchi finallardan birini taqdim etdi. Matbuot uni darhol va saxovat bilan Ā«yangi SpilbergĀ» deb eālon qiladi. Gap yo'q, lekin qizig'i keyin boshlanadi.
Ā«BelgilarĀ» (Signs), Ā«Sirli oārmonĀ» (The Village), soāngra Ā«Suvdan chiqqan qizĀ» (Lady in the Water), Ā«HodisaĀ» (The Happening) hamda g'irt tijoriy safsataga aylangan Ā«Soānggi havo jodugariĀ» (The Last Airbender) kabi yaqqol omadsiz bo'lgan. Cho'qqidan to'g'ri jarlikka qulashga o'xshatsa bo'ladi buni.
Xo'sh buni sababi nima?
1. Ā«Oltinchi tuygāuĀ»dan soāng tomoshabinlar va prodyuserlar Shyamalandan yaxshi hikoyalarni emas, balki TVISTni talab qila boshlashdi. Har bir filmining oxirida mantiqni ostin-ustun qilib yuboradigan shok beruvchi yechim BOāLISHI SHART edi.
Shyamalan oāzi qoāygan qopqonga oāzi tushdi. Chuqur xarakterlar va dramaturgiya yaratish oārniga, u senariylarni faqat oxirgi besh daqiqa uchun ā teskarisidan qura boshladi.
ā Ā«BelgilarĀ»da Yer yuzini egallab olgan oāzga sayyoraliklar oddiy bir stakan suvdan halok boāladi (Yer Yuzi koinotdan ulkan okean o'laroq ko'rinadi, buni hisobga olmaganmikan ular?)
ā Ā«HodisaĀ»da odamlarni oāzini oāldirishga majbur qiladigan narsa... gāazabga mingan maysazor va daraxtlar boālib chiqadi.
ā Ā«Sirli oārmonĀ»da haqiqiy mahluqlar oārniga XXI asrning tarkidunyo qilganlar kommyunitisi bo'ladi.
2. Ego
29 yoshda seni daho deb eālon qilishganida, oāz-oāziga tanqidiy yondashishni saqlab qolish qiyin. Shyamalan oāziga haddan ziyod ishonib yuborgan deb o'ylayman. Filmlarga qarang: senariynavis ham, prodyuseram, rejissor ham, hatto oāz filmlarida muhim rollarni oāziga biriktirishni boshlaydi (Ā«Suvdan chiqqan qizĀ»da: u dunyoni qutqarishi kerak boālgan kitob muallifi ā daho yozuvchi rolini oāynagan, narsisizm darajasi shunchaki choāqqida).
U tashqi tanqid va muharrirlarning gapiga umuman quloq solmay qoāydi. Ertalabki nonushta paytida xayoliga kelgan har qanday safsata unga tepadan kelgan vahiydek tuyulardi. Odamlar hatto xazillashib, Shyamalan o'z qizaloqlarini kamroq tinglashi kerak deb yoza boshlashdi.
@boredpandablog
Hakam ManUtd - Ipsvich oʻyini nima boʻp ketdi.. Maguayrning goli otmen emas ekan..
#kinonews
Helen Mirren āA Talent for Murderā filmining ilk posterida
Anton Korbeynning yozuvchi Patrisiya Haysmit hamda adabiy agentning uni yangi roman yozishga koāndirishga urinishlari haqidagi filmi xorijda 23-oktyabr kuni namoyish etiladi.
@boredpandablog
#kinonews
Makkenna Greys Qora mushuk rolini ijro etishi mumkin!
Mish-mishlarga koāra, aktrisa Felitsiya Hardi roli uchun nomzod sifatida koārib chiqilmoqda va uning debyuti āQasoskorlar: Maxfiy urushlarā filmida boālishi kutilmoqda.
Greys avvalroq āKapitan Marvelā filmida yosh Kerol Denversni oāynagan, biroq studiya aktyorlarning rollarini tez-tez oāzgartirib turadi.
Bu personajning paydo boālishi Tom Holland ishtirokidagi syujetga ayni muddao boāladi: āUyga yoāl yoāqā filmidan soāng Piter Parker yolgāiz qolgan, komikslardagi Mushuk esa niqob ostidagi yigitni emas, aynan Oārgimchak-odamni sevadi. Marvel bu maālumotni hozircha tasdiqlagani yoāq.
@boredpandablog
āBu goāzal xonim kim ekan?ā
Yosh yigit Eva Elfini uchratib qolib, onasidan u bilan rasmga tushirishni soāradi va oārinli savolga duch keldi.
Oyi, u shunchaki bloger...š¤£
(Puling boʻlsa Eva Elfie saniki)
@boredpandablog
