ar
Feedback
Bored Panda

Bored Panda

الذهاب إلى القناة على Telegram

⛵️Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot

إظهار المزيد
1 901
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-87 أيام
+1830 أيام
أرشيف المشاركات
Yangi reelsim: – Buyuk Britaniyaga borganda, Garri Potterni qidirib yurma, endi yoshing 29da! https://www.instagram.com/reel/DakCbZFMlsP

#premyera “Godzilla: Minus bir” filmining bevosita davomi bo‘lgan “Godzilla: Minus nol”ning ilk tizeri chiqdi Voqealar 1949-yilda, birinchi film hodisalaridan ikki yil o‘tib yuz beradi. Godzilla bu safar Tinch okeanini kesib o‘tib, Nyu-Yorkka tahdid solgan holda qaytadi. Birinchi hujumdan hali o‘ziga kelib ulgurmagan Koichi Sikisima va Noriko Oisi yangi xavfga duch keladi. Film IMAX sertifikatiga ega kameralarda suratga olingan birinchi yapon loyihasi bo‘ldi. Premyera 6-noyabr. @boredpandablog

#premyera Tom Hardi ishtirokidagi "Mobland" seriali 2-mavsumi ilk treylerini qarshi oling. @boredpandablog

"Usual suspects" (1995) filmidagi sigaret qutisi juda qiziq. Hech oldin e'tibor bermagan ekanman, adashmasam bu o'zbek miniat
"Usual suspects" (1995) filmidagi sigaret qutisi juda qiziq. Hech oldin e'tibor bermagan ekanman, adashmasam bu o'zbek miniaturachilari qalamiga mansub, balki "Hamsa"dan parchadur... @boredpandablog

#premyera Ruslar ham o'z "Dyuna dunyosini yaratmoqda". Aka-uka Strugatskiylar qalamiga mansub roman asosida olingan yangi serial "Трудно быть Богом". @boredpandablog

Nyu-Jersidan epik kadrlar: ob-havo tarixiy yelkanli kemalar paradini qaroqchilar haqidagi sarguzasht film sahnasiga aylantirib yubordi. AQShning shimoli-sharqiy sohilida xalqaro flotiliya "Sail4th 250" tadbiri doirasida Ozodlik haykali yonidan suzib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, biroq tabiatning o‘z rejalari bor ekan. Shamol va momaqaldiroqli bulutlar bilan kelgan to‘satdan boshlangan bo‘ron kemalar uchrashuvini maxsus effektlarsiz ham kinodagi dramatik kadrlarga aylantirib qo‘ydi. Shu davrda yashaging keladiya... @boredpandablog

Rasmiy poster.
Rasmiy poster.

Tolkin? Bir tiyingga qimmat yozuvchi! Agar uning asarlarida mantiq bo‘lganida, burgutlar xohlagan payti paydo bo‘lmasdan, uzu
Tolkin? Bir tiyingga qimmat yozuvchi! Agar uning asarlarida mantiq bo‘lganida, burgutlar xohlagan payti paydo bo‘lmasdan, uzuk ittifoqoni Mordorga olib borgan bo‘lardi, - deydiganlar juda ko‘p. Xo‘sh, Tolkinning bu falsafasi ortida nimalar turibdi? 1947-yili Tolkin “Sehrli ertaklar haqida” nomli essesini nashr etib, o‘zidan oldin mavjud bo‘lmagan bir so‘zni tilga kiritdi: evkatastrofa. Yunonchada “Eu” — “yaxshi”, “ezgulik” degani. Demak, evkatastrofaning so‘zma-so‘z tarjimasi: “xayrli falokat”, ma’nosi esa muqarrar halokatdan so‘nggi pallada kutilmagan najotga keskin burilish. Tolkin buni har qanday ertakning oliy vazifasi deb bilgan. Axloq ham, saboq ham emas. Aynan o‘sha lahza: hamma narsa tugadi deb turganda — birdaniga unday bo‘lmay qolishi. Frodo Uzukni olovga tashlay olmaydi, Gollum uning barmog‘ini tishlab, o‘zi jahannamga ravona bo‘ladi. Burgutlar Pelennor maydonlariga uchib keladi. Gendalf tong otganda paydo bo‘ladi. Tahliliy fikrlaydigan har qanday kitobxon bunda arzon “deus ex machina”ni ko‘rib, jahli chiqadi. Tolkin bu jahl sababini bilardi va hech narsani o‘zgartirmadi. Tolkinshunos Tom Shippi “O‘rtadunyoga yo‘l” asarida buning syujetdagi e’tiborsizlik emasligini ko‘rsatadi. Bu Tolkinning prinsipial pozitsiyasi. Tolkindagi evkatastrofa ilohiy bir bayonot vazifasini o‘taydi. Najot lahzasida chulg‘ab oladigan kutilmagan shodlik oddiy yengillik emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “haqiqatning oniy chaqnashi”dir. Xususan, professor Iso payg‘ambarning tirilishini insoniyat tarixidagi “eng buyuk evkatastrofa” deb atagan. Tolkin bularning barini Birinchi jahon urushidan so‘ng yozgan. U Sommani ko‘rgan. Deyarli barcha do‘stlaridan ayrilgan. Undagi evkatastrofa hech qanday optimizm emas. Bu umidsizlikka berilish huquqidan voz kechishdir. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, burgutlar syujet buzilgani uchun uchib kelmaydi. Ular muallif so‘nggi lahzada ham nimadir o‘zgarishi mumkinligiga ishongani uchun uchib keladi. @insusambil

#premyera "Dyuna-3" filmining yangi treylerini qarshi oling! @boredpandablog

Endi aytgancha oʻzbekchaniyam qayta oʻrganishni boshlayveringlar😉

Mayamining 70% aholisi ispancha gaplasharkan. Shunchaki qiziqarli fakt emas. Oʻzim Angliyada keyin Ispaniyaning oʻziga borib shunga guvoh boʻldimki, aslida dunyoda ispan tilini oʻrganib ham bemalol mazza qilib yashasa boʻlarkan. Kimdur mendan bundan buyogʻi qaysi tilni oʻrganay desa, Ispancha deyman. Umuman, til bilgan yaxshi, bu degani hayot faqat ingliz tili atrofida aylanadi deb tushunmaslik kerak.

#meme Messini hozircha mashinani almashtirgisi yo'q:) @boredpandablog

Misr - Argentina oʻyini:
Misr - Argentina oʻyini:

Yomayo!!!! Triller!

Messi!!! WOOW

12 raqamli Misr o'yinchisi Messi rejimini yoqvoldiya boya😂

firavnlar keldi....😂

Misrdan yil Goli otmen!

Bugungi sana: 07.07.26 keyingisi naq 1 yildan keyin keladi, undanam chiroyli bo'p:) @boredpandablog

#kinonews Yaxshi yangilik @boredpandablog
#kinonews Yaxshi yangilik @boredpandablog