uk
Feedback
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff

Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff

Відкрити в Telegram

⛵️Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot

Показати більше
1 965
Підписники
-624 години
-117 днів
+530 днів
Архів дописів
Reaksiyalarni kutib qolaman. Qanday tuyuldi sizlarga?

#premyera “Harry Potter” seriali ik tizer-treylerini qarshi oling! https://youtu.be/SJVmeJaS44s?si=OgGE77vpn1SRLZ4m @boredpandablog

https://www.youtube.com/watch?v=0gvtAvT-xQ0 Morgen Shtern ismini o'zgartiribdi, dindor bo'lib, Isroilda yashayapti ekan. Morgenning 180 darajaga o'zgarganini qanday bo'lganini ko'rish uchun ham ko'rsa bo'ladi. @boredpandablog

Bugun 2000-yili tug‘ilganlar 2019-yili tug‘ilgan farzandlarini birinchi sinfga yetaklab bordi. 2008-yili tug‘ilganlar esa universitetga qadam qo‘ydi. @boredpandablog

Do'stim bilan biror joyda o'tirsak... @boredpandablog

⚡️ Iyen MakKellenning bo‘lajak “Ebenezer” filmidagi yangi qiyofasiga nigoh. Film 2026-yil 13-noyabr kuni kinoteatrlarda namoy
⚡️ Iyen MakKellenning bo‘lajak “Ebenezer” filmidagi yangi qiyofasiga nigoh. Film 2026-yil 13-noyabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi. @insusambil

Sentabr kelsa hammasi yaxshi bo'p ketadi.. @boredpandablog

#kinonews “O‘rgimchak odam 4” filmi chiqqani tufayli Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar uchligidan joy oldi B
#kinonews “O‘rgimchak odam 4” filmi chiqqani tufayli Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar uchligidan joy oldi Barcha davrlarning eng kassabop uch aktyori (bosh rollarda) quyidagicha: • Zoi Saldana — 15,47 mlrd dollar • Skarlett Yoxansson — 15,40 mlrd dollar • Tom Holland — ~15,20 mlrd dollar @boredpandablog

Transferning so'nggi kuni baribir oldik Barkolyani...👍🔴🔥
Transferning so'nggi kuni baribir oldik Barkolyani...👍🔴🔥

Endi qaysi rejissorni filmlarini ko'rib chiqsam ekan? 🤔

#review M. Nayt Shyamalan (2-qism) Obyektiv bo'lish uchun aytishim kerakki, ketma-ket dahshatli omadsizliklardan so‘ng ham Shyamalan suv betida qola oldi. U o‘z mulkini garovga qo‘ydi, arzimas chaqaga «Tashrif» (The Visit) kamer horrorini suratga oldi, keyin esa Jeyms Makevoy ishtirokida «Split» bilan portladi va uni hisobdan chiqarishga hali ertaligini isbotladi. U «Vaqt» (Time) kabi zerikarli omadsizlikni taqdim etishi ham, yoki «Split»dek juda qiziqarli asar suratga olishi ham mumkin. Biz uni so‘kamiz, uning jo‘n finallari ustidan kulamiz, lekin baribir uning yangi filmlari uchun kinoteatrlarga boramiz. Chunki qayerdadir, ich-ichimizdan umid qilamiz: ajab emas, bu safar unda o‘sha «Oltinchi tuyg‘u» yana o‘xshab chiqqan bo‘lsa? @boredpandablog

#review M. Nayt Shyamalan Nayt Shyamalan filmlarini xronologik ketma -ketlikda koʻrib kelayapman. “Glass” filmiga kelib qoldim. Hozircha xulosam shunday: 1999-yili 29 yoshli M. Nayt Shyamalan «Oltinchi tuyg‘u» (The Sixth Sense) filmini suratga oldi. Kartina deyarli bir milliard dollar daromad keltirdi, 6 ta nominatsiyada «Oskar»ga tavsiya etildi va kino tarixidagi eng shok beruvchi finallardan birini taqdim etdi. Matbuot uni darhol va saxovat bilan «yangi Spilberg» deb e’lon qiladi. Gap yo'q, lekin qizig'i keyin boshlanadi. «Belgilar» (Signs), «Sirli o‘rmon» (The Village), so‘ngra «Suvdan chiqqan qiz» (Lady in the Water), «Hodisa» (The Happening) hamda g'irt tijoriy safsataga aylangan «So‘nggi havo jodugari» (The Last Airbender) kabi yaqqol omadsiz bo'lgan. Cho'qqidan to'g'ri jarlikka qulashga o'xshatsa bo'ladi buni. Xo'sh buni sababi nima? 1. «Oltinchi tuyg‘u»dan so‘ng tomoshabinlar va prodyuserlar Shyamalandan yaxshi hikoyalarni emas, balki TVISTni talab qila boshlashdi. Har bir filmining oxirida mantiqni ostin-ustun qilib yuboradigan shok beruvchi yechim BO‘LISHI SHART edi. Shyamalan o‘zi qo‘ygan qopqonga o‘zi tushdi. Chuqur xarakterlar va dramaturgiya yaratish o‘rniga, u senariylarni faqat oxirgi besh daqiqa uchun — teskarisidan qura boshladi. — «Belgilar»da Yer yuzini egallab olgan o‘zga sayyoraliklar oddiy bir stakan suvdan halok bo‘ladi (Yer Yuzi koinotdan ulkan okean o'laroq ko'rinadi, buni hisobga olmaganmikan ular?) — «Hodisa»da odamlarni o‘zini o‘ldirishga majbur qiladigan narsa... g‘azabga mingan maysazor va daraxtlar bo‘lib chiqadi. — «Sirli o‘rmon»da haqiqiy mahluqlar o‘rniga XXI asrning tarkidunyo qilganlar kommyunitisi bo'ladi. 2. Ego 29 yoshda seni daho deb e’lon qilishganida, o‘z-o‘ziga tanqidiy yondashishni saqlab qolish qiyin. Shyamalan o‘ziga haddan ziyod ishonib yuborgan deb o'ylayman. Filmlarga qarang: senariynavis ham, prodyuseram, rejissor ham, hatto o‘z filmlarida muhim rollarni o‘ziga biriktirishni boshlaydi («Suvdan chiqqan qiz»da: u dunyoni qutqarishi kerak bo‘lgan kitob muallifi — daho yozuvchi rolini o‘ynagan, narsisizm darajasi shunchaki cho‘qqida). U tashqi tanqid va muharrirlarning gapiga umuman quloq solmay qo‘ydi. Ertalabki nonushta paytida xayoliga kelgan har qanday safsata unga tepadan kelgan vahiydek tuyulardi. Odamlar hatto xazillashib, Shyamalan o'z qizaloqlarini kamroq tinglashi kerak deb yoza boshlashdi. @boredpandablog

Hakam ManUtd - Ipsvich oʻyini nima boʻp ketdi.. Maguayrning goli otmen emas ekan..

MUNYOZ!!! Liv 2 - 2 Nott. For

#kinonews Helen Mirren “A Talent for Murder” filmining ilk posterida Anton Korbeynning yozuvchi Patrisiya Haysmit hamda adabi
#kinonews Helen Mirren “A Talent for Murder” filmining ilk posterida Anton Korbeynning yozuvchi Patrisiya Haysmit hamda adabiy agentning uni yangi roman yozishga ko‘ndirishga urinishlari haqidagi filmi xorijda 23-oktyabr kuni namoyish etiladi. @boredpandablog

#kinonews Makkenna Greys Qora mushuk rolini ijro etishi mumkin! Mish-mishlarga ko‘ra, aktrisa Felitsiya Hardi roli uchun nomz
#kinonews Makkenna Greys Qora mushuk rolini ijro etishi mumkin! Mish-mishlarga ko‘ra, aktrisa Felitsiya Hardi roli uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda va uning debyuti “Qasoskorlar: Maxfiy urushlar” filmida bo‘lishi kutilmoqda. Greys avvalroq “Kapitan Marvel” filmida yosh Kerol Denversni o‘ynagan, biroq studiya aktyorlarning rollarini tez-tez o‘zgartirib turadi. Bu personajning paydo bo‘lishi Tom Holland ishtirokidagi syujetga ayni muddao bo‘ladi: “Uyga yo‘l yo‘q” filmidan so‘ng Piter Parker yolg‘iz qolgan, komikslardagi Mushuk esa niqob ostidagi yigitni emas, aynan O‘rgimchak-odamni sevadi. Marvel bu ma’lumotni hozircha tasdiqlagani yo‘q. @boredpandablog

Bu go‘zal xonim kim ekan?” Yosh yigit Eva Elfini uchratib qolib, onasidan u bilan rasmga tushirishni so‘radi va o‘rinli savolga duch keldi. Oyi, u shunchaki bloger...🤣 (Puling boʻlsa Eva Elfie saniki) @boredpandablog

Konsert diskotekaga aylanib ketdi😁

— O'rtoq, hozirgina "Yangi O'rgimcha-odam" premyerasidan chiqdim, Istaysanmi, ozgina spoyler qilaman.? — Mayli, faqat ozroq. — U yerda seni qizing bittasi bilan o'tirgan ekan. @boredpandablog

Shu narsa 100% yolgʻon. Boʻlsayam, to oʻzidan chiroyliroq qiz uchrab qolguncha😂 @boredpandablog
Shu narsa 100% yolgʻon. Boʻlsayam, to oʻzidan chiroyliroq qiz uchrab qolguncha😂 @boredpandablog