Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff
Ir al canal en Telegram
⛵️Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot
Mostrar más1 943
Suscriptores
+324 horas
-77 días
-2530 días
Archivo de publicaciones
#review
"Empty Man", 2020
Instagramdagi oddiy bir 10 soniyalik rils ortidan butun filmni ko'rib chiqdim. Filmni psixologik triller ham, mistik horror desa ham bo'ladi. Filmdan taassurotlarim ikki xil bo'lib qoldi.
Avvalo film o'rtada to'xtatishga va oxiri nima bo'larkin deyishga yetarlicha qiziqarli, ammo holis aytsam, film finali meni ko'nglim to'lmay qoldi. Ham undagi syujetdagi ochiqlik, ham asosiy savollar go'yoki javobsiz qolgandek.
Aslida syujet spoyler qiladigan (busiz iloji yo'q) bo'lsam, u urban legend ustiga qurilgan juda oddiy sxema. Agar sen ko'prik ustiga chiqib, unda yotgan butilkani puflasang, hushtak chalsang, yoningga Empty Man keladi. Birinchi kun uni ovozini eshitasan, keyingi kun his qilasan, va uchinchi kun oxiri ko'rasan. Bu qandaydur kechqurun bolalarni qo'rqitadigan uydirmalardan ko'ra qo'rqinchli bo'lishi odamni junjiktiradi. empty man kim yoki nima, tulpa nima, pontifex jamiyati va fanatik sektalar buni ortida nima qilayapti, bular juda qiziq.
Filmning yana bir maqtarli jihati - bu uning vizual ko'rinishi va musiqasi. Aslida $16 millionlik byudjet uchun ancha yaxshi va tantanavor ko'rinadi. vizual yechimlar, aktyorlar ijrosi ham yomon emas, ayniqsa massovka sahnalar juda ishonarli chiqqan.
Ammo ko'pchilik bu kino haqida eshitmay qolgan. Bunga sabablar ko'p, Eng asosiysi menimcha, uning relizga chiqqan vaqti, ya'ni u pandemiyaga to'g'ri kelib qolgan va atigi $4 mln kassa qiladi va tanqidchilar uni juda negativ yomonlab tashlashadi. Bunga qisman rejissorning o'zi ham aybdor, chunki final rostanam odamni ikkilantiradi,
FIlm "Shutter Island" qo'llaydigan usullardan ham foydalanadi, ammo bu yerda hammasi bosh qahramon miyasida ro'y beradiganidan ko'ra ko'proq savollar uyg'otadi. Xullas, o'zim ham filmni bitta ko'rib ko'p narsaga tushunmay qoldim.
Lekin filmni yomon deyishga bu yetarli bo'lmaydi. Xuddi zo'r pishirilgan-u, ammo sovub qolgan oshni yegandek bo'ldim.
@boredpandablog
Bryan Cranston'ning Praym davri😎
U ketma-ket 2008, 2009, 2010-yillarda Emmy Award for Outstanding Lead Actor in a Drama Series yutgan. (2014-yilda yana bir bor)
Har 3 yilda uning raqiblari: Hugh Laurie, Jon Hamm, Michael C. Hall bo'lgan bo'lsa, u yana 2 marta Gabriel Byrne'ni, va bir marta Matthew Fox'ni (LOST serialidagi Jek)ni ortda qoldiradi.
Meni eng hayron qoldiradigani, Bryan aslida asosan komik aktyor sifatida qaralardi. Masalan, u "Malcolm in the Middle" sitkomida Hal obrazi bilan tanilgan. Ya'ni kuchli dramatik rol uchun tanlangan juda riskli qaror bo'lgan.
Xullas, ajoyib aktyor.
@boredpandablog
Repost from Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
❗️Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi:
Toshkent shahrida yashil hududlar saqlab qolinishi shart!
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim yashil hududlar o‘rnida atoturargoh qurilishi, jamoat parki rejalashtirilgan hududlar auksion savdosiga chiqarilgani bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo‘mitasiga ko‘ra, shahar markazidagi mavjud yashil hududlarni kamayishi, aholining sayr qilishi va dam olishi uchun qulay jamoat joylari o‘rnida konstruktiv qurilishlar bo‘lishi mutlaqo maqsadga muvofiq emas. Avtoturargohlarni tashkil etishda ko‘kalamzor maydonlarning qisqarishiga hamda piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarning yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Shuningdek, sotuvga chiqarilgani aytilayotgan "Navro‘z" bog‘iga tegishli ko‘chmas mulk obyektlaridan birining yer maydonida Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 fevraldagi 83-son qaroriga ko‘ra, (Toshkent shahri Yunusobod tumani Matonat mahallasida 1,6 gektar) jamoat parki tashkil etish nazarda tutilgan. Bu hududda albatta, hukumat qaroriga muvofiq jamoat parki barpo etilishini ta’minlash zarur.
Milliy qo‘mita Toshkent shahridagi mavjud yashil hududlarni qisqarishini oldini olish, jamoat parki uchun belgilangan hududni saqlab qolish, undan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish va aholi manfaatlarini ta’minlash shart, deb hisoblaydi.
Telegram|Facebook| Instagram |Youtube
O'zingni sevimli Gollivud kinomatrografingni top, yoxud Lucas Museum of Narrative Art ochilish marosimidan kadr.
@boredpandablog
Kecha shuni koʻrib qoludim, afsus oʻlchamim topilmadi. Keyin sal boshqachasidan oldim, biror reelsda koʻrib qolarsizlar:)
@boredpandablog
#kinonews
"Asoka" 2-mavsumidan yangi kadr.
Bosh rolni Rosario Douson ijro etgan ushbu yangi mavsum 20-yanvar kuni Disney+’da start oladi.
@boredpandablog
+1
#kinonews
Britaniyaning Empire jurnali yangi sonida Greta Gervigning «Narniya yilnomalari» filmidan yangi kadrlar.
@boredpandablog
#premyera
«Kliff Butt mashmashalari»ning to‘liq treyleri chiqdi
Bu «Bir kuni... Gollivudda» filmining sikveli bo‘lib, undagi voqealar birinchi film voqealaridan 8 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Filmda Bred Pitt, Skott Kaan, Elizabet Debiki, Karla Gudjino, Yahyo Abdul-Matin II, Karen Karagulyan va boshqalar rol o‘ynagan.
Davomining ssenariysini Kventin Tarantino yozgan, rejissyorlikni esa Devid Fincherga topshirgan.
Xorijiy prokatda 25-noyabrdan namoyish etiladi.
@boredpandablog
Repost from Nodir Nishonov – Susambil
Gilyermo del Toro, Piter Jekson va Jorj Martin. Jorj Lukas muzeyining ochilishida.
@insusambil
O'zi bu film mana shu zumerlar uchun olingan edi, Endi yana trend bo'lishi ham bekorga emasde😁
#kinonews
"Sumerki" O'zbekistonda qayta prokatga chiqibdi. Vau:) Qancha xazil-mutoyiba qilinsa ham, aslida kino sifati o'ziga xos stili va vaybi bor franshiza.
Bollarga kimdur qarab tursa, biz er-xotin ham tushib kelarduu😏😁
@boredpandablog
"Uchinchi Rim" osmoni, o'zbek migranti fonida urib tushirilgan ukrain droni va urush.
Yakun.
#kinonews
"Harry Potter"ning yangi mavsumlari har yili chiqmaydi
HBO rahbari Keysi Bloysning aytishicha, mavsumlar o‘rtasidagi tanaffus ikki yildan kam bo‘ladi, ammo har yili uning davomini chiqarishning imkoni bo‘lmaydi. Shu bilan birga, telekanal qismlar orasidagi kutish vaqtini imkon qadar qisqartirishga harakat qiladi.
Birinchi mavsum 25-dekabrda boshlanadi, ikkinchi mavsumni suratga olish ishlari esa allaqachon Buyuk Britaniyada olib borilmoqda.
@boredpandablog
Soyer va Jon Lokk afsonaviy "Hayot-mamot" (LOST) serialidan 11 yildan ortiq vaqt o‘tib qayta uchrashdilar!
Orolga yana xush kelibsiz!
@boredpandablog
#news
Oilaviy FAXR!
Mana shu A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplama qilishda katta rolni bevosita o'sha yerda ishlagan insonlar ichida mening dadam va ukam ham bor. Ikkalasi ham geodez-injener sifatida yo'l chizmalarini tayyorlab, uni soz holatda qayerdan boshlashga bosh-qosh bo'lishdi. Uydan uzoqda, ochiq cho'l hududida issiq-sovuqqa qaramay ishlashdi.
Endi yana yo'lning 92 kilometrini qurish boshlanibdi. Ular boshlagan ishlarini yangi loyihada ham davom ettirishadi nasib!
Sizlar bilan faxrlanaman!👍🫡
@boredpandablog
+1
Tom Hardi 2026-yilning sentabrida 49 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorlabdi.
Men uni ishtirokidagi ko'pgina filmlarni ko'rganman, shunga uncha qiyin bo'lmadi.
@boredpandablog
#premyera
Mayk Tayson haqidagi hujjatli serialning ilk treylerini qarshi oling!
To‘rtta epizod bokschining Bruklindagi og‘ir bolaligidan, chempionlik unvoni sari jadal ko‘tarilishigacha, keyin qaramlik, qamoq va shov-shuvli janjallargacha bo‘lgan yo‘lini qamrab oladi.
Hikoyani Taysonning o‘zi aytib beradi. Serialda uning yaqinlari, do‘stlari va raqiblari bilan ilgari e’lon qilinmagan materiallar va intervyular o‘rin olgan. U Netflix’da chiqadi.
https://www.youtube.com/watch?v=o1S5LsYhfEg
#news
O'zim men yoshlikdan "Turgutluspor" klubiga muxlislik qilaman😂
@boredpandablog
