Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff
رفتن به کانال در Telegram
⛵️Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot
نمایش بیشتر1 943
مشترکین
-124 ساعت
-127 روز
-2830 روز
آرشیو پست ها
Repost from Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
❗️Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi:
Toshkent shahrida yashil hududlar saqlab qolinishi shart!
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ayrim yashil hududlar o‘rnida atoturargoh qurilishi, jamoat parki rejalashtirilgan hududlar auksion savdosiga chiqarilgani bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo‘mitasiga ko‘ra, shahar markazidagi mavjud yashil hududlarni kamayishi, aholining sayr qilishi va dam olishi uchun qulay jamoat joylari o‘rnida konstruktiv qurilishlar bo‘lishi mutlaqo maqsadga muvofiq emas. Avtoturargohlarni tashkil etishda ko‘kalamzor maydonlarning qisqarishiga hamda piyodalar uchun yaratilgan sharoitlarning yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Shuningdek, sotuvga chiqarilgani aytilayotgan "Navro‘z" bog‘iga tegishli ko‘chmas mulk obyektlaridan birining yer maydonida Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 fevraldagi 83-son qaroriga ko‘ra, (Toshkent shahri Yunusobod tumani Matonat mahallasida 1,6 gektar) jamoat parki tashkil etish nazarda tutilgan. Bu hududda albatta, hukumat qaroriga muvofiq jamoat parki barpo etilishini ta’minlash zarur.
Milliy qo‘mita Toshkent shahridagi mavjud yashil hududlarni qisqarishini oldini olish, jamoat parki uchun belgilangan hududni saqlab qolish, undan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish va aholi manfaatlarini ta’minlash shart, deb hisoblaydi.
Telegram|Facebook| Instagram |Youtube
O'zingni sevimli Gollivud kinomatrografingni top, yoxud Lucas Museum of Narrative Art ochilish marosimidan kadr.
@boredpandablog
Kecha shuni koʻrib qoludim, afsus oʻlchamim topilmadi. Keyin sal boshqachasidan oldim, biror reelsda koʻrib qolarsizlar:)
@boredpandablog
#kinonews
"Asoka" 2-mavsumidan yangi kadr.
Bosh rolni Rosario Douson ijro etgan ushbu yangi mavsum 20-yanvar kuni Disney+’da start oladi.
@boredpandablog
+1
#kinonews
Britaniyaning Empire jurnali yangi sonida Greta Gervigning «Narniya yilnomalari» filmidan yangi kadrlar.
@boredpandablog
#premyera
«Kliff Butt mashmashalari»ning to‘liq treyleri chiqdi
Bu «Bir kuni... Gollivudda» filmining sikveli bo‘lib, undagi voqealar birinchi film voqealaridan 8 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Filmda Bred Pitt, Skott Kaan, Elizabet Debiki, Karla Gudjino, Yahyo Abdul-Matin II, Karen Karagulyan va boshqalar rol o‘ynagan.
Davomining ssenariysini Kventin Tarantino yozgan, rejissyorlikni esa Devid Fincherga topshirgan.
Xorijiy prokatda 25-noyabrdan namoyish etiladi.
@boredpandablog
Repost from Nodir Nishonov – Susambil
Gilyermo del Toro, Piter Jekson va Jorj Martin. Jorj Lukas muzeyining ochilishida.
@insusambil
O'zi bu film mana shu zumerlar uchun olingan edi, Endi yana trend bo'lishi ham bekorga emasde😁
#kinonews
"Sumerki" O'zbekistonda qayta prokatga chiqibdi. Vau:) Qancha xazil-mutoyiba qilinsa ham, aslida kino sifati o'ziga xos stili va vaybi bor franshiza.
Bollarga kimdur qarab tursa, biz er-xotin ham tushib kelarduu😏😁
@boredpandablog
"Uchinchi Rim" osmoni, o'zbek migranti fonida urib tushirilgan ukrain droni va urush.
Yakun.
#kinonews
"Harry Potter"ning yangi mavsumlari har yili chiqmaydi
HBO rahbari Keysi Bloysning aytishicha, mavsumlar o‘rtasidagi tanaffus ikki yildan kam bo‘ladi, ammo har yili uning davomini chiqarishning imkoni bo‘lmaydi. Shu bilan birga, telekanal qismlar orasidagi kutish vaqtini imkon qadar qisqartirishga harakat qiladi.
Birinchi mavsum 25-dekabrda boshlanadi, ikkinchi mavsumni suratga olish ishlari esa allaqachon Buyuk Britaniyada olib borilmoqda.
@boredpandablog
Soyer va Jon Lokk afsonaviy "Hayot-mamot" (LOST) serialidan 11 yildan ortiq vaqt o‘tib qayta uchrashdilar!
Orolga yana xush kelibsiz!
@boredpandablog
#news
Oilaviy FAXR!
Mana shu A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplama qilishda katta rolni bevosita o'sha yerda ishlagan insonlar ichida mening dadam va ukam ham bor. Ikkalasi ham geodez-injener sifatida yo'l chizmalarini tayyorlab, uni soz holatda qayerdan boshlashga bosh-qosh bo'lishdi. Uydan uzoqda, ochiq cho'l hududida issiq-sovuqqa qaramay ishlashdi.
Endi yana yo'lning 92 kilometrini qurish boshlanibdi. Ular boshlagan ishlarini yangi loyihada ham davom ettirishadi nasib!
Sizlar bilan faxrlanaman!👍🫡
@boredpandablog
+1
Tom Hardi 2026-yilning sentabrida 49 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorlabdi.
Men uni ishtirokidagi ko'pgina filmlarni ko'rganman, shunga uncha qiyin bo'lmadi.
@boredpandablog
#premyera
Mayk Tayson haqidagi hujjatli serialning ilk treylerini qarshi oling!
To‘rtta epizod bokschining Bruklindagi og‘ir bolaligidan, chempionlik unvoni sari jadal ko‘tarilishigacha, keyin qaramlik, qamoq va shov-shuvli janjallargacha bo‘lgan yo‘lini qamrab oladi.
Hikoyani Taysonning o‘zi aytib beradi. Serialda uning yaqinlari, do‘stlari va raqiblari bilan ilgari e’lon qilinmagan materiallar va intervyular o‘rin olgan. U Netflix’da chiqadi.
https://www.youtube.com/watch?v=o1S5LsYhfEg
#news
O'zim men yoshlikdan "Turgutluspor" klubiga muxlislik qilaman😂
@boredpandablog
#kinonews
Gendalf qaytdi!
87 yoshli Ien Makkellen yangi "Uzuklar hukmdori: Gollum ovi" filmidagi obrazini namoyish etdi.
Frodo, Gollum va Tranduil ham o‘z rollariga qaytmoqda. Premyera — 2027-yil dekabr oyida.
Oradan 25 yil o‘tdi, ammo Gendalf hali-hamon o'sha-o'sha 😱
@boredpandablog
#premyera
Benedikt Kamberbetch va Rozamund Payk ishtirokidagi Guy Ritchiening "Xotin va it" filmining birinchi tizer-treyleri
Florens katta oilaviy boylik merosxo‘riga aylanadi. Uning qamoqdan yangi chiqqan akasi qasos olishga qasam ichadi. Qiz esa bir paytlar qudratli kriminal avtoritet bo‘lgan otboqarni o‘ziga tansoqchi qilib yollaydi.
Trillerda, shuningdek, Jeyms Norton va Entoni Xopkins ham rol ijro etgan.
@boredpandablog
+2
#kinonews
Britaniyaning Empire jurnali yangi sonining Greta Gervigning «Narniya yilnomalari»ga bag‘ishlangan muqovalari.
@boredpandablog
