ru
Feedback
Bored Panda

Bored Panda

Открыть в Telegram

⛵️Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning jamiyat, siyosat va kino haqidagi fikrlari (+maishiy gaplar) Insta: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff Tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot

Больше
1 953
Подписчики
+324 часа
+357 дней
+5230 день
Архив постов
#meme Shularni o'zlarini yopvorsak, xalqqa ko'proq foyda bo'lardi. @boredpandablog
#meme Shularni o'zlarini yopvorsak, xalqqa ko'proq foyda bo'lardi. @boredpandablog

#news "Ekspertlar" xalqning bankda yotgan depozitlaridan ham 5% soliq olishni taklif qilishibdi. Xalq ko'karmasin ekanda... @
#news "Ekspertlar" xalqning bankda yotgan depozitlaridan ham 5% soliq olishni taklif qilishibdi. Xalq ko'karmasin ekanda... @boredpandablog

⚡️ Nolanning “Odisseya”si butun dunyo bo‘ylab 700 million dollarlik marrani zabt etdi Aslida, 1 milliard dollar ham olis raqa
⚡️ Nolanning “Odisseya”si butun dunyo bo‘ylab 700 million dollarlik marrani zabt etdi Aslida, 1 milliard dollar ham olis raqam emas. Zotan, “O‘rgimchak odam” ham bunga xalal berolmaydi. Chunki seanslar soni hamon juda ko‘p. @insusambil

#premyera Makoto Sinkayning kult animatsiyasi «Sening isming» (Your Name) filmi 4K versiyaga ega bo'ldi Yangilangan versiya filmning 10 yilligi munosabati bilan avgust oyida jahon kinoprokatiga chiqadi. @boredpandablog

Kelasi oy yana “Odissey” IMAXga tushmoqchiman. Hali sanasi aniqmas.. boshqatdan koʻrib chiqay.. @boredpandablog

Hech qachon moshina haydashga qattiq qiziqmaganman. Uzoq yoʻlga chiqqanda uxlab, yoki suhbatlashib atrofni tomosha qilish menga qulay edi. Ammo hozir oilaliman, ular bilan koʻproq va qiziqarliroq vaqt oʻtkazishni istayman. Bu uchum taksi bizni ehtiyojlarni qoniqtirmayapti. Shaxsiy avtoga talab bor. Ammo menda prava yoʻq. Xullas, mana bugun 2-kun “vojdeniya”ga chiqishim. Har holda boshlanishiga yomonmas. Hatto juda yaxshi. Bugun atigi ikki marta oʻchirdim xolos:) Mashina haydash menga yoqdi. Oʻzimni ancha erkin va yoqimli mashgʻulot topgandek his qildim. @boredpandablog

Umr o'tar, vaqt o'tar.... @boredpandablog
Umr o'tar, vaqt o'tar.... @boredpandablog

Nihoyat buni kimdur qilibdi. Shu "yashil yuguradigan" svetofor juda yoqmaydi. Piyodalarni ustidan kulish bu. @boredpandablog

O'zbek blogosferasida, aynan Telegramda, Eng yaxshi kinotahlilchi, kinokritik kim deb o'ylaysiz? (mendan tashqari😁) @boredpandablog

Nolanning kulrang olami Nolanning “Odisseya”sini ko‘rib chiqdim. Bir-ikki og‘iz mulohaza. Men ancha paytdan beri takrorlab kelaman: Nolan — durustgina, ammo mutlaqo favqulodda bo‘lmagan reissyor. U qiziqarli ekshn-filmlar oladi, lekin shohasarlar emas. “Odisseya” bilan ham xuddi shunday ahvol. Bir marta ko‘rishga yaraydi, ammo texnik jihatdan mukammal, lekin sayoz bo‘lgan ushbu chalkashlikni qayta tomosha qilishni dilingiz tuslamaydi. Katta kassa yig‘imlari hali hech narsadan dalolat bermaydi — Jeyms Kameron butun dunyo bo‘ylab behisob milliard dollarlarni urib olgan, ammo allaqachon unutilgan va jamoatchilik xotirasidan o‘chib ketgan moviy hindular haqida naqd uchta film suratga oldi. Asl doston yana 3000 yil yashaydi, Nolanning filmi esa indiniga unutiladi. Dabdala kasting haqida ko‘pchilik yozib bo‘ldi, lekin bu yerdagi eng asosiy miskasting (rolga tushmaslik) — bu reissyorning o‘zi. Nolan o‘z karyerasini texnik labirintlar ichida adashib, yakkalanib qolgan, doimiy ravishda aybdorlik hissidan azoblanadigan, o‘zini kovlashtirib, o‘ziga shubha qiladigan erkaklarning sovuq, qorong‘i va g‘amgin hikoyalari ustiga qurdi. Nolanning uslubi — bu hech qaysisida 2 sekunddan ortiq to‘xtab qolmaydigan, shiddat bilan almashinuvchi kadrlar va ikkinchi darajali daxshat filmiga xos bo‘lgan — TADAAM! — zo‘riqishni oshiradigan shovqin-surondir. Uning “Odisseya”si shunday daxshatning (xorrorning) o‘zginasi. Bu Gomerga mutlaqo zid narsa. Asl matn mo‘tadil, iliq, hissiyotli, sho‘x, mukammal yumor tuyg‘usi va ruhiy yengillik bilan sug‘orilgan. Gomer qahramonlari ba’zan tushkunlikka tushadilar, ammo mardlikni saqlab qolishadi; hazil va jiddiyat, yuzaki va chuqur, maishiy va mo‘jizaviy unsurlar orasida yengil hamda tabiiy ravishda harakatlanishadi. O‘z vaqtida Gomer ruhini eng yaxshi yetkazib bergan shaxs Fellini filmlaridagi Marchello Mastroyanni bo‘lgandi. Aslida “Odisseya”ni xuddi o‘sha suratga olishi kerak edi — shunda asliyatga oz bo‘lsa-da yaqinlashgan bo‘lardik. Lekin dostonning har bir orolini Boltiqbo‘yiga aylantirib qo‘ygan qahraton shimollik Nolandan yana qanday iliqlik kutish mumkin? Xuddi Andrey Zvyagintsev Shimkent haqida film olganga o‘xshaydi. Yunon orollari yoki Turkiya sohillarida kamida bir marta bo‘lgan har bir kishi Gomerning O‘rta yer dengizi dunyosi rang-barang va nurga to‘la ekanini yaxshi biladi. Nolan esa buni kulrang plyajlar, g‘amgin osmon, Norvegiya o‘rmonlari, loy va o‘rta asrlarga xos ma’yuslik bilan almashtiradi. “Odisseya” orollari aslida qanday ko‘rinishda bo‘lganini his qilish uchun undan ko‘ra Italiyaning 1991-yildagi “Mediterraneo” kartinasini tomosha qilganingiz ma’qul. Xullas, kayfiyat va ohang — nishonga tegmagan. Biroq, Nolanning ushbu kulrang dunyosi bugungi maktab o‘quvchilarini Gomer kitoblarini qo‘lga olishga undasa, demak, barchasi bekorga ketmapti. - Rashev @boredpandablog

Rashev bratimga “Odissey” unchalik manzur boʻmapti.

Shuni o'ynagan oxirgi avlod vakiliman... @boredpandablog
Shuni o'ynagan oxirgi avlod vakiliman... @boredpandablog

#kinonews Morgan Spektor Den Braunning «Sir ustiga sir» (The Secret of Secrets) romani asosida suratga olinadigan serialda Ro
#kinonews Morgan Spektor Den Braunning «Sir ustiga sir» (The Secret of Secrets) romani asosida suratga olinadigan serialda Robert Lengdon rolini ijro etadi. Voqealar Yevropada bo‘lib o‘tadi — unda «Da Vinchi kodi» qahramoni izsiz yo‘qolgan olima ayolni va uning eng muhim tadqiqot qo‘lyozmasini topishi kerak bo‘ladi. Bosh ayol roli uchun Rebekka Xoll bilan muzokaralar olib borilmoqda, kitobning teleadaptatsiyasi esa Netflix platformasida e’lon qilinadi. @boredpandablog

#kinonews Gollivud studiyalari MDH mamlakatlarida raqamli nusxalar ustidan nazoratni haqiqatan ham kuchaytirmoqda, shu sababl
#kinonews Gollivud studiyalari MDH mamlakatlarida raqamli nusxalar ustidan nazoratni haqiqatan ham kuchaytirmoqda, shu sababli Rossiyadagi norasmiy namoyishlar 3–4 haftaga kechikishi mumkin. Qozog‘iston va boshqa qo‘shni bozorlarda esa relizlar jadvali allaqachon bir hafta va undan ko‘proq muddatga surilmoqda. Kuchaytirilish sabablari va tafsilotlari Sizdirilishlarga qarshi kurash: Studiyalar raqamli qaroqchilik nusxalarini hamda ularning Rossiya prokatiga kirib borish kanallarini kuzatib bormoqda. MDHda premyeralarning surilishi: MDH mamlakatidagi premyeralar jahon jadvaliga nisbatan ikki hafta va undan ham ko‘proq muddatga kechikmoqda. Yakuniy kechikish: Rossiyadagi «soyali» prokat uchun materiallarni yetkazib berish endilikda bir oygacha vaqt olmoqda. Kinoteatrlarga ta’siri Seans oldi xizmati (Gollivud yangiliklarining noresmiy prokati) «kuni-bilan-kun» (jahon premyerasi bilan bir vaqtda) formatini yo‘qotadi. Kinoteatrlar raqamli relizlar yoki «kulrang» yetkazib berishlarni uzoqroq kutishlariga to‘

#kinonews ⚡️ Rayan Gosling «Arvoh poygachi» (Ghost Rider) rolini ijro etadi. U haqdagi yakkaxon filmga Shon Levi rejissyorlik
#kinonews ⚡️ Rayan Gosling «Arvoh poygachi» (Ghost Rider) rolini ijro etadi. U haqdagi yakkaxon filmga Shon Levi rejissyorlik qiladi. Kartina premyerasi 2028-yilga mo‘ljallangan. #boredpandablog

#kinonews «Qora pantera 3» filmi xalqaro prokatga 2028-yilning 15-dekabrida chiqadi. T’Challaning o‘g‘li rolini Devid Jonsson
#kinonews «Qora pantera 3» filmi xalqaro prokatga 2028-yilning 15-dekabrida chiqadi. T’Challaning o‘g‘li rolini Devid Jonsson ijro etadi. Filmga oldingi ikki qism rejissori Rayan Kugler rejissyorlik qiladi. @boredpandablog

https://t.me/dildora_bookaholic/1675 https://t.me/vasilbro/5238 Nolanning "Odissey" filmi premyerasiga tushgan bir qator blogerlarimizning qisqa fikrlari.

#haqida Pullik parkovkalar Toki tekin parkovkalar nisbati pullilaridan koʻproq bo’larkan bu - koʻzlangan samarani bermaydi. Toki mashina egalari trotuar, maysa va boshqa ochiq hududlarni ham tekinga egallab olaverarkan bu - koʻzlangan samarani bermaydi. Toki pulli parkovkani pulini toʻlamagani uchun doimiy nazorat va jarimalar boʻlmas ekan bu koʻzlangan samarani bermaydi. @boredpandablog

Kristofer Nolanning yangi “Odissey” filmiga tushdim va u haqida ilk fikrlar.. Batafsil Instagramda

Bitta kamon sotvolaman shekilli:)