hujayra.uz
Open in Telegram
Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.
Show more4 141
Subscribers
+124 hours
-127 days
-6830 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+14
in 2 channels
August '26
+30
in 1 channels
Get PRO
July '26
+41
in 7 channels
Get PRO
June '26
+66
in 10 channels
Get PRO
May '26
+28
in 3 channels
Get PRO
April '26
+50
in 2 channels
Get PRO
March '26
+123
in 16 channels
Get PRO
February '26
+89
in 6 channels
Get PRO
January '26
+122
in 7 channels
Get PRO
December '25
+102
in 7 channels
Get PRO
November '25
+224
in 2 channels
Get PRO
October '25
+175
in 9 channels
Get PRO
September '25
+110
in 3 channels
Get PRO
August '25
+100
in 8 channels
Get PRO
July '25
+46
in 2 channels
Get PRO
June '25
+61
in 10 channels
Get PRO
May '25
+82
in 10 channels
Get PRO
April '25
+90
in 8 channels
Get PRO
March '25
+78
in 2 channels
Get PRO
February '25
+185
in 10 channels
Get PRO
January '25
+142
in 6 channels
Get PRO
December '24
+175
in 8 channels
Get PRO
November '24
+215
in 12 channels
Get PRO
October '24
+195
in 14 channels
Get PRO
September '24
+142
in 20 channels
Get PRO
August '24
+43
in 5 channels
Get PRO
July '24
+223
in 36 channels
Get PRO
June '24
+106
in 6 channels
Get PRO
May '24
+113
in 11 channels
Get PRO
April '24
+159
in 19 channels
Get PRO
March '24
+136
in 10 channels
Get PRO
February '24
+345
in 9 channels
Get PRO
January '24
+120
in 3 channels
Get PRO
December '23
+1 041
in 31 channels
Get PRO
November '23
+205
in 5 channels
Get PRO
October '23
+324
in 14 channels
Get PRO
September '23
+193
in 0 channels
Get PRO
August '23
+80
in 0 channels
Get PRO
July '23
+134
in 0 channels
Get PRO
June '23
+111
in 0 channels
Get PRO
May '23
+156
in 0 channels
Get PRO
April '23
+105
in 0 channels
Get PRO
March '23
+109
in 0 channels
Get PRO
February '23
+341
in 0 channels
Get PRO
January '23
+147
in 0 channels
Get PRO
December '22
+172
in 0 channels
Get PRO
November '22
+272
in 0 channels
Get PRO
October '22
+274
in 0 channels
Get PRO
September '22
+199
in 0 channels
Get PRO
August '22
+270
in 0 channels
Get PRO
July '22
+308
in 0 channels
Get PRO
June '22
+118
in 0 channels
Get PRO
May '22
+159
in 0 channels
Get PRO
April '22
+469
in 0 channels
Get PRO
March '22
+915
in 0 channels
Get PRO
February '22
+120
in 0 channels
Get PRO
January '22
+322
in 0 channels
Get PRO
December '21
+113
in 0 channels
Get PRO
November '21
+231
in 0 channels
Get PRO
October '21
+249
in 0 channels
Get PRO
September '21
+188
in 0 channels
Get PRO
August '21
+53
in 0 channels
Get PRO
July '21
+490
in 0 channels
Get PRO
June '21
+221
in 0 channels
Get PRO
May '21
+169
in 0 channels
Get PRO
April '21
+326
in 0 channels
Get PRO
March '21
+324
in 0 channels
Get PRO
February '21
+291
in 0 channels
Get PRO
January '21
+127
in 0 channels
Get PRO
December '20
+3 612
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +3 | |||
| 06 September | +4 | |||
| 05 September | +3 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
Repost from Bir kuni men...
"Nma gap" podkastidagi suhbatimiz videosi youtubega qo‘yilibdi. O‘sha kuni yigitlar bilan uch soat qanday o‘tganini sezmay ham qoldim.
Suhbatda har xil mavzular haqida gaplashganmiz. Qiziqqanlar tomosha qilishlari mumkin.
https://m.youtube.com/watch?v=wXNpW6-Q5MM
@birkunimen
| 2 | Farg'ona davlat universiteti biologiya fanlari ixtisosliklaridagi PhD va DSc doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari diqqatiga!
2026-yil 3-sentabr payshanba kuni soat 10:00 da Prof. Amael Borzee bilan ilmiy uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda Dr. Borzee o'z ilmiy izlanishlari, shu bilan birga yosh o'zbek tadqiqotchilari uchun ilmiy-tadqiqot olib borish bo'yicha o'z tajribalari bilan bo'lishadi. Barchangiz ushbu uchrashuvga taklif qilaman.
Amael Borzee TMXIning amfibiyalar bo'yicha dunyodagi eng yirik mutaxassis kuratorlaridan biri bo'lib, Scopus bazasidagi jurnallarda 200 ga yaqin ilmiy maqolasi chop etilgan (Scopus h-index = 25), amfibiyalar bo'yicha qator kitoblar muallifi.
Barcha yosh ilmiy tadqiqotchilarni ushbu uchrashuvga taklif qilib qolaman.
📌 Manzil: FarDU Tabiiy fanlar fakulteti 320-auditoriya
@hujayrauz | 2 357 |
| 3 | Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!
Barchangizni bugungi ayyom bilan chin dildan tabriklayman. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🎉🎉🎉
@hujayrauz | 1 564 |
| 4 | Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi tog‘ daryolariga eng boy mamlakat hisoblanadi. Ayni vaqtda Qirg‘izistonning qo‘l yetmagan hududlaridagi tog‘ daryolarini tadqiq etmoqdamiz.
Dengiz sathida 3300 metrdan baland hududlardagi daryolarning ixtiofaunasi shaxsan men uchun juda qiziq. Ayniqsa u yerdan nomlarini faqat maqolalardagina o‘qigan turlaringni topsang jarayon yanada zavqli bo‘lar ekan.
Ekspeditsiyamiz davomida ajoyib videolar oldim. Yaqin orada ularni birlashtirib, sizlar bilan bo‘lishaman.
Rasmda bepoyon, uzundan uzun Norin daryosi bo‘yidaman. Tog‘li manzara shunchaki dahshat. His qilgan hissiyotni kamera yetkazib bera olmas ekan.
@hujayrauz | 2 303 |
| 5 | Bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 7-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 730 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 7-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 37 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 52 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 217 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda avgust oyi boshida Hindistonning Bihar viloyatidan tavsiflangan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi Chaudhuriidae oilasiga mansub yangi urug' va tur - Gangaichthys indonepalicus tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro ZooKey jurnalidan o‘qishingiz mumkin.
@hujayrauz | 2 454 |
| 6 | O‘tgan hafta va bu hafta davomida Qirg‘izistonning janubiy hududlaridagi daryolar ixtiofaunasini o‘rgangani borgandik. Ekspeditsiya va uning tafsilotlari haqida hozircha indamay turishni rejalashtirgandik, lekin Qirg‘iziston va O‘zbekiston axborot saytlar shuncha qilganimizni "tuuuut" qilishibdi 😂.
Qisqasi, Qirg‘izistonning 24.kg va o‘zimizning kun.uz ekspeditsiyamiz haqida, olingan natijalar va rejalarimiz haqida hammayoqqa jar solishibdi (manba1, manba2).
Atigi bir martagina 'hujayrauz'dagilarga indamay, "tyomniy" qilib ekspeditsiyaga chiqqandim, aksiga olib buni hamma bilib o‘tiribdi 😆.
@hujayrauz | 3 341 |
| 7 | Farg'ona davlat universitetida qand kasalligiga qarshi kurashadigan fito-choy ishlab chiqarilmoqda
Cheksiz sahro... Qumlar bag‘rida asrlar davomida yashirinib kelgan bir sir. Cistanche mongolica — xalq orasida "Sahro iloncho‘pi", "Cho‘l jensheni" nomi bilan tanilgan noyob o‘simlik. Uning siri endi ochilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti olimlari zamonaviy laboratoriyalarda tabiat yashirib kelgan haqiqatni ilm orqali kashf etmoqda. Bu shunchaki o‘simlik emas... Bu tabiat va ilm-fan uchrashgan tarix.
Batafsil You Tubeda tomosha qiling
🔗FarDU rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website | 3 411 |
| 8 | Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 7-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 678 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 10-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 24 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 174 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda iyun oyi oxirida Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Lishui daryosining yuqori oqimidan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi karplar (Cyprinidae) oilasiga mansub yangi tur - Acrossocheilus zhangjiajiensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoosystematics and Evolution jurnalidan o‘qishingiz mumkin.
@hujayrauz | 1 880 |
| 9 | 1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni
Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang).
Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi vakillari kembriy davri yotqiziqlaridan topilganligi bilan biologlarni azaldan qiziqtirib keladi.
O'zining 60 yillik umrini ko'p tukli chuvalchanglarni o'rganishga bag'ishlagan Kristian Fauchald (1935-2015) sharafiga uning tug'ilgan kunini 2015-yilda uning vafotidan so'ng Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni sifatida nishonlash taklif qilingan. Ushbu olim ko'p yillar Vashingtondagi Tabiat tarixi milliy muzeyida ko'p tukli chuvalchanglar bo'limi kuratori sifatida faoliyat yuritgan. U ko'p tukli chuvalchanglarning biologiyasi, ekologiyasi, ko'payishi hamda filogeneyasiga oid ko'plab tadqiqotlarni amalga oshirgan.
@hujayrauz | 3 990 |
| 10 | O‘zbekiston universitetlari nima uchun THE World University Rankings ga kira olmayapti?
Buning sabablari aslida juda oddiy. Haqiqiy top 1000 talikka kirish 18 ta mezon asosida baholanadi. Bu mezonlar orqali baholanishdan avval universitet so‘nggi besh yilda 1000 ta, har yili kamida 100 ta Web of Science va Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda maqola chop etgan bo‘lishi kerak. Mana shu talab bajarilgachgina keyingi mezonlar ko‘rib chiqiladi.
Bizning universitetlar hozircha mana shu ilk talabni bajara olganicha yo‘q. Xo‘sh, bu talabni bajarish uchun bizga nimalar to‘sqinlik qilmoqda?
1) O‘zbekistondagi aksariyat (barchasi desak ham bo‘ladi) universitetlar o‘qitish muassasalari hisoblanadi. Bizda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan universitetlar deyarli yo‘q hisobida. Bizda OTM professor-o‘qituvchilarining asosiy yuklamasini o‘qitish tashkil etadi.
2) Bizdagi universitetlarda ilmiy-tadqiqot ishlari deyarli moliyalashtirilmaydi. Ayni vaqtdagi top-100 talikdagi universitetlarning boshidagilar bir yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga mlrd lab dollar sarmoya kiritadi, tabiiyki bu o‘z mevasini bermay qolmaydi.
3) Yuqori iqtibosli nashrlar ko'pincha xalqaro mualliflar bilan birgalikda yoziladi. Bunday tarmoqlar yoki madaniyat O'zbekistonda hali yetarlicha rivojlanmagan yoki endi-endi rivojlanmoqda.
4) Zamonaviy laboratoriyalar, ma'lumotlar bazalariga obuna, ilmiy jihozlar — bularning barchasi yuqori sifatli tadqiqot uchun zarur, ammo qimmat.
Qisqacha aytganda, asosiy muammo — O‘zbekistonda universitetlar o'qitish muassasasi sifatida shakllangan, tadqiqot markazi sifatida emas. Bu tuzilmaviy o'zgarish bo'lib, bir-ikki yilda emas, o'n yillarda yechiladi. Shu bois mingtalikka kirishni istasak professor-o‘qituvchilarga majburiy xalqaro maqola chiqarish talabini qo‘yishdan maʼni yo‘qligini ertaroq tushunishimiz kerak. Bir-ikki yillik bosim ostida chiqarilgan Q3-Q4 dagi vaqtinchalik Scopus jurnallarda chiqarilgan maqolalar bilan baribir dastlabki talabni bajara olmaymiz. Toki universitetlarimiz tadqiqot markazlariga aylanmas ekan, ilmiy-tadqiqot ishlari universitet tomonidan moliyalashtirilmas ekan mingtalikka kirishimiz orzuligicha qolaveradi.
@hujayrauz | 6 944 |
| 11 | Men albatta negativ bo‘lmoqchi emasman, lekin bu xabar biroz g‘alati talqin qilingan.
Kun.uz top-1000 talik deyayotgan ro‘yxat aslida dunyoning kuchli top 1000 talik universitetlari ro‘yxati emas. Bu BMTning "Barqaror rivojlanish maqsadlari" (SDG)ga asoslangan alohida ro‘yxat va bu universitetlarning akademik salohiyatini baholashga ixtisoslashmagan, aksincha universitet siyosati SDGga qay daraja mosligini baholaydigan reyting. Qolaversa bu reyting to‘la aʼzolikka asoslangan.
Times Higher Education (THE)ning 2026-yil uchun eʼlon qilgan dunyoning top 1000 talik universitetlari qatoriga O‘zbekistonning faqat bir dona universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (501-600) kiritilgan xolos. Boshqa biror universitetimiz mingtalikka kira olmagan.
Haqiqiy mingtalikdagi top universitetlar SDGga asoslangan reytingda deyarli qatnashishmaydi, chunki ular uchun bu umuman qiziq emas. Bu ro‘yxatda asosan rivojlanayotgan davlatlarning universitetlarini ko‘rish mumkin.
Men mamlakatimiz universitetlarini bu kabi reytinglardan ko‘ra chinakam kuchli top-1000 talik reytinglarga kirishga harakat qilishlarini istar edim. Biroq top-1000 talikka buyruqbozlik, topshiriqbozlik bilan kirib bo‘lmaydi. Uzoq yillik ishlaydigan reja, sharoit va resurs kerak.
@hujayrauz | 2 612 |
| 12 | #tashabbuslar_marafoni
Vodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz!
“Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi.
Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi.
Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘i
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 897 |
| 13 | 19-iyun Xalqaro albatroslar kuni
Albatroslar (Diomedeidae) oilasi vakillari o'z ichiga 13-24 turdagi qushlarni birlashtiradi. Ushbu oilaning aniq tur soni ornitologlar orasida hanuzgacha bahs mavzusi hisoblanadi. Deyarli barcha turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Ular dengiz va okeanlar yuzasida uchib suvdagi baliq, kalmar va boshqa suv hayvonlarini ovlaydi. Suvga 5-13 metrgacha sho'ng'iy oladi. Hid bilishi boshqa qushlarnikiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. O'ljasini hidi orqali topa oladi.
@hujayrauz | 2 249 |
| 14 | Hurmatli tadqiqotchilar, "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizning iyun oyidagi darslari bugun soat 20:00 da boshlanadi.
Kurs haqida mana bu yerda batafsil ma'lumot berilgan. Tabiiy fanlar sohasidagi doktorant, magistr va mustaqil izlanuvchilar kursda ishtirok etishlari mumkin.
Kursda ishtirok etish bo'yicha @hujayrauz_bot ga yozishingiz mumkin. | 1 899 |
| 15 | No text... | 3 690 |
| 16 | Ertaga "Ilmiy maqola yozishni o‘rganamiz" kursimiz boshlanadi.
Sanoqli joylar qoldi. Kurs haqida batafsil bu yerda maʼlumot berilgan.
Kursda ishtirok etishni istaganlar @hujayrauz_bot ga murojaat qilishlari mumkin. | 2 669 |
| 17 | bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 10-iyun kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 654 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 19-may kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 23 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 24 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 148 tani tashkil etdi.
Yuqoridagi rasmda iyun oyi boshida Xitoyning Dafang hududidan yer osti daryosidan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub yangi tur - Triplophysa dafangensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro ZooKeys jurnalidan o‘qishingiz mumkin.
@hujayrauz | 2 489 |
| 18 | O‘rtoqlar "Ilmiy maqola yozishni o‘rganamiz" kursining iyundagi darslari kelasi haftadan boshlanadi.
Kursga yozishni istaganlar @hujayrauz_bot ga murojaat qiling.
Kurs haqida bu yerda batafsil yozganman.
@hujayrauz_bot | 2 144 |
| 19 | "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizning boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Agar siz tabiiy fanlar yo'nalishidagi doktorant, magistrant yoki mustaqil izlanuvchi bo'lsangiz bu kurs aynan siz uchun!
Kursda siz:
👉 Tadqiqotingizga gipoteza qo'yish;
👉 Tadqiqot metodikasini shakllantirish;
👉 Adabiyotlarni qanday sharalash va tahlil qilish;
👉 Tadqiqot natijalarini qanday qilib xalqaro darajadagi ilmiy maqolaga aylantirish;
👉 Xalqaro IMRAD qoidalari;
👉 Jurnal tanlash kabi muhim jihatlarni o'rganasiz.
Kursni Scopus va WoS bazasidagi jurnallarda 20 ga yaqin maqolalarini chop qildirgan, ushbu nufuzli bazalardagi ZooKeys, Acta Ichthyologica et Piscatoria, CheckList kabi jurnallarning muharriri bo'lib faoliyat yuritayotgan Dr. Baxtiyor Sheraliyev o'tadi.
Kurs bo'yicha batafsil bu yerda ma'lumot berib o'tilgan.
Kursga yozilish uchun @hujayrauz_bot ga murojaat qiling. | 2 660 |
| 20 | 5-iyun Xalqaro atrof-muhit kuni
@hujayrauz | 2 748 |
