cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

hujayra.uz

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
4 728
مشترکین
+2524 ساعت
-67 روز
-7830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Xayr IBO, xayr biologiya((( Hozircha tafsilotlariga to'xtalmayman, lekin IBO natijalari haqida so'rab murojaat qilayotganlar diqqatiga ayta olishim mumkin bo'lgan yagona narsa shuki, O'zbekiston endi o'rtiq xalqaro biologiya olimpiadasida ishtirok etmaydi. Har qalay hozircha shunday. Terma jamoamiz IBO dan diskvalifikatsiya qilindi. Uning Qozog'istonning Ostona shahridagi natijalari bekor qilindi. Eng yomoni IBOga a'zo davlatlar ro'yxatidan ham chiqarib yuborildi. Ehh, bundan ko'ra umuman o'rin olmasak ham mayli edi. 😔 @hujayrauz
نمایش همه...
😱 42👎 11👍 4🤔 3🔥 1
Hurmatli magistrant, doktorant hamda mustaqilchi tadqiqotchilar! "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini bugun boshlamoqdamiz. Kursga qatnashishni istaganlar @hujayrauz_bot orqali murojaat qiling. Ayrim tadqiqotchilar kurs to'loviga qiynalayotgani haqida yozishibdi. Bu muammo emas, agar hozir imkoningiz bo'lmasa keyinroq ham to'lasangiz bo'ladi. Keyingi kurs xudo xohlasa sentabr oxirlarida tashkil etiladi. @hujayrauz
نمایش همه...
👍 17🔥 4👎 3 3👏 1🤩 1
🚩🚩🚩🚩🚩🚩 May oyi yakunida "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizga guruh yig'ilayotgani haqida yozgan edim. Orada xalqaro olimpiada va o'quv yili yakuni bilan bo'lib, shu ishni bir qancha vaqtga qoldirishimga to'g'ri kelgan edi. Hozir mana ta'tilga chiqib oldik, endi boshlasak bo'ladi. Xullas, ilmiy tadqiqot qilmoqchi, ilmiy maqola yozishni o'rganmoqchi, xalqaro darajadagi jurnallar (Scopus va WoS tarkibidagi) uchun maqola yozmoqchi bo'lib turgan magistrantlar, doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilarni ushbu kursga taklif qilaman. Kursda nimalar o'rgatiladi? 👉 Tadqiqot gipotezasini shakllantirish, tadqiqotni tashkil etish; 👉 Xalqaro IMRAD yo'nalishidagi maqolaning tarkibiy qismlari bilan tanishish; 👉 Maqolaning "Kirish" (Introduction) qismini qanday yozish kerak, u nima bilan boshlanib nima bilan tugaydi? 👉 Maqolaning "Material va metodika" (Materials and Methods) qismi nimalardan tashkil topgan bo'lishi lozim? 👉 Maqolaning "Natijalar" (Results) qismiga aynan nimalarni yozish lozim, mana shu bo'limda eng ko'p yo'l qo'yiladigan xatoliklar. 👉 Maqolaning "Muhokama" (Discussion) qismi nima va nima uchun muhim? 👉 Scopus va WOS tarkibidagi jurnallar ichidan maqola uchun munosib jurnal qanday saralanadi? 👉 Xalqaro darajadagi mashhur va tekin (!) jurnallarga maqola qanday yuboriladi? 👉 Maqolani yuborayotganda tadqiqotchilar yo'l qo'yadigan eng ko'p uchraydigan xatoliklar nimalardan iborat? 👉 Maqola taqrizi (Peer Review) nima va u nima uchun muhim? 👉 Taqrizlangan va taqrizlanmagan maqolaning farqi nima? 👉 Impakt faktor (IF) nima, soxta impakt faktorlarni qanday aniqlash mumkin? 👉 OAK jurnallari uchun maqola tayyorlash usullari. 👉 "Yirtqich nashrlar" nima va ulardan nega saqlanish lozim? 💻 Kurs qayerda bo'lib o'tadi? - ZOOM platformasida - Telegramda yopiq guruhda muhokama 💵 Kurs to'lovi qancha? - 1 mln so'm 📅 Kurs qachon boshlanadi? - 15-iyul dushanba kuni Kursga qatnashishni istovchilar quyidagi manzilga yozishi mumkin: - @hujayrauz_bot @hujayrauz
نمایش همه...
👍 23👎 6 3
Photo unavailableShow in Telegram
Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 9-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 893 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 11-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 26 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 202 tani tashkil qiladi. P.S. yuqoridagi rasmda iyun oyi so'ngida Xitoyning Zhu-Jiang havzasidan kashf etilgan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi xartumtumshuqlilar (Mastacembelidae) oilasiga mansub yangi tur Sinobdella longitubulus balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Biodiversity Data Journal jurnalidan o‘qishingiz mumkin. @hujayrauz
نمایش همه...
👍 20🔥 2😁 1
Baliqlarning xotirasi
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Ertadan Qozog'istonning Ostona shahrida 2024-yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO) boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasiga chin dildan omad tilayman! Umid qilaman terma jamoamiz Buxorodagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasidagi natijalarni yana bir bor takrorlashadi. @hujayrauz
نمایش همه...
👍 82 6🔥 4
#Yozgi_maktab_Biotexnologiya_ITM 🤩 #CAT_Biotechnology_Summer_School 🤩 Hurmatli talabalar, Ilg’or Texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo’yicha Yozgi maktab 2024 nihoyat QAYTDI. Issiq kunlarda SALQIN qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo’ling! 📑Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo’lishi aniq. Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 💡Kimlar uchun: Biologiya, Farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun. MUHIM: Bakalavr bosqichini kamida 1-yilini tugatgan bo'lishi SHART. Bakalavr va magistraturani 2024-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so'raladi. 🧬Qabul qilingan nomzodlar biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo va mikrobiologiyada qo’llaniladigan metodikalarni o’zlashtirishadi. Eng qiziqarlisi, kichik guruhlarda o’z loyihalarini shakllantirishadi. 👩‍🔬👨‍🔬Mentorlar: O’zbekistonda SARS-CoV-2 virusini aniqlash uchun PZR test sistema ishlab chiqilishida ishtirok etgan olim va laboratoriyaning yosh mutaxassislari. 🎓Alumni: Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 🔎Qabul jarayoni: - Ariza formasini 3 ta tildan birida to'ldiring -- > Inshoyingiz asosida suhbatga chaqirilasiz. Yakuniy tanlov suhbat asosida olib boriladi. 📅Boshlanish sanasi: 2024-yil 05-agustda boshlanadi. MUHIM: Dasturga hujjat topshirishning eng oxirgi sanasi 30.07.2024 soat kechki 18:00 gacha. Ushbu vaqtdan so'ng topshirilgan arizalar ko'rib CHIQILMAYDI. Til: Dastur asosan O'zbek tilida olib boriladi. Lekin Ingliz va Rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi. Natijalarni kuzatib borish: Natijalarni Ilg'or texnologiyalar markazi rasmiy telegram kanali hamda Yozgi maktab koordinatori Muzaffar Muminovning shaxsiy @biology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin. MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali JO'NATILMAYDI. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga zoom linki sms/telegram yoki email orqali jo'natilishi mumkin. Shu sababdan, telefon nomeringiz hamda email manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz. 📱Qo'shimcha ma'lumot: Ilg'or texnologiyalar markazi haqida qo'shimcha ma'lumot: https://cat-science.uz yoki https://www.facebook.com/uzadvanced/ 2023-yildagi ma'lumotlarni berilgan linklar orqali tekshiring: https://t.me/uzadvanced/491 https://t.me/uzadvanced/492 https://t.me/uzadvanced/493 https://t.me/uzadvanced/495 https://t.me/uzadvanced/504 https://t.me/uzadvanced/514 Do'stlaringiz bilan bo'lishishni unutmang!
نمایش همه...
👍 15🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tabiiy suv havzalarida cho‘milishdan saqlaning! Farg‘ona viloyatidan Katta Farg‘ona kanali oqib o‘tadi. Bu yil seryomg‘ir bo‘lgani bois hozir kanalda suv juda ko‘p, loyqa va juda tez oqmoqda. Kuni kecha kanalning Rishton tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milaman deb uydan chiqqan ikki bola (9-sinf) dom-daraksiz yo‘qolgan. Butun boshli qishloq aholisi va maxsus xizmatlar bolalarni izlamoqda. Hozir bolalar ota-onasining holatini hatto tasavvur ham qila olmayman. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizga ko‘z-quloq bo‘ling, anhor, daryo va kanallarda cho‘milgani umuman ruxsat bermang. O‘zi ochiq suv havzalari cho‘milish uchun xavfsiz emas, kamiga u suvlarda turli-tuman infeksiyalar ham bo‘ladi. O‘zini asraganni, xudo ham asraydi. Yozni turli talofatlarsiz o‘tkazib olaylik. @hujayrauz
نمایش همه...
👍 80 5🔥 4😱 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuni Halqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang). Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi vakillari kembriy davri yotqiziqlaridan topilganligi bilan biologlarni azaldan qiziqtirib keladi. @hujayrauz
نمایش همه...
👍 31😁 11 1
Ilm-fan ishtiyoqmandlari uchun ajoyib yangilik! 🌎Ilm-fanga chanqoq insonlar uchun “Butunjahon Yoshlar Festivali-2024”ning navbatdagi tadbiri olimlar va soha mutaxassislari bilan tashkillashtirilmoqda 🧾Uchrashuv 28-iyun kuni 10:00da Yoshlar ijod saroyining 2-konferensiya zalida bo‘lib o‘tadi. Bilimingizni kengaytirish va ilm-fanning yetakchi mutaxassislaridan yangi g’oyalar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📝Ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
نمایش همه...
👍 30 4
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.