cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

hujayra.uz

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 902
Obunachilar
-124 soatlar
+117 kunlar
-2830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 11-may kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 863 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 2-aprel kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 40 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 84 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 149 tani tashkil qiladi. P.S. yuqoridagi rasmda aprel oyi so'ngida Xitoyning Guizhou provinsiyasi Bayan qishlog'idan kashf etilgan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub g'or yalangbaliqlarining yangi turi Karstsinnectes cehengensis balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoological Systematics jurnalidan o‘qishingiz mumkin. @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
👍 28👎 1🔥 1
Rekordchi baliqlar Ayrim baliq turlari tez suzishda uncha-muncha kemalarni ortda qoldiradi. Bugun mana shunday rekordchi baliqlar bilan tanishamiz: 🐠 yo'lbars akula - 32 km/soat 🐠 uchar baliqlar - 56,5 km/soat 🐠 yo'l-yo'l marlin - 81 km/soat 🐠 qilichbaliq - 97 km/soat 🐠 yelkan baliq - 110 km/soat Solishtirish uchun 🚢 Titanik - 42 km/soat @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
👍 61🔥 11 4😱 2
Baliqlar ko'payish ekologiyasi bilan bog'liq bir-biridan qiziq holatlar mavjud. Shulardan biri Janubiy Amerika suv havzalarida keng tarqalgan xarasisimonlar turkumi vakili Copella arnoldi hisoblanadi. Ular yosh avlodlarini suvdagi dushmanlardan muhofaza qilish maqsadida tuxumlarini suvdan tashqariga - daraxt barglariga qo'yadi. Bunda erkak va urg'ochi baliqlar suvdan sinxron tarzda sakrab suv yuzasidagi daraxt barglariga yopishib olishadi. Urg'ochi baliq tuxum qo'yadi va o'sha zahoti erkak baliq ularni urug'lantiradi. 3-5 soniyadan keyin har ikki baliq suvga tushadi. Keyinchalik erkak baliq tuxumlar qurib qolmasligi uchun ularga dumi bilan suv sepib turadi. Ikki-uch kunda tuxumlardan mayda ikralar rivojlanadi va ular suvga tushib o'z rivojlanish hayotini davom ettiradi. @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
👍 53🔥 6👏 4😱 3🥰 1🤩 1
Bugungi So‘x ekspeditsiyasida qo‘lga kiritilgan ekan katta yangilik bu So‘x daryosining o‘rta oqimidan Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus)ning qayd etilgani bo‘ldi. Shu bilan daryo ixtiofaunasi to‘rt turdan iborat bo‘ldi. Ekspeditsiyada men bilan birga FarDUdan tadqiqotchilar Dr. Yorqinoy Qayumova, doktorantlar Obbosxon Azamov, Sultonbek G‘ulomov, magistrant Murodjon Raxmonov hamda bakalavr Hayotjon Hakimjonov qatnashdi. @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
👍 83🔥 5 4🥰 1👏 1😱 1
O‘zbekistonning eng yirik eksklavidan barchaga salom! Bugun shogirdlarim bilan So‘x daryosi havzasini tadqiq etishga keldik. So‘x bizni tonggi mayin yomg‘ir bilan kutib oldi. Havo ajoyib. Suv muuuuzdek 😄. Asosiy o‘zandan har doimgidek uch baliq turi - Cottus spinulosus, Schizothorax eurystomus va Triplophysa daryoae ni qayd etdik. Bu galgi ekspeditsiyamizning yangilik qismi daryoning asosiy o‘zanidan tashqarida, kichik soylarida ham T. daryoae ning uchragani bo‘ldi. @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
👍 40🔥 11👏 5🥰 4 1
Bakalavrlar uchun tashkil qilgan qisqa kursimizni hozirgina tugatdik. O'ylaymanki kursda ishtirok etganlar o'zlari uchun qiziqarli hamda kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritishdi. Va eng asosiy umidim ushbu yoshlar ilmiy tadqiqotga qadam qo'yar ekan, bugungi kursda o'rganganlarini faol qo'llab, yurtimiz ilm-faniga o'z hissalarini qo'shishadi. Kurs ishtirokchilaridan kurs haqida fikrlarini kutib qolaman. Bu kurs materiallarini qayta ko'rib chiqish va boyitish jarayonida men uchun foydali bo'ladi. Barcha kurs ishtirokchilariga rahmat! @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
👍 32 3👎 2👏 1
Kursimiz boshlanishiga bir soatdan kamroq vaqt qoldi. Shoshiling!!!
Hammasini ko'rsatish...
👍 25👎 2 1
Hurmatli bakalavriatura o‘qiyotgan uka-singillarim, bugun kechga soat 19:00 da "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" deb nomlangan bir martalik kursimizni o‘tkazamiz. Agar hamon kursga yozilmagan bo‘lsangiz sizda hali imkon bor. Kurs haqida bu yerda batafsil yozilgan. @hujayrauz_bot
Hammasini ko'rsatish...
👍 18🔥 3
Hozirgina antiqa bir maqolani o‘qib qoldim. U yerda yozilishicha o‘rta yoshlilarda marixuana iste'moli va epigenetik o‘zgarishlar orasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligi qayd etilgan. Genomika kursini o‘qigan biologlar biladiki, genomdagi nukleotidlar ketma-ketligini o‘zgartirmagan holda fenotipik o‘zgarishlar aynan epigenetik o‘zgarishlar deyiladi va bu DNK yoki giston oqsillarining metillanishi hisobiga yuzaga keladi. Epigenetika hali juda yosh soha bo‘lib, insoniyat oldida turgan ko‘plab genetik savollar javob berishi kutilmoqda. AQSh kabi davlatlarda marixuana iste'moli qonuniylashgan bo‘lib, uni do‘kon yoki dorixonalardan sotib olishingiz mumkin. AQShdagi aholining 49%i umrida kamida bir marotaba bo‘lsa ham marixuana iste'mol qilgan. Olimlar hozirgacha uning odam salomatligiga ta'siri haqida to‘la ma'lumotga ega emasligimizni aytishadi. Yuqorida men o‘qigan maqola kabi tadqiqotlar mana shu yo‘ldagi navbatdagi qadam hisoblanadi. To‘g‘ri, marixuana og‘riq qoldirishda foyda berishi mumkin, lekin uning ziyon keltirish ehtimolini ham istisno qilmaslik kerak. Shaxsan meni xursand qiladigani, yaxshi ham bizda marixuana qonunan taqiqlangan. @hujayrauz
Hammasini ko'rsatish...
Genome-wide DNA methylation association study of recent and cumulative marijuana use in middle aged adults

Molecular Psychiatry - Genome-wide DNA methylation association study of recent and cumulative marijuana use in middle aged adults

👍 41👏 2🤔 2
Kichik bildirish! FarDUda o'qiyotgan talabalar uchun! Ertaga kechga xudo xohlasa "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" bir martalik kursini o'tkazamiz. Lekin menga FarDUda o'qiydigan ayrim talabalarimiz oy yakuni bo'lgani bois kursga qatnashish uchun moliyaviy tomondan qiynalib turishganini, keyingi oy hisobidan to'lov qilsak bo'ladimi deb yozishmoqda. Albatta bo'ladi. Agar hozir kurs to'loviga pulingiz bo'lmasa kelasi oy to'lasangiz ham bo'ladi. Bemalol xijolat bo'lmasdan @hujayrauz_bot ga yozing.
Hammasini ko'rsatish...
👍 35😁 7 6👎 1