cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

hujayra.uz

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

Більше
Рекламні дописи
4 842
Підписники
-524 години
-177 днів
-8730 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Bugun shogirdlarim bilan Isfayramsoy daryosining quyi oqimini tadqiq etgani chiqdik. Daryoning quyi oqimi boshqa daryolarga nisbatan turlar soni nisbatan ko‘pligi bilan farq qildi. Birgina quyi oqimning o‘zidan 11 turdagi baliqni qayd etdik. Qiziq tomoni shuncha turning atigi 3 tasigina mahalliy turlar bo‘lib, qolganlari invaziv turlar ekanligi aniqlandi. Rasmda Isfayramsoydan qayd etilgan mahalliy tur - qora baliq (Schizothorax eurystomus) ifodalangan. Rasmda magistant shogirdlarim Murodjon Raxmonov (chapda) va Sharofiddin Xalimov (o‘ngda). @hujayrauz
Показати все...
👍 55👏 6 1🔥 1
🚩🚩🚩🚩🚩🚩 Hozirda FarDUda "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursini oflayn tarzda o'tmoqdaman. Lekin mazkur kursni onlayn ham tashkil qiling degan takliflar bo'lmoqda. Kurs tabiiy fanlar yo'nalishidagi magistrant, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan. Kurs haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Onlayn kursda ishtirok etish istagidagi bo'lganlar menga @hujayrauz_bot orqali yozsangiz, iltimos. Ko'ramiz, kurs yig'iladigan bo'lsa albatta onlayn tarzda ham tashkil qilamiz. Kurs haqida batafsil ➡️bu yerda o'qing Murojaat uchun: @hujayrauz_bot
Показати все...
👍 18 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 11-may kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 863 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 2-aprel kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 40 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 84 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 149 tani tashkil qiladi. P.S. yuqoridagi rasmda aprel oyi so'ngida Xitoyning Guizhou provinsiyasi Bayan qishlog'idan kashf etilgan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub g'or yalangbaliqlarining yangi turi Karstsinnectes cehengensis balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoological Systematics jurnalidan o‘qishingiz mumkin. @hujayrauz
Показати все...
👍 35👎 2🔥 2
Rekordchi baliqlar Ayrim baliq turlari tez suzishda uncha-muncha kemalarni ortda qoldiradi. Bugun mana shunday rekordchi baliqlar bilan tanishamiz: 🐠 yo'lbars akula - 32 km/soat 🐠 uchar baliqlar - 56,5 km/soat 🐠 yo'l-yo'l marlin - 81 km/soat 🐠 qilichbaliq - 97 km/soat 🐠 yelkan baliq - 110 km/soat Solishtirish uchun 🚢 Titanik - 42 km/soat @hujayrauz
Показати все...
👍 62🔥 11 5😱 3
03:03
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Baliqlar ko'payish ekologiyasi bilan bog'liq bir-biridan qiziq holatlar mavjud. Shulardan biri Janubiy Amerika suv havzalarida keng tarqalgan xarasisimonlar turkumi vakili Copella arnoldi hisoblanadi. Ular yosh avlodlarini suvdagi dushmanlardan muhofaza qilish maqsadida tuxumlarini suvdan tashqariga - daraxt barglariga qo'yadi. Bunda erkak va urg'ochi baliqlar suvdan sinxron tarzda sakrab suv yuzasidagi daraxt barglariga yopishib olishadi. Urg'ochi baliq tuxum qo'yadi va o'sha zahoti erkak baliq ularni urug'lantiradi. 3-5 soniyadan keyin har ikki baliq suvga tushadi. Keyinchalik erkak baliq tuxumlar qurib qolmasligi uchun ularga dumi bilan suv sepib turadi. Ikki-uch kunda tuxumlardan mayda ikralar rivojlanadi va ular suvga tushib o'z rivojlanish hayotini davom ettiradi. @hujayrauz
Показати все...
👍 56🔥 6👏 4😱 3🥰 2🤩 1
Bugungi So‘x ekspeditsiyasida qo‘lga kiritilgan ekan katta yangilik bu So‘x daryosining o‘rta oqimidan Turkiston qumbalig‘i (Gobio lepidolaemus)ning qayd etilgani bo‘ldi. Shu bilan daryo ixtiofaunasi to‘rt turdan iborat bo‘ldi. Ekspeditsiyada men bilan birga FarDUdan tadqiqotchilar Dr. Yorqinoy Qayumova, doktorantlar Obbosxon Azamov, Sultonbek G‘ulomov, magistrant Murodjon Raxmonov hamda bakalavr Hayotjon Hakimjonov qatnashdi. @hujayrauz
Показати все...
👍 86🔥 5 4🥰 1👏 1😱 1
O‘zbekistonning eng yirik eksklavidan barchaga salom! Bugun shogirdlarim bilan So‘x daryosi havzasini tadqiq etishga keldik. So‘x bizni tonggi mayin yomg‘ir bilan kutib oldi. Havo ajoyib. Suv muuuuzdek 😄. Asosiy o‘zandan har doimgidek uch baliq turi - Cottus spinulosus, Schizothorax eurystomus va Triplophysa daryoae ni qayd etdik. Bu galgi ekspeditsiyamizning yangilik qismi daryoning asosiy o‘zanidan tashqarida, kichik soylarida ham T. daryoae ning uchragani bo‘ldi. @hujayrauz
Показати все...
👍 42🔥 11👏 5🥰 4 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bakalavrlar uchun tashkil qilgan qisqa kursimizni hozirgina tugatdik. O'ylaymanki kursda ishtirok etganlar o'zlari uchun qiziqarli hamda kerakli bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritishdi. Va eng asosiy umidim ushbu yoshlar ilmiy tadqiqotga qadam qo'yar ekan, bugungi kursda o'rganganlarini faol qo'llab, yurtimiz ilm-faniga o'z hissalarini qo'shishadi. Kurs ishtirokchilaridan kurs haqida fikrlarini kutib qolaman. Bu kurs materiallarini qayta ko'rib chiqish va boyitish jarayonida men uchun foydali bo'ladi. Barcha kurs ishtirokchilariga rahmat! @hujayrauz
Показати все...
👍 33 3👎 2👏 1
Kursimiz boshlanishiga bir soatdan kamroq vaqt qoldi. Shoshiling!!!
Показати все...
👍 25👎 2 2
Hurmatli bakalavriatura o‘qiyotgan uka-singillarim, bugun kechga soat 19:00 da "Ilmiy tadqiqotga kirish va ilmiy maqola tayyorlash" deb nomlangan bir martalik kursimizni o‘tkazamiz. Agar hamon kursga yozilmagan bo‘lsangiz sizda hali imkon bor. Kurs haqida bu yerda batafsil yozilgan. @hujayrauz_bot
Показати все...
👍 18🔥 3