Mikrofon ko‘targan ayol
Open in Telegram
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot
Show more6 116
Subscribers
-2024 hours
-267 days
-9030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+48
in 9 channels
August '26
+203
in 13 channels
Get PRO
July '26
+169
in 52 channels
Get PRO
June '26
+942
in 752 channels
Get PRO
May '26
+195
in 16 channels
Get PRO
April '26
+144
in 31 channels
Get PRO
March '26
+234
in 35 channels
Get PRO
February '26
+531
in 114 channels
Get PRO
January '26
+155
in 6 channels
Get PRO
December '25
+141
in 56 channels
Get PRO
November '25
+698
in 87 channels
Get PRO
October '25
+180
in 43 channels
Get PRO
September '25
+300
in 66 channels
Get PRO
August '25
+94
in 22 channels
Get PRO
July '25
+114
in 27 channels
Get PRO
June '25
+173
in 59 channels
Get PRO
May '25
+127
in 32 channels
Get PRO
April '25
+180
in 61 channels
Get PRO
March '25
+372
in 47 channels
Get PRO
February '25
+102
in 30 channels
Get PRO
January '25
+207
in 108 channels
Get PRO
December '24
+139
in 14 channels
Get PRO
November '24
+357
in 53 channels
Get PRO
October '24
+324
in 24 channels
Get PRO
September '24
+274
in 27 channels
Get PRO
August '24
+259
in 70 channels
Get PRO
July '24
+407
in 52 channels
Get PRO
June '24
+200
in 80 channels
Get PRO
May '24
+145
in 76 channels
Get PRO
April '24
+157
in 46 channels
Get PRO
March '24
+166
in 23 channels
Get PRO
February '24
+124
in 26 channels
Get PRO
January '24
+148
in 32 channels
Get PRO
December '23
+113
in 12 channels
Get PRO
November '23
+57
in 7 channels
Get PRO
October '23
+75
in 8 channels
Get PRO
September '23
+173
in 0 channels
Get PRO
August '23
+191
in 0 channels
Get PRO
July '23
+174
in 0 channels
Get PRO
June '23
+244
in 0 channels
Get PRO
May '23
+174
in 0 channels
Get PRO
April '23
+504
in 0 channels
Get PRO
March '23
+370
in 0 channels
Get PRO
February '23
+205
in 0 channels
Get PRO
January '23
+322
in 0 channels
Get PRO
December '22
+117
in 0 channels
Get PRO
November '22
+216
in 0 channels
Get PRO
October '22
+95
in 0 channels
Get PRO
September '22
+59
in 0 channels
Get PRO
August '22
+94
in 0 channels
Get PRO
July '22
+199
in 0 channels
Get PRO
June '22
+388
in 0 channels
Get PRO
May '22
+66
in 0 channels
Get PRO
April '22
+231
in 0 channels
Get PRO
March '22
+294
in 0 channels
Get PRO
February '22
+381
in 0 channels
Get PRO
January '22
+1 142
in 0 channels
Get PRO
December '21
+862
in 0 channels
Get PRO
November '21
+142
in 0 channels
Get PRO
October '21
+595
in 0 channels
Get PRO
September '21
+601
in 0 channels
Get PRO
August '21
+541
in 0 channels
Get PRO
July '21
+96
in 0 channels
Get PRO
June '21
+315
in 0 channels
Get PRO
May '21
+1 049
in 0 channels
Get PRO
April '21
+495
in 0 channels
Get PRO
March '21
+1 503
in 0 channels
Get PRO
February '21
+896
in 0 channels
Get PRO
January '21
+635
in 0 channels
Get PRO
December '20
+4 559
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +7 | |||
| 04 September | +24 | |||
| 03 September | +5 | |||
| 02 September | +3 | |||
| 01 September | +8 |
Channel Posts
Kritik minerallar davrida eng katta kuch nima?
Bugun asosiy kuch konlarda emas, uni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan bilimli avlodda.
O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Boshqaruv raisi Farhod Abdullayevning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida yoshlar bilan uchrashuvidagi bir fikr ayniqsa o'rinli:
“Bugun dunyoda eng qimmat resurs — bilimni natijaga aylantira oladigan yoshlardir”.
Uchrashuvda shunchaki ish yoki lavozim haqida gaplashilmadi. Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, raqamli texnologiyalarni egallashi, ilm bilan shug‘ullanishi va o‘z g‘oyalarini real sanoat loyihalariga aylantirishi haqida ochiq muloqot bo‘ldi.
O‘zbekistonning kuchi faqat yer ostidagi kritik minerallarda emas. Ularni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan yangi avlodda!
| 2 | Montajchilar, jurnalistlar, blogerlar uchun “jannat” :)
Kontent markazi tomonidan aura.uz plaformasi ishga tushirildi.
Siz bu manzilda O’zbekiston haqida 16 mingdan ortiq sifatli video/rasmlarni yuklab olishingiz mumkin. | 2 852 |
| 3 | Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼatga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidamiz. Minireportaj
Yangi markaz 1912-yilda meʼmor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida barpo etilgan tarixiy binoda joylashgan.
Dastlab bu yerda tramvay deposi boʻlgan, keyinchalik binodan dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.
Binoni restavratsiya qilish boʻyicha meʼmoriy konsepsiya Fransiyaning “Studio KO” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Yangilash jarayonida obyektning tarixiy qiyofasi va sanoat meʼmorchiligiga xos xususiyatlari saqlab qolindi. Ayni paytda bino zamonaviy madaniy maskan talablariga moslashtirildi. | 1 228 |
| 4 | Men eng yaxshi ko’rgan “Mutolaa” ilovasida “Davra” tuzyapman. Qo’shilasizmi?
Oxirgi paytlar siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarga ruju qo'yganman. Kasbim ham shuni taqozo qiladi.
Masalan, nega Rossiya g‘arbga yoki iliq qirg’oqlarga qarab intiladi? Nega Xitoy uchun dengiz yo‘llari va Tayvan masalasi strategik ahamiyatga ega? Nima sababdan AQSH geografik jihatdan boshqa buyuk davlatlarga nisbatan qulayroq pozitsiyada? Nega Yaqin Sharqdagi ko‘plab mojarolarning ildizini chegaralar va tabiiy geografiyadan izlash mumkin?
Men “Mutolaa” ilovasida britaniyalik jurnalist va geosiyosat sharhlovchisi Tim Marshallning 2015-yilda chop etilgan «Prisoners of Geography: Ten Maps That Tell You Everything You Need to Know About Global Politics» («Geografiya mahkumlari») kitobidan shu savollarga javob topyapman.
Hozirgi axborot asrida kitobni chala tashlab ketmaslikning eng zo‘r yo‘li uni yolg‘iz o‘qimaslikdir. Shu sababli men ilovada o‘zimning shaxsiy «Marra» marafonimni ochdim! Kelinglar, bitta davraga yig‘ilib, shu kitobni birgalikda o‘qiymiz.
https://mutolaa.com/davra/post/467953
Har kuni ma’lum sahifalarni o‘qib, keyin guruhda oddiygina suhbat qilamiz va fikr almashamiz. G’oliblarga sovrin bor.
Agar sizga ham zamonaviy dunyo taraqqiyoti va atrofimizdagi jarayonlar qiziq bo‘lsa, hoziroq mening «Marra» guruhimga qo‘shiling. Birga mutolaa qilamiz!
@qurbonova_a | 1 573 |
| 5 | Yaqinda Hindistonda tojikistonlik bemorlar bilan gaplashgandim. Konibodomda turishar ekan, shundoqqina Beshariqqa cjegaradosh. O’zbekiston-Tokijikistonning uzoq yillar yopiq chegaralari sabab qanchalik qiynalishganini aytib berishgandi. Xuddi shu film syujeti bilan bir xil.
Filmni yig’lab ko’rdim. Ijodkorlarga rahmat.
Hozir oddiy tuyulgan reallik o’ta yaqin o’tmishda oilalarga bir umrlik armon edi. | 2 014 |
| 6 | Yig‘latgan ayriliqlar va yillar davomida yo‘l qaragan ko‘zlar haqida
Bayram kunida ko‘ngillarga og‘ir, lekin o‘ta muhim mavzuni olib kiruvchi tuhfa Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Fonus” loyihasi doirasidagi “Chegara” qisqa metrajli filmi.
Filmda yillar davomida to‘sib qo‘yilgan chegaralar, insonlarning huquqlari cheklangani va bu ularning hayotiga, oilaviy rishtalariga qanday og‘ir iztirob solgani ichki bir dard bilan ko‘rsatilgan.
Siyosiy vaziyatlar sabab farzand diydoriga zor o‘tgan ota-onalar, erksizlik kishiga beradigan og‘riqlar har bir tomoshabinni o‘ylantiradi. Shu bilan birga, loyihaning bosh filmi Iordaniyadagi xalqaro festival mukofotiga sazovor bo‘lgani quvonarli.
Filmni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs | 1 634 |
| 7 | 10 daqiqada O’zbekistonning 10 yillik yo’li.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlangan ushbu 10 daqiqalik audio-vizual asarda so’nggi 10 yil davomida bosib o’tilgan mashaqqatli, ammo sharafli yo’l haqida hikoya qilinadi.
2016-yildan boshlangan islohotlar, majburiy mehnat va “paxta qulligi”ga barham berilishi, pandemiya sinovlari, tabiiy va texnogen fojialardagi xalqimiz birdamligi, yo’qotishlar o’rniga topganlarimiz — barchasi bir butun tarix sifatida jamlangan.
Shuningdek, musiqiy klipda uzoq vaqt yopiq mamlakat qiyofasidan qisqa vaqt ichida global tarix ishtirokchisiga aylanib borayotgan O’zbekiston manzarasi ko’rinadi.
Qo’shni davlatlar va dunyoning barcha qutblari bilan qayta tiklangan va misli ko’rilmagan darajaga ko’tarilgan tashqi aloqalar asosida hamisha milliy manfaatlarimiz yotishi, barqaror tinchlik va xavfsizlik — eng asosiy maqsadimiz ekani anglashiladi.
Ushbu musiqiy asar va arxiv kadrlar O’zbekiston xalqining mehnati va siyosiy irodaning kuchini o’zida ifodalaydi. Muhimi, yaratish zavqi, marralarni zabt etish quvonchi O’zbekiston xalqi bilan doimo birga ekanini yana bir bor his etasiz. | 1 846 |
| 8 | To’liq AI da montaj qilingan stendap.
Juda mazza davrda jurnalist bo’ldik.
Videoda tashrif tafsilotlari haqida biroz. | 1 649 |
| 9 | Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi jurnalistlarga nimalar dedi?
OAVga bayonotdan
…O’n yil davomida menga Prezident janoblari bilan birga ishlash sharafi nasib etdi va shu davr mobaynida biz o’n martadan ortiq uchrashganmiz. Uning ijobiy va uzoqni ko’zlagan fikrlashi, doimo nimadir yangi narsa o’rganish istagi haqiqatan ham ilhomlantiruvchidir. Uning Hindistonga bo’lgan chuqur do’stligi va sobit sadoqati uchun men unga samimiy tabriklarimni bildiraman.
Do’stlar, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo’lib, Hindistonning mintaqa bilan hamkorligining markazida turadi. Hindiston va O’zbekistonning fikrlash va intilishlari o’rtasida chuqur o’xshashlik mavjud. “Yangi O’zbekiston” va “Rivojlangan Hindiston 2047” — ikkalasining markazida yoshlar, innovatsiya, inklyuziv o’sish va zamonaviy texnologiyalar turadi. Ushbu umumiy tasavvurga amal qilib, biz ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun doimiy ravishda ishlab kelmoqdamiz.
Bu yil bizning strategik sheriklikning 15 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu maxsus munosabat bilan biz munosabatlarimizni “Har tomonlama strategik sheriklik” darajasiga ko’tarishga qaror qildik. Bugun biz sheriklikning yangi shaklida tezroq sur’atlar va aniq natijalar bilan ilgarilash uchun ambitsiyali kun tartibini tayyorladik.
Ikki tomonlama savdo hajmimiz bir milliard dollardan oshdi. Endi biz 2030 yilga qadar besh milliard dollarlik savdo maqsadini belgiladik. Buning uchun biz bozorga kirish, transport-kommunikatsiya bog’lanishi, bank va to’lov tizimlari kabi bog’liq masalalarda tizimli ravishda ilgarilaymiz. Infratuzilmani rivojlantirishda ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirish uchun birgalikda ishlaymiz.
Raqamli davlat infratuzilmasi, sun’iy intellekt, muhim minerallar, toza energiya, kosmik va yadro energetikasi sohalaridagi hamkorlik bizning munosabatlarimizni kelajakka tayyor qilmoqda.
Do’stlar, qishloq xo’jaligi va sog’liqni saqlash sohalarida bizning kuchli tomonlarimiz bir-birini to’ldiradi. O’zbekistonning bog’dorchilik tajribasi va Hindistonning zamonaviy qishloq xo’jaligi amaliyotlarini birlashtirib, biz ikki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo’shamiz. O’zbekistonning shifobaxsh o’simliklari va Hindistonning Ayurveda bo’yicha tajribasi tabiiy uyg’unlikni tashkil etadi. Bugun an’anaviy tibbiyot bo’yicha imzolangan kelishuv bizning umumiy sa’y-harakatlarimizga kuch qo’shadi.
Bizning maqsadimiz — sheriklikni faqat ikki poytaxt, faqat markazlar bilan cheklab qo’ymaslik. Shu sababli biz shaharlar va viloyatlar o’rtasida sheriklik o’rnatmoqchimiz.
…Kelgusida biz ikki mamlakat
mudofaa sanoatlari o’rtasida bevosita bog’lanish, hamkorlikda ishlab chiqarish va hamkorlikda ishlanmalar yaratishni rivojlantiramiz. Bizningcha, terrorizm, ekstremizm va separatizm butun mintaqa uchun jiddiy tahdiddir. Ularga qarshi “nol tolerantlik” bizning umumiy qat’iy qarorimiz bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
Do’stlar, bizning munosabatlarimizning eng chuqur ildizlari — bu bizning umumiy merosimiz. O’zbekistonning buddaviylik merosi obyektlarini asrab-avaylash bo’yicha birgalikda ishlaymiz.
Ikki mamlakat yoshlari, ayniqsa talabalar va mutaxassislar o’rtasida almashinuvni rag’batlantirish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Ikki mamlakat o’rtasida turizmni rivojlantirish maqsadida bugun hamkorlik dasturi bo’yicha kelishuvga erishildi.
Mamnuniyat bilan aytamanki, O’zbekistonda hind tilini targ’ib qilish uchun biz bugun stipendiyalar e’lon qilamiz.
Shuningdek, Narendra Modi o’z bayonotida Javohirbek SIndorov va Gukesh Dommarajuning shaxmat toji uchun bo’lib o’tadigan kurashiga ham to’xtaldi:
O’tgan yili Goada 20 yoshli o’zbek grossmeysteri Sindarov jahon kubogini qo’lga kiritdi. Endi noyabr oyida uning raqibi Hindistonning 20 yoshli sportchisi Gukesh bo’ladi — ulkan bellashuv bo’lib o’tadi. Ammo bu ikki yosh sportchi yuzma-yuz kelganda, tabiiyki, butun dunyoning nigohi ushbu musobaqaga qaratiladi.
Kelasi oy Samarqandda bo’lib o’tadigan shaxmat chempionatida ham sizlarga chin dildan omad tilayman. | 1 587 |
| 10 | Prezidentimiz Bosh vazir Narendra Modini "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi. | 1 381 |
| 11 | Ko’ksaroyda Hindiston bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. | 1 456 |
| 12 | Nima uchun Narendra Modi O'zbekistonda?
2026-yil 29-30 avgust kunlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonda bo’lib turibdi.
Bu — uning O'zbekistonga to'rtinchi tashrifi.
2015-yil rasmiy tashrif, 2016-yil Toshkentdagi va 2022-yil Samarqanddagi ShHT sammitlari uchun ishchi tashriflar bo’lgan.
Modi janoblari Bishkekda ertaga va indinga bo’lib o’tadigan ShHTning 26-sammitiga yo'l olishdan oldin O’zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi Toshkentning siyosiy vaznni ko'rsatadi.
Buning ortida bir necha omil yotadi:
Hindistonning Markaziy Osiyoga qiziqishi kuchaymoqda — mintaqa endi nafaqat energiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan, balki kritik minerallar, transport-tranzit yo'llari va raqobatdosh ta'sir maydoni sifatida qaralmoqda.
O'zbekistonning tashqi siyosiy ochiqligi — Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi davrida mamlakat yirik davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirmoqda, va Hindiston bu strategiyada muhim hamkor sifatida ko'rilmoqda.
Global vaziyat — AQSh, Rossiya va Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy raqobat sharoitida Hindiston o'zining mustaqil, ko'p vektorli tashqi siyosatini Markaziy Osiyoda ham namoyish etmoqchi.
Bugun Ko’ksaroyda davlat tashrifining asosiy muzokaralari bo’lib o’tadi. | 1 456 |
| 13 | Juda ko’pchilik bayramni yana ko’rgisi kelib yozdi. Mana bu havolada tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/live/mPaw6tw4WC0?si=92xY9isPv5m3nbPZ
Chindan qayta ko’rging keladigan, 35 yilga munosib dastur bo’ldi. | 1 854 |
| 14 | 35 yillik mustaqillikda nimalarga erishdik?
Qisqacha
• “Paxta qulligi” muammosiga butunlay barham berildi
• Majburiy mehnat va bolalar mehnati amaliyoti tugatildi
• Valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar bekor qilindi
• “Propiska” tizimi bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi
• Natijada fuqarolar qalbidagi qo’rquv va hadik o’rnini ishonch va xotirjamlik egalladi
Iqtisodiyot
• Xorijiy investitsiya: yiliga 2–3 mlrd dollardan 40–50 mlrd dollarga oshdi
• YaIM 2030-yilga 160 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi — shu yilning o’zida ortig’i bilan bajariladi
• “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da mamlakat o’rni 80 pog’onaga yaxshilandi
• Keyingi 10 yilda 450 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi; YaIM 2030-yilgacha 300 mlrd dollarga yetkaziladi
• Sanoatda 2 million yuqori daromadli ish o’rni yaratiladi
• Keyingi 10 yilda aholi jon boshiga YaIM 10 ming dollardan oshadi
Turmush darajasi
• Qashshoqlik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi (10 million kishi bu o’zgarishdan bahramand bo’ldi)
• 650 mingdan ziyod oila yangi uy-joyga ega bo’ldi
Ta’lim
• Bog’cha qamrovi 78 foizga yetkazildi (aholi 8 millionga ko’paygan sharoitda)
• Maktablarda 1,5 million qo’shimcha o’quvchi o’rni yaratildi
• Talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi; ularning yarmidan ko’pi qizlar
• Kelgusida: 6 yoshli tayyorlov guruhlari qamrovi 100 foizga, texnikumlarda qamrov 1 millionga yetkaziladi; kamida 10 ta universitet TOP mingtalikka kiritiladi
Sog’liqni saqlash
• Soha moliyalashtiruvi 8 baravardan ziyod oshirildi
• 652 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi; tibbiy xizmatlar hajmi 3 baravar oshdi
• O’rtacha umr ko’rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetdi
• Chaqaloqlar va onalar o’limi ko’rsatkichi 4 barobar kamaydi
Fan-texnologiya
• “Samarqand-2028” sun’iy yo’ldoshi Xitoy hamkorligida orbitaga chiqarildi
• IT, sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot yo’nalishlari rivojlantirilmoqda — 10 million yoshni raqamli industriyaga jalb qilish rejasi
Yoshlar va biznes
• Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga har yili 20–25 trln so’m ajratilmoqda
• Biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etadi
Tashqi siyosat
• Diplomatik munosabat o’rnatgan davlatlar soni ~170 taga yetdi
• 2027–2029 yillarda Qo’shilmaslik harakatiga (120+ davlat) birinchi marta raislik qiladi. | 1 660 |
| 15 | Qolganini tvdan ko’tararsizlar, biz ketdik raqsga:) | 1 549 |
| 16 | Sahnada Salohiddin Azizboyevning yo’qolib qolishini ko’ring:)
Bayram tadbiri texnik jihatdan ham a’lo darajada! | 1 712 |
| 17 | Yana bir jahon opera yulduzi Xose Karreras! | 1 535 |
| 18 | Italiyalik tenor Alessandro Saffina mustaqillik bayrami mehmoni. | 1 500 |
| 19 | Muncha zo’r bayram. Menga gullar berishdi! | 1 598 |
| 20 | Kuchli siyosiy bayonot
Kim sezdi, hozir bayram tadbiridagi O’zbekiston tarixiga oid sahnaviy badiiy qism juda kuchli siyosiy bayonot bo’ldi! Ko’zda yosh bilan ko’rdimey.
Ha, bu shunchaki sahna ko’rinishi emasdi.
Bu ayrim moxovlarning “o’zbek millati o’ylab topilgan” degan ahmoqona gaplariga qarshi aytilgan va O’zbekistonning davlatchiligi ming yillarga borib taqalishini ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi.
Bu ayrim moxovlarning “hammasini biz qilib berganmiz” degan provokatsion gaplariga qarshi aytilgan va aslida bizning millatparvarlarimizni qirib tashlagan, Sibirga surgun qilgan, butun millatni paxta quliga aylantirib, ustimizdan tinimsiz dori sepgan, Orolimizni quritgan, salgina hur fikrli ajdodlarimizni qamoqqa tiqqan bosqinchilardan mustaqil bo’lganimizni ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi.
Bu zamonaviy O’zbekiston davlatchiligi Turkiston muxtoriyatining vorisi va davomchisi ekanligi haqidagi siyosiy bayonot edi.
O’zbekiston fuqarosi sifatida ushbu siyosiy bayonotlarning har bir nuqta-verguliga imzo chekishga tayyorman!
Shu sahnani tayyorlagan, g’oyasini aytgan, chiqarishga ruxsat bergan barchaga rahmat. Oldingizda ta’zimdaman.
👉 @xushnudbek 👈 | 854 |
