Mikrofon ko‘targan ayol
Open in Telegram
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot
Show more6 786
Subscribers
+13524 hours
+1527 days
+66830 days
Posts Archive
O'zbekistonimizga, Prezidentimizga, men chin dildan sevgan axborot dunyosiga xizmat qilishdan faxrlanaman va bu vazifaning katta mas'uliyatini chuqur his qilaman.
Uzoq yillik jurnalistlik yo'limda yonimda bo'lgan, qo'llagan hamkasblarimga – "Yoshlar", "O'zbekiston 24", Prezident matbuot xizmati Mediamarkazi, OAV uchun kontent tayyorlash markazi jamoalariga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Tabriklaringiz uchun ko'p rahmat, azizlar.
Bunday yuksak e'tirof va ishonchga munosib qilsin.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/8051
+1
Boku sammiti: Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo uchun 4 ta yangi tashabbusni ilgari surdi
Bugun Bokuda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sammiti bo'lib o'tdi. Davlatimiz rahbari nutqida bugungi notinch dunyoda nizolarning oldini olish va o'zaro ishonchni mustahkamlash bo'yicha aniq takliflar bilan chiqdi.
🔹 Osiyoda ishonch infratuzilmasi konsepsiyasi. Davlatlar o'rtasida transport va energetika bo'yicha qo'shma loyihalar, savdo va raqamli aloqalar hamda madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish orqali barqaror hamkorlik tizimini yaratish.
🔹 Texnologik ishonch va sun'iy intellektdan mas'uliyatli foydalanish bo'yicha Osiyo tashabbusi. Kengash huzurida Ekspertlar maydoni tashkil etiladi. Unda mutaxassislar umumiy tavsiyalar va amaliy choralarni ishlab chiqadi.
🔹 Iqlim barqarorligi bo'yicha hamkorlik. Suvni tejovchi texnologiyalar, "yashil" energetika va atrof-muhit monitoringi bo'yicha kuchlarni birlashtirish.
🔹 Inson salohiyatini rivojlantirish forumi. O'zbekiston Kengashning "Inson mezoni" bo'yicha koordinatori sifatida kelgusi yili ushbu forumni o'tkazadi. Shuningdek, 2028-yilgacha mo'ljallangan Harakatlar dasturini ishlab chiqish taklif etildi.
Prezidentimizning pozitsiyasi aniq: har qanday nizo faqat tinch yo'l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar va xalqaro huquq asosida hal etilishi kerak.
Davlatimiz rahbari sammit ishtirokchilarini kelgusi yili Toshkentda bo'ladigan Qo'shilmaslik harakatining 20-sammitiga ham taklif qildi.
📌 Sammitda kimlar ishtirok etgan davlat rahbarlari:
Isroil Prezidenti Isxak Gersog
Laos Prezidenti Txonglun Sisulit
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov
Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy
Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov
Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Hukumat va tashqi siyosat idoralari rahbarlari: Bangladesh, Bahrayn, BAA, Vyetnam, Kambodja, Rossiya, Turkiya, Falastin, Xitoy, Shri-Lanka va Hindiston.
Boshqa ishtirokchilar: xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari.
ℹ️ OHIChK 1992-yilda tashkil etilgan. Hozir u 28 ta a'zo davlat, 9 ta kuzatuvchi mamlakat va 5 ta xalqaro tashkilotni birlashtiradi.
Prezident Erkinjon Turdimov haqida:
Oʻzlaring koʻrdinglaring, men taʼlim vazirini oʻzgartirdim. Eng ishongan kadrimni olib kelib, taʼlim vaziri qildim.
Son koʻpayib ketdi, sifat kamayib ketdi. Bu meni juda tashvishga soladi. Shuning uchun men juda katta tajribaga ega,
toʻrtta viloyat hokimi boʻlgan odamni taʼlimga olib kelganim tagida juda katta maʼno borki, endi bu narsalarga prezident mutlaqo boshqacha qaraydi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi.
“Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q!”,- dedi davlatimiz rahbari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi g‘oya – “O‘Z” falsafasini ilgari surdi. “O‘Z” – O‘zbekiston, O‘zgarish, O‘zlik va Mas’uliyat degani. Kimki yurtimizga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish o‘rni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qat’i nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.
– Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u to‘laqonli o‘zimizniki!– dedi Prezidentimiz. Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan o‘zining qat’iy himoyasida bo‘lishini qayd etdi. Shundan so‘ng Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar e’tiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytildi. Mamlakatimiz yetakchisi bir oydan so‘ng Yangi Toshkentga yana kelib, berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqishini ta’kidladi. Yakunda davlatimiz rahbari investor va tadbirkorlarni “O‘z g‘oyang! O‘z sarmoyang! O‘z kelajaging! Yangi O‘zbekiston, Yangi Toshkent – o‘zimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirdi. Yangi Toshkentda mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ko‘plab o‘ziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X
Ayni daqiqalarda Prezidentimiz Yangi Toshkentda loyiha boshlayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda
Tadbirkor Bahodir Mirzarayimov — UET Construction kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo’yicha direktor:
…Biz 2024-yil sentabr oyida ochiq va shaffof auksionda ishtirok etib, Yangi Toshkentdan yer xarid qilgan birinchi tadbirkorlardan birimiz. Ochig'ini aytsam, o'sha yili qiymati 117 million bo'lgan "Trilliant" loyihamizni boshlaganimizda, uning kelajagi va muvaffaqiyati borasida ikkilanishlar bor edi.
Qisqa vaqt ichida, Sizning rahbarligingizda Yangi Toshkent jadal rivojlanib, bugun investorlar, tadbirkorlar va aholining qiziqishi hamda ishonchini uyg'otmoqda.
Mamnuniyat bilan aytamanki, "Trilliant" bugun eng muvaffaqiyatli va daromadli loyihalarimizdan biriga aylandi. Unga hozirgacha 60 millionga yaqin investitsiya yo'naltirildi.
Yangi Toshkentda yana bir nechta loyihani amalga oshiryapmiz. Ularning umumiy qiymati 510 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Bugun Siz start bergan loyihalar orasida “Mavj” loyihasi ham bor. Uni sifatli va belgilangan muddatda topshirib, Yangi Toshkentning zamonaviy qiyofasiga munosib hissa qo'shmoqchimiz.
Yangi Toshkentga qaratilayotgan e'tibor, biz tadbirkorlarga bildirilayotgan ishonch va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun yana bir bor rahmat.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
— Bitta savol, besh yil oldin 510 million investitsiya qilaman deyishga ishonarmidingiz?
Albatta, ishonmasdingiz. Pul bo'lishi mumkin edi, lekin hamma uni chemodanga solib, chet elga olib chiqib ketishga harakat qilardi.
Bugun niyatingiz va takliflaringizni ko'rib, xursand bo'lyapman. Mening maqsadim senga o'xshagan farzandlarimizni ko'paytirish, sizlarning qudratli bo'lishingiz uchun sharoit yaratish. Sizlar esa jonajon Vatanimizni, Yangi O'zbekistonni, Yangi Toshkentni bunyod etyapsiz.
Sizlardan bir narsani takror-takror so'rayman: bu ishni g'urur bilan qilinglar. Qilayotgan ishlaringizning ajri albatta bo'ladi. Chunki biz buni xalq uchun, millat uchun, kelajagimiz va bolalarimiz uchun qilyapmiz.
Muammo yo'qmi?
Tadbirkor:
Yo'q, hech qanday muammo yo'q.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z jamoasiga:
“Yana 50-100 yildan so’ng avlodlar sizlarga rahmat aytishi kerak”.
Ko‘chalar va yo‘llar ravon bo‘lishi, odamlarning dam olishi, nafas rostlashi uchun yashil hududlar va barcha zarur sharoitlar yaratilishi kerak. Buning uchun hamma narsani puxta o‘ylab, joy-joyiga qo‘yishimiz lozim.
Har oy viloyat hokimlari besh kun davomida Yangi Toshkentda bo‘lib, loyiha ishlari bilan bevosita shug‘ullanadi.
Bu — Yangi O‘zbekiston, bu — tarix. Yana bir marta aytaman: 50–100 yildan keyin avlodlarimiz: “Otalarimizga rahmat, shunday joy yaratib ketishgan ekan. Biz bugun erkin, xavfsiz va yashil makonda farzandlarimizni tarbiyalayapmiz. Ular maktabga, oliy ta’lim muassasalariga boryapti. Eng zamonaviy shifoxonalarda davolanish imkoniyatiga ega”, deb faxr bilan aytishi kerak.
Shu bois viloyat hokimlari Yangi Toshkent loyihasiga faol hissa qo‘shishi zarur. Yirik ko‘chalarga viloyatlar nomini berish, o‘ziga xos mahallalar tashkil etish orqali har bir hududning bu shaharda o‘z o‘rni bo‘lishi kerak.
Tasavvur qiling, Qashqadaryodan kelgan oddiy bir dehqon Toshkentda o‘z uyiga, o‘z mahallasiga ega bo‘lib, “Mana, bizning ham Toshkentda uyimiz bor, Qashqadaryo mahallasida yashaymiz”, desa — bu naqadar yaxshi bo‘ladi!
Yangi Toshkentda yerga talab keskin oshmoqda
Yangi Toshkentda yer uchastkalariga talab yildan-yilga ortib bormoqda. 2024-yilda shaharda yer uchastkasining narxi 10 milliard so‘mga yetmagan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 19 milliard so‘mgacha oshgan. Yaqinda 66 sotixli yer uchastkasi 6,7 milliard so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqarilib, yakunda 40 milliard so‘mga sotildi. — PrezidentPrezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentni barpo etishda zamonaviy texnologiyalar, investitsiyalar va yashil hududlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.
“Birinchi bosqichda o‘zida yangi texnologik yechimlarga asoslangan 50 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Yangi shahar hududida 2 ming gektar yashil maydonlar va 500 gektar istirohat bog‘lari tashkil etiladi”.Davlat rahbari Toshkentning mavjud tumanlarida yer tanqisligi kuchayib borayotganini ham qayd etdi.
“Eng katta e’tiroz nima? ‘Yer ber’, deydi. Yer yo‘q. Olmazorda ham yer yo‘q, Toshkentning boshqa tumanlarida ham yer yo‘q. Shuning uchun tuman hokimlari Yangi Toshkentda loyihalar uchun ham tayyorgarlik qilinglar”.Shu maqsadda poytaxt tumanlari uchun Yangi Toshkent hududidan dastlab 100 gektar yer ajratilishi, ularni mahallalar kesimida rivojlantirish bo‘yicha alohida loyihalar ishlab chiqilishi belgilandi. Prezident har bir tuman hokimi bu ishga alohida e’tibor qaratishi, Yangi Toshkentdagi loyihalar ijrosi muntazam muhokama qilib borilishini ta’kidladi.
Sal qolsa, bugun 11-oktabr— Xalqaro qiz farzandlar kunini o’tkazib yuborar ekanman.
Ona qizlar, ota qizlar, bayramingiz muborak bo’lsin.
Shu dunyoda qizli bo’lish nasibamiz borligiga shukr.
Oilamiz ko’rki bo’lib, Dunyo go’zali sog’lom ulg’ayayotganiga shukr.
Hozir u aqli zukko, hamma yerda (baklashka ustida, kitob muqovasida, ko’chalardagi yozuvda) nima deb yozilganini bilishga qiziqadi. Ruscha, inglizcha videolarni albatta kelib so’raydi: “Oyi, nima devotti, gapirib turing”. National Geographic videolarini tushuntirib berishimni, birga ko’rishimizni xohlaydi.
Orada “Zumrad va Qimmat” ertagi yoqib qolib, meni “Zumrad qiz deng” deb adasini ko’ndirdi. O’ziyam Zumraddek ish qilgisi keladiyu erinib qolsa, darrov “oyog’im og’rivotti” deb bahona qiladi.
Uyimizda “Prezident”, “Maktab” so’zlari ko’p aytilgani uchun bo’lsa kerak, Prezidentimizni, bayroqni, gerbni rasmini ko’rsa, negadir “Prezident maktabi” deb xursand bo’ladi. Qanday qilib, bunday asotsiatsiya qilgan, hayronman.
“Mast aylading, sarmast aylading”, “Hozirgi bolla mashnaqa” degan ashulalarni yaxshi ko’radi. “Pretty little baby” ni xirgoyi qilib yuradi.
Yana nima uchundir va qayerdandir futbolchi Erling Xollandni yaxshi ko’radi. “Xolland uyimizga kelsin” deb ora-orada yalinib ham turadi. Xolland uchun serdechkalar chizadi, akasi printerdan chiqargan portretini chetini chiqarmasdan bo’yashga ham muvaffaq bo’lgan.
Qizim 2 yoshida “Kim yaxshi, adami, oyimi? degan mingyillik savoliga “ada!” deb javob berardi.
Hozir siyosiy hushyor: “Adam yaxshi, oyim yaxshi, akam (Islom) yaxshi, yana bitta akam (Usmon) yaxshi” deb javob beradi.
Qizlar shunaqa, ular uchun butun Olam yaxshi.
Ilohim, qizlarimiz dunyosidagi hamma insonlar yaxshi bo’lsin.
Hozir bizning Dunyo go’zali shirin uyquda. Uxlasa bir xursand bo’lamiz, uyg’onsa bir xursand bo’lamiz. Ertalab amallab bog’chaga tashab ketganda yana bir xursand bo’lamiz. Uyimizda barcha istagi bajo bo’luvchi mutlaq malika borligini bilib, hammamiz u bilan hisoblashamiz, unga qarab reja qilamiz. Qizimizni eng mo’jizaviy baxtimiz deb bilamiz.
Boringga shukr, qizim.
Bu kunni eslatgan gazeta.uz ga rahmat.
Sana munosabati bilan tahririyat juda yaxshi materiallar e’lon qilibdi, ko’ring, o’qing.
1. https://www.gazeta.uz/uz/2026/10/11/shaxmat/
2. https://t.me/gazetauz_ozb/62225
📸 Buvaydada gender bahsi)
Buvaydani yaxshi ko’raman. 100 kishilik kechki bazmdan keyingi ishlar hashar yo’li bilan 20 daqiqada hal bo’lib ketdi.
👤 Aziza Qurbonova
🔗 Manba
Ushbu video @uza_yukla_bot orqali yuklandi
Prezident farmoniga muvofiq, Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida yangi lavozim joriy etilib, Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Mazkur yo‘nalishlardagi vazifalar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”;
📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;
📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan;
📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi;
📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi;
📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi;
📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi;
📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi;
📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi;
📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi;
📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor;
📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan;
📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi;
📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi;
📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”.
Facebook|Instagram|X
Repost from Jahongir Olimov | Rasmiy
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari yana bir stol atrofida
🇺🇿🇹🇲🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇦🇿
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
+1
– Formula oddiy: hamjihatlik va ishonch – taraqqiyot va xavfsizlik yoʻlida. Biz kelgusi avlodlarga qanday mintaqani qoldirishimiz uchun masʼulmiz. U tinch, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan kuchli boʻlishi, odamlarga munosib yashash, ishlash, oʻqish va farzand tarbiyalash imkoniyatini berishi kerak.O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Sammitda mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish, savdo, investitsiya, transport, energetika, suv va ekologiya, muhim minerallar hamda sun’iy intellekt sohalarida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Prezident mintaqa davlatlari o‘rtasida “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyili asosida qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishni taklif qildi. Shuningdek: — 2027-yilda Xivada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish; — yagona transport-logistika tizimini rivojlantirish; — muhim minerallar zaxiralarining yagona raqamli xaritasini yaratish; — umumiy hisoblash infratuzilmasini, jumladan, AI va ma’lumotlar markazlari tarmog‘ini shakllantirish; — talab yuqori bo‘lgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi va bir qator ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi.
Til haqida gap ketganda koʻpincha katta-katta fikrlar aytiladi. Lekin ona tiliga munosabat oddiy narsalarda ham koʻrinadi. Oʻzimiz qaysi tilda gapiramiz, farzandlarimiz bilan qaysi tilda muloqot qilamiz — bularning barchasi muhim.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ham shu mavzuda yangi videorolik tayyorlabdi. Video juda hayotiy chiqqan, mavzuga ham professional yondashilgan.
Bugun bir nechta tilni bilish muhim. Farzandlarimiz ham boshqa tillarni oʻrganib, dunyo bilan bemalol muloqot qilsin. Lekin shu bilan birga oʻzbek tilining oʻrni ham yoʻqolib qolmasligi kerak.
Ona tilini faqat bayram va muhim sanalarda eslamaylik. Uni kundalik hayotimizda ishlatish, farzandlarimizga oʻrgatish va keyingi avlodga yetkazishimiz kerak.
Давлат хизматининг одамлар наздидаги қадр-қиммати шундай воқеаларларда билинади.
Исмларини билмасак ҳам, сизларга раҳмат, ППС ходимлари.
Аллоҳ барча фарзандларимизни ўз паноҳида асрасин. 🤲
Ассалому алайкум барча барчага яхшилар яхши дам олдийларми, мен кеча Тунда Сергели дўстлик тарвфда хизмат олиб борган ППС ходимларига миннатдорчилик билдирмоқчи ман, Ўғлим кеча кеч пайт скутерида, балансини тўлдириш учун дўстлик тарафга борган, ( ўғлим кўрерлик) қилиб рузғоримизга ёрдам бериб келмоқда, дўстликка борган пайтида, тусатдан мазаси бўлмай бошлаган, кейин йўл четига ўтиб, ўтирирган ва ўзини йўқота бошлаган 😔🥲 шунда иккита ппс ходими келиб тез ёрдамга олиб борибди, тез ёрдам укол қилиб жавоб берибди, мен бу пайтда уйда эдим, соат тахминан 22:30 ларда, кейин ўғлим уйга бир амаллаб кеволган, уйга келганини эшик очилганини сездим, соат тунги 12 ларга яқинлашган эди, мен Ўғлим келди деб кўнглим тинчиб кейин ухлаб қолибман, ППС ходимларига миннатдорчилик билдирмоқчи ман, ота онасига катта Раҳмат исмларини билмадик шунинг учун пост қолдиряпман. Аллоҳ рози бўлсин сизлардан 🙏.
Бу воқияларни бугун эрталаб ўғлимдан эшитдим ва онаси билан бирга қўрқиб каттик.
Бугун ишга чиқармадик.
Барчамизнинг фарзандларимизни Аллоҳ ўз панохида асрасин.
Бир ойдан кейин ўғлим 18 га киради Аллоҳим тўғилган кунини нишонлашимизни насиб қилсин 😢🤲
Odamnj baliq yegisi keldi. Sinchalak, “Jamol baliq”qa qachon boramiz? :)))
Repost from Sinchalak🕊
Bu safar hikoyamiz - halollik va otalik mas’uliyati haqida.🤍
“Irodali insonlar” loyihasining navbatdagi qahramoni — xorazmlik tadbirkor Jamol aka. Xivada ularni “Jamol baliqchi” desa, hamma taniydi. 🎣
Kuniga 200–250 kg, mavsumda esa yarim tonnagacha baliq sotadi. Daromadini so’rasangiz, “aytmayman, ko’z tegadi” deydi.
Xorazm balig‘ini avval sayyohlarga, keyin dunyoga tanitmoqchi.
@Sinchalakblog
