uz
Feedback
Mikrofon ko‘targan ayol

Mikrofon ko‘targan ayol

Kanalga Telegram’da o‘tish

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot

Ko'proq ko'rsatish
6 116
Obunachilar
-2024 soatlar
-267 kun
-9030 kun

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+48
9 kanalda
Avgust '26
+203
13 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+169
52 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+942
752 kanalda
Get PRO
May '26
+195
16 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+144
31 kanalda
Get PRO
Mart '26
+234
35 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+531
114 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+155
6 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+141
56 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+698
87 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+180
43 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+300
66 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+94
22 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+114
27 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+173
59 kanalda
Get PRO
May '25
+127
32 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+180
61 kanalda
Get PRO
Mart '25
+372
47 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+102
30 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+207
108 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+139
14 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+357
53 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+324
24 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+274
27 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+259
70 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+407
52 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+200
80 kanalda
Get PRO
May '24
+145
76 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+157
46 kanalda
Get PRO
Mart '24
+166
23 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+124
26 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+148
32 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+113
12 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+57
7 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+75
8 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+173
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+191
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+174
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+244
0 kanalda
Get PRO
May '23
+174
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+504
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+370
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+205
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+322
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+117
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+216
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+95
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+59
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+94
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+199
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+388
0 kanalda
Get PRO
May '22
+66
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+231
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+294
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+381
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+1 142
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '21
+862
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '21
+142
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '21
+595
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '21
+601
0 kanalda
Get PRO
Avgust '21
+541
0 kanalda
Get PRO
Iyul '21
+96
0 kanalda
Get PRO
Iyun '21
+315
0 kanalda
Get PRO
May '21
+1 049
0 kanalda
Get PRO
Aprel '21
+495
0 kanalda
Get PRO
Mart '21
+1 503
0 kanalda
Get PRO
Fevral '21
+896
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '21
+635
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '20
+4 559
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
06 Sentabr+1
05 Sentabr+7
04 Sentabr+24
03 Sentabr+5
02 Sentabr+3
01 Sentabr+8
Kanal postlari
Kritik minerallar davrida eng katta kuch nima? Bugun asosiy kuch konlarda emas, uni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan bilimli avlodda. O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) Boshqaruv raisi Farhod Abdullayevning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish zavodida yoshlar bilan uchrashuvidagi bir fikr ayniqsa o'rinli: “Bugun dunyoda eng qimmat resurs — bilimni natijaga aylantira oladigan yoshlardir”. Uchrashuvda shunchaki ish yoki lavozim haqida gaplashilmadi. Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi, raqamli texnologiyalarni egallashi, ilm bilan shug‘ullanishi va o‘z g‘oyalarini real sanoat loyihalariga aylantirishi haqida ochiq muloqot bo‘ldi. O‘zbekistonning kuchi faqat yer ostidagi kritik minerallarda emas. Ularni yuqori qiymatli mahsulotga aylantira oladigan yangi avlodda!

2
Montajchilar, jurnalistlar, blogerlar uchun “jannat” :) Kontent markazi tomonidan aura.uz plaformasi ishga tushirildi. Siz bu
Montajchilar, jurnalistlar, blogerlar uchun “jannat” :) Kontent markazi tomonidan aura.uz plaformasi ishga tushirildi. Siz bu manzilda O’zbekiston haqida 16 mingdan ortiq sifatli video/rasmlarni yuklab olishingiz mumkin.
2 852
3
Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼatga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidamiz. Minireportaj Yangi markaz 1912-yilda meʼmor
Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼatga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidamiz. Minireportaj Yangi markaz 1912-yilda meʼmor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida barpo etilgan tarixiy binoda joylashgan. Dastlab bu yerda tramvay deposi boʻlgan, keyinchalik binodan dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Binoni restavratsiya qilish boʻyicha meʼmoriy konsepsiya Fransiyaning “Studio KO” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Yangilash jarayonida obyektning tarixiy qiyofasi va sanoat meʼmorchiligiga xos xususiyatlari saqlab qolindi. Ayni paytda bino zamonaviy madaniy maskan talablariga moslashtirildi.
1 228
4
Men eng yaxshi ko’rgan “Mutolaa” ilovasida “Davra” tuzyapman. Qo’shilasizmi? Oxirgi paytlar siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotla
Men eng yaxshi ko’rgan “Mutolaa” ilovasida “Davra” tuzyapman. Qo’shilasizmi? Oxirgi paytlar siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarga ruju qo'yganman. Kasbim ham shuni taqozo qiladi. Masalan, nega Rossiya g‘arbga yoki iliq qirg’oqlarga qarab intiladi? Nega Xitoy uchun dengiz yo‘llari va Tayvan masalasi strategik ahamiyatga ega? Nima sababdan AQSH geografik jihatdan boshqa buyuk davlatlarga nisbatan qulayroq pozitsiyada? Nega Yaqin Sharqdagi ko‘plab mojarolarning ildizini chegaralar va tabiiy geografiyadan izlash mumkin? Men “Mutolaa” ilovasida britaniyalik jurnalist va geosiyosat sharhlovchisi Tim Marshallning 2015-yilda chop etilgan «Prisoners of Geography: Ten Maps That Tell You Everything You Need to Know About Global Politics» («Geografiya mahkumlari») kitobidan shu savollarga javob topyapman. Hozirgi axborot asrida kitobni chala tashlab ketmaslikning eng zo‘r yo‘li uni yolg‘iz o‘qimaslikdir. Shu sababli men ilovada o‘zimning shaxsiy «Marra» marafonimni ochdim! Kelinglar, bitta davraga yig‘ilib, shu kitobni birgalikda o‘qiymiz. https://mutolaa.com/davra/post/467953 Har kuni ma’lum sahifalarni o‘qib, keyin guruhda oddiygina suhbat qilamiz va fikr almashamiz. G’oliblarga sovrin bor. Agar sizga ham zamonaviy dunyo taraqqiyoti va atrofimizdagi jarayonlar qiziq bo‘lsa, hoziroq mening «Marra» guruhimga qo‘shiling. Birga mutolaa qilamiz! @qurbonova_a
1 573
5
Yaqinda Hindistonda tojikistonlik bemorlar bilan gaplashgandim. Konibodomda turishar ekan, shundoqqina Beshariqqa cjegaradosh. O’zbekiston-Tokijikistonning uzoq yillar yopiq chegaralari sabab qanchalik qiynalishganini aytib berishgandi. Xuddi shu film syujeti bilan bir xil. Filmni yig’lab ko’rdim. Ijodkorlarga rahmat. Hozir oddiy tuyulgan reallik o’ta yaqin o’tmishda oilalarga bir umrlik armon edi.
2 014
6
Yig‘latgan ayriliqlar va yillar davomida yo‘l qaragan ko‘zlar haqida Bayram kunida ko‘ngillarga og‘ir, lekin o‘ta muhim mavzu
Yig‘latgan ayriliqlar va yillar davomida yo‘l qaragan ko‘zlar haqida Bayram kunida ko‘ngillarga og‘ir, lekin o‘ta muhim mavzuni olib kiruvchi tuhfa Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Fonus” loyihasi doirasidagi “Chegara” qisqa metrajli filmi. Filmda yillar davomida to‘sib qo‘yilgan chegaralar, insonlarning huquqlari cheklangani va bu ularning hayotiga, oilaviy rishtalariga qanday og‘ir iztirob solgani ichki bir dard bilan ko‘rsatilgan. Siyosiy vaziyatlar sabab farzand diydoriga zor o‘tgan ota-onalar, erksizlik kishiga beradigan og‘riqlar har bir tomoshabinni o‘ylantiradi. Shu bilan birga, loyihaning bosh filmi Iordaniyadagi xalqaro festival mukofotiga sazovor bo‘lgani quvonarli. Filmni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs
1 634
7
10 daqiqada O’zbekistonning 10 yillik yo’li. Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlangan ushbu 10 daqiqalik audio-v
10 daqiqada O’zbekistonning 10 yillik yo’li. Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlangan ushbu 10 daqiqalik audio-vizual asarda so’nggi 10 yil davomida bosib o’tilgan mashaqqatli, ammo sharafli yo’l haqida hikoya qilinadi. 2016-yildan boshlangan islohotlar, majburiy mehnat va “paxta qulligi”ga barham berilishi, pandemiya sinovlari, tabiiy va texnogen fojialardagi xalqimiz birdamligi, yo’qotishlar o’rniga topganlarimiz — barchasi bir butun tarix sifatida jamlangan. Shuningdek, musiqiy klipda uzoq vaqt yopiq mamlakat qiyofasidan qisqa vaqt ichida global tarix ishtirokchisiga aylanib borayotgan O’zbekiston manzarasi ko’rinadi. Qo’shni davlatlar va dunyoning barcha qutblari bilan qayta tiklangan va misli ko’rilmagan darajaga ko’tarilgan tashqi aloqalar asosida hamisha milliy manfaatlarimiz yotishi, barqaror tinchlik va xavfsizlik — eng asosiy maqsadimiz ekani anglashiladi. Ushbu musiqiy asar va arxiv kadrlar O’zbekiston xalqining mehnati va siyosiy irodaning kuchini o’zida ifodalaydi. Muhimi, yaratish zavqi, marralarni zabt etish quvonchi O’zbekiston xalqi bilan doimo birga ekanini yana bir bor his etasiz.
1 846
8
To’liq AI da montaj qilingan stendap. Juda mazza davrda jurnalist bo’ldik. Videoda tashrif tafsilotlari haqida biroz.
To’liq AI da montaj qilingan stendap. Juda mazza davrda jurnalist bo’ldik. Videoda tashrif tafsilotlari haqida biroz.
1 649
9
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi jurnalistlarga nimalar dedi? OAVga bayonotdan …O’n yil davomida menga Prezident janoblari
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi jurnalistlarga nimalar dedi? OAVga bayonotdan …O’n yil davomida menga Prezident janoblari bilan birga ishlash sharafi nasib etdi va shu davr mobaynida biz o’n martadan ortiq uchrashganmiz. Uning ijobiy va uzoqni ko’zlagan fikrlashi, doimo nimadir yangi narsa o’rganish istagi haqiqatan ham ilhomlantiruvchidir. Uning Hindistonga bo’lgan chuqur do’stligi va sobit sadoqati uchun men unga samimiy tabriklarimni bildiraman. Do’stlar, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo’lib, Hindistonning mintaqa bilan hamkorligining markazida turadi. Hindiston va O’zbekistonning fikrlash va intilishlari o’rtasida chuqur o’xshashlik mavjud. “Yangi O’zbekiston” va “Rivojlangan Hindiston 2047” — ikkalasining markazida yoshlar, innovatsiya, inklyuziv o’sish va zamonaviy texnologiyalar turadi. Ushbu umumiy tasavvurga amal qilib, biz ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun doimiy ravishda ishlab kelmoqdamiz. Bu yil bizning strategik sheriklikning 15 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu maxsus munosabat bilan biz munosabatlarimizni “Har tomonlama strategik sheriklik” darajasiga ko’tarishga qaror qildik. Bugun biz sheriklikning yangi shaklida tezroq sur’atlar va aniq natijalar bilan ilgarilash uchun ambitsiyali kun tartibini tayyorladik. Ikki tomonlama savdo hajmimiz bir milliard dollardan oshdi. Endi biz 2030 yilga qadar besh milliard dollarlik savdo maqsadini belgiladik. Buning uchun biz bozorga kirish, transport-kommunikatsiya bog’lanishi, bank va to’lov tizimlari kabi bog’liq masalalarda tizimli ravishda ilgarilaymiz. Infratuzilmani rivojlantirishda ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirish uchun birgalikda ishlaymiz. Raqamli davlat infratuzilmasi, sun’iy intellekt, muhim minerallar, toza energiya, kosmik va yadro energetikasi sohalaridagi hamkorlik bizning munosabatlarimizni kelajakka tayyor qilmoqda. Do’stlar, qishloq xo’jaligi va sog’liqni saqlash sohalarida bizning kuchli tomonlarimiz bir-birini to’ldiradi. O’zbekistonning bog’dorchilik tajribasi va Hindistonning zamonaviy qishloq xo’jaligi amaliyotlarini birlashtirib, biz ikki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo’shamiz. O’zbekistonning shifobaxsh o’simliklari va Hindistonning Ayurveda bo’yicha tajribasi tabiiy uyg’unlikni tashkil etadi. Bugun an’anaviy tibbiyot bo’yicha imzolangan kelishuv bizning umumiy sa’y-harakatlarimizga kuch qo’shadi. Bizning maqsadimiz — sheriklikni faqat ikki poytaxt, faqat markazlar bilan cheklab qo’ymaslik. Shu sababli biz shaharlar va viloyatlar o’rtasida sheriklik o’rnatmoqchimiz. …Kelgusida biz ikki mamlakat mudofaa sanoatlari o’rtasida bevosita bog’lanish, hamkorlikda ishlab chiqarish va hamkorlikda ishlanmalar yaratishni rivojlantiramiz. Bizningcha, terrorizm, ekstremizm va separatizm butun mintaqa uchun jiddiy tahdiddir. Ularga qarshi “nol tolerantlik” bizning umumiy qat’iy qarorimiz bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Do’stlar, bizning munosabatlarimizning eng chuqur ildizlari — bu bizning umumiy merosimiz. O’zbekistonning buddaviylik merosi obyektlarini asrab-avaylash bo’yicha birgalikda ishlaymiz. Ikki mamlakat yoshlari, ayniqsa talabalar va mutaxassislar o’rtasida almashinuvni rag’batlantirish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Ikki mamlakat o’rtasida turizmni rivojlantirish maqsadida bugun hamkorlik dasturi bo’yicha kelishuvga erishildi. Mamnuniyat bilan aytamanki, O’zbekistonda hind tilini targ’ib qilish uchun biz bugun stipendiyalar e’lon qilamiz. Shuningdek, Narendra Modi o’z bayonotida Javohirbek SIndorov va Gukesh Dommarajuning shaxmat toji uchun bo’lib o’tadigan kurashiga ham to’xtaldi: O’tgan yili Goada 20 yoshli o’zbek grossmeysteri Sindarov jahon kubogini qo’lga kiritdi. Endi noyabr oyida uning raqibi Hindistonning 20 yoshli sportchisi Gukesh bo’ladi — ulkan bellashuv bo’lib o’tadi. Ammo bu ikki yosh sportchi yuzma-yuz kelganda, tabiiyki, butun dunyoning nigohi ushbu musobaqaga qaratiladi. Kelasi oy Samarqandda bo’lib o’tadigan shaxmat chempionatida ham sizlarga chin dildan omad tilayman.
1 587
10
Prezidentimiz Bosh vazir Narendra Modini "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.
Prezidentimiz Bosh vazir Narendra Modini "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.
1 381
11
Ko’ksaroyda Hindiston bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.
Ko’ksaroyda Hindiston bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.
1 456
12
Nima uchun Narendra Modi O'zbekistonda? 2026-yil 29-30 avgust kunlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonda bo’li
Nima uchun Narendra Modi O'zbekistonda? 2026-yil 29-30 avgust kunlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonda bo’lib turibdi. Bu — uning O'zbekistonga to'rtinchi tashrifi. 2015-yil rasmiy tashrif, 2016-yil Toshkentdagi va 2022-yil Samarqanddagi ShHT sammitlari uchun ishchi tashriflar bo’lgan. Modi janoblari Bishkekda ertaga va indinga bo’lib o’tadigan ShHTning 26-sammitiga yo'l olishdan oldin O’zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi Toshkentning siyosiy vaznni ko'rsatadi. Buning ortida bir necha omil yotadi: Hindistonning Markaziy Osiyoga qiziqishi kuchaymoqda — mintaqa endi nafaqat energiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan, balki kritik minerallar, transport-tranzit yo'llari va raqobatdosh ta'sir maydoni sifatida qaralmoqda. O'zbekistonning tashqi siyosiy ochiqligi — Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi davrida mamlakat yirik davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirmoqda, va Hindiston bu strategiyada muhim hamkor sifatida ko'rilmoqda. Global vaziyat — AQSh, Rossiya va Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy raqobat sharoitida Hindiston o'zining mustaqil, ko'p vektorli tashqi siyosatini Markaziy Osiyoda ham namoyish etmoqchi. Bugun Ko’ksaroyda davlat tashrifining asosiy muzokaralari bo’lib o’tadi.
1 456
13
Juda ko’pchilik bayramni yana ko’rgisi kelib yozdi. Mana bu havolada tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/mPaw6tw4WC0?si=92xY9isPv5m3nbPZ Chindan qayta ko’rging keladigan, 35 yilga munosib dastur bo’ldi.
1 854
14
35 yillik mustaqillikda nimalarga erishdik? Qisqacha • “Paxta qulligi” muammosiga butunlay barham berildi • Majburiy mehnat v
35 yillik mustaqillikda nimalarga erishdik? Qisqacha • “Paxta qulligi” muammosiga butunlay barham berildi • Majburiy mehnat va bolalar mehnati amaliyoti tugatildi • Valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar bekor qilindi • “Propiska” tizimi bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi • Natijada fuqarolar qalbidagi qo’rquv va hadik o’rnini ishonch va xotirjamlik egalladi Iqtisodiyot • Xorijiy investitsiya: yiliga 2–3 mlrd dollardan 40–50 mlrd dollarga oshdi • YaIM 2030-yilga 160 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi — shu yilning o’zida ortig’i bilan bajariladi • “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da mamlakat o’rni 80 pog’onaga yaxshilandi • Keyingi 10 yilda 450 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi; YaIM 2030-yilgacha 300 mlrd dollarga yetkaziladi • Sanoatda 2 million yuqori daromadli ish o’rni yaratiladi • Keyingi 10 yilda aholi jon boshiga YaIM 10 ming dollardan oshadi Turmush darajasi • Qashshoqlik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi (10 million kishi bu o’zgarishdan bahramand bo’ldi) • 650 mingdan ziyod oila yangi uy-joyga ega bo’ldi Ta’lim • Bog’cha qamrovi 78 foizga yetkazildi (aholi 8 millionga ko’paygan sharoitda) • Maktablarda 1,5 million qo’shimcha o’quvchi o’rni yaratildi • Talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi; ularning yarmidan ko’pi qizlar • Kelgusida: 6 yoshli tayyorlov guruhlari qamrovi 100 foizga, texnikumlarda qamrov 1 millionga yetkaziladi; kamida 10 ta universitet TOP mingtalikka kiritiladi Sog’liqni saqlash • Soha moliyalashtiruvi 8 baravardan ziyod oshirildi • 652 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi; tibbiy xizmatlar hajmi 3 baravar oshdi • O’rtacha umr ko’rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetdi • Chaqaloqlar va onalar o’limi ko’rsatkichi 4 barobar kamaydi Fan-texnologiya • “Samarqand-2028” sun’iy yo’ldoshi Xitoy hamkorligida orbitaga chiqarildi • IT, sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot yo’nalishlari rivojlantirilmoqda — 10 million yoshni raqamli industriyaga jalb qilish rejasi Yoshlar va biznes • Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga har yili 20–25 trln so’m ajratilmoqda • Biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etadi Tashqi siyosat • Diplomatik munosabat o’rnatgan davlatlar soni ~170 taga yetdi • 2027–2029 yillarda Qo’shilmaslik harakatiga (120+ davlat) birinchi marta raislik qiladi.
1 660
15
Qolganini tvdan ko’tararsizlar, biz ketdik raqsga:)
1 549
16
Sahnada Salohiddin Azizboyevning yo’qolib qolishini ko’ring:) Bayram tadbiri texnik jihatdan ham a’lo darajada!
Sahnada Salohiddin Azizboyevning yo’qolib qolishini ko’ring:) Bayram tadbiri texnik jihatdan ham a’lo darajada!
1 712
17
Yana bir jahon opera yulduzi Xose Karreras!
Yana bir jahon opera yulduzi Xose Karreras!
1 535
18
Italiyalik tenor Alessandro Saffina mustaqillik bayrami mehmoni.
Italiyalik tenor Alessandro Saffina mustaqillik bayrami mehmoni.
1 500
19
Muncha zo’r bayram. Menga gullar berishdi!
Muncha zo’r bayram. Menga gullar berishdi!
1 598
20
Kuchli siyosiy bayonot Kim sezdi, hozir bayram tadbiridagi O’zbekiston tarixiga oid sahnaviy badiiy qism juda kuchli siyosiy bayonot bo’ldi! Ko’zda yosh bilan ko’rdimey. Ha, bu shunchaki sahna ko’rinishi emasdi. Bu ayrim moxovlarning “o’zbek millati o’ylab topilgan” degan ahmoqona gaplariga qarshi aytilgan va O’zbekistonning davlatchiligi ming yillarga borib taqalishini ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi. Bu ayrim moxovlarning “hammasini biz qilib berganmiz” degan provokatsion gaplariga qarshi aytilgan va aslida bizning millatparvarlarimizni qirib tashlagan, Sibirga surgun qilgan, butun millatni paxta quliga aylantirib, ustimizdan tinimsiz dori sepgan, Orolimizni quritgan, salgina hur fikrli ajdodlarimizni qamoqqa tiqqan bosqinchilardan mustaqil bo’lganimizni ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi. Bu zamonaviy O’zbekiston davlatchiligi Turkiston muxtoriyatining vorisi va davomchisi ekanligi haqidagi siyosiy bayonot edi. O’zbekiston fuqarosi sifatida ushbu siyosiy bayonotlarning har bir nuqta-verguliga imzo chekishga tayyorman! Shu sahnani tayyorlagan, g’oyasini aytgan, chiqarishga ruxsat bergan barchaga rahmat. Oldingizda ta’zimdaman. 👉 @xushnudbek 👈
854