Mikrofon ko‘targan ayol
Открыть в Telegram
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot
Больше6 221
Подписчики
-524 часа
-347 дней
-8730 день
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+112
в 46 каналах
июнь '26
+942
в 741 каналах
Get PRO
май '26
+195
в 16 каналах
Get PRO
апрель '26
+144
в 31 каналах
Get PRO
март '26
+234
в 35 каналах
Get PRO
февраль '26
+531
в 114 каналах
Get PRO
январь '26
+155
в 6 каналах
Get PRO
декабрь '25
+141
в 56 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+698
в 87 каналах
Get PRO
октябрь '25
+180
в 43 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+300
в 66 каналах
Get PRO
август '25
+94
в 22 каналах
Get PRO
июль '25
+114
в 27 каналах
Get PRO
июнь '25
+173
в 59 каналах
Get PRO
май '25
+127
в 32 каналах
Get PRO
апрель '25
+180
в 61 каналах
Get PRO
март '25
+372
в 47 каналах
Get PRO
февраль '25
+102
в 30 каналах
Get PRO
январь '25
+207
в 108 каналах
Get PRO
декабрь '24
+139
в 14 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+357
в 53 каналах
Get PRO
октябрь '24
+324
в 24 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+274
в 27 каналах
Get PRO
август '24
+259
в 70 каналах
Get PRO
июль '24
+407
в 52 каналах
Get PRO
июнь '24
+200
в 80 каналах
Get PRO
май '24
+145
в 76 каналах
Get PRO
апрель '24
+157
в 46 каналах
Get PRO
март '24
+166
в 23 каналах
Get PRO
февраль '24
+124
в 26 каналах
Get PRO
январь '24
+148
в 32 каналах
Get PRO
декабрь '23
+113
в 12 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+57
в 7 каналах
Get PRO
октябрь '23
+75
в 8 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+173
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+191
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+174
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+244
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+174
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+504
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+370
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+205
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+322
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+117
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+216
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+95
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+59
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+94
в 0 каналах
Get PRO
июль '22
+199
в 0 каналах
Get PRO
июнь '22
+388
в 0 каналах
Get PRO
май '22
+66
в 0 каналах
Get PRO
апрель '22
+231
в 0 каналах
Get PRO
март '22
+294
в 0 каналах
Get PRO
февраль '22
+381
в 0 каналах
Get PRO
январь '22
+1 142
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '21
+862
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '21
+142
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '21
+595
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '21
+601
в 0 каналах
Get PRO
август '21
+541
в 0 каналах
Get PRO
июль '21
+96
в 0 каналах
Get PRO
июнь '21
+315
в 0 каналах
Get PRO
май '21
+1 049
в 0 каналах
Get PRO
апрель '21
+495
в 0 каналах
Get PRO
март '21
+1 503
в 0 каналах
Get PRO
февраль '21
+896
в 0 каналах
Get PRO
январь '21
+635
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '20
+4 559
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 22 июля | +4 | |||
| 21 июля | +4 | |||
| 20 июля | +1 | |||
| 19 июля | +4 | |||
| 18 июля | +6 | |||
| 17 июля | +2 | |||
| 16 июля | +11 | |||
| 15 июля | +4 | |||
| 14 июля | +6 | |||
| 13 июля | +16 | |||
| 12 июля | +4 | |||
| 11 июля | +7 | |||
| 10 июля | 0 | |||
| 09 июля | +6 | |||
| 08 июля | +6 | |||
| 07 июля | +11 | |||
| 06 июля | +4 | |||
| 05 июля | +3 | |||
| 04 июля | +4 | |||
| 03 июля | +3 | |||
| 02 июля | +3 | |||
| 01 июля | +3 |
Посты канала
Toshkentdan Samarqandga pullik yo’l: 5 soatda emas, 2,5 soatda yetasiz
Bugun Prezidentimiz Toshkent–Samarqand pullik avtomobil yo’li qurilishiga start berdi.
Bu mamlakatda ilk bor quriladigan eng yuqori toifadagi pullik avtomagistral.
282 km uzunlik, olti polosa, monolit beton qoplama, 150 km/soat hisobiy tezlik, raqamli xavfsizlik tizimlari. Loyiha Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridan o’tadi, qiymati qariyb 2,2 milliard dollar.
Bunday loyihalarga sarflangan har bir dollar investitsiya iqtisodiyotga besh barobargacha qaytadi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand hududlarining yalpi mahsuloti 3 foizga o’sishga turtki oladi.
Mantig’i oddiy, yo’l tezlashsa, yuk tashish tannarxi 19–24 foizga pasayadi. Tannarx pasaysa — mahsulot arzonlashadi, eksport raqobatbardosh bo’ladi, tadbirkorning bozorga yo’li qisqaradi. Aholisi 2 milliondan ziyod 13 ta tuman uchun bu — minglab ish o’rni va yangi xizmatlar bozori degani.
Yangi magistral sutkasiga 60–80 ming transport vositasini o’tkaza oladi. Bu tirbandlikning kamayishiga, yoqilg’i, amortizatsiya va texnik xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Zamonaviy xavfsizlik yechimlari yo’l-transport hodisalarini kamaytirishga qaratilgan.
Bunday yo’llar respublikaning boshqa muhim nuqtalarida bo’ladi:
— Xiva–Urganch pullik yo’li qurilishi allaqachon boshlangan, kelasi oyda topshiriladi;
— Toshkent–Andijon yo’li bo’yicha xalqaro tender yakunlanish arafasida;
— Toshkent–Bo’stonliq yo’nalishi bo’yicha xususiy sherik aniqlanmoqda;
— Qashqadaryo, Namangan, Buxoro, Surxondaryoda ham shunga kabi loyihalar rejalashtirilgan.
| 2 | Lavozim hammaga ham nasib etmaydi. Ana shu baxtga munosib boʻlish uchun har kuni mehnat qilishimiz kerak - Prezident Shavkat Mirziyoyev | 1 734 |
| 3 | Hamma rasmingga tushishni xohlaydigan o’sha uzoq qarindosh:) | 2 127 |
| 4 | Messi 39 yoshda, Yamal esa 19 da.
Yoshlar hali ulguradi, men Messi tomonman. | 2 293 |
| 5 | O’zbekiston bayrog’i yayramoqda 🇺🇿 | 1 948 |
| 6 | Kimyo sanoatini ko‘pchilik oddiy ishlab chiqarish deb o‘ylaydi. Aslida esa u butun sanoatning yuragi hisoblanadi.
Bunga O’zbekiston texnologik metallar kombinatining TMK Chemicals loyihasi yaxshi misol bo‘la oladi. Loyihaga 54,5 million dollar investitsiya kiritilgan. Korxona yiliga 500 ming tonna sulfat kislota ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, yiliga 152 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish salohiyatiga ham ega.
Bu shunchaki navbatdagi zavod emas. Bu O‘zbekistonda kritik metallarni chuqur qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan muhim kimyoviy poydevordir. Chunki volfram, molibden va boshqa strategik metallarni qayta ishlash jarayonida sulfat kislota asosiy reagentlardan biri hisoblanadi.
Eng muhimi, bunday loyihalar xomashyoni faqat qazib olish bilan cheklanmaydi. Ular resurslarni yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarga aylantirishga xizmat qiladi. Aynan shu yondashuv sanoat rivoji va iqtisodiyotning yangi bosqichga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi. | 2 311 |
| 7 | Mudrab qolgandim, yana ispanlar uyg’otdi.
I’m done. Fransuzlar gol urganda uyg’otarsizlar) | 2 998 |
| 8 | Men Fransiyaga shu yerdan, Flame Towerning 26-qavatidan muxlislik qilyapman. Ispanlar 1 ta gol urgach, uyqum qochib ketdi.
Ozarbayjonning Ijtimai TVsida duet bo’lib sharhlashyapti. Oson tushunilyapti, kerakmas gaplar yo’q. Temp yuqori. Kadrni o’chirib qo’ysangiz ham to’liq o’yinni tasvirlashyapti.
Siz qayerda ko’ryapsiz, nima qilyapsiz, aniqrog’i nima yeyapsiz?) | 2 977 |
| 9 | Xizmat safarlari bilan bo’lib, Kolumbiyadan kelgan, menga yoqadigan xabarni o’tkazib yuboribmanku!
Xalqaro fizika olimpiadasida O’zbekistonning yosh fiziklari 90dan ortiq davlat ichida 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishibdi. O’zbekiston uchun bu yangi rekord.
Yaqinda futbolchilarimiz Kolumbiyaga mag’lub bo’lishgandi. Kolumbda qolgan alamimizga sal tap bosdi bo’libdi. | 2 517 |
| 10 | 📸 Xonkendi shahridagi Zafar Arkasining 44 pog’onasi Ozarbayjon Armanistonga qarshi 2020-yilda olib borgan 44 kunlik kurashini ifodalaydi. Ozodlik uchun 28 yil tayyorgarlik ko’rilgan.
#globalmediaforum
#gmf2026
#azerbaijan
Video qo’yib yotibman, qo’yib yotibman-ko’ryapsizlarmi, o’qiyapsizlarmi o’zi?
🔗 Manba | 2 190 |
| 11 | Urushdan so’ng bo’shab qolgan Shushaga ozarbayjonliklar qaytarmikin?
Ha, ozarbayjonliklar Shusha shahriga qaytmoqda.
“Buyuk Qaytish” dasturi:
Rasmiy ravishda sobiq ichki qochqinlarning Shusha tumaniga qaytishi 2024-yil 11-maydan boshlangan va bu jarayon tobora jadallashib bormoqda.
Hozirda qator strategik infratuzilma obyektlari — Zafar yo’li, elektr substansiyasi, Shusha raqamli boshqaruv markazi, suv tozalash inshooti, birinchi turar-joy majmuasi va davlat xizmatlari markazi ishga tushirilgan.
So’nggi voqealar (2026 yil iyul):
Bir necha kun oldin Shusha tumanidagi Kichik Qaladarasi qishlog’iga dastlabki bosqichda 51 kishidan iborat 15 oila ko’chirib keltirildi, yil oxirigacha yana 45 kishidan iborat 11 oila qaytishi rejalashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda Xo’jovand tumaniga ham yuzlab kishi qaytarilgan — jami dastur doirasida so’nggi bosqichda yuzlab oilalar ko’chib kelgan.
Qaytayotganlarning ko’pchiligi o’nlab yillar davomida Ozarbayjonning turli hududlaridagi yotoqxona, sanatoriy va vaqtinchalik binolarda yashab kelgan sobiq qochqinlar bo’lib, endi yangi qurilgan uylarga joylashtirilmoqda.
Bu jarayon shaharning nafaqat jismoniy, balki demografik tiklanishining ham bir qismi hisoblanadi — 1992-yildagi bosqin va to’liq ko’chirilishdan so’ng, Shusha asta-sekin o’z aholisini qayta tiklamoqda. | 1 599 |
| 12 | Meni topganga Ozarbayjondan magnitka olib boraman:) | 1 596 |
| 13 | Xocali fojiasi: 1992-yil, unutilmagan tun
1992-yil 25–26-fevral kechasi Tog’li Qorabog’dagi Xojali shahrida Birinchi Qorabog’ urushining eng qonli voqealaridan biri sodir bo’lgan.
Ozarbayjonliklar yashaydigan, taxminan 6300 aholisi bo’lgan bu shaharcha uzoq vaqt qamal ostida qolgan, elektr, gaz va suvsiz, atigi 160 nafar yengil qurollangan mahalliy kuchlar tomonidan himoyalangan edi.
Arman qo’shinlari va MDH tarkibidagi 366-motoo’q otar polkining ba’zi harbiylari 1992-yil boshida hujum uyushtirib, deyarli barcha ozarbayjonlik aholini enklavdan qochishga majbur qildi.
Qurbonlar soni bo’yicha manbalar farqlanadi: Human Rights Watch buni 1994-yilgi hisobotida Qorabog’ mojarosidagi “eng yirik qirg’in” deb atagan va kamida 200 kishi halok bo’lgan, ba’zi hollarda 500–1000 gacha yetishi mumkinligini yozgan Wikipedia.
Ozarbayjon rasmiylari esa 613 nafar tinch aholi, jumladan 106 ayol va 63 bola halok bo’lganini ta’kidlaydi (bu raqam Ozarbayjon manbalarida keng tarqalgan).
Voqeaning nomlanishi bugun ham bahsli mavzu: Ozarbayjon 2017-yilda parlament orqali buni rasman “genotsid” deb tan oldi va bir qancha davlatlar (Meksika, Pokiston, Chexiya va boshqalar) buni qo’llab-quvvatladi. Biroq xalqaro tashkilotlar va aksariyat ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Human Rights Watch, odatda “qirg’in” (massacre) atamasini ishlatadi — bu esa huquqiy ma’noda genotsid ta’rifidan farq qiladi.
Armaniston tomoni voqea sodir bo’lganini tan olsa-da, uni “genotsid” sifatida tavsiflashga qarshi chiqadi va tafsilotlar borasida boshqacha talqin beradi.
Ushbu postni yozishda AI yordamidan foydalanildi. | 1 763 |
| 14 | Qorabogʻni tiklashda bizga birinchi boʻlib aynan Oʻzbekiston Prezidenti yordam qoʻlini choʻzdi— Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev
Ilhom Aliyev:
Oʻzbekiston va Ozarbayjon aloqalari zamirida doʻstlik hamda qardoshlik munosabatlarimiz yotadi va muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan shaxsiy doʻstligimiz bu munosabatlarni yanada yuqori bosqichga koʻtardi.
Shuni taʼkidlashim kerakki, Qorabogʻni tiklashda bizga birinchi boʻlib aynan Oʻzbekiston Prezidenti yordam qoʻlini choʻzdi. Fuzuliy shahrida Mirzo Ulugʻbek nomidagi goʻzal va yirik maktab bunyod etildi va muhtaram Shavkat Mirziyoyev janoblari bilan birgalikda biz ushbu maktabning ochilishini nishonladik. Undan keyin boshqa qardosh davlatlar ham bizga sovgʻalar taqdim etishdi — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, biroq birinchi yordam aynan Oʻzbekistondan keldi.
Har gal Oʻzbekistonda boʻlganimda, xalqlarimiz bir-biriga qanchalik yaqin va bogʻliq ekaniga yana bir bor amin boʻlaman. Yozma soʻzlarni koʻrganda hech qanday tarjimaga ehtiyoj qolmaydi. Tillarimiz ham bir-biriga juda oʻxshash. Tabiiy talaffuzda biroz farq bor, lekin prinsipial jihatdan hamma narsa tushunarli.
Bizni juda buyuk tarixiy aloqalar birlashtirib turadi. Va Oʻzbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish biz uchun ustuvor masalalardan biridir.
Shuni ham aytib oʻtishim kerakki, Oʻzbekiston oʻzining qardoshlik missiyasini faqatgina maktab bilan yakunlagani yoʻq.
Xonkandi shahridagi birinchi yirik sanoat korxonasi — tikuvchilik fabrikasi ham aynan Oʻzbekiston sarmoyasi hisobidan ochildi va yana muhtaram Prezident Mirziyoyev bilan birgalikda biz ushbu fabrikaga tashrif buyurdik.
Koʻplab iqtisodiy va sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda. Ham Ozarbayjon, ham Oʻzbekiston investitsiyalari kiritilmoqda. Biz qoʻshma investitsiya fondini tashkil etdik. Qiymati 500 million dollar boʻlgan ushbu investitsiya fondi ham Oʻzbekistonda, ham Ozarbayjonda turli loyihalarni hayotga tatbiq etish bilan shugʻullanadi. Bugungi kunda Ozarbayjonning "SOCAR" neft kompaniyasi Oʻbektistondagi juda muhim gaz koniga sarmoya kiritgan. Va umid qilamanki, yaqin kelajakda bizga xushxabar va xushmujda yetkazishadi. Chunki bugun energiya xavfsizligi masalalari, ayniqsa gaz taʼminoti koʻplab mamlakatlar uchun gʻoyat muhimdir. Umid qilamanki, "Qustuq" konidagi qidiruv-kashfiyot ishlari ijobiy natija bilan yakunlanadi.
Ozarbayjon — Markaziy Osiyo formatiga keladigan boʻlsak, bu yerda ham Prezident Mirziyoyevning beqiyos xizmatlari va alohida oʻrni bor. Ozarbayjon allaqachon toʻlaqonli aʼzo sifatida ushbu Maslahat kengashiga qoʻshildi. Men ikki marta oliy darajadagi uchrashuvlarga (sammitlarga) faxriy mehmon sifatida taklif qilingan edim. Oxirgi marta esa endi Ozarbayjon — Markaziy Osiyo yagona maslahat kengashi tuzildi. Va bu bizni juda gʻururlantiradi, juda quvontiradi. Bu, aytishim mumkinki, noyob bir voqeadir. Chunki geografik jihatdan biz, toʻgʻri, Janubiy Kavkazda joylashganmiz. Biroq madaniy, tarixiy, etnik aloqalar shunchalik kuchli va siyosiy munosabatlar shunchalik koʻp qirraliki, bizga doʻst boʻlgan turkiy tilli davlatlar bizni qabul qilishga qaror qilishdi. Va bu bugungi kunda geosiyosiy hamda geoiqtisodiy aloqalarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Boisi, amalda Markaziy Osiyo Ozarbayjon bilan yagona iqtisodiy va siyosiy makonda birlashmoqda. Shu bilan birga, bogʻlanishlar, transport va logistika loyihalarini amalga oshirish yoʻnalishida buning ahamiyati juda katta.
Albatta, Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni koʻra bilishi va strategik qarashlari bu yerda gʻoyat muhim rol oʻynadi, deb ayta olaman.
Fursatdan foydalanib, oʻzbek qardoshlarimizni erishgan barcha yutuqlari munosabati bilan tabriklamoqchiman. Men Oʻzbekistonda tez-tez boʻlib turaman. Shubhasiz, bu yil ham boraman. Har gal borganimda yangilanishlarni koʻrib, juda quvonaman. Bilamanki, qardosh oʻzbek xalqi va davlati Prezident Mirziyoyev rahbarligida muvaffaqiyatli va ishonch bilan olgʻa bormoqda. Sizlarga ham "Xush kelibsiz!" deyman. | 1 631 |
| 15 | “Sevimli TV” jurnalisti Jahongir Olimov Preizdent Ilhom Aliyevga ozarbayjoncha savol berdi.
Ilhom Aliyevning so’zlarini tarjimonsiz ham tushunsa bo’ladi.
O’zbekiston haqida juda iliq fikrlarni bildirdi. | 11 674 |
| 16 | Ushbu muloqot jonli efirda: https://www.youtube.com/live/5__yDDF8Gq8?si=8Bz-66DcF974s_i8 | 1 686 |
| 17 | Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev forumga galstuksiz kirib keldi.
Bu forumning kutilgandan-da ochiq ruhda bo’lib o’tishiga ishora. | 1 861 |
| 18 | “Burada mina yoxdur”
Kecha Kontent markazi delegatsiyasi, bir guruh jurnalistlar Ozarbayjonning Shusha shahriga yetib keldik.
Bugun va ertaga 4-Shusha Global media forumi bo’lib o’tadi. Birozdan so’ng Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 53 mamlakatdan kelgan 60 ta mediatashkilot, 30 ta axborot agentligi, 10 ta xalqaro tashkilot vakillari bilan muloqoti boshlanadi.
Shusha — Ozarbayjonning rasman e’lon qilingan madaniy poytaxti, ko’plab shoiru ziyolilarning vatani.
Yana Shusha mamlakat uchun og’riqli xotira ham: 1992-yilda bosib olingan bu shahar 2020-yilgi Ikkinchi Qorabog’ urushida ozod qilingandan so’ng tinchlik va taraqqiyotga erishdi.
Kecha kechki sayrda Shusha ko’chalarida “mina yoxdur” degan yozuvlarni o’qidim. Shusha tezkor ravishda tiklanibdi, ravon yo’llar, tog’ni teshib o’tgan zamonaviy tunellar, uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurilgan. Ozarbayjon katta sarmoya kiritayotgani ko’rinib turibdi.
Forum ilk marta 2023-yilda “4-sanoat inqilobi davrida yangi media” mavzusida boshlangan, so’ng “Soxta narrativlarni fosh etish” va “sun’iy intellekt davrida axborot barqarorligi” mavzularini muhokama qilgan. Bu yil “Media tinchlikni mustahkamlash yo’lida: haqiqatni tiklash va ishonchni qayta qurish” shiori ostida bo’lib o’tadi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar tinchlik qurilishida OAV o’rni, chegaralararo media muloqoti, dezinformatsiyaga qarshi xalqaro hamkorlik, xavfsiz raqamli axborot muhiti va sun’iy intellekt davrida jurnalistika etikasi kabi mavzularni muhokama qiladi.
Keyinroq bizni Xo’jali genotsidi memorialiga ham olib borishadi. | 1 826 |
| 19 | Нет текста... | 5 |
| 20 | 41 ta xorijiy atamaning o’zbekchasi rasman muomalaga kiritilibdi.
Sun’iy intellektga o’zbekchalashtirilgan so’zlardan birnima tuzib ber dedim. Qarangchi, kontekstda yopishmagan gajak bo’lib turgani yo’qmi?
“Bir kuni teatrda katta tomosha bo‘lishi kerak edi. Spektakl boshlanishidan oldin qisqa tanaffus e’lon qilindi. Shu payt sahna ortida sahnabezak ishlari tugallanayotgan, shivirchi esa aktyorlarga navbatdagi so‘zlarni sekingina eslatib turardi.
Tomoshadan so‘ng mehmonlar uchun katta ziyofat tashkil etildi. Zal tashqarisida esa kitoblar arzonsotuv asosida taklif qilinayotgani ko‘pchilikni xursand qildi.
Tadbirga tayyorgarlik jarayonida muhandislar yangi sezgich qurilmalarni sinab ko‘rishdi. Oshxonada esa pazanda shirinlik tayyorlash uchun qorg‘ich yordamida masalliqlarni aralashtirdi.
Yomg‘ir yog‘ib qolgani uchun hovliga bir nechta chodir o‘rnatildi. Qo‘l yuvish uchun o‘rnatilgan chanoq oldida mehmonlar navbat bilan foydalanishardi.
Tadbir haqida yozadigan yosh jurnalist o‘z maqolasini so‘ngmuddat tugamasidan oldin topshirishga shoshildi. Uning yoniga mustaqil faoliyat yurituvchi bir erkin ishchi fotograf ham qo‘shildi.
Tadbirning internetdagi sahifasiga qiziqarli hisbelgilar qo‘yildi va barcha xabarlar maxsus kalitso‘z bilan e’lon qilindi. Tashqaridan kelgan mehmonlar esa yaqindagi qo‘noquyga joylashtirildi.
Shu kuni tishida tishsim taqqan bir bola ham spektaklni zavq bilan tomosha qildi. U sahnadagi har bir chiqishni yoqtirib, «Bu haqiqiy xosnomga aylanadigan tomosha bo‘ldi», deb quvonch bilan uyiga qaytdi.”
Menga yoqdi, masalan. | 1 774 |
