Mikrofon ko‘targan ayol
الذهاب إلى القناة على Telegram
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/mikrofonkotarganayol Sayohat blogi- @azitravel Murojaat uchun: @AQurbonovaBot
إظهار المزيد6 144
المشتركون
-124 ساعات
-147 أيام
-9430 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
سبتمبر '26
سبتمبر '26
+40
في 5 قنوات
أغسطس '26
+203
في 13 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+169
في 52 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+942
في 751 قنوات
Get PRO
مايو '26
+195
في 16 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+144
في 31 قنوات
Get PRO
مارس '26
+234
في 35 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+531
في 114 قنوات
Get PRO
يناير '26
+155
في 6 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+141
في 56 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+698
في 87 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+180
في 43 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+300
في 66 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+94
في 22 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+114
في 27 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+173
في 59 قنوات
Get PRO
مايو '25
+127
في 32 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+180
في 61 قنوات
Get PRO
مارس '25
+372
في 47 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+102
في 30 قنوات
Get PRO
يناير '25
+207
في 108 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+139
في 14 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+357
في 53 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+324
في 24 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+274
في 27 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+259
في 70 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+407
في 52 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+200
في 80 قنوات
Get PRO
مايو '24
+145
في 76 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+157
في 46 قنوات
Get PRO
مارس '24
+166
في 23 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+124
في 26 قنوات
Get PRO
يناير '24
+148
في 32 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+113
في 12 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+57
في 7 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+75
في 8 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+173
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+191
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+174
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+244
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+174
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+504
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+370
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+205
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+322
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+117
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+216
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+95
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+59
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+94
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+199
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+388
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+66
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+231
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+294
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+381
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+1 142
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+862
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+142
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+595
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+601
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+541
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+96
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+315
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+1 049
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+495
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+1 503
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '21
+896
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '21
+635
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '20
+4 559
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 04 سبتمبر | +24 | |||
| 03 سبتمبر | +5 | |||
| 02 سبتمبر | +3 | |||
| 01 سبتمبر | +8 |
منشورات القناة
Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼatga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasidamiz. Minireportaj
Yangi markaz 1912-yilda meʼmor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida barpo etilgan tarixiy binoda joylashgan.
Dastlab bu yerda tramvay deposi boʻlgan, keyinchalik binodan dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.
Binoni restavratsiya qilish boʻyicha meʼmoriy konsepsiya Fransiyaning “Studio KO” byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Yangilash jarayonida obyektning tarixiy qiyofasi va sanoat meʼmorchiligiga xos xususiyatlari saqlab qolindi. Ayni paytda bino zamonaviy madaniy maskan talablariga moslashtirildi.
| 2 | Men eng yaxshi ko’rgan “Mutolaa” ilovasida “Davra” tuzyapman. Qo’shilasizmi?
Oxirgi paytlar siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarga ruju qo'yganman. Kasbim ham shuni taqozo qiladi.
Masalan, nega Rossiya g‘arbga yoki iliq qirg’oqlarga qarab intiladi? Nega Xitoy uchun dengiz yo‘llari va Tayvan masalasi strategik ahamiyatga ega? Nima sababdan AQSH geografik jihatdan boshqa buyuk davlatlarga nisbatan qulayroq pozitsiyada? Nega Yaqin Sharqdagi ko‘plab mojarolarning ildizini chegaralar va tabiiy geografiyadan izlash mumkin?
Men “Mutolaa” ilovasida britaniyalik jurnalist va geosiyosat sharhlovchisi Tim Marshallning 2015-yilda chop etilgan «Prisoners of Geography: Ten Maps That Tell You Everything You Need to Know About Global Politics» («Geografiya mahkumlari») kitobidan shu savollarga javob topyapman.
Hozirgi axborot asrida kitobni chala tashlab ketmaslikning eng zo‘r yo‘li uni yolg‘iz o‘qimaslikdir. Shu sababli men ilovada o‘zimning shaxsiy «Marra» marafonimni ochdim! Kelinglar, bitta davraga yig‘ilib, shu kitobni birgalikda o‘qiymiz.
https://mutolaa.com/davra/post/467953
Har kuni ma’lum sahifalarni o‘qib, keyin guruhda oddiygina suhbat qilamiz va fikr almashamiz. G’oliblarga sovrin bor.
Agar sizga ham zamonaviy dunyo taraqqiyoti va atrofimizdagi jarayonlar qiziq bo‘lsa, hoziroq mening «Marra» guruhimga qo‘shiling. Birga mutolaa qilamiz!
@qurbonova_a | 1 222 |
| 3 | Yaqinda Hindistonda tojikistonlik bemorlar bilan gaplashgandim. Konibodomda turishar ekan, shundoqqina Beshariqqa cjegaradosh. O’zbekiston-Tokijikistonning uzoq yillar yopiq chegaralari sabab qanchalik qiynalishganini aytib berishgandi. Xuddi shu film syujeti bilan bir xil.
Filmni yig’lab ko’rdim. Ijodkorlarga rahmat.
Hozir oddiy tuyulgan reallik o’ta yaqin o’tmishda oilalarga bir umrlik armon edi. | 1 665 |
| 4 | Yig‘latgan ayriliqlar va yillar davomida yo‘l qaragan ko‘zlar haqida
Bayram kunida ko‘ngillarga og‘ir, lekin o‘ta muhim mavzuni olib kiruvchi tuhfa Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Fonus” loyihasi doirasidagi “Chegara” qisqa metrajli filmi.
Filmda yillar davomida to‘sib qo‘yilgan chegaralar, insonlarning huquqlari cheklangani va bu ularning hayotiga, oilaviy rishtalariga qanday og‘ir iztirob solgani ichki bir dard bilan ko‘rsatilgan.
Siyosiy vaziyatlar sabab farzand diydoriga zor o‘tgan ota-onalar, erksizlik kishiga beradigan og‘riqlar har bir tomoshabinni o‘ylantiradi. Shu bilan birga, loyihaning bosh filmi Iordaniyadagi xalqaro festival mukofotiga sazovor bo‘lgani quvonarli.
Filmni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs | 1 308 |
| 5 | 10 daqiqada O’zbekistonning 10 yillik yo’li.
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlangan ushbu 10 daqiqalik audio-vizual asarda so’nggi 10 yil davomida bosib o’tilgan mashaqqatli, ammo sharafli yo’l haqida hikoya qilinadi.
2016-yildan boshlangan islohotlar, majburiy mehnat va “paxta qulligi”ga barham berilishi, pandemiya sinovlari, tabiiy va texnogen fojialardagi xalqimiz birdamligi, yo’qotishlar o’rniga topganlarimiz — barchasi bir butun tarix sifatida jamlangan.
Shuningdek, musiqiy klipda uzoq vaqt yopiq mamlakat qiyofasidan qisqa vaqt ichida global tarix ishtirokchisiga aylanib borayotgan O’zbekiston manzarasi ko’rinadi.
Qo’shni davlatlar va dunyoning barcha qutblari bilan qayta tiklangan va misli ko’rilmagan darajaga ko’tarilgan tashqi aloqalar asosida hamisha milliy manfaatlarimiz yotishi, barqaror tinchlik va xavfsizlik — eng asosiy maqsadimiz ekani anglashiladi.
Ushbu musiqiy asar va arxiv kadrlar O’zbekiston xalqining mehnati va siyosiy irodaning kuchini o’zida ifodalaydi. Muhimi, yaratish zavqi, marralarni zabt etish quvonchi O’zbekiston xalqi bilan doimo birga ekanini yana bir bor his etasiz. | 1 619 |
| 6 | To’liq AI da montaj qilingan stendap.
Juda mazza davrda jurnalist bo’ldik.
Videoda tashrif tafsilotlari haqida biroz. | 1 553 |
| 7 | Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi jurnalistlarga nimalar dedi?
OAVga bayonotdan
…O’n yil davomida menga Prezident janoblari bilan birga ishlash sharafi nasib etdi va shu davr mobaynida biz o’n martadan ortiq uchrashganmiz. Uning ijobiy va uzoqni ko’zlagan fikrlashi, doimo nimadir yangi narsa o’rganish istagi haqiqatan ham ilhomlantiruvchidir. Uning Hindistonga bo’lgan chuqur do’stligi va sobit sadoqati uchun men unga samimiy tabriklarimni bildiraman.
Do’stlar, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan bo’lib, Hindistonning mintaqa bilan hamkorligining markazida turadi. Hindiston va O’zbekistonning fikrlash va intilishlari o’rtasida chuqur o’xshashlik mavjud. “Yangi O’zbekiston” va “Rivojlangan Hindiston 2047” — ikkalasining markazida yoshlar, innovatsiya, inklyuziv o’sish va zamonaviy texnologiyalar turadi. Ushbu umumiy tasavvurga amal qilib, biz ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun doimiy ravishda ishlab kelmoqdamiz.
Bu yil bizning strategik sheriklikning 15 yilligi nishonlanmoqda. Ushbu maxsus munosabat bilan biz munosabatlarimizni “Har tomonlama strategik sheriklik” darajasiga ko’tarishga qaror qildik. Bugun biz sheriklikning yangi shaklida tezroq sur’atlar va aniq natijalar bilan ilgarilash uchun ambitsiyali kun tartibini tayyorladik.
Ikki tomonlama savdo hajmimiz bir milliard dollardan oshdi. Endi biz 2030 yilga qadar besh milliard dollarlik savdo maqsadini belgiladik. Buning uchun biz bozorga kirish, transport-kommunikatsiya bog’lanishi, bank va to’lov tizimlari kabi bog’liq masalalarda tizimli ravishda ilgarilaymiz. Infratuzilmani rivojlantirishda ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirish uchun birgalikda ishlaymiz.
Raqamli davlat infratuzilmasi, sun’iy intellekt, muhim minerallar, toza energiya, kosmik va yadro energetikasi sohalaridagi hamkorlik bizning munosabatlarimizni kelajakka tayyor qilmoqda.
Do’stlar, qishloq xo’jaligi va sog’liqni saqlash sohalarida bizning kuchli tomonlarimiz bir-birini to’ldiradi. O’zbekistonning bog’dorchilik tajribasi va Hindistonning zamonaviy qishloq xo’jaligi amaliyotlarini birlashtirib, biz ikki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo’shamiz. O’zbekistonning shifobaxsh o’simliklari va Hindistonning Ayurveda bo’yicha tajribasi tabiiy uyg’unlikni tashkil etadi. Bugun an’anaviy tibbiyot bo’yicha imzolangan kelishuv bizning umumiy sa’y-harakatlarimizga kuch qo’shadi.
Bizning maqsadimiz — sheriklikni faqat ikki poytaxt, faqat markazlar bilan cheklab qo’ymaslik. Shu sababli biz shaharlar va viloyatlar o’rtasida sheriklik o’rnatmoqchimiz.
…Kelgusida biz ikki mamlakat
mudofaa sanoatlari o’rtasida bevosita bog’lanish, hamkorlikda ishlab chiqarish va hamkorlikda ishlanmalar yaratishni rivojlantiramiz. Bizningcha, terrorizm, ekstremizm va separatizm butun mintaqa uchun jiddiy tahdiddir. Ularga qarshi “nol tolerantlik” bizning umumiy qat’iy qarorimiz bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
Do’stlar, bizning munosabatlarimizning eng chuqur ildizlari — bu bizning umumiy merosimiz. O’zbekistonning buddaviylik merosi obyektlarini asrab-avaylash bo’yicha birgalikda ishlaymiz.
Ikki mamlakat yoshlari, ayniqsa talabalar va mutaxassislar o’rtasida almashinuvni rag’batlantirish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Ikki mamlakat o’rtasida turizmni rivojlantirish maqsadida bugun hamkorlik dasturi bo’yicha kelishuvga erishildi.
Mamnuniyat bilan aytamanki, O’zbekistonda hind tilini targ’ib qilish uchun biz bugun stipendiyalar e’lon qilamiz.
Shuningdek, Narendra Modi o’z bayonotida Javohirbek SIndorov va Gukesh Dommarajuning shaxmat toji uchun bo’lib o’tadigan kurashiga ham to’xtaldi:
O’tgan yili Goada 20 yoshli o’zbek grossmeysteri Sindarov jahon kubogini qo’lga kiritdi. Endi noyabr oyida uning raqibi Hindistonning 20 yoshli sportchisi Gukesh bo’ladi — ulkan bellashuv bo’lib o’tadi. Ammo bu ikki yosh sportchi yuzma-yuz kelganda, tabiiyki, butun dunyoning nigohi ushbu musobaqaga qaratiladi.
Kelasi oy Samarqandda bo’lib o’tadigan shaxmat chempionatida ham sizlarga chin dildan omad tilayman. | 1 432 |
| 8 | Prezidentimiz Bosh vazir Narendra Modini "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi. | 1 217 |
| 9 | Ko’ksaroyda Hindiston bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. | 1 376 |
| 10 | Nima uchun Narendra Modi O'zbekistonda?
2026-yil 29-30 avgust kunlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonda bo’lib turibdi.
Bu — uning O'zbekistonga to'rtinchi tashrifi.
2015-yil rasmiy tashrif, 2016-yil Toshkentdagi va 2022-yil Samarqanddagi ShHT sammitlari uchun ishchi tashriflar bo’lgan.
Modi janoblari Bishkekda ertaga va indinga bo’lib o’tadigan ShHTning 26-sammitiga yo'l olishdan oldin O’zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishi Toshkentning siyosiy vaznni ko'rsatadi.
Buning ortida bir necha omil yotadi:
Hindistonning Markaziy Osiyoga qiziqishi kuchaymoqda — mintaqa endi nafaqat energiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan, balki kritik minerallar, transport-tranzit yo'llari va raqobatdosh ta'sir maydoni sifatida qaralmoqda.
O'zbekistonning tashqi siyosiy ochiqligi — Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi davrida mamlakat yirik davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirmoqda, va Hindiston bu strategiyada muhim hamkor sifatida ko'rilmoqda.
Global vaziyat — AQSh, Rossiya va Xitoy o'rtasidagi geosiyosiy raqobat sharoitida Hindiston o'zining mustaqil, ko'p vektorli tashqi siyosatini Markaziy Osiyoda ham namoyish etmoqchi.
Bugun Ko’ksaroyda davlat tashrifining asosiy muzokaralari bo’lib o’tadi. | 1 399 |
| 11 | Juda ko’pchilik bayramni yana ko’rgisi kelib yozdi. Mana bu havolada tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/live/mPaw6tw4WC0?si=92xY9isPv5m3nbPZ
Chindan qayta ko’rging keladigan, 35 yilga munosib dastur bo’ldi. | 1 798 |
| 12 | 35 yillik mustaqillikda nimalarga erishdik?
Qisqacha
• “Paxta qulligi” muammosiga butunlay barham berildi
• Majburiy mehnat va bolalar mehnati amaliyoti tugatildi
• Valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar bekor qilindi
• “Propiska” tizimi bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi
• Natijada fuqarolar qalbidagi qo’rquv va hadik o’rnini ishonch va xotirjamlik egalladi
Iqtisodiyot
• Xorijiy investitsiya: yiliga 2–3 mlrd dollardan 40–50 mlrd dollarga oshdi
• YaIM 2030-yilga 160 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan edi — shu yilning o’zida ortig’i bilan bajariladi
• “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da mamlakat o’rni 80 pog’onaga yaxshilandi
• Keyingi 10 yilda 450 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi; YaIM 2030-yilgacha 300 mlrd dollarga yetkaziladi
• Sanoatda 2 million yuqori daromadli ish o’rni yaratiladi
• Keyingi 10 yilda aholi jon boshiga YaIM 10 ming dollardan oshadi
Turmush darajasi
• Qashshoqlik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi (10 million kishi bu o’zgarishdan bahramand bo’ldi)
• 650 mingdan ziyod oila yangi uy-joyga ega bo’ldi
Ta’lim
• Bog’cha qamrovi 78 foizga yetkazildi (aholi 8 millionga ko’paygan sharoitda)
• Maktablarda 1,5 million qo’shimcha o’quvchi o’rni yaratildi
• Talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi; ularning yarmidan ko’pi qizlar
• Kelgusida: 6 yoshli tayyorlov guruhlari qamrovi 100 foizga, texnikumlarda qamrov 1 millionga yetkaziladi; kamida 10 ta universitet TOP mingtalikka kiritiladi
Sog’liqni saqlash
• Soha moliyalashtiruvi 8 baravardan ziyod oshirildi
• 652 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi; tibbiy xizmatlar hajmi 3 baravar oshdi
• O’rtacha umr ko’rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetdi
• Chaqaloqlar va onalar o’limi ko’rsatkichi 4 barobar kamaydi
Fan-texnologiya
• “Samarqand-2028” sun’iy yo’ldoshi Xitoy hamkorligida orbitaga chiqarildi
• IT, sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot yo’nalishlari rivojlantirilmoqda — 10 million yoshni raqamli industriyaga jalb qilish rejasi
Yoshlar va biznes
• Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga har yili 20–25 trln so’m ajratilmoqda
• Biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etadi
Tashqi siyosat
• Diplomatik munosabat o’rnatgan davlatlar soni ~170 taga yetdi
• 2027–2029 yillarda Qo’shilmaslik harakatiga (120+ davlat) birinchi marta raislik qiladi. | 1 551 |
| 13 | Qolganini tvdan ko’tararsizlar, biz ketdik raqsga:) | 1 444 |
| 14 | Sahnada Salohiddin Azizboyevning yo’qolib qolishini ko’ring:)
Bayram tadbiri texnik jihatdan ham a’lo darajada! | 1 643 |
| 15 | Yana bir jahon opera yulduzi Xose Karreras! | 1 507 |
| 16 | Italiyalik tenor Alessandro Saffina mustaqillik bayrami mehmoni. | 1 475 |
| 17 | Muncha zo’r bayram. Menga gullar berishdi! | 1 581 |
| 18 | Kuchli siyosiy bayonot
Kim sezdi, hozir bayram tadbiridagi O’zbekiston tarixiga oid sahnaviy badiiy qism juda kuchli siyosiy bayonot bo’ldi! Ko’zda yosh bilan ko’rdimey.
Ha, bu shunchaki sahna ko’rinishi emasdi.
Bu ayrim moxovlarning “o’zbek millati o’ylab topilgan” degan ahmoqona gaplariga qarshi aytilgan va O’zbekistonning davlatchiligi ming yillarga borib taqalishini ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi.
Bu ayrim moxovlarning “hammasini biz qilib berganmiz” degan provokatsion gaplariga qarshi aytilgan va aslida bizning millatparvarlarimizni qirib tashlagan, Sibirga surgun qilgan, butun millatni paxta quliga aylantirib, ustimizdan tinimsiz dori sepgan, Orolimizni quritgan, salgina hur fikrli ajdodlarimizni qamoqqa tiqqan bosqinchilardan mustaqil bo’lganimizni ko’rsatuvchi siyosiy bayonot edi.
Bu zamonaviy O’zbekiston davlatchiligi Turkiston muxtoriyatining vorisi va davomchisi ekanligi haqidagi siyosiy bayonot edi.
O’zbekiston fuqarosi sifatida ushbu siyosiy bayonotlarning har bir nuqta-verguliga imzo chekishga tayyorman!
Shu sahnani tayyorlagan, g’oyasini aytgan, chiqarishga ruxsat bergan barchaga rahmat. Oldingizda ta’zimdaman.
👉 @xushnudbek 👈 | 845 |
| 19 | لا يوجد نص... | 1 332 |
| 20 | Ilk marta Movarounnahr zaminidagi shakllangan barcha davlatchilik bayroqlari sahnada uchrashdi. | 2 226 |
