en
Feedback
Muhrim / Муҳрим

Muhrim / Муҳрим

Open in Telegram

Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Muhrim / Муҳрим

Channel Muhrim / Муҳрим (@muhrim) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 14 073 subscribers, ranking 3 880 in the Politics category and 5 816 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 14 073 subscribers.

According to the latest data from 30 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 89 over the last 30 days and by -2 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 57.02%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 30.20% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 8 025 views. Within the first day, a publication typically gains 4 251 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 3.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 31 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.

14 073
Subscribers
-224 hours
-147 days
+8930 days
Posts Archive
Lolazordan chiqqan murojaat eng yuqorigacha yetib boribdi Kecha Gazeta’da Toshkentning Lolazor mahallasida yashovchi Anatoliy
+3
Lolazordan chiqqan murojaat eng yuqorigacha yetib boribdi Kecha Gazeta’da Toshkentning Lolazor mahallasida yashovchi Anatoliy Osipovning murojaati e’lon qilingandi. Aytishicha, bir necha yil avvalgi mashhur chang bo‘ronidan so‘ng hokimlik aholiga qoraqayin, eman, pavlovniya va mevali daraxtlarning ko‘chatlarini tarqatganida, u ham shu ko‘chatlarni olib, ekib, uch yil parvarish qilgan. Ammo… “27-iyul, dushanba kuni obodonlashtirish xizmati xodimlari kelib, shuncha vaqtdan beri avaylab o‘stirgan deyarli barcha yosh daraxtlarimni tubidan chopib, yo‘q qilib ketishdi. E’tirozlarga quloq solishmadi, hech qanday ruxsatnoma ko‘rsatishmadi. Ekologiya qo‘mitasi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi”, — degandi Anatoliy aka. Fuqaro o‘z murojaatini shunday so‘zlar bilan yakunlagan edi: “Yuzma-yuz uchrashuvda javob berishmaganidan so‘ng, loaqal Gazeta’ga yo‘llagan ushbu maktubimga shahar hokimligidan munosabat eshitishga umid qilaman”. Uning murojaatiga shahar hokimligidan ham avval Prezident administratsiyasi javob berdi. Kecha oqshom Saida Mirziyoyeva Lolazor mahallasiga boribdi. “Lolazor mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi. Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarida. Uning ma’lum qilishicha, endi Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi va qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshiradi. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”. “Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan u. Mana shunaqa. Hokimlikka ish ham qolmabdi (ya’ni, endi daraxtlarni kesib ketish ham mumkin emas). Ish qolmagan bo‘lsa, ularni band qilib o‘tirish ham shart emasdir unda, a?

Aprelda, Kontent markazining bir tadbiri bahona, birinchi marta Nukusga borgandim. Atigi yarim kunga. Tadbirdagi ishtirokim t
+1
Aprelda, Kontent markazining bir tadbiri bahona, birinchi marta Nukusga borgandim. Atigi yarim kunga. Tadbirdagi ishtirokim tugagach, imkon qadar shaharni aylangandim.  Shu sayr davomida menga qiziq ko‘ringan narsa — har bir ko‘p qavatli uyning tashqi tomonini chirmoviqday egallab olgan quvurlar edi (yuqoridagi suratlarda): har bir xonadondan yuqoriga qarab quvur chiqib ketgan. Hali atrofiga ko‘p narsa qurib tashlanmagan to‘qqiz qavatli uylar ayniqsa ajabtovur ko‘rinadi — xuddi o‘nlab dudburoni bor paroxoddek. Qizig‘i, bu quvurlar haqiqatan ham dudburon ekan — xonadonlar ichiga o‘rnatilgan qo‘lbola (va qo‘lbola emas) pechkalarning dudburonlari. “10–15 yillar avval shahardagi barcha domlar markaziy isitish tizimidan uzilgan, shundan keyin odamlar sovuqda qolmaslik uchun mana shunday yechim o‘ylab topgan”, deb tushuntirgan bo‘ldi bir nukuslik. Shunda bolalik yillari Samarqandning So‘g‘diyona dahasida o‘tgan tanishimning aytgani esimga tushgandi — o‘sha vaqtlarda qish kunlari yuvilgan kiyimlarni uydagi isitish qovurg‘alarida quritish odatiy hol bo‘lgani, ammo 15–20 yil avval butun daha issiqlik ta’minotidan uzib tashlangani, shundan keyin hamma pechlarga, avtonom isitish tizimlariga o‘tganini gapirib bergandi. Butun hayoti Toshkentda, suvsizlik, gazsizlik, elektrsizlik nimaligini bilmay o‘tgan odam uchun bu manzaralar, bu hikoyalar g‘ayritabiiy ko‘rinadi. “Qaysi tentak o‘ylab topgan bu ishlarni?”, deb o‘ylanib qolasan. Hatto hijolat ham tortasan — rasvo boshqaruvchilar hech bo‘lmasa poytaxt ahli g‘am (va qolgan O‘zbekistonning ahvolini) bilmay yashashi uchun o‘ylab topgan so‘nggi chora shu bo‘lganmikin, deya. Ne ajabki, dunyoda yaxshi yangiliklar ham bor va ularni ham e’tirof etish kerak: Nukusning ko‘p qavatli uylari yana markaziy qozonxonaga ulanarkan, yana markazlashgan holda isitilarkan. Qandaydir yangi loyiha boshlashibdi, birinchi Nukusda ishlatib, so‘ng shu tajribani Buxoro, Samarqand, Urganch va Zarafshonga ham yoyisharmish. Shu xushxabar oxirigacha shunday yaxshi bo‘lib qolishi uchun endi ijrochilar loyihani amalga oshirish davomida kamroq o‘g‘irlashlari (baribir o‘g‘irlaysizlar-ku, to‘g‘rimi?), o‘z ishlarini sidqidilroq qilishlari kerak. Ana shunda Nukusu Urganch “dom”larining uzoqdan o‘nlab dudburoni bor paroxoddek ko‘rinishi to‘liq tarixda qolar. Shaharlarimiz yana shaharga o‘xshayversin!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ular uchun ham 5 foizlik soliq stavkasini belgilash tashabbusi bilan chiqibdi. Tahlil instituti aqllilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 5 foizlik soliqning joriy etilishi davlat budjyetiga qariyb 1,4 trln so‘m qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin. Mumkinlikka mumkinu, lekin buning uchun omonatlarning eng kamida hozirgi hajmi saqlanib qolishi kerak bo‘lsa kerak. O‘zi omonatning foiziga yashaydigan odam, shu chiqqan foiziga endi davlat ham o‘zining solig‘i bilan sherik bo‘lishini bilgach, pulini bankka qo‘yish fikridan qaytishi mumkinligini fahmlaydigan biror tahlilchi yo‘qmikin-a?! (vaholanki, o‘dha institut direktorining mana bu maqolasini o‘qib, u buni bilmasligi mumkin emas, deb o‘ylaysan kishi). O‘zi-chi, unga bunday soliq solsak, buncha tushum bo‘larkan, bunga bunday soliq qo‘ysak, yana faloncha pul tusharkan, degan g‘ilay-tashabbuslarni ko‘rganimda, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilimikin, Payariqda Soliq qo‘mitaning o‘sha vaqtdagi qudratli rahbari Botir Parpiyevni yugurtirgani, shunda pul tushmayotgan hududdan yana qanchadir o‘n million so‘m tushum qilingani haqida gapirib bergani esimga tushaveradi. Ya’ni, shu kecha-kunduzda ham hech qanday yangi tashabbussiz ham, amaldagi hujjatlarning o‘zini qonun doirasida ishlatish va shunchaki hamma o‘z ishini bilib-bilib qilishi ortidan budjetimizga nafaqat milliardlab, balki trillionlab pul tushirish mumkinligi hammaga ayon. Qaysidir tashkilot yillab qaysidir solig‘ini to‘lamaydi, qaysidir zavod yillab qaysidir yig‘imni bermaydi, qaysidir idora ham yo‘q joydan o‘ziga imtiyoz yasab olgan chiqar — bunaqa parazitlar son mingta. Ana shular bir silkitilsa, Yangi Toshkentni yana ikki marta qurishga yetgulik pul chiqsa kerak. Ishqilib, insof sari baraka, kotakonlar. Yaxshisi, borini istisnosiz to‘liq undiringlar, he yo‘q be yo‘q tasavvuringizda oson yo‘llarni izlayvermay, tahlil institutlarining olimlarini ham qiynayvermay, a? PS. Yaxshi gumonda ham bo‘lish kerak-ku, shunga o‘ylab qoldim: pulni bankka omonatga qo‘ymaslikka, foiz yemaslikka da’vat qilmoqchi bo‘lishganmikin bu tashabbus bilan? Shuni ochiq aytishsa-ku, hammasi ancha tushunarli ko‘rinardi, haa, deb qo‘yardik.

Alifbo yangi, bahslar o‘sha-o‘sha Bu plakat 1929-yilda rassom Nikolay Mixaylovich Gerasimov tomonidan yaratilgan “Yangi o‘zbe
Alifbo yangi, bahslar o‘sha-o‘sha Bu plakat 1929-yilda rassom Nikolay Mixaylovich Gerasimov tomonidan yaratilgan “Yangi o‘zbek alifbosi” nomli sovet targ‘ibot plakati. U SSSRdagi Yañalif (Yangi turkiy alifbo) kampaniyasini targ‘ib qiladi. Ushbu kampaniya turkiy tillarni arab yozuvidan yagona lotin alifbosiga o‘tkazishni maqsad qilgan (oradan hech qancha vaqt o‘tmay kirill alifbosiga o‘tilgan). Plakatning yuqori qismidagi dastlabki lotinlashtirilgan o‘zbek yozuvidagi matnga e’tibor bering: “Yuqori texnologiyali, yangi lotinlashtirilgan alifboni ommaga joriy etish sosializm qurilishini jadallashtirishning mutlaq zarur shartidir.” Ya’ni o‘sha davrda lotin yozuvi ham taraqqiyot ramzi sifatida targ‘ib qilingan. Bugun yana shu yozuvni takomillashtirish muhokama qilinmoqda. ❗️Eslatib o‘tamiz, jadidlar lotin yozuvini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalar-da, plakatdagi mafkuraviy mazmun - diniy an’analarni qoloqlik sifatida tasvirlash va sosializmni ulug‘lashga qarshi bo‘lishgan. Ular savodxonlikni oshirish, zamonaviy ta’limni rivojlantirisj, turkiy xalqlarning yaqinlashishi uchun ham lotin yozuviga o’tilishidan manfaatdor bo’lgan. Xullas, jadidlar uchun lotin alifbosi - ma’rifat va ta’lim vositasi edi. Bugungi yangi alifbo targ’ibotchilarining ham bosh maqsadi shu degan yaxshi gumondamiz. @jadidlar

2026-yil 23-iyun. Plan bajarmagan fermerlarni haqoratlab, tahdid qilgan Muzrabot tumani hokimiga hayfsan berildi. 2026-yil 22-iyul. Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga ham hayfsan berildi. 2026-yil 29-iyul. Xitoy safariga yaqinlarini yuborgan Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hokimlariga hayfsan berildi. Bir chillada shuncha hayfsan. Bu hali qo‘lga tushib qolganlari. Aslida deyarli har bir hokimdan bir pachka–bir pachka hayfsanlik qilmish topish mumkin bo‘lsa kerak. “Hokim” degan ulug‘vor bir so‘zni obro‘sizlantiryapti-da bu hayfsanxo‘rlar. Balki bitta bo‘lsa ham hayfsan olgan hokimning lavozimini “hayfsan” deb qayta nomlash kerakdir, a? Bosh harfi bir xil-ku, har qalay.

Har bir buyuk inson ortida uning ustozi turadi Ba’zi kasblar borki, ularning haqiqiy qadri yillar o‘tib anglanadi. O‘qituvchilik ham shunday kasblardan biri. Surxondaryolik Hilola Xudoymurodova ham bir vaqtlar o‘zini sinfxona oldida tasavvur qilmagan. Bugun esa u yuzlab o‘quvchilarning hayotida iz qoldirayotgan ustoz. Uning fikricha, bilim — hech kim tortib ololmaydigan eng katta boylik. Afsuski, otasi uning bugungi yutuqlarini ko‘rishga ulgurmadi... Ammo ota bergan tarbiya va ishonch bugun Hilola opa uchun eng katta tayanchga aylangan. Shu kabi hayotiy va ilhomlantiruvchi hikoyalar Agrobankning “Qahramonlar” loyihasida berib borilyapti ekan. Bunday loyihalar jamiyatimizdagi o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan insonlarni tanitish va ularning mehnatini qadrlashga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Hilola ustoz haqidagi videoning to‘lig‘ini albatta tomosha qiling. U har birimizga o‘ylash uchun sabablar beradi.

“Yigitning omadi bilan o‘ynashma deb shuni aytishsa kerak”, debdilar-ku Qobil aka, rostdan ham — bugun energetika vaziri etib tayinlangan Sherzod Xo‘jayevdan g‘aroyib qaytish bo‘ldi. “Bu tariqa ishdan olingan odam tamom — ortiq “odam” bo‘lmaydi”, deguvchilarga qarshi istalgan vaqt ishlatsa bo‘ladigan bir misol bo‘ldi (ayniqsa, ishdan olingan vaqti ularning faoliyatini tekshirish DXXga buyurilgani ham hisobga olinsa). Endi, 2023-yilgi anomal sovuq ortidan chalingan “haydalish kuyi”dan keyin ham yo‘qolib qolmay, unchalik past hisoblanmagan lavozimlarda ishlab yurganidan o‘z vaqti-soatini kutayotgan “zaxiradagi kerakli kadr” ekanini anglasa bo‘lardi-yu, lekin shu voqea ro‘y berganini ko‘rishning o‘zi qiziq-da. Ana bo‘lmasam, deb qo‘yasan, beixtiyor. Men Sherzod Xo‘jayevni birinchi marta 2019-yil noyabrida taniganman. O‘shanda “o‘zimizda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lib yotgan bir vaqtda nima uchun Afg‘onistonga elektr energiyasi eksport qilyapmiz?” mazmunidagi savolga u kishi shunday javob qaytargandi:
“Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish O‘zbekistonga qanday manfaat beradi? Xalqimizda “Qo‘shning tinch — o‘zing tinch” degan maqol bor. Bu Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy faktor. Ularga elektr energiyasi yetkazib bersak, uyida chiroq bo‘ladi, biror bir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan odam, qo‘pol qilib aytganda, qurol ko‘tarib urushga chiqmaydi…”.
Salkam yetti yil avval aytilgan bu fikr, menimcha, juda noto‘g‘ri emas; yaxshi fikr. Sherzod aka 2019-yilda aytgan shu gaplar ayni vaqtda, nazarimda, O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Hay, elektr energiyasi ishlab chiqarish masalasida bizda muammo yo‘qdir, ammo uni iste’molchilarga yetkazib berishda, ta’minot barqarorligida hali ham muammolar bordek. Shundan kelib chiqib, umidim shuki, O‘zbekiston energetiklari, mamlakat energetika tizimi Sherzod Xo‘jayevning 2019-yilgi “uyida chirog‘i bor odam… yomon ishlar qilmaydi” mazmunidagi gaplarini o‘zi uchun bir dasturulamal qilib oladi. Chunki har jazirama yo qahratonda takror bo‘ladigan energoinqirozlar, ta’minotdagi uzilishlardan odamlar charchadi, “kelasi hafta havo isirkan/sovirkan”, degan xabarni yurak hovuchlab qabul qiladigan bo‘ldi. Hozirgi zamonda odamlarni energiya ta’minoti masalasida muttasil norozi qilishning oqibati yaxshi bo‘lmasa kerak. Ishqilib, shu norozilik bo‘lmasin, hay, bo‘lsa ham kamroq bo‘lsin. Energiya ta’minoti barqaror bo‘lsa, hech shubhasiz, norozilik ham karrasiga kamroq bo‘ladi. Yangi o‘zgarishlardan umid shu. Bu umidni o‘ldirishmas :)

Shu suratni ko‘rganimda, menga ham charxpalak bor taraf Central parkdek ko‘rindi, lekin tunnelli yo‘l chalg‘itavergandi, qaye
Shu suratni ko‘rganimda, menga ham charxpalak bor taraf Central parkdek ko‘rindi, lekin tunnelli yo‘l chalg‘itavergandi, qayer ekan bu deb ikkilangandim. Tunnelning o‘zi ham loyiha ekan-da. Lekin, qiziq — Darxon-kafe tomon chiqib ketadigan yo‘l (Movaraunnahr ko‘chasi) yopilib ketarkan-da (#)

Chirchiqda ko‘cha mushuklariga yegulik bergan bir qiz va bir keksa ayolga jarima solishibdi — aynan mushuklarni boqqani uchun. Ayol jarima ustida prezident qabulxonasiga shikoyat qilibdi, u shikoyat aylanib mahalla inspektoriga tushgan, inspektor murojaatni yopish uchun onaxonga bosim qilgan. Oxiri uning mazasi qochib, vafot etibdi. Yozishlaricha, marhumaning qo‘shnilari ham zolimlikda o‘sha mahalla inspektoridan qolishmas ekan — har mushukka ovqat berganida, orqasidan poylab, videolarni mahalla raisiga tashlab turisharkan: https://www.gazeta.uz/ru/2026/07/24/chirchik-cats/ Tavba. Odamlar orasida yashayapman, deb o‘ylaymiz. Va adashamiz. Qandaydir hissiz, bemehr, molparast, xudbin ikki oyoqli mahluqlar orasida yashayotganimizni bilmaymiz. Odamning qadri yo‘q joyda ahvol shu. PS. Albatta, hali yangi materiallar chiqadi, mahalla ahli mushuklarni ham, o‘lgan ayolni ham hammayoqni sassiqxona qilib tashlashda ayblaydi, normal yashashga sharoit qoldirmaganidan norozi bo‘ladi, mahalla inspektorining yonini oladi, mahalla inspektori ham hech kimga bosim qilmaganini aytadi, prezident qabulxonasi ham afsusda ekanini bildiradi va shu bilan tamom. Va zolimlar yana zulm qilishda, odamlarni jismonan o‘ldirolmasa, ma’nan o‘ldirishda davom etaveradi.

Repost from Madina Zarif
​​GOFRET 90 йиллар кўпчилик оилалар учун оғир келган эди. Энди мустақилликка эришган даврларимиз, озиқ овқат танқислигидан зиёда ойлик тушиши қийин. 70 йил Москвага қарам бўлган ўлка ва корхоналар янги даврда ҳали ўз йўлини топиб кетмаган. Ва айнан ўша пайтда чет элдан - асосан Туркиядан турли сақич, ширинлик ва бананлар кириб кела бошлаган. Қишлоқ болалари ва нафақат бу ширинликларни қадоғини сақлаб қўйишни ва бир бирига азза базза мақтанишни ҳам канда қилмайди. Бу бир мағрурлик сабаби. Онам ўқитувчи бўлиб ишлайди. Колхозда тракторчи бўлиб ишлаган ўгай отам эса ишсиз. 3 бола нимадир еб ичиши ва нималардир кийиши керак. Уйга ширинлик нари турсин, оқ ун кирса ўзимизни бойдек ҳис қиламиз. - Ёғ ва ун бўлса оч қолмаймиз, деган ёзилмаган қонун бор. Уйга гўшт кирмай қўйганига анча бўлган. Бундай ширинликларнинг қадоғини ўртоқларимнинг китоблари орқасида кўраман ва бир тамшаниб қўяман. Онамнинг сумкаси У доим мени ўзига тортган. - Сумкамни ковлама, деб неча марта айтай сенга, деган койишни минг маротаба эшитган бўлсамда, ҳар гал онамнинг сирли ифор таратган сумкаси мени ўзига чорлайверарди. - Қараб кўр, бугун балки бир нарса олгандир аянг, дерди у доим. – Кел, доим титкилайсанку, аянг сезмайди, менда бир нарсалар яшириб қўйилган. Ва мен яна бу алдовга енгилиб сумкани титкилашга тушардим. Ўқувчилар дафтарлари, кўзойнак, ручка, қалам. Ўқитувчи қуроллари. Ҳар гал ҳафсалам пир бўлсада, эртаси куни яна айни ишни такрорлардим. Ва буни нафақат мен балки укаларим ҳам бир биримиздан яширган куйи қилардик. 😊 Бир кун кечки овқатни биргаликда еб бўлгач, ҳеч кутилмаганда онам: - Сумкамни олиб кел, - деб қолди. Ҳали сумкани титиб улгурмаганим боис югуриб бориб сумкани олиб келдим. Онам ичидан шоколадли вафли чиқарди. Қизил, устига сариқ, қизил ёзувлар билан ülker Çikolatali gofret деб ёзилган. 1 дона. Секин очди ва унинг ҳиди худди дунёни тутиб кетгандек бўлди. Пичоқ билан 4 бўлакка бўлди. Ўзига жуда кичик парча қолдирди. Бу шундай катта бахт эдики, дунёга сиғмасдим. Бир томондан нафсим қитиқлар, бошқа томондан кейинги ойгачан пулимиз етмай қолишидан хавотир ичимни эзарди. - Ая, қанча экан? – дедим ҳамон ютқиниб. - 5 сўм. 5 сўм биттагина шоколадли вафли учун қиммат эди. Бир дона тандир нон 8 сўм эди ўшанда. - Ўйлама сен уни, эртага Худо пошшо, деди онам. 3 бола вафли қоғозини топ тоза қилиб ялтиратиб яладигу, кейин ким бу қадоқни китоби орқасига қўйиб синфдошлари олдида мақтанишини талашдик. Ва бу имконият яна аразчи укамга берилди. Ора-сира онам бу вафлидан 1 дона олиб келадиган ва тўртовимиз бўлиб ейдиган бўлдик. Ҳар гал, ҳеч истисносиз ҳар гал бу шоколадли вафли мени айнан ўша қишлоқ уйимизга, пичоқ билан 4 бўлакка бўлинган ва 1 бўлаги бошқаларидан кичикроқ бўлган дастурхон бошига, ҳали ёш онам, ҳали кичик укаларим ёнига олиб кетади. Ўша пайтлар бир куни пулимиз кўўп бўлиб ҳар биримизга биттадан шоколадли вафли ола олишимизни орзу қилганларимизни ёдга солади. Бугун бу шоколаддан 6 дона олдим. Ва ўтирдиму, ўша кичик қиз Мадина бўлиб бир бутун шоколадни паққос туширдим. Мен буни ҳар сафар бу вафлини кўрганимда қиламану, аммо ичимдаги армон кетмайди. Чунки ортиқ 4 киши бўлиб бир дастурхон бошида тўпланолмаймиз ва ўша пайтлар орзу қилганимиздек, ҳар биримиз биттадан шоколад олиб ея олмаймиз. Муаллиф: MadinaZarif

Toshkentda Toshkent mudofaachilari xotirasi uchun ko‘zga ko‘rinarli nimadir bo‘lishi kerak, menimcha. Adashmasam, hech narsa yo‘q bu mavzuda

IELTS 6.0 bilan Britaniya diplomini 100% grant asosida olish imkoniyati Agar sizda IELTS 6.0 sertifikati bo‘lsa, Toshkentda turib Coventry University dasturi bo‘yicha xalqaro darajadagi ta’lim olishingiz va Britaniyaning rasmiy diplomiga ega bo‘lishingiz mumkin. Dastur doirasida 250 mln so‘mgacha grant uchun ariza topshirish, 4 yillik 100% grant asosida tahsil olish hamda haq to‘lanadigan amaliyotda ishtirok etish imkoniyati mavjud. Ayni paytda Agrobank bosh ofisida grant dasturi bo‘yicha tanlov suhbatlari o‘tkazilmoqda. Joylar soni cheklangan. Agar IELTS sertifikatingiz bo‘lsa, bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirishga shoshiling. Batafsil ma’lumot: +998 78 888 08 00 @udeahelp 📍Manzil: Toshkent shahri, Boshliq ko‘chasi, 3-uy Reklama

Toshkentda pulli parkovkalar paydo bo‘lganidan beri bu mavzu atrofidagi bahslar tinmaydi. Vaholanki, dunyoning barcha yirik p
+2
Toshkentda pulli parkovkalar paydo bo‘lganidan beri bu mavzu atrofidagi bahslar tinmaydi. Vaholanki, dunyoning barcha yirik poytaxtlarida ko‘chalarda mashinani bepul qoldirish amaliyotidan allaqachon voz kechilgan. Kuni kecha Gazeta.uz’da e’lon qilingan Poytaxt Parking bosh menejeri Jahongir Toshpo‘latov bilan intervyu bilan tanishib ham, bu millionlab aholi yashaydigan hozirgi zamon shaharlari uchun bu normal va kerakli amaliyot ekanligini anglash mumkin. Aslida bu avtoturargohlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nuqul pul undirish emas, balki mashinalar rotatsiyasini ta’minlash va shahar markazidagi tirbandlikni kamaytirishdir. Qolaversa, shahar aholisining atigi 24 foizida mashina bor, qolgan 76 foizi piyoda yoki jamoat transportida yuradi. Demak, shahar resursi bo‘lgan cheklangan yer hamma uchun teng xizmat qilishi kerak. Umuman olganda, dunyoning barcha yirik poytaxtlari o‘tgan bu bosqichni Toshkent ham bosib o‘tyapti. Tartib va mas’uliyat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Shahar markazi shaxsiy avtomobilni kun bo‘yi tekinga qo‘yib qo‘yadigan joy emas, balki barcha uchun qulay va harakatchan hudud bo‘lishi kerak.

Konspirologiyaga raddiya: https://t.me/shahnozxon/5155 Nima bo‘lganda ham, baribir bir-ikki kun muhokama bo‘lishi kerak edi. 30 yil deganda bazo‘r yuz berayotgan o‘zgarishlar bahona hozirgidan bir-ikki chimdim mukammalroq alifboli bo‘lardik. Hay, qachondir kuchli jamiyat bo‘lsa, u jamiyatning so‘zi zalvorli va o‘tkir olimlari ham bo‘lsa, o‘zi talab qilib, alifboni hozirgidan mukammalroq va qulayroq qilib oladi. Chunki jamiyat ishlatadi uni. Hozircha esa davlat ma’qul deganiga ko‘nib turamiz. Konspirologiyalarga esa ishonmaymiz!

O‘zbek lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun nega birdan qabul qilib yuborilgani haqida xayolimga bir konspirologik fikr kirib qolib, hech chiqib ketmayapti. O‘zi bu jarayonda birinchi g‘ashimni keltirgan narsa — qonun imi-jimida, o‘ta bir shoshilinch qabul qilib yuborilgani bo‘ldi. Shuning uchun ham boshida men alifboga o‘zgartirish kiritilayotganidan emas, ko‘proq jarayon salkam yashirincha o‘tganidan norozi edim. Oddiy qilib aytganda, “nega men bilan maslahatlashmadinglar?!”, degan bir egoistik-narsisistik yondashuv (“sen kimsan o‘zi?” deydigan odam esa... ko‘p). “Alifbo muhokamasi salkam 10 yildan beri davom etayotgandi, yana qanaqa muhokama kerak sanga?”, degan gaplar ham bo‘ldi. Endi, qanday tushuntirsam… Deylik, uyim oldida salkam 10 yildan beri pul naqdlashtiradigan bankomat turibdi. Deyarli foydalanmayman, birov foydalanayotganini ham ko‘rmayman. Ammo ertaga “naqd pul bankomatlari yo‘qotilarkan”, degan e’lon chiqsa, o‘sha bankomat oldidagi olomon ichida men ham bo‘lsam kerak (menga hozircha naqd pul kerak bo‘lmasa ham). Alifbo muhokamasi ham shunday: “Bunisi oxirgi muhokama, keyin qonun qabul qilinadi, tamom”, degan e’lon bo‘lsa, hamma jiddiylashadi. Jim o‘tirganlar ham tilga kiradi, balki aynan ulardan biror asosli, mantiqli, tayinli taklif chiqib qolar. Bir-ikki yil avvalgi aynan shunday, “endi aniq o‘zgarish bo‘larkan”, degan umid bilan o‘tgan muhokamalarda “sh” va “ch” hozirgi holida, dumsiz qolaversin, degan mantiqli fikrlar chiqib qolgandi. Muhokama bo‘lsa, ehtimol, “ng” ham juvonmarg bo‘lmasdi, “x” va “h” ham murosaga keltirilardi va hokazo. Lekin muhokama bo‘lmadi, “mening fikrimga hech kim qiziqmadi!”, qonun qabul qilib yuborildi. “Rossiyadagi moxovlar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgan vaqtda otni qamchilashyapti-da”, degan fikr ham durust, lekin bu o‘zgarishni tezlashtirib yuborgan narsa tashqi omil emas, balki ichimizda shu o‘zgarishdan (moliyaviy) manfaatdor kuch paydo bo‘lgani bo‘lsa kerak; xayolimni band etgan konspirologiya ham shu aslida. Bizda, bilasiz, “egasi”, “rahnamosi” bor sohalar gullaydi, ularning yo‘llari ochilib ketaveradi. “Egasiz” qolganlarning esa — sho‘riga sho‘rva! Bir misol — Toshkent atrofidagi issiqxonalar. Ular Surxondaryoga surgun qilinyapti, joyida qolganlariga katta soliqlar solinyapti. Hali yerini ham olib qo‘yishsa kerak — “poytaxt biqinidagi sotixi tilloga teng yerda issiqxona saqlashni kim qo‘yibdi bularga?”. Nazarimda, alifbo bilan ham shunga o‘xshashroq holat bo‘lyapti. Muhokamasi kamida 10 yildan beri bo‘lgani bilan, shu vaqtgacha bu o‘zgarishdan manfaatdor qudratli kuch yo‘q edi. Ammo, bir yil avval, avtoraqamlarga raqam o‘rniga ism yozdirishga va shunday avtoraqamlarni auksionlarda milliardlab so‘mga sotishga ruxsat beruvchi qaror chiqqach, ana shunaqa kuch paydo bo‘ldi-yov. Masalan, toshkentlik Shuhrat o‘z ismi yozilgan raqamni olmoqchi. Buning uchun 5 mlrd so‘m to‘lashga ham rozi (chunki Toshkentda 01 raqami bilan boshlanadigan avtoraqamda bunday ism faqat bitta bo‘ladi). Lekin hozirgi alifbo bunga imkon bermaydi: Shuhrat ismi olti harfli, lekin belgilar soni oltitadan ko‘p. Avtoraqamga esa faqat olti belgi sig‘adi. O‘zbekistondagi 14 hududning har birida mana shunday 5 mlrd to‘lashga tayyor qanchadan-qancha Shuhratlar, Xurshidlar, Jamshidlar bor. Shuncha pul turganida, “sh” va “ch” harflarini bitta belgi ko‘rinishiga keltirmasa bo‘lmas, to‘g‘rimi? Endi, parlament qabul qilgan qonun bilan faqat “sh” va “ch” harflari o‘zgarganida, odamlar deputatlarning tomi to‘liq ketibdi, deb o‘ylagan bo‘lardi. Shuning uchun jamoatchilik har doim so‘rab kelgan “o‘” va “g‘” harflarini tuzatish ham qonunga qo‘shib ketilgan bo‘lsa kerak. Lekin, nazarimda, avtoraqamga yozishda “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari xalal bermasdi, ortiqcha bir joy egallamasdi ham. Ayni vaqtda, “so‘zni bo‘lib yuboryapti” degan (asosli sabab bilan) “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari olib tashlanib, lekin tutuq belgisi ham so‘zlarni, ismlarni (masalan, mening familiyamni) shunday ikkiga bo‘lib tashlashi unutilgani xayolimni band etgan konspirologiya asoslarini mustahkamlayotgandek. Kunda-kunora tutuq belgili ismi-familiyasi bilan xabarlarda chiqib turadigan biror hurmatli kotakon bo‘lganida edi, ehtimol, bu ilmoq ham esdan chiqmasdi. Xuddi shu kabi, “ng” harfidan boshlanadigan yo shu harf qatnashgan olti harfli, lekin yetti belgili mashhur o‘zbekcha ism(lar) bo‘lganida edi, menimcha, u ham alifbodagi “propiska”sini saqlab qolardi. Mana shu konspirologik fikr xayolimni band etgach, “mendan fikr so‘rashmadi!” degan egoistik-narsisistik alamzadalik ham yo‘qoldi. Chunki davlatimizning birdaniga millatparvarligi tutib, “xalq shu buzuq harflar sabab juda azoblandi”, degan mulohaza bilan alifbomiz haqida qayg‘urib qolganiga ishonolmayotgandim baribir. Mana endi xotirjamman. Xudoga shukr! Borib, haligi qirg‘iz baxshining “Sot, sot, sot, sot!” degan ashulasini eshitib kelay-chi... PS. Qonun kuchga kirgan kunning ertasiga ismli avtoraqamlar savdosi ham ochilishi ham e’lon qilinsamidi hali...

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1930-yil 6-yanvar sonida chiqqan suratli bir xabar: Istaling‘rad iliktir istansasining bosh
“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1930-yil 6-yanvar sonida chiqqan suratli bir xabar: Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi Bu imorat 1931-nchi yil bahorida birinchi navbatda solinib bitishi lozim edi. Bosh korpusning yonidag‘i binolar katta sur’at bilan ishlanayotirlar. Iliktirni taqsim qilaturg‘an 3 qabatli bino hozir tomig‘acha bitib qoldi. Pilan mo‘ljallari ancha orqada qoldi. SO‘RATDA: Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi.

Men buni o‘qib, mazza qildim: https://t.me/psixolingvist/991