uk
Feedback
Muhrim / Муҳрим

Muhrim / Муҳрим

Відкрити в Telegram

Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Muhrim / Муҳрим

Канал Muhrim / Муҳрим (@muhrim) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 14 024 підписників, посідаючи 3 846 місце в категорії Політика та 5 671 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 14 024 підписників.

За останніми даними від 31 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -63, а за останні 24 години на -9, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 48.20%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 19.69% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 6 764 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 2 763 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 0.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 01 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Політика.

14 024
Підписники
-924 години
-487 днів
-6330 днів
Архів дописів
Repost from Kanada orzusi
#аёл “Қамоқхонада 'бу аёл-ку, айбсиз-ку' деган муносабат бўлмаган — эркаклар қандай қийноққа солинган бўлса, аёллар билан ҳам худди шу ҳолат бўлган. Зўравонлик асосида болалар ҳам дунёга келган. Айримларининг кўзи ёриганидан кейин чақалоқлари тортиб олинган. Болаларга бир маҳал 80 граммдан сут берилган — жуда кўп болалар вафот этган. Эри, боласининг тақдири номаълум ва яна тазйиқларга учраган маҳкум аёлларнинг руҳий ҳолати қандай бўлганини бир тасаввур қилиб кўринг”.  "Дарё", кейинчалик "Gazeta.uz"да бирга ишлаган ҳамкасбим Гулираъно Мусаеванинг "Катта қирғин" машинаси ямламай ютиб юборган аёллар ва болаларнинг аянчли қисмати ҳақидаги катта материалини ўқишни тавсия қиламан.

Repost from Latipov [uz]
Hozir Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinsonning «Tor yo‘lak» kitobini o‘qiyapman. Ular erkinlikni jamiyat bir marta erishib, keyin undan shunchaki foydalanib yashayveradigan holat sifatida tasvirlamaydi. Erkinlik juda tor yo‘lak ichida mavjud bo‘ladi – kuchli davlat va kuchli jamiyat bir-birini doimiy ravishda muvozanatda ushlab turgan joyda. Zaif davlat xavfsizlikni, qonun ustuvorligini va barcha uchun teng qoidalarni ta’minlay olmaydi. Ammo jamiyatdan ancha kuchli bo‘lib ketgan davlat asta-sekin uning erkinligini cheklay boshlaydi. Kitobda qiziq bir metafora bor – «Qizil Qirolicha effekti». Bu nom «Alisa sehrli oyna ortida» asaridan olingan: unda Qizil Qirolicha hech bo‘lmasa o‘z joyingda qolish uchun ham bor kuching bilan yugurish kerakligini aytadi. Shuning uchun mualliflar bu jarayonni cheksiz poygaga qiyoslaydi: davlat o‘z institutlarini kuchaytiradi – jamiyat ham yanada yetuk, uyushgan va talabchan bo‘lib borishi kerak. Jamiyat kuchaysa, davlat ham samaraliroq va hisobdor bo‘lishga majbur bo‘ladi. Menimcha, mustaqillikka ham taxminan shunday qarash kerak. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qildi. Bu jamiyatga o‘z kelajagini mustaqil belgilash uchun katta imkoniyat berdi. Mustaqillik va erkinlikka erishgandan keyin ham ular uchun har kuni kurashish, ularni kuchli institutlar, mustaqil sud, erkin matbuot va raqobatbardosh iqtisodiyot orqali mustahkamlab borish kerak. Noqulay savollarni berish huquqi va fuqarolarning davlat qarorlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi zarur. O‘zbekistonga kuchli davlat kerak. Davlatimiz tobora kuchayib bormoqda va hozircha bu poygada jamiyatdan ancha oldinda ketmoqda, istiqbolda esa haddan tashqari kuchayib, despotik tus olish xavfini yaratadi. Menimcha, endi jamiyat ham kuchliroq bo‘lishi – davlatni cheklashga ko‘proq qodir bo‘lishi muhim. Bu davlatning o‘zi uchun ham foydali bo‘ladi, chunki unga xatolardan qochishga yordam beradi. Mustaqillik bayrami muborak, O‘zbekiston🇺🇿 @latipovuzb

+3
Shu kunlarda Xitoyda o‘zbekistonliklar rosa ko‘p, menimcha. Kamida to‘rttasi — bizning jamoadan. “Lolazor”ning yangi soni uchun Xitoyning u chekkasidan bu chekkasiga safar qilib yuribmiz. Safarimiz bir hafta avval poytaxt Pekindan boshlangan edi. Bugun esa Pekinga Saida Mirziyoyeva ham kelibdi. Endi, bizdan farqli o‘laroq, u kishi Xitoyga bizga o‘xshab ko‘ngil yozish uchun emas, muhim ishlar, dolzarb vazifalar bilan kelgan — tashrif qanchalik muhimligi mezbonlardan kimlar peshvoz chiqqaniga qarab bilsa ham bo‘ladi. Saida Mirziyoyeva safar davomida Xitoy parlamenti spikeri, amalda Xitoy rahbariyatidagi uchinchi shaxs hisoblangan Chjao Letszi bilan, undan keyin esa Xitoy tashqi siyosatining eng asosiy ustuni hisoblangan Van I bilan uchrashibdi. Bular dunyo siyosatiga ta’sir qiladigan odamlar. “Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta'lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir”, — debdi Saida Mirziyoyeva. Biz bir haftadan beri Xitoyda ekanmiz, uning ayniqsa texnologik taraqqiyotidan hayratda yuribmiz. Xitoy mana shu taraqqiyot mevalarini O‘zbekiston bilan ham baham ko‘rsa, nazarimda, ko‘proq biz manfaat ko‘ramiz. Yuqoridagi uchrashuvlar ham asli shunga xizmat qilsa kerak.

Endi farzandingiz Jalaliddin International Schoolda 100% gacha GRANT asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin Ag
Endi farzandingiz Jalaliddin International Schoolda 100% gacha GRANT asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin Agar farzandingiz: — matematika va ingliz tiliga qiziqsa; — iqtidorli, izlanuvchan va maqsadli bo‘lsa; — kelajakda dunyoning TOP universitetlarida tahsil olishni istasa, unda grant imtihonida o‘zini sinab ko‘rish vaqti keldi. Jalaliddin International School’da farzandingizni: — Xalqaro standartlarga mos Cambridge ta’lim tizimi; — A-Level dasturi asosida tayyorgarlik; — xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatlari; — tajribali chet ellik va professional ustozlar; — do‘stona va rivojlantiruvchi ta’lim muhiti kutmoqda. O‘quvchilar Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh va Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarning jahon bosqichlarida ishtirok etib, qator medallarni qo‘lga kiritmoqda. IELTS topshirgan o‘quvchilarning 60% dan ziyodi 7.0 va undan yuqori ball qayd etgan. Grant tanlovi: 8-9-10 sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun. 📅 Imtihon sanasi: 28-avgust 10:00 📩 Batafsil ma’lumot va grant imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish uchun biz bilan bog‘laning: @jalaladmission +998901311515 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube Reklama

Buxoroni yiliga 10 mln turistni qabul qila oladigan turizm makoniga aylantirishmoqchi May oyida Buxoro viloyatidagi 21-bolala
+2
Buxoroni yiliga 10 mln turistni qabul qila oladigan turizm makoniga aylantirishmoqchi May oyida Buxoro viloyatidagi 21-bolalar bog‘chasi va 9-poliklinikani qayta qurish, shuningdek, oJo‘yzar kanalining 22,5 kilometrini betonlashtirish rejalari e’lon qilingandi. Shu ishlar qanday ketayotgani bilan tanishish uchun Saida Mirziyoyeva Buxoroga boribdi. Xabar berishlaricha, Jo‘yzar kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgan (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Betonlashtirilgan qismida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirilgan. “Shayxoncha” mahallasida esa 240 o‘rinli yangi bog‘cha qurilgan. “Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan. O‘zbekistondagi bir shaharning o‘zi 10 million sayyohni qabul qilishi — katta gap. Taqqoslash uchun, 2017-yili butun O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 2,5 mln edi, xolos. Tan olish kerak — o‘sish sur’ati zo‘r.

Repost from Agrobank Biznes
Biznesni boshlang, bank xarajatlarini esa keyinga qoldiring 📗 Agrobankning yangi mijozlar uchun “Zero” tarifi biznesni ortiqcha bank xarajatlarisiz boshlash imkonini beradi. 💲 Tarif narxi — 0 so‘m, amal qilish muddati — 180 kun. 📌 Dastlabki 6 oy davomida: 🔵 hisobvaraq ochish va Internet-bankingga ulanish bepul; 🔵 bitta korporativ karta taqdim etiladi; 🔵 hisobvaraqlar va korporativ karta o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya olinmaydi; 🔵 ish haqi va boshqa maqsadlar uchun naqd pul yechish bepul. 📗 Agrobank “Zero” tarifi — biznesni noldan boshlayotganlar uchun bank xizmatlari 0 so‘mdan. 🗓 7-oydan boshlab xizmatlar amaldagi standart tariflar asosida ko‘rsatiladi. Batafsil 📱 Facebook  📱 Instagram 📱 Telegram

Mana shunaqa videoxabarlar qiziq bo‘lsa, tezgina Instagram-sahifamga obuna bo‘lib oling-chi, qani: https://www.instagram.com/muhrim?igsi=eDV1d3FpeTZ3Zzk0&utm_source=qr

2016-yil kuzida birinchi marta Xitoyda bo‘lgandim. Oradan 10 yil o‘tib, yana shu yerdaman. 10 yilda bir Pekinga keladigan odam sezadigan birinchi farq — Pekin osmoni ochiq, quyosh ko‘rinyapti. Shungamikin, yashillik ham ko‘paygandek; ehtimol, 10 yil avval Pekindagi uch kun davomida biror marta quyosh ko‘rinmagani uchun yashillikni sezmay qolgandirman. Keyin, yana bir yaxshi o‘zgarish — alohida olingan bir do‘kon miqyosida bo‘lsa ham O‘zbekiston mahsulotlari bor :) Mana, misol:

⚫️ Uzbekistan Airways Abu-Dabiga yangi yo‘nalish ochdi Endilikda BAA poytaxtiga borishni rejalashtirayotganlar uchun yana bir qulay tanlov paydo bo‘ldi. Uzbekistan Airways va Etihad Airways hamkorligi doirasida Toshkent – Abu-Dabi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Parvozlarni Etihad Airways amalga oshirsa-da, chipta sotib olish va rasmiylashtirish jarayoni to‘liq Uzbekistan Airways’ga integratsiya qilingan. Ya’ni, odatiy va qulay tarzda chiptalarni uzairways.com sayti, milliy aviakompaniyaning mobil ilovasi yoki sotuv ofislari orqali xarid qilish mumkin. UzAirPlus a’zolari uchun ham alohida qulaylik bor. Chipta milliy tashuvchi orqali olinsa, hamkor reysi bo‘lishiga qaramay, bonusli ballar to‘liq hisoblanaveradi. To‘plangan ballarni esa keyinchalik bepul chipta olishga yoki xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga ishlatish mumkin. Reklama

Men eng yaxshi ko‘radigan non Korzinka tandirxonalarida yopiladi. Meni ko‘pdan beri kuzatib kelayotganlarga bu yangilik emas, bu nonga oshiqligimni necha bor oshkora izhor qilganman ham. Birinchidan, qaymoq bilan ham, tarvuz bilan ham, uzum bilan ham, suyuq ovqat bilan ham, osh bilan ham, dimlamasifat ovqatlar bilan ham, eng qizig‘i, quruq o‘zi ham yaxshi ketadi. Yaxshi ham gapmi, mazza qiladi odam! Ikkinchidan, bu non bolaligimni: rahmatli dodalarim va buvilarimni, ularnikiga 9-tramvay va 6-trolleybusda borishimizni, ularning hovlilaridagi oilaviy yig‘inlarni, “kichkina” dodamlar (oyimning adalari) pishirayotgan sho‘rvaning dimoqni qitiqlaydigan hidini, “katta” dodamlar (adamning adalari) bilan birga tomda husaynilarni daftar varaqlari bilan o‘rashimizni, xolavachchalar bilan birga “pojarniy” yonidagi lotokda cho‘milishimizni, amakivachchalarim bilan birga “30-kanal”dan “Seylormun” ko‘rishimizni... ko‘p narsalarni eslatadi. Har safar tishlaganimda shularning bari esimga tushavermaydi, albatta. Lekin shu yopgan non o‘sha shirin xotiralar darvozasini ochadigan oltin kalit ekani aniq. Balki, faqat shuning uchun yaxshi ko‘rarman bu nonni. Tarvuz yo dimlama bilan yaxshi ketishi haqidagi nazariyani keyinroq, bu “ko‘r-ko‘rona muhabbat”ni xaspo‘shlash uchun o‘zim bilmay o‘ylab topgandirman. Men katta bo‘laverganim sayin, bu non ham rastalardan yo‘qolib boraverdi. Bozorni patirsifat, xamiri zich, kulchasimon maydaroq nonlar egalladi. Ammo bundan 7–8 yil avval Korzinka bolaligim yopgan nonini sotishni boshladi. Lekin nega aynan shu nonni? “Lolazor”ning oxirgi sonida mehmonimiz bo‘lgan Zafar aka Hoshimovdan salkam yo‘qolib ketgan Toshkent yopgan noni qanday qilib Korzinka mahsulotlari qatoriga kirib qolgani haqida so‘radim. Javobdan o‘zim mazza qildim: https://www.youtube.com/watch?v=FMVy4a_HXWo&t=8955s

O‘qigandirsizlar, O‘zbekistonda Prezident administratsiyasining mansabdor xodimlarida daxlsizlik huquqi, immunitet bo‘larkan
O‘qigandirsizlar, O‘zbekistonda Prezident administratsiyasining mansabdor xodimlarida daxlsizlik huquqi, immunitet bo‘larkan — ularni beruxsat qamoqqa olib bo‘lmas ekan, hatto jinoyat ishi ham ochib bo‘lmaydi (ishqilib, superodamga aylantirib yuborishibdi Administratsiya kotakonlarini, quturib ketishmasa edi endi). Lekin, menimcha, O‘zbekistonda “daxlsizlik”, “immunitet” degan gaplarning qadri — taxminan bir tiyin atrofida. Do‘ppi tor kelsa, Konstitutsiyaviy qonun ham, Konstitutsiya ham oyoqosti qilinadi. Xuddi “O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Sidiqov bilan bo‘lganidek — u qamoqqa olinayotgan vaqti deputat ham bo‘lgan, O‘zbekistonda esa deputatni qamoqqa olishdan avval uning kengashdoshlari oldidan o‘tib, ularning “ha, mayli” degan gapi olinishi kerak (bir og‘iz so‘ralsa, deputatlar ham odam — yo‘q demaydi, hech qachon yo‘q demagan ham). Qog‘ozda yozilgan qoidasi shunday. Lekin Sidiqovga kelganda bu qoida unutilgan (yoki vaqt juda ziq bo‘lganmi, kim bilsin). Davlat xizmatchilari aybi hali isbotlanmagan bir odamni qamoqqa olish jarayonining o‘zidayoq Konstitutsiya tilka-pora qilib tashlagani aytilayotgan sudni ochiq o‘tkazib bo‘ladimi axir?

✈️ Aviachiptalarni qimmatlashmasidan oldin topishning oddiy yo‘li bor Safar rejalashtirayotganlar yoki tez-tez chetga chiquvchi oʻzbekistonliklar uchun foydali maʼlumot. Uzbekistan Airways rasmiy Telegram kanalida eng dolzarb aviachipta narxlari muntazam eʼlon qilib borilmoqda. Kanalda ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha eng qulay tariflar, maʼlum oylar uchun narxlar va qaysi sanalarda arzonroq uchish mumkinligi haqida maʼlumotlar beriladi. Bu esa turar joy yoki taʼtilni oldindan rejalashtirish uchun ancha qulay. Eng muhimi, maʼlumotlar bevosita aviakompaniyaning o‘zidan beriladi, yaʼni narxlarni turli manbalardan qidirishga hojat qolmaydi. Agar yaqin oylar ichida parvoz qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Uzbekistan Airways rasmiy Telegram kanalini kuzatib borish foydadan xoli bo‘lmaydi. Kanalga havola: https://t.me/uzbekistanairways Reklama

“Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gap bor. Bu gap Dostoyevskiyning og‘zidan chiqqan, deyishadi, lekin bu aniq emas. Ishqilib, shunaqa gap borligi va gapning o‘zi haqiqatga yaqinligi aniq: ulug‘ ukrain yozuvchisi Gogolning “Shinel” nomli qissasi XIX asr rus adabiyotini butunlay boshqa, yangi bir o‘zanga burib yuborganini katta-katta rus olimlari ham tan oladi. Bugun Gazetaning tug‘ilgan kuni. Gazetaning bundan uch yil avvalgi tug‘ilgan kunida bir-ikki chimdim tabriknoma yozgandek bo‘lgandim. Hozir o‘qib chiqdim-da, o‘sha yozganlarimga yangi bir gap qo‘sha olmasligimni tushundim — chunki Gazeta o‘sha-o‘sha. Lekin uch yil avvalgi postdagi bir gap o‘zimga juda yoqdi: “Gazeta – KunUzning doyasi”. Va bu gap nafaqat KunUzga, balki boshqa ko‘plab yangiliklar saytlariga ham taalluqli. Shunga, “Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gapga o‘xshatib, “Biz hammamiz Gazetaning bosh sahifasidan chiqqanmiz”, deyish mumkin ekan. Va bu ayni haqiqat bo‘ladi. Tug‘ilgan kuning bilan, Gazeta!

“Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gap bor. Bu gap Dostoyevskiyning og‘zidan chiqqan, deyishadi, lekin bu aniq emas. Ishqilib, shunaqa gap borligi va gapning o‘zi haqiqatga yaqinligi aniq: ulug‘ ukrain yozuvchisi Gogolning “Shinel” nomli qissasi XIX asr rus adabiyotini butunlay boshqa, yangi bir o‘zanga burib yuborganini katta-katta rus olimlari ham tan oladi. Bugun Gazetaning tug‘ilgan kuni. Gazetaning bundan uch yil avvalgi tug‘ilgan kunida bir-ikki chimdim tabriknoma yozgandek bo‘lgandim. Hozir o‘qib chiqdim-da, o‘sha yozganlarimga yangi bir gap qo‘sha olmasligimni tushundim — chunki Gazeta o‘sha-o‘sha. Lekin uch yil avvalgi postdagi bir gap o‘zimga juda yoqdi: “Gazeta – KunUzning doyasi”. Va bu gap nafaqat KunUzga, balki boshqa ko‘plab yangiliklar saytlariga ham taalluqli. Shunga, “Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gapga o‘xshatib, “Biz hammamiz Gazetaning bosh sahifasidan chiqqanmiz”, deyish mumkin ekan. Va bu ayni haqiqat bo‘ladi. Tug‘ilgan kuning bilan, Gazeta!

Soliq qo‘mitasi cheklarni soddalashtirilgan shaklda ko‘rish imkoniyatini yaratdi Endi QR-kodni smartfon kamerasi orqali skanerlab, elektron chekni ochish, har bir tovar narxi va chekning umumiy summasini ko‘rish mumkin. Soliq qo‘mitasi xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy elektron xizmatlar orqali tekshirishni tavsiya etadi. Bu chegirmalar, soliqlar va boshqa hisob-kitoblarni inobatga olmagan holda qo‘lda qayta hisoblashdagi xatolarning oldini olishga yordam beradi. Shuning uchun Soliq qo‘mitasi xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy elektron xizmatlar orqali tekshirishni tavsiya etmoqda. Batafsil — Soliq qo‘mitasi xabarida

Ukraina dronlarining Rossiyadagi Nijnekamsk shahriga hujumi oqibatida 13 kishi, xususan, 7 nafar o'zbekistonlik halok bo'libd
Ukraina dronlarining Rossiyadagi Nijnekamsk shahriga hujumi oqibatida 13 kishi, xususan, 7 nafar o'zbekistonlik halok bo'libdi. Ming afsus. Tataristonning o'zida motam e'lon qilingan. Aziz vatandoshlar, Rossiyaga bormanglar. Hech bo'lmasa, hozir bormanglar. Ha, to'g'ri, bu aytishga oson gap. Odamlar havasdan ketayotgani yo'q Rossiyaga, buni ham tushunaman. Lekin qo'shnisi bilan urushayotgan, eng ichkari hududlari ham urushni o'z tanasida his qilayotgan mamlakatga hozircha bormay turgan ma'qul. Hayotingiz siz yuboradigan har qanday puldan qadrliroq.

Kanalimda “Hafta xulosalari” degan rukn yo‘g‘u, lekin yakuniga yetishiga bir necha soat qolgan joriy haftada odamning eng kam
Kanalimda “Hafta xulosalari” degan rukn yo‘g‘u, lekin yakuniga yetishiga bir necha soat qolgan joriy haftada odamning eng kamida bitta holat bo‘yicha bir xulosa chiqargisi kelyapti baribir: Shahrisabz hokimi va yana shunga o‘xshash boshqa nusxalarning Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, odamgarchilikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari navbatdagi yakkam-dukkam farosatsizlik yo madaniyatsizlik namoyishi emas, balki rostmana topshiriq asosida yuz bergan butun boshli tizimli jarayondir. Chunki bunday emasligini tasdiqlovchi aksilharakatlarni, hech yo‘g‘i, bayonotlarni ko‘rmadik va eshitmadik. Ko‘rganimiz va eshitganimiz — joylardagi katta va kichik davlat xizmatchilarining Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, insoniylikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari hamda ularni tiyib qo‘yishi kerak bo‘lganlarning quloqni qonatadigan sukuti. Sukut esa, aytishlaricha, rozilik alomati. To‘g‘risi-da, boshida jamoatchilikning eng radikal qatlami, masalan, Shahrisabz hokimini qayerigadir tepib ishdan haydash kerak, deb ayuhannos solayotgandi. Mayli, ular ham oshirib yuborgandir (xuddi o‘sha hokim kabi), lekin hokimning qilgan ishi ham hozirgi (hech kim ko‘rmagan) “Hokimlarni jazoga tortish kodeksi” bo‘yicha eng kamida 50 grammlik hayfsanga arzirdi-da (kamiga, o‘sha videosi tarqalgan xonadon egalari kasalxonaga tushib qolganini ham qo‘shsak, juda arzirdi). Boshqa tarafdan, agar hayfsan berilsa, “e, yana hayfsan berib, o‘zinikini ayabdi-da, fuqaro hokimning uyiga shunday bostirib borsa, kamida 15 sutkaga qamardi, yashshamagurlar!”, deb norozi bo‘lardik baribir, aniq. Hozir esa jamoatchilik hayfsan ham chakki jazo emasligini anglashi uchun davlatimiz katta bir qonunsizlikni sukut bilan kuzatib, bir qimmat dars o‘tib bergandek go‘yo (faqat bu dars oxir-oqibat davlatning o‘ziga qimmatga tushishini o‘zi anglagan bo‘lsa (yo anglay olsa?) bo‘ldi). Hay, jazo yo‘qmi, unda mukofot bo‘lishi kerak. Taxminimcha, Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan ko‘p yillik fidokorona xizmati uchun mukofotlanadigan o‘nlab davlat xizmatchilari orasida shu bayramga tayyorgarlikni xonadonlarda reydlar o‘tkazib, tozalanmagan oshxona, hojatxona va hammomlarga qarshi kurashib o‘tkazgan hokimlaru raislar ham bo‘ladi. Ro‘yxatda Shahrisabz hokimi ham bo‘lsa, bu, hech shubhasiz, “kallalardagi xaroblik”ning zo‘r bir tantanasi bo‘lardi, menimcha.

Kanalimda “Hafta xulosalari” degan rukn yo‘g‘u, lekin yakuniga yetishiga bir necha soat qolgan joriy haftada odamning eng kam
Kanalimda “Hafta xulosalari” degan rukn yo‘g‘u, lekin yakuniga yetishiga bir necha soat qolgan joriy haftada odamning eng kamida bitta holat bo‘yicha bir xulosa chiqargisi kelyapti baribir: Shahrisabz hokimi va yana shunga o‘xshash boshqa nusxalarning Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, odamgarchilikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari navbatdagi yakkam-dukkam farosatsizlik yo madaniyatsizlik namoyishi emas, balki rostmana topshiriq asosida yuz bergan butun boshli tizimli jarayondir. Chunki bunday emasligini tasdiqlovchi aksilharakatlarni, hech yo‘g‘i, bayonotlarni ko‘rmadik va eshitmadik. Ko‘rganimiz va eshitganimiz — joylardagi katta va kichik davlat xizmatchilarining Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, insoniylikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari hamda ularni tiyib qo‘yishi kerak bo‘lganlarning quloqni qonatadigan sukuti. Sukut esa, aytishlaricha, rozilik alomati. To‘g‘risi-da, boshida jamoatchilikning eng radikal qatlami, masalan, Shahrisabz hokimini qayerigadir tepib ishdan haydash kerak, deb ayuhannos solayotgandi. Mayli, ular ham oshirib yuborgandir (xuddi o‘sha hokim kabi), lekin hokimning qilgan ishi ham hozirgi (hech kim ko‘rmagan) “Hokimlarni jazoga tortish kodeksi” bo‘yicha eng kamida 50 grammlik hayfsanga arzirdi-da (kamiga, o‘sha videosi tarqalgan xonadon egalari kasalxonaga tushib qolganini ham qo‘shsak, juda arzirdi). Boshqa tarafdan, agar hayfsan berilsa, “e, yana hayfsan berib, o‘zinikini ayabdi-da, fuqaro hokimning uyiga shunday bostirib borsa, kamida 15 sutkaga qamardi, yashshamagurlar!”, deb norozi bo‘lardik baribir, aniq. Hozir esa jamoatchilik hayfsan ham chakki jazo emasligini anglashi uchun davlatimiz katta bir qonunsizlikni sukut bilan kuzatib, bir qimmat dars o‘tib bergandek go‘yo (faqat bu dars oxir-oqibat davlatning o‘ziga qimmatga tushishini o‘zi anglagan bo‘lsa (yo anglay olsa?) bo‘ldi). Hay, jazo yo‘qmi, unda mukofot bo‘lishi kerak. Taxminimcha, Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan ko‘p yillik fidokorona xizmati uchun mukofotlanadigan o‘nlab davlat xizmatchilari orasida shu bayramga tayyorgarlikni xonadonlarda reydlar o‘tkazib, tozalanmagan oshxona, hojatxona va hammomlarga qarshi kurashib o‘tkazgan hokimlaru raislar ham bo‘ladi. Ro‘yxatda Shahrisabz hokimi ham bo‘lsa, bu, hech shubhasiz, “kallalardagi xaroblik”ning zo‘r bir tantanasi bo‘lardi, menimcha.

Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka ham, qonunchilikka ham to‘g‘ri kelmasligini aytyapti. Boshida davlatga aloqador bir-ikki tuzilma ham nimadir degandek bo‘ldi, ammo “yuqori”dan boshqa reaksiya bo‘lgani yo‘q. Bo‘ladiganga ham o‘xshamayapti. Joylardagi davlat xizmatchilarining bunday chidab bo‘lmas harakatlari — shuncha shovqin-suron va e’tirozlarga qaramay — hozirgidek jim kuzatib turilaversa, demak, “bu davlat siyosati ekan”, “bu quyi bo‘g‘indagi uquvsiz ijrochilarning yana bir farosatsizligi emas, balki butun hokimiyat tizimining ongli qarori va harakati ekan”, degan xulosaga kelish mumkinmi? Umuman, Mustaqillik bayrami arafasida shu bayram nomi bilan qilinayotgan bu ishlar qandaydir yakkam-dukkam holatlar yo xususiy tashabbuslar emas, balki umummilliy kampaniya ekanini ko‘pchilik anglab bo‘ldi. Lekin bu ishlar qanchalik qonuniy? Aholini “uyingni tozalamasang, falon mln so‘m jarimaga tortilasan?”, deb terror qilish uchun qonuniy asoslar bormi? Bu jarayonda aholining haq-huquqlari qanchalik buzilyapti? Davlatimizda bu savollarga javob bera oladigan dunyo jahon tuzilmalar bor: Inson huquqlari bo‘yicha markaz (eng zo‘ri shu o‘zi — rahbari Senat raisi Senat raisligidan boshqa ishni qilishga umuman majbur emasligini isbotlab bergan axir!), Bosh prokuratura (qonuniylik bo‘yicha qandaydir baho berishi mumkin-ku), oxir-oqibat, butun boshli Adliya vazirligi. To‘g‘rimi? Biror munosabat bildiring siz ham. Iloji bo‘lsa, bo‘layotgan ishlar to‘g‘ri yo noto‘g‘ri, deb dangalroq ayting. Siz ham uyma-uy yurib, hojatxona, hammom va oshxonalarni tekshirib yurgan bo‘lmasangiz agar.

Mahallalar kichik ishlab chiqarish markazlariga aylanadi: 1 759 ta hududda yangi tizim “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida
+3
Mahallalar kichik ishlab chiqarish markazlariga aylanadi: 1 759 ta hududda yangi tizim “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida mahallalarni iqtisodiy rivojlantirishning yangi mexanizmi ishga tushirilmoqda. Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida o‘tkazilgan seminarda ushbu tizimning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Bankka biriktirilgan 1 759 ta mahallada ichki salohiyatga mos “lokomotiv” mikroloyihalar shakllantirilmoqda. Jarayon “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyilida tashkil etilib, asosiy maqsad — mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirishdir. Shuningdek, “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.