uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Muhrim / Муҳрим

Muhrim / Муҳрим

Kanalga Telegram’da o‘tish

Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @muhrim_reklama_bot ga murojaat qiling.

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Muhrim / Муҳрим analitikasi

Muhrim / Муҳрим (@muhrim) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 13 966 obunachidan iborat bo'lib, Siyosat toifasida 3 891-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 5 714-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 13 966 obunachiga ega bo‘ldi.

20 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 25 ga, so‘nggi 24 soatda esa 6 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 33.38% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 24.10% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 4 662 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 365 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 2 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot Tijoriy takliflar uchun @muhrim_reklama_bot ga murojaat qiling.”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 21 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Siyosat toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

13 966
Obunachilar
+624 soatlar
+837 kun
+2530 kun
Postlar arxiv
Bugun prezident tomonidan imzolangan va “takomillashtirilgan harfli” lotin alifbomiz 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi (shuning uchun qonunning o‘zi ham 1995-yilgi alifbo harflari bilan e’lon qilindi). Harflar takomillashtirilgunicha chiqarib qo‘yilgan eski hujjatlar va so‘mlardan foydalanaveramiz, bu tur ashyolar bo‘yicha, aftidan, oxirgi muddat yo‘q (ehtimol, bo‘lmas ham). Mabodo hukumatimiz alohida muddat belgilab qolmasa, harflar takomillashtirilgunicha chiqarilib, ilib, o‘rnatib, qoqib qo‘yilgan O‘zbekiston gerblari, shahar, tuman, ko‘cha va hokazo geografik nomlar yozilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan ular yaroqsiz holga kelib qolguniga qadar foydalanilaverarkan (ne baxtki, bunday peshlavha va ko‘rsatkichlar shundoq ham juda sifatsiz qilinadi, alifbo o‘zgarsa-o‘zgarmasa ularni har yarim yilda almashtirish kerak). Takomillashtirilmagan harflar bilan yozilgan yana bir dunyo ashyo turlari bor, ularning ro‘yxatini va qachon almashtirilishini hukumat belgilaydi. Vazirlar Mahkamasi, agar ulgursa, keyingi ikki oy ichida bugun imzolangan qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilishi kerak (lekin dasturni yarim yilda ham tayyorlab ulgurmasa kerak). Ana o‘shanda bilib olamiz — 2027-yil 22-apreldan faqat va faqat “takomillashtirilgan harfli” alifbodan foydalanish bo‘yicha mamlakatimiz uchun misli ko‘rilmagan radikal yo‘ldan yura boshlaymizmi yo o‘tgan 31 yildagidek bir vaqtning o‘zida bir necha alifbodan (xususan, kirilldan) qiynalib foydalanishni ko‘zda tutadigan o‘zimizga xos liberal yo‘ldan yurishda davom etamizmi. Ha, hali yarim yil bor (kamiga bu muddatni yana bir yangi qonun bilan kechiktirishdan osoni yo‘q), lekin baribir radikal yo‘ldan yura olishimizga, masalan, “Xalq so‘zi” va “Yangi O‘zbekiston” gazetalari faqat “takomillashtirilgan harfli” lotin alifbosida bosilishiga, ularning kirillcha talqinlari chop etilishi to‘xtatilishiga ko‘zim yetmayapti. Endi bu, masalan, skuter mingan dastafkachilardan “prava” va avtoraqam talab qilish yoki elektrokarlarni majburiy kuf-suf testdan o‘tkazish kabi ish bo‘lsa edi, shubhaga o‘rin qolmasdi — davlatimiz bunaqa sohalarda keragidan ortiq radikal bo‘la olishini ko‘p ko‘rganmiz. Lekin til, yozuv masalasida — bilmadim, ishonish qiyin (lekin hayratlanishga va adashganimni tan olishga tayyorman, albatta). Hay, ko‘raveraylik-chi, nima bo‘larkin. Nima bo‘lganda ham, alifbo (va uning amaliyotga qanday tatbiq etilishi) atrofidagi muhokama va munozara bo‘lishi va to‘xtamasligi kerak. Chunki hozirgi “takomillashtirish”, eng kamida, chala. O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

Ukraina bilan Rossiya bir-birining energetika obyektlariga “Trampingga ham!” deb tinimsiz zarbalar berib yotgani haqida har kuni xabarlar chiqavergani, bu ham kamlik qilganidek, ular bir-birining hujumidan qanday himoyalanayotgani haqidagi materiallarni ko‘p o‘qib yuborganing sababli, Qibraydagi bitta elektr stansiya hududiga oddiygina qizil pufakchaning uchib kirib, transformatorlardan biriga tegib ketishi oqibatida Toshkentning yarmi zulmatga cho‘mganini ko‘rganingdan keyin, beixtiyor, PUFAK HUJUMIDAN HIMOYA QO‘SHINLARIni tuzish kerak emasmikin, deb o‘ylab qolarkansan kishi.

Videoning to‘lig‘i Instagram’da

Ikki kun avval, 16-oktabrda Press Qahramon bir maktabga borib, o‘z hamrohlari bilan bir boshlang‘ich sinfga kirib, xuddi sovg‘a beradigan Qorboboning ohangida o‘quvchilarga: “Kim bugun mashinaning old o‘rindig‘i – haydovchining yonida o‘tirib keldi?”, deb savol bergan videosi chiqqandi. Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, uch o‘quvchi xursand bo‘lib, qorataxtaning oldiga chiqqan. Keyin Press Qahramon ulardan otalarining ismini so‘rab, endi ularga jarima solinishini e’lon qilgan. Salkam 10 mln marta ko‘rilgan bu videoning oxiri — jarima solindimi-yo‘qmi — muhim emas (ahamiyatlisi, uch bolaning shaxsi butun mamlakatga oshkor qilindi, bu esa o‘zi jiddiy huquqiy muammo). Qoidalarga rioya etilishini targ‘ib va talab qilishga hech kim qarshi bo‘lmasa kerak, lekin Press Qahramon tanlagan nobop usul 9-10 yoshli bu o‘quvchilarni juda noxush va noqulay vaziyatda qoldirganini ham tushunish muhim. Zotan o‘sha sinfxonadagi vaziyat shu video tarqatilmaganida ham juda yomon — o‘quvchilar eng kamida o‘z sinfdoshlari oldida yoqimsiz vaziyatda qoldirilgan (kamiga, rost gapning to‘qmog‘ini yegan). Press Qahramon va uning hamkasblari biror “kotakon”ning hali 12 yoshga to‘lmagan nevarasi biror premium avtomobilning old o‘rindig‘ida ketayotganini ko‘rsa, uni jazolash tugul, mana shunday videoga olib chiqara olishiga ham ishonish qiyin, buyoqda esa hech narsadan shubhalanmay, xursand bo‘lib “doska”ga chiqqan uch o‘quvchini endi butun mamlakat muhokama qilyapti (qani endi Press Qahramon o‘sha videosi ostidagi kommentlarni yopib qo‘ygani bilan bu muhokamalarni to‘xtatib bo‘lsa). Afsuski, Press Qahramon qilgan ishi, tanlagan targ‘ibot usuli o‘rinsiz bo‘lganini hali ham anglamagan, nazarimda. Sog‘lom fikrli vatandoshlarimiz huquq-tartibot xodimlarining maktabdagi bu xatti-harakati o‘rinsizligini faol ta’kidlab kelayotgan bir vaqtda, u bugun, 18-oktabr kuni Instagramdagi sahifasiga IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning eski, lekin g‘alati mashhur bir videosini qo‘yibdi. U videoning ma’nosi, taxminan, bunday: melisani kimlar yomonlaydi? Melisani faqat “shoqol”lar va g‘alamislar yomonlaydi. Qolganlar esa “melisaga ishim tushmasin!” deb duo qiladi. Xalq “shularga ishim tushmasin!” deb duo qiladigan o‘zbek melisasi vakili hisoblangan Press Qahramonning maktabdagi xatti-harakatlarini Erkinjon Turdimov boshliq Ta’lim vazirligi ham, O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ham qoraladi. Melisa jargoni bilan aytganda, “yomonladi”. Press Qahramon “NO COMMENT” degan izoh bilan Shohrux G‘iyosovning videosini go‘yoki unga qaratilgan tanqidlarga javoban chiqararkan, bu bilan nafaqat O‘zbekistonning faol jamoatchiligini, balki, hozircha, Ta’lim vazirligi va Bolalar ombudsmanini ham “shoqol va g‘alamislar”ga tenglashtirib qo‘yganini tushungan bo‘lsa bo‘ldi.

Kuryerlar — kuch! Shu joyning shundoqqina yonida davlatning tartib posbonlari uchun falon million so‘m evaziga maxsus o‘rnati
Kuryerlar — kuch! Shu joyning shundoqqina yonida davlatning tartib posbonlari uchun falon million so‘m evaziga maxsus o‘rnatilgan bo‘lma borligiga, davlatning qanchadan-qancha kazo-kazolari (bo‘lganda ham eng-englari) kunda-shunda shu yerdan o‘tganiga, shu yerda ovqatlanganiga qaramay, davlat shu vaqtgacha “ko‘rmagan” (yo “ko‘rishni xohlamagan”?) va “bilmagan” (yo “bilishni xohlamagan”?) muammoni bir kuryer o‘zining bitta videosi bilan hal qilib berdi. Skuter mingan va kamerasi bor bir kuryer bir necha o‘n millionlab so‘m maosh oladigan minglab xodimlari bor apparatdan samaraliroq va qudratliroq ekan. Kuryerlar — kuch! Chinakam jamoatchilik nazorati — kuch! Ochiqlik va oshkoralik — kuch! PS. Kuryerni urmoqchi bo‘lgan “zo‘r”ga qanday chora ko‘rilarkin, qiziq. Yo “prezidentimiz va xalqimizdan uzr” so‘rab, qutilarmikin?

Saida Mirziyoyeva Turkiyada mamlakat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashibdi, qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘z
+5
Saida Mirziyoyeva Turkiyada mamlakat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashibdi, qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston prezidentining salomini yetmazibdi. “O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva Turkiya davlat rahbari bilan bo‘lgan uchrashuv haqida. Umuman, kun davomida u Erdo‘g‘onning to‘ng‘ich o‘g‘li hamrohligida Istanbuldagi Ibn Xaldun universiteti va “Yenido‘g‘u” maktabini borib ko‘rgan, prezidentning kenja qizi va kuyovi bilan birga Bayraktar dronlarini ishlab chiqadigan “Baykar” kompaniyasida bo‘lgan. Ular Saida Mirziyoyevaga Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti — Bayraktar Kizilelma maketini sovg‘a qilishibdi. Ajab emas, biz ham ushbu yangi va yuksak texnologiyaning asosiy xaridorlaridan biri bo‘lsak. Har qalay, harbiy havo kuchlarimizni mutassil yangilayapmiz.

Repost from Kainbek
Муҳримнинг гапларига қўшиламан ва имзо чекаман. Саидқаҳҳор Холхўжаев Чилонзор тумани ҳокими сифатида яхши ишлади, дея айта оламан. Инфраструктура, айниқса, пиёдалар учун катта лойиҳалар қарийб охирига етказилди, муаммолар билан ишлашда тезкор реакция қиларди. Саидқаҳҳор акага янги вазифаларида омад тилайман.

Shu suratda qo‘li ko‘ksida turgan yangi hokimning orqa tarafida o‘tirgan kishi — Saidqahhor Xolxo‘jayev — shu bugungacha Chilonzor hokimi edi. Menimcha, Saidqahhor aka Chilonzorga yaxshi hokimlik qildi, imkoniyati doirasida tuman muammolarini yechishga intildi. Hatto Chilonzor hokimligining oldini parkka aylantirdi — bunaqasi hatto shahar hokimligida ham yo‘q (kimdir shahar hokimligining oldida City bor-ku, deb yengmoqchi bo‘lishi mumkin, lekin u, menimcha, boshqa narsa). Hayot Inog‘omovdan ham Chilonzorga tegadigan foyda Saidqahhor Xolxo‘jayevnikidan kam bo‘lmasa kerak. O‘rni kelganda bir gap: Chilonzor — hozirgi Toshkentning qalbi 🙂 Chilonzorga hokim bo‘lish esa sharaf!

Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, Stokgolm va Vashington mezbonlik qilg
+3
Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, Stokgolm va Vashington mezbonlik qilgan. Bu safar anjuman Toshkentda o‘tkazildi. 30-sentyabr kuni tashkil etilgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkilotidagi vakili, Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek O‘runov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev so‘zga chiqdi. JW Marriott Tashkent mehmonxonasida o‘tkazilgan konferensiya innovatsiyalar, investitsiyalar va ilmiy faktlarga tayangan holda tartibga solish amaliyotiga bag‘ishlandi. Unda bir necha mavzu bo‘yicha panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Masalan, “Innovatsion transformatsiyaga investitsiyalar” sessiyasida Yashil Energy, Coca-Cola Uzbekistan, EPAM, PMI va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbarlari va vakillari sarmoya va ishlab chiqarishni yangilash masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qozog‘istondan taklif qilingan shifokor va olimlar sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni muhokama qildi. Qozog‘istonlik tibbiyot fanlari doktori Meyram Raganinning shu sessiyada: “Zararli narsalarni taqiqlash emas, balki ularning zararini tushuntirish samaraliroqdir”, degan mazmunda bildirgan fikri barcha spikerlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. “Transformatsiya jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” sessiyasida Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Akramjon Axlimirzayev noqonuniy mahsulotlariga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Qayd etish joiz, bu tajriba xorijiy hamkorlar tomonidan ham muvaffaqiyatli namuna sifatida o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini tadqiq etish markazi, Qozog‘iston Milliy iste’molchilar ligasi va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari esa yangi mahsulot toifalari bozorga kirib kelayotgan sharoitda iste’molchilarni to‘g‘ri xabardor qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, Stokgolm va Vashington mezbonlik qilg
+3
Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, Stokgolm va Vashington mezbonlik qilgan. Bu safar anjuman Toshkentda o‘tkazildi. 30-sentyabr kuni tashkil etilgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkilotidagi vakili, Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek O‘runov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev so‘zga chiqdi. JW Marriott Tashkent mehmonxonasida o‘tkazilgan konferensiya innovatsiyalar, investitsiyalar va ilmiy faktlarga tayangan holda tartibga solish amaliyotiga bag‘ishlandi. Unda bir necha mavzu bo‘yicha panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Masalan, “Innovatsion transformatsiyaga investitsiyalar” sessiyasida Yashil Energy, Coca-Cola Uzbekistan, EPAM, PMI va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbarlari va vakillari sarmoya va ishlab chiqarishni yangilash masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qozog‘istondan taklif qilingan shifokor va olimlar sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni muhokama qildi. Qozog‘istonlik tibbiyot fanlari doktori Meyram Raganinning shu sessiyada: “Zararli narsalarni taqiqlash emas, balki ularning zararini tushuntirish samaraliroqdir”, degan mazmunda bildirgan fikri barcha spikerlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. “Transformatsiya jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” sessiyasida Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Akramjon Axlimirzayev noqonuniy mahsulotlariga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Qayd etish joiz, bu tajriba xorijiy hamkorlar tomonidan ham muvaffaqiyatli namuna sifatida o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini tadqiq etish markazi, Qozog‘iston Milliy iste’molchilar ligasi va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari esa yangi mahsulot toifalari bozorga kirib kelayotgan sharoitda iste’molchilarni to‘g‘ri xabardor qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Menimcha, davlatimiz o‘zbekistonliklarning Rossiya–Ukraina urushida qatnashishining oldini olish bo‘yicha yetarlicha ish olib bormayapti. Hatto “urushga bormang!” degan aksiltarg‘ibot ham yetarli darajada tashkil etilmayapti. Lekin Rossiya o‘zbekistonliklarni bu urush domiga tortish uchun o‘zi allaqachon yollagan o‘zbeklarning so‘zi bilan, o‘zbeklarning qo‘li bilan juda faol tashviqot olib bormoqda. Ular o‘zbek tilida, diniy mavzularni qo‘shib, jazavani qo‘zg‘aydigan nuqtalarga tegib (masalan, “biz besoqolbozlarga qarshi jang qilyapmiz”, degandek), urushga qo‘shilishga da’vat qilyapti. Mana shu o‘zbekzabon targ‘ibotchilarga nisbatan jinoyat ishlarining qo‘zg‘atilishi va Rossiyadan ularni O‘zbekistonga jinoyatchi sifatida topshirilishini talab etilishi — bir o‘rinli aksiltarg‘ibot (ular Rossiya armiyasiga qo‘shilib, Rossiya fuqaroligini olgan bo‘lsa, bu O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘ladi — qonunda bor shu normani ham ochiq-oshkora qo‘llash, ko‘rsatish zarur); xuddi pandemiya davridagi “Uyda qoling! Niqob taqing!” degan tashviqotga o‘xshatib, tinimsiz, har kuni: “Urushga borma, borsang — O‘zbekiston uchun jinoyatchisan” degan ogohlantirishning kerak bo‘lsa har dazmoldan jaranglab turishi — hozir juda kerakli aksiltarg‘ibot. Urushda qatnashishga qarshi yana bir zo‘r va arzon aksiltarg‘ibot — bu yollaganlik, yollanganlik va urushda qatnashganlik uchun ko‘zda tutilgan jazolarning qat’iyligi va muqarrarligini ta’minlash. Menimcha, bu masalada jinoyatchilar qonunda belgilangan jazoni to‘liq hajmda olishi shart. Jazo muqarrarligi — har qanday jinoyatga qarshi eng yaxshi chora. Qo‘shimchasiga, yollaganlik, yollanganlik, urushda qatnashganlik uchun ko‘zda tutilgan jazolarni yanada og‘irlashtirish kerak. O‘zbekistonda istalgan jazoni zudlik bilan, bir haftaga qolmay kuchaytirish mumkinligini Namangandagi 5 yoshli qizaloq voqeasidan keyin hamma ko‘rdi. Agar bu chora vatandoshlarimizning urushga yollanishini kamaytirib, ularning hayotini saqlab qolishga yordam bersa, bu safar ham shunday tezkorlik zarur. Yana o‘nlab, yuzlab, minglab vatandoshlarimiz tarixda qonxo‘r va bosqinchi nomi bilan qoladigan Putinning tor manfaatlari yo‘lida o‘lib ketmasligi uchun ham davlatimiz qila oladigan eng kichik ishlar bu aslida.

Yer mehnatni qadrlaydi, bilim bilan qilingan mehnatni esa yanada ko‘proq taqdirlaydi “Yerni boqsang, yer seni boqadi” deydi xalqimiz. Lekin hozirgi zamonda dehqonchilik qilish uchun mehnatning o‘zi kamlik qiladi, yerni tushunish ham kerak. Bir tadbirkor bor dastmoyasini tikib issiqxona qurgan va birinchi yili yaxshigina hosil olgan. Ammo keyingi yillarda hosildorlik tushib, hafsalasi pir bo‘lgan. “Rahbar mahallada” ko‘rsatuvida tadbirkorning muammosiga e’tibor qaratildi. Issiqxonadagi holat bilan tanishgan Agrobank vakili dehqonga tavsiyalar berdi. Shuningdek, hosildorlik pasayishining sabablarini aniqlash maqsagida “Agrolab” laboratoriyasi olimlari xonadonga kelib, tuproq tarkibini o‘rganadigan bo‘ldi. 👉 Hikoyani bu yerda to‘liq ko‘rishingiz mumkin

Saida Mirziyoyeva sentyabrda, asosan BMT tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borganida, AQSh prezidenti tomonidan ta
Saida Mirziyoyeva sentyabrda, asosan BMT tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borganida, AQSh prezidenti tomonidan tashkil etilgan qabulda Donald Tramp bilan ham uchrashgan ekan. Bugun u shu uchrashuv haqida fotoxabar e’lon qildi, unda, jumladan, shunday deyilgan: “AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir”. Saida Mirziyoyeva o‘sha qabul davomida Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon va uning rafiqasi Kim Xe Gyon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Gruziya bosh vaziri Irakli Kobaxidze, Paragvay prezidenti Santyago Penya va uning rafiqasi Letisiya Okapmos, AQSh davlat kotibi Marko Rubio va boshqalar bilan ham muloqotda bo‘lgan.

Ijrosi yo‘q qonun — yo‘q qonun. Ishlamaydigan qonun — o‘lik qonun. Qonunlar ishlaganida, ijrosi bo‘lganida edi, opa videoning oxiridagi xulosaga kelmagan bo‘lardi, menimcha: https://youtu.be/rQvGzdUZNFI?si=bnyY246ZhyLu4DVi

Bugun bayram

Bugun bayram

Tunov kuni Yunusobodda issiq suv bilan bir vaqtda sovuq suv ham o‘chib qolgani haqida yozg‘irdim-ku. Toshkentliklarning “dom”da katta bo‘lgan bizdek turlari uchun sovuq suv o‘chishi noodatiy. Lekin yilda ikki marta — bahor va kuzda issiq suvsiz qolishga ko‘nikkanmiz. Chunki, pandemiya yilidagi istisnoni hisobga olmasa (o‘sha yili bahorda ham, kuzda ham issiq suv o‘chmagandi — o‘chirmasa ham bo‘larkan-da, qarang), har doim — necha o‘n yillardan beri shunday. Yiliga umumiy ikki hafta davom etadigan bu davr qaysidir ma’noda bizning biologik vaqtimizga tatbiq etilgandek: bahorda qaldirg‘ochlar uchib kelganidek, qishda ayiqlar uyquga ketganidek, biz ham bahor va kuzda bir haftadan issiq suvsiz yashay olamiz. Sochlarimiz ham shu ikki haftada yog‘lanmay turadi-yov. Issiq suvning o‘chirilishi shahar hayotining muhim bir qismi bo‘lgani uchun butun shahar bu haqda oldindan ogohlantiriladi, qachon qaysi mahalla, qaysi mavze issiq suvsiz qolishi maxsus reja-jadval orqali bir oy-yarim oy avvaldan boxabar qilinadi. Masalan, hozir bizning Yunusobodda issiq suv yo‘q, bizdan avval esa asosan Mirzo Ulug‘bek tumani issiq suvsiz yashadi. Shunday bo‘lishini biz sentabr boshidayoq bilardik. Hamma bilardi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani Hamid Olimjon mahallasida joylashgan Respublika kardiologiya markazidagilar ham. Men g‘ofil banda shu vaqtgacha issiq suv faqat “dom”larda o‘chadi, deb yurarkanman. Davlatning deyarli hamma muassasasi xuddi sening “dom”ing kabi shahar markaziy issiqlik tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, sen issiq suvsiz qolgan vaqting ular ham bu ne’mati a’lodan mosuvo bo‘lishi tabiiy hol-ku. Tabiiylikka tabiiy, lekin men bu haqda hech o‘ylamagan ekanman, o‘ylamaganimning sababi esa “dom”lar issiq suvsiz qolgan mahal O‘ZBЕKISTONning, masalan, YURAK KASALLIKLARIga ixtisoslashgan BOSH TIBBIYOT MUASSASASIda ham issiq suv bo‘lmasligi sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Lekin sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan bu hol Respublika kardiologiya markazida odatiy ekaniga Mirzo Ulug‘bek tumanining Hamid Olimjon mahallasi issiq suvsiz qolganida xabar topdim. Bu markazga butun O‘zbekistondan yurak kasalliklari bor bemorlar keladi. Ordering bo‘lsa — xo‘p-xo‘p, bo‘lmasa — bu davlat xastaxonasi senga pullik xizmat ko‘rsatadi va uch-to‘rt kun yotib, davo topib ketishing o‘ldim deganda 1000-1500 dollarga tushadi, biror maydaroq operatsiya ham bo‘lsa, xarajatni katta olaver. Bir chekka tumandan shu kasalxonaga kelasan, falon pul xarajat qilasan va issiq suv bo‘lmaydigan haftaga to‘g‘ri kelib qolsang, bu kasalxona senga tefalda suv isitib yuvinib/cho‘milib olishni taklif qilishi mumkin. Tavba-tavba, bu dargohga har kuni yuzlab bo‘lmasa ham, o‘nlab bemor kelar. Shunday joyda “endi bir hafta chidaysizlar-da”, deb bo‘ladimi xayoli shundoq ham xavotirlarga to‘la bemorga? Bu yerda ko‘p narsa baribir mutassaddilarga bog‘liq, afsuski. Ishbilarmon, odamlarning dardini o‘z tanida his qilgan, ular qanday sharoitda davolanayotganiga chin dildan qiziqqan mas’ul bu muammoni allaqachon yechib qo‘ygan bo‘lardi. Zotan, hozirgi zamonda bu muammoni (muammomi o‘zi bu?) hal qilish qiyin ham, qimmat ham emas. Xizmatining narxini yuqorida yozdim — hay, har bir qavatga bo‘lmasa ham (har bir xonaga so‘rashga ikkilandim), har bir korpusga bittadan yil 365 kun issiq suv bo‘ladigan sharoit qilib qo‘ysa bo‘lar? Bo‘ladi. Albatta bo‘ladi. Xohish bo‘lsa, hammasi bo‘ladi. Menimcha, tibbiyot muassasalaridagi, ayniqsa, respublika darajasidagi klinikalardagi bunday kamchilikka toqat qilib bo‘lmaydi. Nafaqat Kardiologiya markazida, balki markaziy issiqlik ta’minotiga ulangan va yilda ikki marta issiq suvsiz qoladigan boshqa tibbiyot muassasalarida ham bu masalani hal qilish kerak. Ha, to‘g‘ri, ota-bobolarimiz issiq suvsiz ham amallashgan, lekin biz hozir, bugun yashayapmiz, “insonning qadri bo‘lmagan” ota-bobolarimiz davrida emas. Hozir esa, aytishlaricha, hamma narsa, xususan, davlat siyosati ham inson qadri uchun. Respublika kardiologiya markazida yil bo‘yi, uzluksiz issiq suv bo‘lsa — mana shu inson qadri. Menimcha.

Buxorolik bog‘cha bolalari Saida Mirziyoyevaga o‘zlari yasagan taqinchoqlarni sovg‘a qilib, “pulingiz ko‘paysin!”, deyishibdi. Bolalar xursand, chunki ularning bog‘chasi uch oyda qariyb qayta qurilgan. Videoda bir qizcha ham aytyapti: “Bog‘chamiz chiroyli bo‘libdi”, deb. Bola aldamaydi.

Esingizdami, Toshkentda Li9 chapga burilayotgan BYDning ortidan superkatta tezlikda “uchib” kelib, BYDga ozgina turtilib, keyin dumalab ketgan, lekin odil sudlarimiz BYD egasini (sudga ham chaqirmay) aybdor qilib, unga pachag‘i chiqib ketgan Li9 uchun salkam 800 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lab berish majburiyatini yuklagan edi. Odil sudlarimiz o‘shanda BYD egasini aybdorga aylantirish uchun ekspertiza ma’lumotlariga tayangan. O‘sha ekspertiza esa Li9'ning YTH vaqtidagi tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagani haqida, “Li9 mabodo soatiga 60 km/soat tezlikda harakatlansa ham YTHning oldini olishning texnik imkoni yo‘q edi”, degan mazmunda xulosa bergan. Lekin o‘shanda Li9'ning tezligi soatiga 60 kilometrdan karrasiga tezroq bo‘lganini ekspert bo‘lmagan, umrida ekspertizada ishlamagan odam ham ko‘rib, tushunib, bilib turgandi. Ishqilib, qaytadan, sog‘lom bir ekspertiza o‘tkazib (o‘tkazsa bo‘larkan-da, qarang), Li9'ning tezligi o‘sha YTH bo‘lgan vaqtda soatiga 120 kilometrdan ham yuqori bo‘lganini aniqlashibdi — chunki odil sudlarimiz navbatdagi sudda Li9'ning qoni qaynoq 26 yoshli haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasi 4-qismi (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi)da ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topibdi. Ishqilib, mantiq, sog‘lom fikr va adolat g‘alaba qozonibdi. Lekin boshqa bir savol qolyapti baribir: asl jabrlanuvchini aybdorga aylantirgan avvalgi tomosha qahramonlari hozir qayerda? Bunchalik telba-teskari, chorakta tanqidga ham chidamaydigan qaror chiqargani uchun ularga biror chora ko‘rilganmi? O‘sha sudya hali ham ishlab yuribdimi? O‘sha ekspertlar hali ham ekspertiza o‘tkazyaptimi? Mana shunisi ham aytilsa, yaxshi bo‘lardi. Shu o‘rinda yana bir fikr. Jonajon O‘zbekistonimizga har turli reyestrlar kerak: korrupsionerlar reyestri (ular qayta davlat ishiga olinmasligi uchun), bog‘cha yo maktabda bolalarga zo‘ravonlik qilganlar reyestri (ular yana ta’lim tashkilotlariga ishga kirib qolmasligi uchun), bolalarga shilqimlik qilganlarning reyestri va telba-teskari qarorlar chiqaradigan sudyalar reyestri — eng kamida, kimningdir ishi shunaqa sudyalarga tushib qolsa, bu sudyani boshqa durustrog‘i bilan almashtirishni so‘rash uchun.

Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo‘lib, keyin yana safarga ketibdi. B
+4
Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qaytishi bilan, bir muddat O‘zbekistonda bo‘lib, keyin yana safarga ketibdi. Bu safar Birlashgan Arab Amirliklariga. Yana Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadbiriga. Abi-Dabida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu safargi kongress O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega edi: O‘zbekiston 2031 yilgi kongress mezbonligi uchun o‘z nomzodini qo‘ygan edi. Abu-Dabi anjumanida barcha ishtirokchi davlatlar O‘zbekistonning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Saida Mirziyoyevaning fikricha, bu “O‘zbekistonga nisbatan xalqaro miqyosdagi yuksak ishonch ramzi”. “Bu — bizning ochiqligimizga, muloqotga doim tayyorligimizga hamda umumiy maqsadlar yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtira olishimizga bildirilgan ishonchdir”, — deya qo‘shimcha qilgan u. U kongress doirasida BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan ham uchrashgan va amalga oshirilayotgan qator qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashgan (ma’lumot uchun, ular iyunda Avstriyada ham uchrashgandi). Abu-Dabiga qilingan safarning yana bir muhim yangiligi — Saida Mirziyoyeva BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon qabulida ham bo‘libdi. “A’lo hazratlari bilan Abu-Dabida o‘tgan uchrashuvimiz — men uchun katta sharafdir... Ko‘rsatilgan ehtirom uchun A’lo Hazratlariga minnatdorlik bildiraman”, — debdi Saida Mirziyoyeva. U BAA prezidentiga O‘zbekiston davlat rahbarining samimiy tilaklarini yetkazibdi, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilibdi, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish mavzusida ham fikr almashishibdi.