en
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Open in Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
523
Subscribers
+14824 hours
+1537 days
+16030 days
Posts Archive
#Dual_talim Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligi
+8
#Dual_talim Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi
🔹Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar qatorida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarni amaliyotga keng jalb etish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi 🖇️Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida dual ta’limda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ✨Unda “Hududgaz Farg‘ona” GTF direktori Shavkat Adhamovich hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Rustam Tojiev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Batafsil
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilis
+5
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi
🔹Oliygoh hududida davom etayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda o‘quv binolarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 🖇️Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarining sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yaratilayotgan sharoitlarning samaradorligi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda laboratoriya va o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur loyihalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay, innovatsion va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Mustaqillik_35 Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim Farg‘ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Ergashev ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Professor 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri va Andijon viloyatining Marhamat tumanida mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Sirojiddin Ergashev xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish borasida ham faoliyat olib bormoqda. U nufuzli xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
#Mustaqillik_35 #Ilmning_mukofoti Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 120 dan ortiq ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent va 15 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi muallifidir.
Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi! Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, Asak
#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, Asaka tumanidagi “ADM Electrics” MChJ bosh direktori Yakubov Abduraxmon Sirojiddinovichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
🔹Ushbu yuksak e’tirof Abduraxmon Sirojiddinovich Yakubovning mamlakatimiz sanoati va iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi, samarali faoliyati hamda fidokorona mehnatining munosib bahosidir. Abduraxmon Yakubovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va ezgu tashabbuslaringizga rivoj tilaymiz.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi! Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, “GLO
#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, “GLOBAL TEXTILE” kompaniyalari guruhi asoschisi Muzaffar Razakovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
🔹Mazkur yuksak davlat mukofoti Muzaffar Razakovning mamlakatimiz sanoati va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi va fidokorona mehnatining yuksak e’tirofidir. Muzaffar Razakovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va mustahkam salomatlik tilaymiz.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoy
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat muk
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. — Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTU_OAV_nigohida Axborot 24 |Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangani haqidagi lavha
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi. — В основе отношений Узбекистана и Азербайджана лежит единый цивилизационный код: общие исторические корни, многовековая дружба, нерушимые духовные ценности, схожие культура и традиции. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi hamda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Tabrik Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
#Tabrik
Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi
🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan professor Sirojiddin Fayozovichni jamoamiz nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz! 🖇Mazkur yuksak e’tirof — ustozning ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda yuksak kasbiy mahoratining munosib e’tirofidir. ✨Ustozning boy tajribasi, yuksak salohiyati, ilmiy-pedagogik faoliyatdagi fidoyiligi va mas’uliyatli mehnati ko‘plab talaba-yoshlar va hamkasblar uchun doimo ibrat bo‘lib kelmoqda. Ta’lim tizimini rivojlantirish, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari barchamiz tomonidan yuksak qadrlanadi. Ustozga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Toshkentdagi O‘zbekiston-Ozarbayjon sammiti qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni abadiy do‘stlik darajasiga ko‘targan tarixiy voqea bo‘ldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Prezident farmoni ijrosi 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 258-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Fargʻona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Qoʻqon shahridagi "Aziztepa" MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. 🖇Tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga amaliy yordam koʻrsatish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan ijtimoiy himoya mexanizmlaridan samarali foydalanishni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat va inson qadrini ulugʻlash tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt

Repost from Edu.uz
+3
🎖 Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi Ko‘ksaroy qarorgohida Ilhom Aliyevga O‘zbekistonning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, Shavkat Mirziyoyevga esa Ozarbayjonning “Haydar Aliyev” ordeni topshirildi. Oʻzbekiston va Ozarbayjon kelgusida ham barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirib, qardoshlik munosabatlari esa yangi amaliy mazmun bilan boyib borishiga ishonch bildirildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Jarayon Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitet hududida amalga oshirilayotgan qu
+5
#Jarayon
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitet hududida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Jarayon davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy etish hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, yangi 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Ayni paytda universitetning o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu loyihalar talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay, zamonaviy hamda innovatsion ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Kasaba_uyushmasi_faoliyatidan
Farg‘ona davlat texnika universitetida “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yosh raislarning I-mintaqaviy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forum jarayonlari haqida videolavha orqali tanishishingiz mumkin. Jarayondan fotolavhalar
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #Xorazm Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi bandligini
+3
#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #Xorazm Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, daromadlarni oshirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari kasb-hunarga oʻqitish tizimini qayta koʻrib chiqish va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlash zarurligini taʼkidladi. Oʻtkazilgan soʻrovlarda oliy taʼlim muassasalari talabalarining 63 foizi oʻqish jarayonida yetarli amaliy koʻnikmalarni egallamayotganini qayd etgan. Shu bois, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga oʻrgatishda keng foydalanish vazifasi qoʻyildi. Universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashgʻulotlarni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram