en
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Open in Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
466
Subscribers
+14824 hours
+1537 days
+16030 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+190
in 5 channels
August '26
+16
in 4 channels
Get PRO
July '26
+35
in 6 channels
Get PRO
June '26
+249
in 7 channels
Get PRO
May '26
+3
in 7 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September+35
08 September+148
07 September+1
06 September0
05 September0
04 September+3
03 September+2
02 September0
01 September+1
Channel Posts
#Xalqaro_hamkorlik Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seul shahrida Se
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seul shahrida Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) universiteti prezidenti Kim Dong Hwan bilan uchrashdi.
🔹Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida avval yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelishilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 🖇Mazkur uchrashuv SeoulTech delegatsiyasining Farg‘ona davlat texnika universitetiga avvalgi tashriflari davomida boshlangan muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Muloqot davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish. Shuningdek, SI yo‘nalishida o‘quv dasturlari va sohaga oid elektron dasturiy ta’minotlarni almashish rejalashtirilmoqda. ✨Kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xususan, SeoulTechning 5 nafar professor-o‘qituvchisini FDTUdagi dars jarayonlariga guest lecturer sifatida jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar FDTU professor-o‘qituvchisini qisqa muddatli stajirovkaga yuborish taklifi ilgari surildi. Smart City, robototexnika, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt boshqaruvi yo‘nalishlaridagi 5 ta laboratoriya doirasida qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida 2 nafar ilmiy tadqiqotchini ilmiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, har ikki universitetdan ilmiy rahbarlar tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

2
#Xalqaro_hamkorlik FDTU va SeoulTech: sun’iy intellekt va innovatsiyalar yo‘lidagi hamkorlik 🔹Farg‘ona davlat texnika univer+3
#Xalqaro_hamkorlik FDTU va SeoulTech: sun’iy intellekt va innovatsiyalar yo‘lidagi hamkorlik 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdi. 🖇Muloqot davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish. Shuningdek, SI yo‘nalishida o‘quv dasturlari va sohaga oid elektron dasturiy ta’minotlarni almashish rejalashtirilmoqda. ✨Kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xususan, SeoulTechning 5 nafar professor-o‘qituvchisini FDTUdagi dars jarayonlariga guest lecturer sifatida jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar FDTU professor-o‘qituvchisini qisqa muddatli stajirovkaga yuborish taklifi ilgari surildi. Bundan tashqari, Smart City, robototexnika, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt boshqaruvi yo‘nalishlaridagi 5 ta laboratoriya doirasida qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida 2 nafar ilmiy tadqiqotchini ilmiy stajirovkaga yuborish, shuningdek, har ikki universitetdan ilmiy rahbarlar tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
327
3
Farg‘ona viloyati va SeoulTech universiteti o‘rtasidagi hamkorlik hudud rivojiga xizmat qiladi Farg‘ona viloyati hokimi Xayru+6
Farg‘ona viloyati va SeoulTech universiteti o‘rtasidagi hamkorlik hudud rivojiga xizmat qiladi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi Seul shahridagi Seoul National University of Science and Technology (SeoulTech) universitetidan boshlandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov universitet prezidenti Kim Dong Xvan bilan uchrashdi. Muloqotda Farg‘ona viloyati va SeoulTech o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini samarali amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi. Universitet prezidenti Kim Dong Xvan ta’lim sohasidagi hamkorlik ikki hududning rivojiga xizmat qilishini ta’kidlab, Farg‘ona viloyati bilan bu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan aloqalar kelgusida muhim natijalar berishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, joriy yil iyun oyida Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi unda katta taassurot qoldirganini qayd etdi. ___ Сотрудничество между Ферганской областью и университетом SeoulTech будет способствовать развитию региона ___ Cooperation Between Fergana Region and SeoulTech to Contribute to Regional Development Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
78
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh m+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi. Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi. ❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
209
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
254
6
#FDTU_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining Mustaqiligimizning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan 60 sahifali maxsus soni
#FDTU_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining Mustaqiligimizning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan 60 sahifali maxsus sonida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori,professor Rustam Tojiyevning bayram tabrigi chop etildi. Shuningdek, universitetimiz ustozlari haqida maxsus maqola hamda shoir Ravshan Madumarovning bayramona she'ri ham nashr etildi. Maqolani o'qish Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
344
7
#Jarayon Yangi o‘quv yili arafasida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida mas’ul rahbar va xodimlar ish+5
#Jarayon Yangi o‘quv yili arafasida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida mas’ul rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 🔹Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash va uni samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda universitetda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan: — Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish va bu boradagi profilaktik ishlarni kuchaytirish; — Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish; — Talabalarni Talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonini belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etish; — Universitetda kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etish va talabalar intizomini yanada mustahkamlash; — Universitet tasarrufidagi mavjud spin-off korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish; — Ilmiy faoliyatni yanada kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni oshirish. 🖇 Yangi o‘quv yilida barcha yo‘nalishlarda ishlarni aniq reja, mas’uliyat va yuqori talabchanlik asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, har bir yo‘nalishda tizimli ish olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
544
8
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Marka+3
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi. Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
356
9
#Ilk_saboq Farg‘ona davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona+9
#Ilk_saboq Farg‘ona davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darsi bilan boshlandi. 🔹Dars davomida Mustaqillikning tarixiy ahamiyati, uning milliy davlatchiligimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, Vatanga muhabbat va sadoqat, yurt ravnaqi uchun mas’uliyat kabi muhim tushunchalar haqida fikr almashildi. 🖇“Kelajak soati”ning asosiy maqsadi — yoshlarda mustaqillikni millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, erkin va farovon hayot barpo etish uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar maydoni sifatida anglash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Muloqot jarayonida bugungi yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda universitetimiz iqtidorli talabalarining turli sohalarda erishayotgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
438
10
#Bilimlar_kuni 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir x
#Bilimlar_kuni 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri hamda “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
201
11
#Bilimlar_kuni Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xal+6
#Bilimlar_kuni Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri hamda “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi 🔹Dastavval, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida yoshlarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, izlanish va ulkan zafarlar tiladi. 🖇 Tadbir davomida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasidan test sinovlarida eng yuqori natijalarni qayd etgan yigit-qizlarga ramziy “Talabalik guvohnomasi” va “Ramziy kalit” tantanali ravishda topshirildi. ✨ Shundan so‘ng, universitetning barcha o‘quv xonalarida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. 1-bosqich talabalari uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari boshlandi. Qadrli yoshlar! Yangi o‘quv yilida barchangizga mustahkam bilim, omad, ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz! Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
455
12
#Tanishing Fargʻona davlat texnika universiteti rektori 🔹Tojiyev Rustambek Rasulovich 2004 - yilda Farg'ona politexnika inst
#Tanishing Fargʻona davlat texnika universiteti rektori 🔹Tojiyev Rustambek Rasulovich 2004 - yilda Farg'ona politexnika instituti (hozirgi Farg'ona davlat texnika universiteti)ni tugatgan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor. Bugungi kunga qadar AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Ummon Sultonligi kabi davlatlarda amaliyot o'tagan. O‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq darslik, 8 ta monografiya, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda 6 ta patent muallifi hisoblanadi. 🖇R. Tojiyev ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati hamda agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2026-yil 14- martdan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Batafsil: Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
543
13
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
72
14
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib,+5
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🖇Tashrif davomida fakultetdagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. ✨Shuningdek, energetika sohasi uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rektor tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda dual ta’limni amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
193
15
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 | Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida bayra
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 | Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
179
16
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
109
17
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘t
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi nafaqat erishilgan yutuqlar sarhisobi, balki yangi marralar sari dadil qadamlar uchun muhim start bo‘ldi. 2026–2027-o‘quv yili Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi g‘alabalar, ilmiy kashfiyotlar, ezgu tashabbuslar va yuksak natijalar yili bo‘lsin! Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing Jarayondan fotolavhalar Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
204
18
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘t+4
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi nafaqat erishilgan yutuqlar sarhisobi, balki yangi marralar sari dadil qadamlar uchun muhim start bo‘ldi. 🖇 Tantanali yig‘ilishning badiiy qismi ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘linmasi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. ✨Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” Otabek Muhammadzohidning ijodiy chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishlab, tantanaga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi. 2026–2027-o‘quv yili Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi g‘alabalar, ilmiy kashfiyotlar, ezgu tashabbuslar va yuksak natijalar yili bo‘lsin! Jarayondan fotolavhalar Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
239
19
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yi+7
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔹Tadbir doirasida ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni munosib taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, 21 nafar professor-o‘qituvchi va xodimga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari topshirildi. 🖇Yubiley yoshiga yetgan ustozlar, ilmiy daraja va unvonlarga ega professor-o‘qituvchilar ham e’tirof etilib, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Farg‘ona davlat texnika universitetining Faxriy professori” unvoni topshirildi. ✨Ilmiy faoliyat va metodologik ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, kafedralar va fakultetlar ham rag‘batlantirildi. Universitet kasaba uyushmasi tomonidan faol deb e’tirof etilgan kafedra va bo‘limlar ham munosib taqdirlandi. Shuningdek, universitet vakillarining “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan loyihalari ham alohida e’tirof etildi. Xabaringiz bor, universitetning 4 ta ta’lim dasturi Yevropaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — ASIIN tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etganlar ham munosib rag'batlantirildi. Jarayondan fotolavhalar Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
200
20
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi+6
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔹Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tantanali yig‘ilishda universitet rektori, professor R. Tojiyev so‘zga chiqib, barchani yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi hamda yangi o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga muvaffaqiyat tiladi. 🖇Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning o‘tgan davrdagi faoliyati va erishilgan natijalari sarhisob qilinib, yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari belgilandi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar yig‘ilish ishtirokchilariga havola etildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
178