en
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

Open in Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
466
Subscribers
+14824 hours
+1537 days
+16030 days
Number of Posts

Data loading in progress...

Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by

Data loading in progress...

Publication analysis
Posts
Views dynamics
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
307000Loading...
#FDTU_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining Mustaqiligimizning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan 60 sahifali maxsus soni
#FDTU_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining Mustaqiligimizning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan 60 sahifali maxsus sonida Farg'ona davlat texnika universiteti rektori,professor Rustam Tojiyevning bayram tabrigi chop etildi. Shuningdek, universitetimiz ustozlari haqida maxsus maqola hamda shoir Ravshan Madumarovning bayramona she'ri ham nashr etildi. Maqolani o'qish Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
411103Loading...
#Jarayon Yangi o‘quv yili arafasida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida mas’ul rahbar va xodimlar ish+5
#Jarayon Yangi o‘quv yili arafasida universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligida mas’ul rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 🔹Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash va uni samarali tashkil etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda universitetda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash bilan bog‘liq muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan: — Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish va bu boradagi profilaktik ishlarni kuchaytirish; — Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish; — Talabalarni Talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonini belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etish; — Universitetda kiyinish madaniyati, ichki tartib-qoidalarga rioya etish va talabalar intizomini yanada mustahkamlash; — Universitet tasarrufidagi mavjud spin-off korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish; — Ilmiy faoliyatni yanada kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatni oshirish. 🖇 Yangi o‘quv yilida barcha yo‘nalishlarda ishlarni aniq reja, mas’uliyat va yuqori talabchanlik asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, har bir yo‘nalishda tizimli ish olib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
544005Loading...
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Marka+3
#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi. Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
356005Loading...
#Ilk_saboq Farg‘ona davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona+9
#Ilk_saboq Farg‘ona davlat texnika universitetining birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilidagi ilk saboq “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusidagi “Kelajak soati” darsi bilan boshlandi. 🔹Dars davomida Mustaqillikning tarixiy ahamiyati, uning milliy davlatchiligimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, Vatanga muhabbat va sadoqat, yurt ravnaqi uchun mas’uliyat kabi muhim tushunchalar haqida fikr almashildi. 🖇“Kelajak soati”ning asosiy maqsadi — yoshlarda mustaqillikni millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, erkin va farovon hayot barpo etish uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar maydoni sifatida anglash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Muloqot jarayonida bugungi yoshlarga bildirilayotgan yuksak ishonch, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda universitetimiz iqtidorli talabalarining turli sohalarda erishayotgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
438106Loading...
#Bilimlar_kuni 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir x
#Bilimlar_kuni 🔹Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri hamda “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
201106Loading...
#Bilimlar_kuni Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xal+6
#Bilimlar_kuni Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” bayram tadbiri hamda “Talabalikka bag‘ishlov” marosimi bo‘lib o‘tdi 🔹Dastavval, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida yoshlarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, izlanish va ulkan zafarlar tiladi. 🖇 Tadbir davomida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasidan test sinovlarida eng yuqori natijalarni qayd etgan yigit-qizlarga ramziy “Talabalik guvohnomasi” va “Ramziy kalit” tantanali ravishda topshirildi. ✨ Shundan so‘ng, universitetning barcha o‘quv xonalarida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. 1-bosqich talabalari uchun professor-o‘qituvchilar tomonidan “Birinchi kurs maktabi” tadbirlari boshlandi. Qadrli yoshlar! Yangi o‘quv yilida barchangizga mustahkam bilim, omad, ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz! Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
455303Loading...
#Tanishing Fargʻona davlat texnika universiteti rektori 🔹Tojiyev Rustambek Rasulovich 2004 - yilda Farg'ona politexnika inst
#Tanishing Fargʻona davlat texnika universiteti rektori 🔹Tojiyev Rustambek Rasulovich 2004 - yilda Farg'ona politexnika instituti (hozirgi Farg'ona davlat texnika universiteti)ni tugatgan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor. Bugungi kunga qadar AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Ummon Sultonligi kabi davlatlarda amaliyot o'tagan. O‘z faoliyati davomida 10 dan ortiq darslik, 8 ta monografiya, 16 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda 6 ta patent muallifi hisoblanadi. 🖇R. Tojiyev ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati hamda agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2026-yil 14- martdan Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Batafsil: Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
555306Loading...
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
73101Loading...
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib,+5
#Jarayon 🔹Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev Energetika muhandisligi fakultetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 🖇Tashrif davomida fakultetdagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. ✨Shuningdek, energetika sohasi uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rektor tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda dual ta’limni amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
196003Loading...
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 | Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida bayra
#FDTU_OAV_nigohida Farg'ona 24 | Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
181203Loading...
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
111002Loading...
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘t
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi nafaqat erishilgan yutuqlar sarhisobi, balki yangi marralar sari dadil qadamlar uchun muhim start bo‘ldi. 2026–2027-o‘quv yili Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi g‘alabalar, ilmiy kashfiyotlar, ezgu tashabbuslar va yuksak natijalar yili bo‘lsin! Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing Jarayondan fotolavhalar Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
204308Loading...
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘t+4
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR, YANGI ZAFARLAR! 🔹Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan o‘tkazilgan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi nafaqat erishilgan yutuqlar sarhisobi, balki yangi marralar sari dadil qadamlar uchun muhim start bo‘ldi. 🖇 Tantanali yig‘ilishning badiiy qismi ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘linmasi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. ✨Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” Otabek Muhammadzohidning ijodiy chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishlab, tantanaga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi. 2026–2027-o‘quv yili Farg‘ona davlat texnika universiteti uchun yangi g‘alabalar, ilmiy kashfiyotlar, ezgu tashabbuslar va yuksak natijalar yili bo‘lsin! Jarayondan fotolavhalar Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
241103Loading...
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yi+7
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔹Tadbir doirasida ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni munosib taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, 21 nafar professor-o‘qituvchi va xodimga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari topshirildi. 🖇Yubiley yoshiga yetgan ustozlar, ilmiy daraja va unvonlarga ega professor-o‘qituvchilar ham e’tirof etilib, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Farg‘ona davlat texnika universitetining Faxriy professori” unvoni topshirildi. ✨Ilmiy faoliyat va metodologik ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar, kafedralar va fakultetlar ham rag‘batlantirildi. Universitet kasaba uyushmasi tomonidan faol deb e’tirof etilgan kafedra va bo‘limlar ham munosib taqdirlandi. Shuningdek, universitet vakillarining “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi yakuniy bosqichiga yo‘llanma olgan loyihalari ham alohida e’tirof etildi. Xabaringiz bor, universitetning 4 ta ta’lim dasturi Yevropaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — ASIIN tomonidan muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etganlar ham munosib rag'batlantirildi. Jarayondan fotolavhalar Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
209105Loading...
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi+6
Bugun Farg‘ona davlat texnika universitetida 2026–2027-o‘quv yili oldidan Ilmiy kengashning tantanali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔹Tadbirda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tantanali yig‘ilishda universitet rektori, professor R. Tojiyev so‘zga chiqib, barchani yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi hamda yangi o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga muvaffaqiyat tiladi. 🖇Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning o‘tgan davrdagi faoliyati va erishilgan natijalari sarhisob qilinib, yangi o‘quv yilining ustuvor vazifalari belgilandi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi ijodkorlari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar yig‘ilish ishtirokchilariga havola etildi. Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
181203Loading...
#Ilmiy_kengash Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🔹Yig‘il+4
#Ilmiy_kengash Farg‘ona davlat texnika universitetida yangi o‘quv yilining ilk Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🔹Yig‘ilishda universitet rektori, professor Rustam Tojiyev hamda Ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdi. Unda kun tartibiga kiritilgan 6 ta asosiy va 15 ga yaqin turli masalalar atroflicha muhokama qilindi. 🖇 Kun tartibidagi dastlabki masala — pedagog xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish bo‘yicha tanlovlar to‘g‘risida bo‘lib, bu yuzasidan Kengash kotibi M. Shaxodjayev axborot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda: — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning universitetdagi ijrosi tahlil qilindi (axborotchi: bosh yuriskonsult M. Latipov); — Universitet Kengashining 2025–2026-o‘quv yilidagi faoliyati sarhisob qilinib, 2026–2027-o‘quv yili uchun ish rejasi tasdiqlandi; — 2026–2027-o‘quv yili uchun ishchi o‘quv rejalar, kafedralar yuklamasi va ularning taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, talabalar tanlovi bo‘yicha fanlar, ma’ruza o‘quvchi o‘qituvchilar ro‘yxati, ishchi va muvaqqat o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar, baholash mezonlari, dars jadvali hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi (axborotchi: O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sh. Hamdamova); — 2025–2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, 1–2-kurslarni tamomlagan talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash, shuningdek, ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxatini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi (axborotchi: Registrator ofisi rahbari Ulug‘bek Qahharov); — Universitetda ijro intizomi hamda yo‘riqnoma hujjatlarining bajarilish holati yuzasidan hisobot tinglandi (axborotchi: M. Tojiboyev). Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
173003Loading...
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
142001Loading...
#Suhbat Farg‘ona davlat texnika universitetida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘y+5
#Suhbat Farg‘ona davlat texnika universitetida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. 🔹 Universitet rektori, professor Rustam Tojiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan nomzodlarning bilim va tajribasi, kasbiy salohiyati hamda kompetensiyalari suhbat asosida baholandi. 🖇Suhbat jarayonida talabgorlarning egallanishi rejalashtirilgan lavozimga munosibligi, kasbiy ko‘nikmalari va ta’lim jarayoniga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasiga alohida e’tibor qaratildi. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
183604Loading...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentim+5
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту. #Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
153003Loading...