Rustam Tojiyev Blog
رفتن به کانال در Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
577
مشترکین
+2124 ساعت
+2647 روز
+27230 روز
آرشیو پست ها
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
🇺🇿Sietl shahri 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Edu.uz
+9
Yoshlarni milliy gʻurur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy gʻurur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-gʻayratga toʻldiradigan qudratli kuch. Milliy gʻururi bor odam hech qachon yengilmaydi – Shavkat MirziyoyevPrezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda hayot va kelajakni bilim hamda maʼrifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan doʻstona hamkorlik qilish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani taʼkidlandi. Buyuk jadid bobolarimiz bejiz millatni uygʻoqlikka, bilim va maʼrifatga chaqirmagan. Ularning kurash va maʼrifat maktabi bugun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga ega. Shu bois, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi oʻn yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazildi, qabul kvotalari muntazam oshirib borildi. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod farzandimiz taʼlim olmoqda. Maktab va maktabgacha taʼlim tizimlarida ham muhim oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi besh yilda jadid bobolarimiz merosini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon boʻlgan vatandoshlarimizning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi oʻrganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz haqidagi maʼlumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Videolavha
Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi✨Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing!
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
+8
#Dual_talim
Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi🔹Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar qatorida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarni amaliyotga keng jalb etish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi 🖇️Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida dual ta’limda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ✨Unda “Hududgaz Farg‘ona” GTF direktori Shavkat Adhamovich hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Rustam Tojiev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Batafsil
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+5
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi🔹Oliygoh hududida davom etayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda o‘quv binolarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 🖇️Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarining sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yaratilayotgan sharoitlarning samaradorligi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda laboratoriya va o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur loyihalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay, innovatsion va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Mustaqillik_35
Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim
Farg‘ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Ergashev ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Professor 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri va Andijon viloyatining Marhamat tumanida mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan.
Sirojiddin Ergashev xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish borasida ham faoliyat olib bormoqda. U nufuzli xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Edu.uz
#Mustaqillik_35 #Ilmning_mukofoti
Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim
Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 120 dan ortiq ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent va 15 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi muallifidir.
Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Tabrik
Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, Asaka tumanidagi “ADM Electrics” MChJ bosh direktori Yakubov Abduraxmon Sirojiddinovichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.🔹Ushbu yuksak e’tirof Abduraxmon Sirojiddinovich Yakubovning mamlakatimiz sanoati va iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi, samarali faoliyati hamda fidokorona mehnatining munosib bahosidir. Abduraxmon Yakubovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va ezgu tashabbuslaringizga rivoj tilaymiz.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#Tabrik
Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, “GLOBAL TEXTILE” kompaniyalari guruhi asoschisi Muzaffar Razakovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.🔹Mazkur yuksak davlat mukofoti Muzaffar Razakovning mamlakatimiz sanoati va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi va fidokorona mehnatining yuksak e’tirofidir. Muzaffar Razakovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va mustahkam salomatlik tilaymiz.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#FDTU_OAV_nigohida
Axborot 24 |Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangani haqidagi lavha
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlarining negizini mushtarak tarixiy ildizlar, ko‘p asrlik do‘stlik, buzilmas ma’naviy qadriyatlar, o‘xshash madaniyat va an’analarni mujassam etgan yagona sivilizatsion kod tashkil etadi.
—
В основе отношений Узбекистана и Азербайджана лежит единый цивилизационный код: общие исторические корни, многовековая дружба, нерушимые духовные ценности, схожие культура и традиции.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston – Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi hamda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#Tabrik
Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan professor Sirojiddin Fayozovichni jamoamiz nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz! 🖇Mazkur yuksak e’tirof — ustozning ko‘p yillik samarali mehnati, ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda yuksak kasbiy mahoratining munosib e’tirofidir. ✨Ustozning boy tajribasi, yuksak salohiyati, ilmiy-pedagogik faoliyatdagi fidoyiligi va mas’uliyatli mehnati ko‘plab talaba-yoshlar va hamkasblar uchun doimo ibrat bo‘lib kelmoqda. Ta’lim tizimini rivojlantirish, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari barchamiz tomonidan yuksak qadrlanadi. Ustozga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Edu.uz
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
