Rustam Tojiyev Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
597
المشتركون
+224 ساعات
+3117 أيام
+32130 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
O‘tgan davrda yurtimizda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etildi va xususiy sektorga keng imkoniyat berildi. Buning natijasida tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi.
Yuqori malakali shifokorlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, ular uchun munosib sharoitlar yaratildi. Ilgari xorijda amalga oshirilgan 100 dan ziyod murakkab diagnostika va davolash usullari bugun yurtimizda ham mukammal bajarilmoqda.
– Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir,– dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari jonajon Vatanimiz azaldan ulug‘ mutafakkirlar, aziz avliyolar va buyuk allomalar yurti bo‘lib kelganini ta’kidladi. Bu bebaho merosga munosib ravishda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-ma’rifiy dargohlar barpo etildi. Ushbu muhtasham va tabarruk maskanlar nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari jadal davom ettiriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
AT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sun’iy yo‘ldoshi fazoga uchirilgani alohida g‘urur bilan qayd etildi.
– Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim,– dedi davlatimiz rahbari. Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Repost from Edu.uz
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
Shu bois, ta’limga sifat va mazmun olib kirilib, muallimning obro‘-e’tibori tiklanmoqda, daromadi oshirib borilmoqda.
O‘tgan o‘n yilda aholi 8 millionga ko‘paygan sharoitda ham maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani farzandlarimizga yetakchi xorijiy ta’lim maskanlaridan kam bo‘lmagan darajada chuqur bilim olish imkonini berdi. Yoshlarga xorijiy tillar va kasb-hunar o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarda bilim olishga ishtiyoq kuchayib, ota-onalar uchun farzandini oliy ma’lumotli qilish faqat orzu emas, erishsa bo‘ladigan maqsadga aylandi.
– Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani – Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi. Bilimli qizlar – bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat deganidir,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Repost from Edu.uz
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?– dedi davlatimiz rahbari. Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi. Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi. Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi. Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Repost from Edu.uz
Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.
Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.
Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.
– Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,– dedi Prezidentimiz. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Repost from Edu.uz
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.
– Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda. Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.
Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz. Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,– dedi Prezidentimiz. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
+6
#Mustaqillik_35
#Bayram_tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida faxriy professor-o‘qituvchilar hamda mehnat faxriylari, ishchi-xodimlar holidan xabar olish, ularga bayram tabrigini yetkazish maqsadida xonadonlariga tashriflar tashkil etilmoqda.🔹Jumladan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar xonadonlariga tashrif buyurib, ularni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. ✨Tashrif davomida ustoz va xodimlarning universitet rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Ularning holidan xabar olinib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
🇺🇿Sietl shahri 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Edu.uz
+9
Yoshlarni milliy gʻurur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy gʻurur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-gʻayratga toʻldiradigan qudratli kuch. Milliy gʻururi bor odam hech qachon yengilmaydi – Shavkat MirziyoyevPrezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda hayot va kelajakni bilim hamda maʼrifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan doʻstona hamkorlik qilish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani taʼkidlandi. Buyuk jadid bobolarimiz bejiz millatni uygʻoqlikka, bilim va maʼrifatga chaqirmagan. Ularning kurash va maʼrifat maktabi bugun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga ega. Shu bois, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi oʻn yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazildi, qabul kvotalari muntazam oshirib borildi. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod farzandimiz taʼlim olmoqda. Maktab va maktabgacha taʼlim tizimlarida ham muhim oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi besh yilda jadid bobolarimiz merosini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon boʻlgan vatandoshlarimizning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi oʻrganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz haqidagi maʼlumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Videolavha
Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi✨Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing!
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
+8
#Dual_talim
Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi🔹Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar qatorida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarni amaliyotga keng jalb etish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi 🖇️Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida dual ta’limda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ✨Unda “Hududgaz Farg‘ona” GTF direktori Shavkat Adhamovich hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Rustam Tojiev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Batafsil
Bizni kuzatingTelegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
+5
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi🔹Oliygoh hududida davom etayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda o‘quv binolarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 🖇️Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarining sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yaratilayotgan sharoitlarning samaradorligi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda laboratoriya va o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur loyihalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay, innovatsion va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook |Web sayt
Repost from Farg'ona viloyati hokimligi
#Mustaqillik_35
Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim
Farg‘ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Ergashev ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
Professor 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri va Andijon viloyatining Marhamat tumanida mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan.
Sirojiddin Ergashev xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish borasida ham faoliyat olib bormoqda. U nufuzli xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Edu.uz
#Mustaqillik_35 #Ilmning_mukofoti
Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim
Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 120 dan ortiq ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent va 15 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi muallifidir.
Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
