ch
Feedback
Rustam Tojiyev Blog

Rustam Tojiyev Blog

前往频道在 Telegram

Farg’ona davlat texnika universiteti rektori, professor

显示更多
未指定国家未指定类别
593
订阅者
+1424 小时
+3097 天
+31930 天
帖子存档
Repost from Edu.uz
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidl
Davlatimiz rahbari 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.   Buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.   Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgani qayd etildi.   Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgani ta’kidlandi.  
Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.   Mustaqillik bizga shon-u sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi. Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni anglab, ulug‘ ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.   Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulug‘ bayramimiz Yangi Toshkentda o‘tkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini ta’kidladi.   Kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazi bo‘ladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.   Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bag‘ishlashi qayd etildi.  
Bir necha yuz yillik orzular ro‘yobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana ko‘plab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh bo‘lamiz.   Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi,
– dedi Prezidentimiz. Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml

Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomo
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: — Смотрите празднование 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан по следующим ссылкам: Telegram Youtube Facebook Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#Mustaqillik_35 #Bayram_tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnik
+6
#Mustaqillik_35 #Bayram_tashrifi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat texnika universitetida faxriy professor-o‘qituvchilar hamda mehnat faxriylari, ishchi-xodimlar holidan xabar olish, ularga bayram tabrigini yetkazish maqsadida xonadonlariga tashriflar tashkil etilmoqda.
🔹Jumladan, Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar xonadonlariga tashrif buyurib, ularni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. ✨Tashrif davomida ustoz va xodimlarning universitet rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. Ularning holidan xabar olinib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

🇺🇿Sietl shahri 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-
🇺🇿Sietl shahri 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.
🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. #Mirziyoyev
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. #Mirziyoyev #marosim #monument #mustaqillik35 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. #Mirziyoyev
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. #Mirziyoyev #marosim #monument #mustaqillik35 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Yoshlarni milliy gʻurur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy gʻurur – insonning qalbini, yuragini,
+9
Yoshlarni milliy gʻurur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy gʻurur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-gʻayratga toʻldiradigan qudratli kuch. Milliy gʻururi bor odam hech qachon yengilmaydi – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda hayot va kelajakni bilim hamda maʼrifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan doʻstona hamkorlik qilish Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani taʼkidlandi. Buyuk jadid bobolarimiz bejiz millatni uygʻoqlikka, bilim va maʼrifatga chaqirmagan. Ularning kurash va maʼrifat maktabi bugun ham gʻoyat dolzarb ahamiyatga ega. Shu bois, yoshlarning sifatli taʼlim olishi, vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi oʻn yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazildi, qabul kvotalari muntazam oshirib borildi. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod farzandimiz taʼlim olmoqda. Maktab va maktabgacha taʼlim tizimlarida ham muhim oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi besh yilda jadid bobolarimiz merosini oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon boʻlgan vatandoshlarimizning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi oʻrganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz haqidagi maʼlumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi. Kechqurun davlatimiz rahbari Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etib, xalqimizni bayram bilan tabriklaydi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Videolavha Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi
✨Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Jarayonlar bilan batafsil videolavha orqali tanishing!
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

#Dual_talim Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligi
+8
#Dual_talim Farg‘onada dual ta’limni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika sohasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tarmoqni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi
🔹Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar qatorida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yosh mutaxassislarni amaliyotga keng jalb etish hamda dual ta’lim tizimini rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi 🖇️Mazkur vazifalar ijrosi doirasida “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida dual ta’limda tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ✨Unda “Hududgaz Farg‘ona” GTF direktori Shavkat Adhamovich hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Rustam Tojiev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi Uchrashuvda dual ta’limning asosiy maqsadi — nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekani ta’kidlandi Batafsil
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

#Jarayon Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilis
+5
#Jarayon
Bugun Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor Rustam Tojiyev universitetda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi
🔹Oliygoh hududida davom etayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, zamonaviy laboratoriyalar hamda o‘quv binolarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. 🖇️Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarining sifati, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yaratilayotgan sharoitlarning samaradorligi hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayni paytda laboratoriya va o‘quv binolari zamonaviy standartlar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur loyihalar talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay, innovatsion va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Mustaqillik_35 Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim Farg‘ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Ergashev ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Professor 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri va Andijon viloyatining Marhamat tumanida mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Sirojiddin Ergashev xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish borasida ham faoliyat olib bormoqda. U nufuzli xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Repost from Edu.uz
#Mustaqillik_35 #Ilmning_mukofoti Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 120 dan ortiq ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent va 15 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi muallifidir.
Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi! Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, Asak
#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, Asaka tumanidagi “ADM Electrics” MChJ bosh direktori Yakubov Abduraxmon Sirojiddinovichni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
🔹Ushbu yuksak e’tirof Abduraxmon Sirojiddinovich Yakubovning mamlakatimiz sanoati va iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi, samarali faoliyati hamda fidokorona mehnatining munosib bahosidir. Abduraxmon Yakubovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va ezgu tashabbuslaringizga rivoj tilaymiz.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi! Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, “GLO
#Tabrik Hamkorimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi hamkorimiz, “GLOBAL TEXTILE” kompaniyalari guruhi asoschisi Muzaffar Razakovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
🔹Mazkur yuksak davlat mukofoti Muzaffar Razakovning mamlakatimiz sanoati va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi va fidokorona mehnatining yuksak e’tirofidir. Muzaffar Razakovni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va mustahkam salomatlik tilaymiz.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

Repost from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoy
Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat muk
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. — Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#FDTU_OAV_nigohida Axborot 24 |Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangani haqidagi lavha
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt