uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi πŸ‘‰ Belgini koβ€˜rmoqchi boβ€˜lsangiz, obuna boβ€˜ling

SamATI | Rasmiy kanali

SamATI | Rasmiy kanali

Kanalga Telegram’da oβ€˜tish

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy

Ko'proq ko'rsatish
1 914
Obunachilar
-124 soatlar
-17 kun
-130 kun
Postlar arxiv
+1
πŸ“ŒBaxmalda kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari πŸ—“Bugun Baxmal tumanida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori boshchiligida, institut huzuridagi "O'zbekiston-Koreya kartoshka urug'chiligi markazi" ishtirokida kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari oβ€˜tkazildi. Manba: Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

#SamATI #Imkoniyatlar_oliygohi 🎢 SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI HAQIDA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YARATILGAN YANA BIR MAXSUS TARONA (GIMN!). 😊Institutimizga bagβ€˜ishlangan ushbu maxsus taronani tinglab, oβ€˜z munosabatingizni LIKE ❀️orqali bildirishni unutmang! Sizning e’tiboringiz va qoβ€˜llab-quvvatlashingiz biz uchun juda qadrlidir! πŸ“²Kanalimizga qoβ€˜shiling: 🌎Ijtimoiy sahifalarimizπŸ‘‡ ✈️Ma'naviyat olami | 🌐Web site | βœ…Facebook | 🌐Instagram | πŸ“ΉYoutube

πŸ“ŒBaxmalda kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari πŸ—“Bugun Baxmal tumanida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotla
+5
πŸ“ŒBaxmalda kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari πŸ—“Bugun Baxmal tumanida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori boshchiligida, institut huzuridagi O'zbekiston-Koreya kartoshka urug'chiligi markazi ishtirokida kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari oβ€˜tkazilmoqda. βœ…Seminarning asosiy maqsadi kartoshkachilikda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ilgβ€˜or tajribalarni ommalashtirish hamda fermer va dehqon xoβ€˜jaliklari vakillari oβ€˜rtasida oβ€˜zaro tajriba almashishdan iborat. βœ…Dala seminari davomida kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlardan foydalanish va sohada mavjud imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

#SamATI #Xotin_qizlar_kengashi πŸ“ŒRAHBAR AYOL IMIDJI: MUVAFFAQIYAT SARI YOβ€˜L 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar ins
+7
#SamATI #Xotin_qizlar_kengashi πŸ“ŒRAHBAR AYOL IMIDJI: MUVAFFAQIYAT SARI YOβ€˜L 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda kelajakda munosib rahbar kadrlar sifatida shakllanishiga koβ€˜maklashish maqsadida β€œRahbar ayol imidji: Muvaffaqiyat sari yoβ€˜l” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir institut rektorining xotin-qizlar masalalari boβ€˜yicha maslahatchisi L.Xalmirzayeva tashabbusi bilan oβ€˜tkazildi. Davra suhbatida Samarqand viloyati β€œOqila ayollar harakati” hududiy rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b. Yulduz Pirnazarovna Urunbayeva, institut xotin-qizlar psixologi N.Murodova, tyuterlar U.Kushbakova va N.Melikova, β€œLider qizlar” klubi a’zolari hamda talabalar ishtirok etib, oβ€˜z fikr-mulohazalari va tavsiyalari bilan oβ€˜rtoqlashdilar. Tadbir davomida talaba-qizlarga rahbar ayolning jamiyatdagi oβ€˜rni, boshqaruv faoliyatida mas’uliyat, muomala madaniyati, tashqi koβ€˜rinish va ishbilarmonlik uslubi, jamoa bilan ishlash koβ€˜nikmalari hamda samarali yetakchilik fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Davra suhbati qizlarning oβ€˜z salohiyatiga boβ€˜lgan ishonchini mustahkamlash, kelajakdagi kasbiy maqsadlarini belgilash va rahbarlik faoliyatiga intilishini ragβ€˜batlantirishga xizmat qildi. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

😊INSTITUTDA β€œUMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI Oβ€˜TKAZILMOQDA πŸ—“21-oktyabr - Oβ€˜zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab
+9
😊INSTITUTDA β€œUMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI Oβ€˜TKAZILMOQDA πŸ—“21-oktyabr - Oβ€˜zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan institutda talaba-yoshlar ishtirokida β€œUmummilliy diktant” loyihasi oβ€˜tkazilmoqda. βœ…Loyihaning asosiy maqsadi talabalarning yozma savodxonligini oshirish, oβ€˜zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilish koβ€˜nikmalarini mustahkamlash hamda ona tiliga boβ€˜lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirishdan iborat. βœ…Diktant davomida talabalar oβ€˜z bilim va koβ€˜nikmalarini sinovdan oβ€˜tkazib, davlat tiliga boβ€˜lgan hurmatlarini namoyon etmoqdalar. ‼️Ona tilimiz - milliy oβ€˜zligimiz va ma’naviyatimiz koβ€˜zgusi! πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

Repost from Edu.uz
πŸƒβ€β™€οΈπŸƒβ€β™‚οΈ #Talaba_yugur β€œTalaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari gβ€˜olib va sovrindor boβ€˜ldi Samarqan
+9
πŸƒβ€β™€οΈπŸƒβ€β™‚οΈ #Talaba_yugur β€œTalaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari gβ€˜olib va sovrindor boβ€˜ldi Samarqand shahridagi Turizm markazida 3 kilometr masofada β€œTalaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari boβ€˜lib oβ€˜tdi. Unda 5 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
πŸ† β€œTalaba-yugur” musobaqasi natijalari: Yigitlar oβ€˜rtasida: πŸ₯‡ Azizbek Boshmonov β€” Samarqand davlat pedagogika instituti; πŸ₯ˆ Quvonchbek Xalimov β€” Samarqand davlat pedagogika instituti; πŸ₯‰ Ziyodulla Sagβ€˜dullayev β€” Samarqand davlat tibbiyot universiteti. Qizlar oβ€˜rtasida: πŸ₯‡ Shaxnoza Ziyodullayeva β€” Kattaqoβ€˜rgβ€˜on davlat pedagogika instituti; πŸ₯ˆ Gulsevar Bolgβ€˜ayeva β€” Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti; πŸ₯‰ Tiniqoy Ochilova β€” Samarqand davlat pedagogika instituti.
Gβ€˜olib va sovrindorlar medal hamda esdalik sovgβ€˜alari bilan taqdirlandi. πŸ‘‰ На русском πŸ‘‰ In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

πŸ“ŒInstitut hududiga 200 tup β€œYapon saforasi” ekildi Oβ€˜zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti hamda
+6
πŸ“ŒInstitut hududiga 200 tup β€œYapon saforasi” ekildi Oβ€˜zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamkorligida β€œYashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi koβ€˜chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Tadbir davomida mevali va manzarali daraxt koβ€˜chatlarini tanlash, ekishda tuproqning ball bonitetini hisobga olish hamda agrotexnik talablarga rioya etish boβ€˜yicha amaliy tavsiyalar berildi. Aksiya doirasida institut hududiga 200 tup β€œYapon saforasi” koβ€˜chati ekilib, hududni yanada obod va koβ€˜kalamzor qilishga hissa qoβ€˜shildi. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

πŸ“ŒFarmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi Oβ€˜zbekiston Ekologik partiyasining Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani partiya ta
+8
πŸ“ŒFarmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi Oβ€˜zbekiston Ekologik partiyasining Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani partiya tashkilotlari hamkorligida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi β€œYashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar toβ€˜gβ€˜risida”gi PF–206-son Farmoni ijrosiga bagβ€˜ishlangan davra suhbati oβ€˜tkazildi. Oβ€˜zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining joriy yil oktabr oyi ish rejasiga muvofiq tashkil etilgan tadbirda viloyat partiya tashkiloti ijroiya qoβ€˜mitasi raisi Xoβ€˜jaqul Muxammadiyev va boshqalar soβ€˜zga chiqib, Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, hududlarni obodonlashtirish va koβ€˜kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda mahallalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishning ahamiyati haqida soβ€˜z yuritdilar. Davra suhbati davomida β€œYashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va hududlarda yashil muhitni shakllantirishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirish, obodonlashtirish va koβ€˜kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish muhimligini ta’kidladilar. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

😊Institutda Xalqaro qishloq ayollari kuniga bagβ€˜ishlangan davra suhbati oβ€˜tkazildi πŸ—“15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari ku
+9
😊Institutda Xalqaro qishloq ayollari kuniga bagβ€˜ishlangan davra suhbati oβ€˜tkazildi πŸ—“15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Agrobiologiya fakultetida talaba-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. βœ…Tadbirni fakultet dekani, professor S.T. Sanayev ochib berdi. Institut Xotin-qizlar kengashi raisi, dotsent L.B.Xalmirzayeva mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirib, ularning hayotiy tajribasi va mehnat faoliyati yoshlar uchun muhim ibrat maktabi ekanini ta’kidladi. βœ…Davra suhbatida Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi koβ€˜kalamzorlashtirish brigadiri, β€œMehnat shuhrati” ordeni sohibi Mahbuba Normurodova hamda farroshlar brigadiri, Mustaqilligimizning 35 yilligi koβ€˜krak nishoni sohibi Dilshoda Turopova ishtirok etdilar. βœ…Mehmonlar talaba-qizlarga oβ€˜z hayot yoβ€˜llari, kasbiga sadoqati va koβ€˜p yillik mehnat tajribalari haqida soβ€˜zlab berdilar. Shuningdek, har qanday kasbda halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va mas’uliyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar. Tadbir yakunida mehmonlarga institut nomidan esdalik sovgβ€˜alari topshirildi. βœ…Suhbatning amaliy davomi sifatida mehmonlar va talaba-qizlar ishtirokida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida institut hududiga manzarali daraxt koβ€˜chatlari ekildi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish, tabiatga mehr va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratildi. πŸ’―Mazkur tadbir talaba-qizlarda mehnatga hurmat, kasbga sadoqat va hayotiy maqsadlarga intilish tuygβ€˜ularini mustahkamlash, shuningdek, jamiyat ravnaqida ayollarning munosib oβ€˜rnini e’tirof etishga xizmat qildi. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

😊SamATI yoshlari β€œTalaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! πŸ—“Bugun Samarqanddagi β€œIpak yoβ€˜li” turizm markazida boβ€˜lib oβ€˜tgan β€œTalaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafonida institutimiz yoshlari ham faol ishtirok etishdi. #Videolavha #SamATI #TalabaYugur2026 #YoshlarSporti πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

πŸ“ŒXalqaro akkreditatsiya tashkilotlari vakili institutga tashrif buyurdi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instit
+9
πŸ“ŒXalqaro akkreditatsiya tashkilotlari vakili institutga tashrif buyurdi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Buyuk Britaniyaning Biznes boshqaruvi magistrlari assotsiatsiyasi (Association of MBAs - AMBA) va Biznes ta’limi bitiruvchilari assotsiatsiyasi (Business Graduates Association - BGA) vakili, BGAni rivojlantirish boβ€˜yicha rahbar Richard Turner tashrif buyurdi. βœ…Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif doirasida mehmonni institut rektori, professor Sh.Hasanov kutib oldi. Uchrashuvda rektor institut faoliyati haqida taqdimot qilib, ta’lim yoβ€˜nalishlari, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi. βœ”οΈMuloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro akkreditatsiya talablarini joriy etish va istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmon institutda yaratilgan shart-sharoitlar hamda β€œOβ€˜zbekistonda urugβ€˜lik kartoshka yetishtirish texnologiyalari va koβ€˜paytirish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. βœ…Ma’lumot uchun, Londonda joylashgan AMBA va BGA biznes va boshqaruv ta’limi sifatini baholash hamda xalqaro akkreditatsiyadan oβ€˜tkazish sohasida faoliyat yuritadi. AMBA biznes boshqaruvi boβ€˜yicha magistratura dasturlarini akkreditatsiyalashga ixtisoslashgan boβ€˜lsa, BGA biznes maktablarining faoliyatini kompleks baholash va ularning barqaror rivojlanishini qoβ€˜llab-quvvatlaydi. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website πŸ“±Telegram πŸ“±Facebook πŸ“± Instagram πŸ“± YouTube

πŸ“ŒMoziyga sayohat: tarix, tafakkur va ma’naviyat uygβ€˜unligi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiy
+9
πŸ“ŒMoziyga sayohat: tarix, tafakkur va ma’naviyat uygβ€˜unligi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 2-bosqich talabalari kursga mas’ul tyutor O.Nazarov boshchiligida Samarqand shahridagi Mirzo Ulugβ€˜bek rasadxonasi, Registon maydoni hamda Qatagβ€˜on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar. βœ…Sayohat davomida talabalar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qoβ€˜shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Mirzo Ulugβ€˜bek rasadxonasida allomaning astronomiya sohasidagi ilmiy kashfiyotlari, Registon maydonida esa milliy me’morchiligimizning betakror namunalari haqida ma’lumotlarga ega boβ€˜ldilar. Qatagβ€˜on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif davomida esa xalqimiz tarixining murakkab va ogβ€˜ir davrlari, istiqlol va ozodlik yoβ€˜lida qurbon boβ€˜lgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan tanishdilar. πŸ’―Mazkur ma’rifiy sayohat talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarimizga hurmatini oshirish, tarixiy xotirani asrash hamda yoshlarda vatanparvarlik tuygβ€˜ularini mustahkamlashga xizmat qildi. πŸ€“ SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website πŸ“±Telegram πŸ“±Facebook πŸ“± Instagram πŸ“± YouTube

Institutda β€œOna tilim β€” millatim faxri, ma’naviyatim gavhari!” mavzusida insholar tanlovi oβ€˜tkazildi Bugun 21-oktabr - Oβ€˜zbek
+9
Institutda β€œOna tilim β€” millatim faxri, ma’naviyatim gavhari!” mavzusida insholar tanlovi oβ€˜tkazildi Bugun 21-oktabr - Oβ€˜zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan institut talaba-yoshlari oβ€˜rtasida β€œOna tilim - millatim faxri, ma’naviyatim gavhari!” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan koβ€˜zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga boβ€˜lgan mehr va ehtiromni yanada yuksaltirish, oβ€˜zbek tilining boyligi, betakror jozibasi va ma’naviy ahamiyatini keng targβ€˜ib etish, shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyati hamda yozma nutq koβ€˜nikmalarini rivojlantirishdan iborat boβ€˜ldi. Tanlov davomida talabalar oβ€˜z insholarida ona tilimizning milliy oβ€˜zligimiz va ma’naviyatimizni ifodalashdagi oβ€˜rni, uning tarixiy ildizlari, boyligi va sofligini asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi fikr-mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning ona tiliga boβ€˜lgan hurmatini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda oβ€˜zbek tilining nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ona tilini sevish - millatni sevishdir! πŸ€“ SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website πŸ“±Telegram πŸ“±Facebook πŸ“± Instagram πŸ“± YouTube

Repost from Edu.uz
#SavolJavob #30foizchegirma Pedagog xodimlarning farzandlari uchun toβ€˜lov-kontrakt summasining 30 foizini davlat tomonidan qoplab berish tartibi koβ€˜pchilikda qiziqish uygβ€˜otmoqda. Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin, qanday tartibda ariza topshiriladi va chegirma qay tarzda qoβ€˜llaniladi? Quyida shu kabi koβ€˜p berilayotgan savollarga batafsil javob beramiz. ❓30 foizlik chegirma kimlarga beriladi? ❓Kontrakt pulini oldindan toβ€˜liq yoki qisman toβ€˜lagan boβ€˜lsam, chegirma olamanmi? ❓Ariza berishdan oldin joriy oβ€˜quv yili uchun kontrakt shartnomasi boβ€˜lishi kerakmi? ❓Yarim grant, yarim kontrakt asosida oβ€˜qiyotganlarga ham chegirma beriladimi? ❓Super-kontrakt asosida oβ€˜qiyotganlar chegirma oladimi? ❓Ariza qancha muddatda koβ€˜rib chiqiladi? ❓Agarda mening shartnomam stipendiyali boβ€˜lsa, shu shartnoma summasining 30 foiziga chegirma beriladimi? ❓Ariza qabul qilingach, shartnoma summasi oβ€˜zgaradimi? ❓Ariza tasdiqlansa, pul darhol OTM hisobiga tushadimi? ❓Ariza topshirishning oxirgi muddati qachon? ❓Bir oβ€˜quv yilida necha marta ariza berish mumkin? Rad etilsa, qayta yuborish mumkinmi? ❓Pedagogik faoliyat bilan bogβ€˜liq lavozimlar roβ€˜yxatini qayerdan tekshirish mumkin? Batafsil videoda πŸ‘† Matnli oβ€˜qish: https://gov.uz/edu/news/view/233356 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilgβ€˜or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva I
+6
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilgβ€˜or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdoβ€˜gβ€˜an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va β€œYenidogβ€˜u” maktabidagi ta’lim modellarini oβ€˜rgandi. Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili β€” intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va oβ€˜z gβ€˜oyasini yaratish oβ€˜rgatiladi. Universitet ta’limi koβ€˜p tilli va xalqaro muhitga yoβ€˜naltirilgan. β€œYenidogβ€˜u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, oβ€˜z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy oβ€˜rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bogβ€˜laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashgβ€˜ulotlarga ham katta urgβ€˜u beriladi. Tashrif davomida Oβ€˜zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari oβ€˜rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda oβ€˜quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish boβ€˜yicha kelishuvga erishildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

βœ…15 – oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni 🌱Hozirgi kunga kelib shahar va qishloqlar orasidagi farq tobora kamayib bormoqda.
βœ…15 – oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni 🌱Hozirgi kunga kelib shahar va qishloqlar orasidagi farq tobora kamayib bormoqda. Zero, qishloqlarda ham zamonaviy uylar, kattadan katta do’konlar-u turli o’yingohlar, ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar qad rostlamoqda. Lekin shunday bo’lsa-da, qishloq ayollari boshqalarga nisbatan, samimiyligi, mehnatkashligi, soddaligi va mehmondo’stligi bilan ajralib turadi. Ha, ular murakkab bo’lmagan oddiy uy yumushlarini bajaradilar, tomorqasi-yu bog’idan farzandlari uchun sabzavot-mevalar yetishtiradilar. Ba’zan esa butun dunyodan β€œuzilgan” holda oilasi bilan tinch va baxtli yashaydiganlar ham ular… πŸ’§Bugun ana shunday ayollarni faqat eslab qo’yadigan kun emas, bugun ularning jasoratlarini olqishlaydigan, milliy qadriyatlarimizdagi o’rni naqadar muhimligini anglaydigan va, aytish mumkinki, ularning oddiy va qishloq havosidek β€œtoza” baxtiga havas qiladigan kundir. P.s: rasm AI yordamida yaratilgan. πŸ€“ SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website πŸ“±Telegram πŸ“±Facebook πŸ“± Instagram πŸ“± YouTube

😊SamATI yoshlari β€œTalaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! πŸ—“Bugun Samarqanddagi β€œIpak yoβ€˜li” turizm markazida bo
+9
😊SamATI yoshlari β€œTalaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! πŸ—“Bugun Samarqanddagi β€œIpak yoβ€˜li” turizm markazida boβ€˜lib oβ€˜tgan β€œTalaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafonida institutimiz yoshlari ham faol ishtirok etishdi. πŸ†Quvonarlisi, Agrobiologiya fakultetining 2-bosqich talabasi Bolgβ€˜ayeva Gulsevar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari oβ€˜rtasida munosib ishtirok etib, faxrli 2-oβ€˜rinni egalladi. πŸ‘Gulsevarni ushbu yutugβ€˜i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! #SamATI #TalabaYugur2026 #YoshlarSporti πŸ› SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

😊SamATI yoshlari "Talaba yugur - 2026" marafonida faol ishtirok etdi Bugun Samarqand "Ipak yo'li" turizm markazida β€œTalaba y
+9
😊SamATI yoshlari "Talaba yugur - 2026" marafonida faol ishtirok etdi Bugun Samarqand "Ipak yo'li" turizm markazida β€œTalaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafoni boβ€˜lib oβ€˜tdi. Mazkur mafaronda institutimiz yoshlari ham o'z faolliklarini ko'rsatishdi. Marafondan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar orasida sport va sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ularni qo'llab-quvvatlash va boshqalardan iborat. Mazkur marafonda nafaqat talabalar balki turli tashkilot va ijtimoiy qatlam vakillari hamda maktab o'quvchilari ham ishtirok etdi. πŸ€“SamATI Axborot xizmati πŸ“±Website  πŸ“±Telegram πŸ“±FacebookπŸ“±InstagramπŸ“±YouTube

Repost from Edu.uz
β€œBiz giyohvandlikka qarshimiz!” β€” yoshlar uchun ibratli film Giyohvandlikning inson hayoti, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, zararli odatlarga berilishning ogβ€˜ir oqibatlari qisqa metrajli filmda badiiy obrazlar orqali ochib berildi. Film yoshlar oβ€˜rtasida sogβ€˜lom turmush tarzini targβ€˜ib qilish, ularni zararli illatlardan ogoh etish hamda hayotda toβ€˜gβ€˜ri tanlov qilishga undash maqsadida suratga olingan. Mazkur ijodiy loyiha Toshkent xalqaro universiteti, Qoβ€˜qon universiteti hamda Qoβ€˜qon universitetining Andijon filiali hamkorligida amalga oshirildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram