fa
Feedback
SamATI | Rasmiy kanali

SamATI | Rasmiy kanali

رفتن به کانال در Telegram

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy

نمایش بیشتر
1 664
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-77 روز
-1430 روز
آرشیو پست ها
Repost from Edu.uz
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi. Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#highligt #ichki_turizm ✅ SamATI bilan Xivaga borgandek bo’ling! SamATI sayohatchilari sizlar uchun Ichanqal’a majmuasidan maxsus videorolik tayyorladi. Bu orqali siz ochiq osmon ostidagi muzey shaharni bizning ko’zimiz bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#ichki_turizm #Xorazm 📌 Ichanqal’aga sayohat: bugun ham “yashayotgan” tarixiy muzey shahar ✅ Samarqand viloyati kasaba uyush
+9
#ichki_turizm #Xorazm 📌 Ichanqal’aga sayohat: bugun ham “yashayotgan” tarixiy muzey shahar ✅ Samarqand viloyati kasaba uyushmasi tomonidan Xorazm viloyatiga ichki turizm maqsadida yuborilgan turli oliygoh hamda tashkilot vakillari bugun Xiva shahrida joylashgan tarixiy muzey shahar Ichanqal’aga yetib keldi. Bir necha yuz hatto ming yillik o’tmishni o’zida asl holicha saqlab kelayotgan maskanni qisqa vaqt ichida to’liq tomosha qilish imkonsiz bo’lsa-da, uning jozibasi va tarixiy qiyofasidan chuqur taassurot olishga ulgurdik. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#ichki_turizm #Xorazm ✅ Xorazmdagi sayohatimiz “Ulli hovli” qal’asidan boshlandi 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

+9
#ichki_turizm #Xorazm 📌Xorazmdagi sayohatimiz “Ulli hovli” qal’asidan boshlandi ✅ O’zbek va turkman xalqlarining birdamligini namoyish etuvchi mazkur tarixiy majmua barchaga ajoyib taassurotlar qoldirdi. Qaysidir ma’noda uzoq davom etgan yo’l charchog’i madaniy hordiq bilan chiqqandek bo’ldi. Sayohat davom etmoqda. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#live #ichki_turizm 📌Samarqanddan xorazmga sayohat! ✅Samarqand viloyati kasaba uyushmasi tomonidan viloyatda joylashgan bir qator oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilot vakillari uchun Xorazm viloyatiga sayohat tashkil etilmoqda. Bu turistik safarda SamATI vakillari ham ishtirok etmoqda. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Yoshlar_kuni 📌 SamATIda startapchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi ✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar ins
+9
#Yoshlar_kuni 📌 SamATIda startapchi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshqaruvchi o‘rinbosari Sh. Jumag‘ulov ishtirokida startapchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining imkoniyatlari, yoshlarning biznes tashabbuslari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarining startap va ilmiy ishlanmalarini taqdim etib, mutaxassislar bilan fikr almashdilar. Yakunda istiqbolli deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga joriy etishda ko‘maklashish belgilandi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#turizm #Chust Chust — milliy meros va betakror tabiat manzili Namangan viloyatining qadimiy maskanlaridan biri – Chust tumani sizni o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy manzaralari, etnografik qadriyatlari hamda yuksak turizm salohiyati bilan kutib oladi. 🇺🇿Batafsil videoda 👆 — Chust — A Destination of National Heritage and Unique Natural Beauty Located in the Namangan Region, Chust District is one of Uzbekistan’s oldest and most distinctive destinations, welcoming visitors with its rich historical and cultural heritage, breathtaking natural landscapes, unique ethnographic traditions, and outstanding tourism potential. 🇬🇧More details in the video 👆 — Чуст — край национального наследия и неповторимой природы Чустский район — один из древнейших уголков Наманганской области, который приглашает познакомиться с богатым историко-культурным наследием, живописными природными ландшафтами, этнографическими традициями и высоким туристическим потенциалом. 🇷🇺Подробности — в видео 👆
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar Amaliy seminar boshlandi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisoslikl
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar Amaliy seminar boshlandi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari” mavzusida tashkil etilishi e’lon qilingan ovozli chat formatidagi ochiq muloqot boshlandi.
Mazkur amaliy onlayn-seminar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari uchun dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor Jamila Jumabayeva olib borayotgan amaliy seminarda ijtimoiy-gumanitar sohalarda dissertatsiya mavzularini tanlash mezonlari, ilmiy muammoni to‘g‘ri shakllantirish, tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy yangiligini asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Ma’ruzadan so‘ng mutaxassis tomonidan mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar beriladi.
Barcha qiziquvchilarni amaliy onlayn seminarda mazkur havola orqali @attestatsiya  faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sino
#Oʻqishni_ko‘chirish #OʻtishBallari
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉🏻 📄 shaklida yuklab olish. 👉 На руcском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Turizm #Yangiqoʻrgʻon Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumaniga marhamat! Musaffo togʻ havosi, soʻlim tabiat, boy tarixiy-madaniy meros va oʻziga xos etnografik anʼanalarga ega Yangiqoʻrgʻon sizni chorlaydi! Yangiqoʻrgʻonni kashf eting va unutilmas taassurotlarga ega boʻling! 🇺🇿Batafsil videoda 👆 — Welcome to Yangikurgan District of Namangan Region! Yangikurgan invites you to experience its fresh mountain air, breathtaking natural landscapes, rich historical and cultural heritage, and unique ethnographic traditions. Discover Yangikurgan and create unforgettable memories! 🇬🇧More details in the video 👆 — Добро пожаловать в Янгикурганский район Наманганской области! Янгикурган приглашает вас насладиться чистейшим горным воздухом, живописной природой, богатым историко-культурным наследием и самобытными этнографическими традициями! Откройте для себя Янгикурган и подарите себе незабываемые впечатления! 🇷🇺Подробности — в видео 👆 — Namangan Vilayeti'nin Yangikurgan İlçesine Hoş Geldiniz! Temiz dağ havası, eşsiz doğal güzellikleri, zengin tarihî ve kültürel mirası ile kendine özgü etnografik gelenekleriyle Yangikurgan sizi bekliyor! Yangikurgan'ı keşfedin ve unutulmaz anılar biriktirin! 🇹🇷Ayrıntılar videoda 👆
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar Amaliy onlayn-seminarga taklif etamiz Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy izlanuvchilarga amaliy
#Ovozli_chat #Onlayn_seminar Amaliy onlayn-seminarga taklif etamiz Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy izlanuvchilarga amaliy ko‘mak berish maqsadida ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari yuzasidan Telegram kanalida ovozli chat orqali ochiq muloqot tashkil etmoqda. Mavzu: Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari Moderator:  Jumabayeva Jamila Sharipovna O‘zbekiston milliy universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor 🗓  Sana: 2026-yil 9-iyul ⏰   Vaqt: 11:00 📜 Ma’ruza tili: o‘zbek tili 🔐 Havola: Telegram: @attestatsiya Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda javob olishingiz mumkin. 👉🏻 Batafsil: https://oak.uz/pages/30899
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#turizm #Yangiqoʻrgʻon Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari turizmni rivojlantirish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘ngilochar va sayyohlik maskanlarida bo‘ldilar. Sayohat davomida talabalar hududning betakror tabiati, dam olish maskanlari hamda turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumanining diqqatga sazovor maskanlari hamda turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida rus, turk, tojik, qirg‘iz, arab, xitoy, koreys, malay va boshqa tillarda videoroliklar tayyorlandi. Siz ham Yangiqo‘rg‘onning so‘lim maskanlariga tashrif buyurib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling! Dam olish kunlaringizni mazmunli o‘tkazish uchun yaqinlaringiz bilan sayohat qilishni tavsiya etamiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz

Repost from Edu.uz
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ‼️SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054 Hukumatnin
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩
‼️SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054
Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabulida mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari “College Board” rasmiy platformasi orqali 30054 DI kodi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi lozim. 📥 Natijalar DI kodi orqali quyidagi tartibda yetkaziladi: 1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi. 2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Vazirlikka taqdim etiladi. ❗️Eslatma: Qabul jarayonida faqat DI kodi (30054) orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Sertifikatni qo‘lda yuklash, PDF variantini tizimga joylash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul jarayonida hisobga olinmaydi. Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyul kuniga qadar davom etadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul #Abituriyent2026 🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda❔ 📍 Bugungi ku
#Qabul #Abituriyent2026
🎓 Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi❓ Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda
📍 Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi; ✅ Buxoro davlat universitetida amalga oshirilmoqda.
🏫 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari
🔹 Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani. 🔹 Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
🌍 Xalqaro hamkorlik
Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu esa talabalarga: 🔘 professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish; 🔘 xorijda ta’lim olish; 🔘 4-kursni Nankinda davom ettirish; 🔘 qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish; 🔘 xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
💼 Professional sertifikatlar
✔️ O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi. ✔️ F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi. ✔️ GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
💻 Zamonaviy ta’lim
Talabalar: ▪️ sun’iy intellekt (AI); ▪️ Big Data (katta ma’lumotlar tahlili); ▪️ raqamli audit; ▪️ axborot texnologiyalari auditi; ▪️ masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
🤝 Bandlik kafolati
Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar: ✅ Hisob palatasi; ✅ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; ✅ Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; ✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi. 🌐 Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
📚 Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)
👥 Kvota — 200 nafar. Nomzodlardan: ☑️ ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat; ☑️ matematika bo‘yicha yuqori natija; ☑️ kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi. 🎯 Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi... O‘zbekisto
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida bugungi murakkab va tahlikali davrda ilm-fan, ma'rifat, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini ta'kidladi. Davlatimiz rahbari islom sivilizatsiyasi asrlar davomida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini, Yangi O‘zbekiston esa buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirayotganini qayd etdi.
"Biz ilm va ma'rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat'iy ishonamiz", — deyiladi Prezident murojaatida.
Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#EʼLON 📣 O’zbekiston va Italiyada magistraturada o’qib ikkita diplomga ega bo’ling! ✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiq
#EʼLON 📣 O’zbekiston va Italiyada magistraturada o’qib ikkita diplomga ega bo’ling! ✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Italiyaning Tushia universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma kampus tashkil etilgan edi. Ushbu hamkorlik doirasida endilikda magistratura bosqichida tahsil olishni istagan yoshlar ta’lim jarayonini O‘zbekiston va Italiya davlatlarida olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 👉  Qo‘shma dastur doirasida magistraturaga qabul quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladi: ▶️ Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi (Organic Agriculture and Food Safety), ▶️  Bioiqtisodiyot (Circular Economy). Dars mashg‘ulotlari ingliz tilida olib boriladi. Ta’lim yakunida bitiruvchilarga har ikkala oliy ta’lim muassasasining diplomlari topshiriladi... Murojaat uchun: +998915256777, +998915450456, +998977950770 Batafsil:👉 https://samaguni.uz/#/announcements/240 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oli
#Eʼlon #Tanlov
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ▪️she’r; ▪️hikoya; ▪️esse; ▪️maqola. Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram