SamATI | Rasmiy kanali
Ir al canal en Telegram
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy
Mostrar más1 918
Suscriptores
+124 horas
-47 días
+23930 días
Archivo de publicaciones
+9
📚 “MILLAT SHAVKATI” — MILLIY QADRIYATLAR VA YUKSAK MA’NAVIYAT TIMSOLI
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Millat shavkati” kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda institutning birinchi prorektori U.Nurullayev, Respublika kengashi ijtimoiy himoya bo‘limi mutaxassisi N.Nazarov, Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchi R.Suyunov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Muloqotda kitobdagi g‘oyalar, milliy qadriyatlar, inson qadri, mehnatkashlar huquq va manfaatlari hamda yoshlar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Talabalar mutaxassislar bilan muloqot qilib, savollariga javob olishdi.
Yakunda kitob mutolaasining yoshlar ma’naviyati, dunyoqarashi va faolligini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
#XalqaroAvtomobilsizKun
22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”
22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
#7_MilliyDastur
Mustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyati
Kimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.
🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.
🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎓 SLOVAKIYADA GRANT ASOSIDA O‘QISH VA TADQIQOT OLIB BORISH IMKONIYATI!
🇸🇰 2026/2027-o‘quv yilida Slovakiya Respublikasi “Milliy stipendiya almashinuvi” dasturi doirasida institut talabalari, doktorantlari hamda professor-o‘qituvchilari uchun xorijda o‘qish, ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grant tanlovi e’lon qiladi.
👥 Ushbu dasturda quyidagi nomzodlar qatnashishi mumkin:
🔹 bakalavr talabalari (kamida 2,5 yilni tamomlagan, ya’ni 3-kurs 6-semestr talabalaridan boshlab);
🔹 magistrantlar;
🔹 doktorantlar;
🔹 yosh tadqiqotchilar;
🔹 institut professor-o‘qituvchilari.
📌 Talablar:
▪️ ingliz tilini kamida B2 darajada bilish;
▪️ o‘qish yoki ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha aniq rejaga ega bo‘lish.
⏳ Ariza topshirish muddati:
Nomzodlar 2026-yil 8-oktabr sanasiga qadar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari lozim.
☝️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Bosh bino, 2-qavat, 139-xona
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat
🟦🟦🟦🟦🟦
🔤Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovi
Muddat: 25.09.2026
🔤“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovi
Muddat: 28.09.2026
🔤Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari
Muddat: 30.09.2026
🔤“O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi
Muddat: 30.09.2026
🔤Xitoyga xorijiy stajirovka tanlovi
Muddat: 30.09.2026
🔤Roma Tre universitetida stajirovka tanlovi
Muddat: 30.09.2026
🔤Padova universitetida stajirovka tanlovi
Muddat: 30.09.2026
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
+5
🌱 PLASTIKLARDAN XOLI OY - TOZA DALA SARI!
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Plastiklardan xoli oy” va “Toza dala” chellenji doirasida plastik chiqindilarni dalalarda qoldirmaslik, yoqmaslik va tartibsiz ko‘mib yubormaslik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
♻️ Institut Axborot-maslahat markaziga qarashli yerlarning yo‘l chetlariga 4 ta maxsus uy o‘rnatildi. Ularda polietilen paketlar, sug‘orish lentalari, mulcha plyonkalari, o‘g‘it qoplari, plastik butilkalar hamda kimyoviy vositalar idishlari yig‘iladi.
Yig‘ilgan plastik chiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinadi yoki qayta ishlashga yuboriladi.
🌍 Toza dala — toza tuproq, toza suv va sog‘lom kelajak!
♻️ Plastikni dalada qoldirmaylik — yig‘aylik, saralaylik va qayta ishlashga topshiraylik!
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
Italiyaning Tuscia universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturiga saralash boʻlib oʻtdi
Institutimizda Italiyaning nufuzli Tuscia universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
+9
Italiyaning Tuscia universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturiga saralash boʻlib oʻtdi
Institutimizda Italiyaning nufuzli Tuscia universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
2026-2027-oʻquv yili uchun bakalavriatning quyidagi yoʻnalishlariga talabalar suhbat asosida saralab olindi:
🌱 “Agronomiya”
🍏 “Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi”
Suhbat davomida abituriyentlarning mutaxassislik bilimlari, ingliz tilini bilish darajasi va oʻqishga boʻlgan qiziqishi baholandi. Ushbu dastur talabalarga Yevropa taʼlim tajribasi asosida zamonaviy bilimlarni egallash imkonini beradi.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan barcha talabalarni tabriklaymiz va oʻqishlarida zafarlar tilaymiz!
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
+3
🚀 STARTAP LOYIHALARI — MAHALLALAR RIVOJI UCHUN YANGI IMKONIYAT!
📍 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, viloyat hokimligi va boshqarma tashkilotlar mas'ul xodimlariga startap loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida institutda yaratilgan innovatsion va amaliy yechimlar, ularni hududlarda, xususan, mahallalarga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Mazkur loyihalarni mahallalarda amaliyotga tatbiq etish orqali:
🔹 yangi ish o‘rinlari yaratish;
🔹 aholining daromad manbalarini kengaytirish;
🔹 innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish;
🔹 zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🌱 Asosiy maqsad — ilmiy ishlanmalarni amaliyot bilan bog‘lash, innovatsion loyihalarni mahallalarga olib kirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarni yaratish.
💡 Ilm-fan → Innovatsiya → Startap → Mahalla → Daromad
🕊Bizni kuzatib boring!
Repost from Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat tpshirish uchun yangilangan video qo'llanma
👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
+7
#yoshlar_kuni
📌Talaba-qizlar zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirildi
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlarni STEM — tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik va matematika yo‘nalishlariga jalb etish maqsadida 17-sentabr kuni “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga STEM yo‘nalishlari, zamonaviy kasblar, zarur bilim va ko‘nikmalar hamda sohalardagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, institutning zamonaviy laboratoriyalari va ta’lim imkoniyatlari namoyish etildi.
Ishtirokchilar savollariga javob olib, STEM yo‘nalishlarida ta’lim olish va kasbiy rivojlanish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar oldilar.
Tadbirning asosiy maqsadi - talaba-qizlarning STEM sohalariga qiziqishini oshirish, ularni ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga jalb etish hamda ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
+3
📌 Rektor va yoshlar uchrashuvi
✅ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida rektor, professor Shavkat Hasanovning 2-3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.
Muloqotda rektor yoshlarni imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirib, "Bilimli inson xor boʻlmaydi", — deya ta’kidladi va quyidagi muhim jihatlarga toʻxtaldi:
🎓 Talabalarning nazariy va amaliy koʻnikmalari kelgusida mehnat bozorida oʻz oʻrinlarini topishlariga xizmat qiladi.
🌍 Yoshlar uchun yaratilgan xorijiy amaliyotlar, startap va grant loyihalari hamda akademik mobillik dasturlari.
📚 Chet tillarini (ayniqsa ingliz tilini) mukammal egallash va sohadagi ilmiy yangiliklardan doimiy xabardor boʻlish.
Rektor har bir yutuq qat’iyat va mehnat orqali kelishini eslatib, talabalarga Vatan oldida mas’uliyatli boʻlishni va yetuk mutaxassis boʻlib shakllanishlarini tiladi.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
#Happy_birthday
#SamATI
🎉Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti 6 yoshda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 16-sentyabrdagi 556-sonli qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali siaftida tashkil etlib, Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-son qarori bilan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etilgan.Institut jamoasini ushbu kun bilan muborakbod etamiz! 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
#7_MilliyDastur
#35_yil_35_natija
“Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Raqobatbardosh kadrlar
Kuchli universitetlar
Ilm-fanga tayangan iqtisodiyot
Yangi O‘zbekiston — yoshlar kelajagi uchun!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+8
📌 “Birlashib buyuk tarix yaratamiz!” shiori ostida “Ma’rifat karvoni”
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda institutning birinchi prorektori U.Nurullayev, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professori Sh.Umarov, “Yuksalish” harakati viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari N.Qudratov hamda Samarqand pedagogika universiteti o‘qituvchisi A.Jumayev ishtirok etib, yoshlarga ilm-fan, ma’rifat, birlik va xalqimizning boy tarixiy-ma’naviy merosi haqida ma’lumot berdilar.
Muloqotda yoshlarni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish, vatanparvarlik va milliy g‘ururni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi. Talabalarning fikr va takliflari tinglandi.
Maqsad — yoshlarda ilm-ma’rifatga qiziqishni oshirish, birlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda ularni mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan faol shaxslar etib tarbiyalash.
🏛 SamATI Axborot xizmati
Website | Telegram | Facebook
| Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
“Dars” — ustozga ehtirom, ma’rifat va kitobxonlik haqida yangi film
👍 24-sentabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
🦋 Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan film 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yaratilgan.
🎬 Film markazida — O‘qituvchining inson kamolotidagi o‘rni, ustoz-shogird an’analari, ta’lim va tarbiyaning ahamiyati. Bosh qahramon O‘ygiz obrazi orqali yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, mutolaa va ma’rifatga qiziqishni oshirish g‘oyalari yoritiladi.
Filmda insoniylik, mehr-oqibat, milliy qadriyatlar va ustozga hurmat samimiy va hayotiy voqealar orqali aks ettirilgan.
🎞 “Dars” 25-sentabrdan mamlakatimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
🔷Premyera: 24-sentabr, 18:00
🔷Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
🟦🟦🟦
Xotin-qizlar uchun innovatsion tanlov!
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanloviga start berildi!Tanlov xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 🟣TOP-100 loyiha mualliflari sertifikat va mukofot puli bilan taqdirlanadi. 🟣Loyihalar “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida namoyish etiladi. ➡️Loyihalarni Innomarket.uz platformasi orqali 30-sentabr, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
⚡️ Innomarket.uz platformasi orqali loyiha topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma🌐 Tanlov haqida
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Repost from Edu.uz
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan. To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi. To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Fanlar Akademiyasi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining yangi mavsumiga start beradi.
☑️Turnirda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida sentyabr oyining uchinchi o‘nkunligida tashkil etiladi.
➡️ Turnir nizomi va yo‘riqnomasi
🏆 Turnir mintaqaviy bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari, shuningdek, o‘zi tahsil oladigan oliygoh tomonidan (har bir jamoa a’zosi) bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida pul bilan taqdirlanadi.
🏆Respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Finalda qatnashgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Repost from Edu.uz
Toshkent kelajagi muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Toshkent shahrining bugungi holati va kelajagi, shaharsozlik hamda ekologik masalalarni muhokama qilish maqsadida qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashdi.
Toshkent shiddat bilan kengayib borayotgani, shaharsozlik va ekologiya bilan bogʻliq bugungi vaziyatni inobatga olgan holda, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy eʼtibor va tahlilni talab qilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan katta yuklama, elektr hamda suv taʼminoti bilan bogʻliq muammolarga eʼtibor qaratildi. Toshkentni har bir yurtdoshimiz va poytaxtimiz mehmonlari uchun yanada qulay, koʻrkam, ozoda va xavfsiz shaharga aylantirish maqsadida biznes vakillari, mutaxassislar, urbanistlar, ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish muhim. Bunday tashabbuskor biznes vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan zimmaga yuklatilgan asosiy vazifalardan biri ekani qayd etildi.Bu jarayonda oliy taʼlim muassasalari ham ilmiy yondashuv va zamonaviy yechimlar asosida shahar rivojiga munosib hissa qoʻshishi kerak. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
