ch
Feedback
SamATI | Rasmiy kanali

SamATI | Rasmiy kanali

前往频道在 Telegram

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy

显示更多
1 922
订阅者
+224 小时
+17 天
+23630 天
帖子存档
🐄 “YOSH CHORVADOR VA VETERINARLAR” ILMIY-AMALIY TO‘GARAGI O‘TKAZILDI 📍 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institut
+8
🐄 “YOSH CHORVADOR VA VETERINARLAR” ILMIY-AMALIY TO‘GARAGI O‘TKAZILDI 📍 Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti “Dorivor o‘simliklar va oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi qoshidagi “Yosh chorvador va veterinarlar” ilmiy-amaliy to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. 📣 Unda Agrobiologiya fakulteti Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 17-25-guruh talabasi Barotov Yoqutbek — “Veterinariya-sanitariya ekspertizasining mahsulotlarni saqlash sharoitidagi o‘rni va ilmiy asoslari” mavzusida; Zooinjeneriya (turlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich 11-23-guruh talabasi O‘rozov Temurbek — “Hisori va Jaydari qo‘y zotlarining biologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati” mavzusida taqdimot qildi. Tadbir davomida mavzular yuzasidan fikr almashildi, savol-javob va munozaralar tashkil etildi. To‘garak qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tdi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va Xalqaro Forumga tayyormiz! Ertaga - 25-sentabr kuni Samarqand agroinnovatsiyalar va tadq
+8
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va Xalqaro Forumga tayyormiz! Ertaga - 25-sentabr kuni Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida ikkita yirik xalqaro tadbir - Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va Xalqaro Forum o‘z ishini boshlaydi. “Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligi: resurstejamkor texnologiyalar, yashil iqtisodiyot, aqlli qishloq xo‘jaligi va agroturizmni rivojlantirish yo‘llari” mavzusidagi konferensiya; “Iqtisodiy o‘sish va inson kapitalini rivojlantirish uchun ta’limning innovatsion shakllari” mavzusidagi Forum. Mazkur nufuzli tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun institutda tashkiliy va texnik tayyorgarlik ishlari yakunlandi. Tadbirlar doirasida xorijiy va mahalliy olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilinib, ilmiy va amaliy tajriba almashiladi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoyeva BMTda: O‘zbekistonning tanlovi — inson qadr-qimmati O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Uning chiqishida xalqaro keskinlik, BMTning roli, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va sun’iy intellekt masalalari asosiy o‘rin egalladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz Andijon viloyati taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi choralar va tashabbuslarni e’lon qildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🇲🇾 Malayziya delegatsiyasi institutga tashrif buyurdi Bugun Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Malayzi
+4
🇲🇾 Malayziya delegatsiyasi institutga tashrif buyurdi Bugun Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti va “SemuaPay” kompaniyasi vakillaridan tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida universitetning Aqlli yashil texnologiyalar markazi rahbari, Xalqaro va akademik mobillik bo‘yicha direktor o‘rinbosari prof. Dr. Che Zalina Zulkifli, “SemuaPay” kompaniyasi CEOsi Dato’ Khairil Muzamil Abdul Rahman, texnik ekspert Ts. Muhamad Firdhaus va direktor Mr. Mohd Nasri Saharee ishtirok etdi. Delegatsiya institut rektori Sh.Hasanov bilan uchrashib, institutning ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyati hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdi. Uchrashuvda akademik mobillikni rivojlantirish, “Smart Green Technology” yo‘nalishida innovatsion va raqamli yechimlarni joriy etish, tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

💻 “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining institut bosqichi yakunlandi 23-sentabr kuni Samarqand a
+7
💻 “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining institut bosqichi yakunlandi 23-sentabr kuni Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida talaba-qizlarning raqamli ko‘nikmalari va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlovning institut bosqichi o‘tkazildi. Ishtirokchilar IT, dasturlash, robototexnika, mexatronika va startap yo‘nalishlaridagi loyihalarini amaliy namoyish (live demo) orqali taqdim etdilar. 🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Turdiboyeva Nilufar, 4-bosqich 🥈 2-o‘rin — Karimova Sevinchoy, 3-bosqich 🥉 3-o‘rin — Xudoyberdiyeva Zulxumor, 2-bosqich Tanlov talaba-qizlarning IT va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🍓 Koreya texnologiyasi asosida qulupnay yetishtirish boshlandi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 0,2 g
+7
🍓 Koreya texnologiyasi asosida qulupnay yetishtirish boshlandi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 0,2 gektarlik 5-avlod gidroponik issiqxonada qulupnay yetishtirish boshlandi. “Aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazi” loyihasi doirasida Koreyaning “Hanjin Nongong” tashkiloti yetishtirgan “Seolhyang” navli qulupnay ko‘chatlarini ekish va parvarishlash bo‘yicha Agrobiologiya fakulteti talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi. Mashg‘ulotda talabalar zamonaviy gidroponik texnologiyalar asosida qulupnay yetishtirish jarayoni bilan tanishdi. Kelgusida qulupnayning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va mahsulot sifati bo‘yicha kuzatuvlar hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Mazkur ishlar ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📚 Ilmiy tadqiqotlarda antiplagiat tizimidan foydalanish Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida professor-o‘
+2
📚 Ilmiy tadqiqotlarda antiplagiat tizimidan foydalanish Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirokida ilmiy ishlarni antiplagiat tizimi orqali tekshirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminarni StrikePlagiarism kompaniyasi menejeri Verona Bashkareva olib bordi. Tadbir davomida dissertatsiya, monografiya, ilmiy maqola va tezislarni antiplagiat tizimi orqali tekshirish hamda natijalarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilar uchun ilmiy tadqiqotlarda akademik halollikni ta’minlash va zamonaviy antiplagiat vositalaridan samarali foydalanish borasida foydali bo‘ldi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📚 “MILLAT SHAVKATI” - MILLIY QADRIYATLAR VA YUKSAK MA’NAVIYAT TIMSOLI Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Millat shavkati” kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institutning birinchi prorektori U.Nurullayev, Respublika kengashi ijtimoiy himoya bo‘limi mutaxassisi N.Nazarov, Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchi R.Suyunov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Muloqotda kitobdagi g‘oyalar, milliy qadriyatlar, inson qadri, mehnatkashlar huquq va manfaatlari hamda yoshlar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar mutaxassislar bilan muloqot qilib, savollariga javob olishdi. Yakunda kitob mutolaasining yoshlar ma’naviyati, dunyoqarashi va faolligini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlandi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

XALQARO KONFERENSIYADA SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI VAKILLARI ISHTIROK ETDI Bugun Rossiyaning Penza
+3
XALQARO KONFERENSIYADA SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI VAKILLARI ISHTIROK ETDI Bugun Rossiyaning Penza davlat agrar universitetining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Agrosanoat majmuasi: holati, muammolari va istiqbollari” mavzusidagi XXI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Yalpi majlisda institut professori Sh.K.Amirov va Zooinjeneriya ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalari ishtirok etdi. Professor Sh.K.Amirov institut rektorining tabrigini o'qib berdi va ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u “O‘zbekistonda chorvachilikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda tarmoqning bugungi holati, istiqbollari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari yoritildi. Talabalar agrar fan yangiliklari, sun’iy intellektning qishloq xo‘jaligiga tatbiqi va xorijiy tajribalar bilan tanishdilar. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#diqqat_tanlov 🟦🟦🟦 Xotin-qizlar uchun innovatsion tanlov! O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda In
#diqqat_tanlov 🟦🟦🟦 Xotin-qizlar uchun innovatsion tanlov!
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanloviga start berildi!
Tanlov xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 🟣TOP-100 loyiha mualliflari sertifikat va mukofot puli bilan taqdirlanadi. 🟣Loyihalar “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida namoyish etiladi. ➡️Loyihalarni Innomarket.uz platformasi orqali 30-sentabr, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
⚡️ Innomarket.uz platformasi orqali loyiha topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma
🌐 Tanlov haqida
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

⚡️ENERGIYANI TEJASH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi
+3
⚡️ENERGIYANI TEJASH BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-son Farmoni 15-bandi hamda 2024-yil 14-iyundagi PQ-222-son qarori ijrosi doirasida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha brifing o‘tkazildi. Unda Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Bosh muhandis S.Shavkatov, elektromontyor M.Axrorov, komendantlar I.Ahmedova va S.Tirkashovlar energiyani tejash, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Tadbirda elektr energiyasidan tejamkor foydalanish, ishlatilmayotgan jihozlarni o‘chirish, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish va sarfni kamaytirishga e’tibor qaratildi. Energiyani tejash ortiqcha xarajatlarning oldini olish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📚 “MILLAT SHAVKATI” — MILLIY QADRIYATLAR VA YUKSAK MA’NAVIYAT TIMSOLI Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutid
+9
📚 “MILLAT SHAVKATI” — MILLIY QADRIYATLAR VA YUKSAK MA’NAVIYAT TIMSOLI Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Millat shavkati” kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institutning birinchi prorektori U.Nurullayev, Respublika kengashi ijtimoiy himoya bo‘limi mutaxassisi N.Nazarov, Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchi R.Suyunov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Muloqotda kitobdagi g‘oyalar, milliy qadriyatlar, inson qadri, mehnatkashlar huquq va manfaatlari hamda yoshlar faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar mutaxassislar bilan muloqot qilib, savollariga javob olishdi. Yakunda kitob mutolaasining yoshlar ma’naviyati, dunyoqarashi va faolligini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlandi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#XalqaroAvtomobilsizKun 22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” 22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#7_MilliyDastur Mustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyati Kimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi. 🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz. 🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🎓 SLOVAKIYADA GRANT ASOSIDA O‘QISH VA TADQIQOT OLIB BORISH IMKONIYATI! 🇸🇰 2026/2027-o‘quv yilida Slovakiya Respublikasi “M
🎓 SLOVAKIYADA GRANT ASOSIDA O‘QISH VA TADQIQOT OLIB BORISH IMKONIYATI! 🇸🇰 2026/2027-o‘quv yilida Slovakiya Respublikasi “Milliy stipendiya almashinuvi” dasturi doirasida institut talabalari, doktorantlari hamda professor-o‘qituvchilari uchun xorijda o‘qish, ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grant tanlovi e’lon qiladi. 👥 Ushbu dasturda quyidagi nomzodlar qatnashishi mumkin: 🔹 bakalavr talabalari (kamida 2,5 yilni tamomlagan, ya’ni 3-kurs 6-semestr talabalaridan boshlab); 🔹 magistrantlar; 🔹 doktorantlar; 🔹 yosh tadqiqotchilar; 🔹 institut professor-o‘qituvchilari. 📌 Talablar: ▪️ ingliz tilini kamida B2 darajada bilish; ▪️ o‘qish yoki ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha aniq rejaga ega bo‘lish. ⏳ Ariza topshirish muddati: Nomzodlar 2026-yil 8-oktabr sanasiga qadar Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari lozim. ☝️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Bosh bino, 2-qavat, 139-xona 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🌱 PLASTIKLARDAN XOLI OY - TOZA DALA SARI! Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Plastiklardan xoli oy” va
+5
🌱 PLASTIKLARDAN XOLI OY - TOZA DALA SARI! Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Plastiklardan xoli oy” va “Toza dala” chellenji doirasida plastik chiqindilarni dalalarda qoldirmaslik, yoqmaslik va tartibsiz ko‘mib yubormaslik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. ♻️ Institut Axborot-maslahat markaziga qarashli yerlarning yo‘l chetlariga 4 ta maxsus uy o‘rnatildi. Ularda polietilen paketlar, sug‘orish lentalari, mulcha plyonkalari, o‘g‘it qoplari, plastik butilkalar hamda kimyoviy vositalar idishlari yig‘iladi. Yig‘ilgan plastik chiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinadi yoki qayta ishlashga yuboriladi. 🌍 Toza dala — toza tuproq, toza suv va sog‘lom kelajak! ♻️ Plastikni dalada qoldirmaylik — yig‘aylik, saralaylik va qayta ishlashga topshiraylik! 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Italiyaning Tuscia universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturiga saralash boʻlib oʻtdi Institutimizda Italiyaning nufuzli Tuscia universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Italiyaning Tuscia universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturiga saralash boʻlib oʻtdi Institutimizda Italiyaning nufuzli Tusci
+9
Italiyaning Tuscia universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturiga saralash boʻlib oʻtdi Institutimizda Italiyaning nufuzli Tuscia universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 2026-2027-oʻquv yili uchun bakalavriatning quyidagi yoʻnalishlariga talabalar suhbat asosida saralab olindi: 🌱 “Agronomiya” 🍏 “Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi” Suhbat davomida abituriyentlarning mutaxassislik bilimlari, ingliz tilini bilish darajasi va oʻqishga boʻlgan qiziqishi baholandi. Ushbu dastur talabalarga Yevropa taʼlim tajribasi asosida zamonaviy bilimlarni egallash imkonini beradi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan barcha talabalarni tabriklaymiz va oʻqishlarida zafarlar tilaymiz! 🏛 SamATI Axborot xizmati Website  | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube