uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

SamATI | Rasmiy kanali

SamATI | Rasmiy kanali

Відкрити в Telegram

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy

Показати більше
1 914
Підписники
-124 години
-17 днів
-130 днів
Архів дописів
+1
📌Baxmalda kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari 🗓Bugun Baxmal tumanida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori boshchiligida, institut huzuridagi "O'zbekiston-Koreya kartoshka urug'chiligi markazi" ishtirokida kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari o‘tkazildi. Manba: Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

#SamATI #Imkoniyatlar_oliygohi 🎶 SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIQOTLAR INSTITUTI HAQIDA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YARATILGAN YANA BIR MAXSUS TARONA (GIMN!). 😊Institutimizga bag‘ishlangan ushbu maxsus taronani tinglab, o‘z munosabatingizni LIKE ❤️orqali bildirishni unutmang! Sizning e’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun juda qadrlidir! 📲Kanalimizga qo‘shiling: 🌎Ijtimoiy sahifalarimiz👇 ✈️Ma'naviyat olami | 🌐Web site | ✅Facebook | 🌐Instagram | 📹Youtube

📌Baxmalda kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari 🗓Bugun Baxmal tumanida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotla
+5
📌Baxmalda kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari 🗓Bugun Baxmal tumanida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori boshchiligida, institut huzuridagi O'zbekiston-Koreya kartoshka urug'chiligi markazi ishtirokida kartoshka yetishtiruvchilar uchun dala seminari o‘tkazilmoqda. ✅Seminarning asosiy maqsadi kartoshkachilikda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishdan iborat. ✅Dala seminari davomida kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlardan foydalanish va sohada mavjud imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

#SamATI #Xotin_qizlar_kengashi 📌RAHBAR AYOL IMIDJI: MUVAFFAQIYAT SARI YO‘L 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar ins
+7
#SamATI #Xotin_qizlar_kengashi 📌RAHBAR AYOL IMIDJI: MUVAFFAQIYAT SARI YO‘L 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda kelajakda munosib rahbar kadrlar sifatida shakllanishiga ko‘maklashish maqsadida “Rahbar ayol imidji: Muvaffaqiyat sari yo‘l” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi L.Xalmirzayeva tashabbusi bilan o‘tkazildi. Davra suhbatida Samarqand viloyati “Oqila ayollar harakati” hududiy rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b. Yulduz Pirnazarovna Urunbayeva, institut xotin-qizlar psixologi N.Murodova, tyuterlar U.Kushbakova va N.Melikova, “Lider qizlar” klubi a’zolari hamda talabalar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida talaba-qizlarga rahbar ayolning jamiyatdagi o‘rni, boshqaruv faoliyatida mas’uliyat, muomala madaniyati, tashqi ko‘rinish va ishbilarmonlik uslubi, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari hamda samarali yetakchilik fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Davra suhbati qizlarning o‘z salohiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, kelajakdagi kasbiy maqsadlarini belgilash va rahbarlik faoliyatiga intilishini rag‘batlantirishga xizmat qildi. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

😊INSTITUTDA “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILMOQDA 🗓21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosab
+9
😊INSTITUTDA “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILMOQDA 🗓21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan institutda talaba-yoshlar ishtirokida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazilmoqda. ✅Loyihaning asosiy maqsadi talabalarning yozma savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirishdan iborat. ✅Diktant davomida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, davlat tiliga bo‘lgan hurmatlarini namoyon etmoqdalar. ‼️Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusi! 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

Repost from Edu.uz
🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur “Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari g‘olib va sovrindor bo‘ldi Samarqan
+9
🏃‍♀️🏃‍♂️ #Talaba_yugur “Talaba-yugur” musobaqasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari g‘olib va sovrindor bo‘ldi Samarqand shahridagi Turizm markazida 3 kilometr masofada “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda 5 ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
🏆 “Talaba-yugur” musobaqasi natijalari: Yigitlar o‘rtasida: 🥇 Azizbek Boshmonov — Samarqand davlat pedagogika instituti; 🥈 Quvonchbek Xalimov — Samarqand davlat pedagogika instituti; 🥉 Ziyodulla Sag‘dullayev — Samarqand davlat tibbiyot universiteti. Qizlar o‘rtasida: 🥇 Shaxnoza Ziyodullayeva — Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti; 🥈 Gulsevar Bolg‘ayeva — Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti; 🥉 Tiniqoy Ochilova — Samarqand davlat pedagogika instituti.
G‘olib va sovrindorlar medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📌Institut hududiga 200 tup “Yapon saforasi” ekildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti hamda
+6
📌Institut hududiga 200 tup “Yapon saforasi” ekildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Tadbir davomida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini tanlash, ekishda tuproqning ball bonitetini hisobga olish hamda agrotexnik talablarga rioya etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Aksiya doirasida institut hududiga 200 tup “Yapon saforasi” ko‘chati ekilib, hududni yanada obod va ko‘kalamzor qilishga hissa qo‘shildi. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

📌Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi O‘zbekiston Ekologik partiyasining Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani partiya ta
+8
📌Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi O‘zbekiston Ekologik partiyasining Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani partiya tashkilotlari hamkorligida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–206-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining joriy yil oktabr oyi ish rejasiga muvofiq tashkil etilgan tadbirda viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi Xo‘jaqul Muxammadiyev va boshqalar so‘zga chiqib, Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda mahallalarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Davra suhbati davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va hududlarda yashil muhitni shakllantirishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish muhimligini ta’kidladilar. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

😊Institutda Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi 🗓15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari ku
+9
😊Institutda Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi 🗓15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Agrobiologiya fakultetida talaba-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. ✅Tadbirni fakultet dekani, professor S.T. Sanayev ochib berdi. Institut Xotin-qizlar kengashi raisi, dotsent L.B.Xalmirzayeva mehmonlarni ishtirokchilarga tanishtirib, ularning hayotiy tajribasi va mehnat faoliyati yoshlar uchun muhim ibrat maktabi ekanini ta’kidladi. ✅Davra suhbatida Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi ko‘kalamzorlashtirish brigadiri, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mahbuba Normurodova hamda farroshlar brigadiri, Mustaqilligimizning 35 yilligi ko‘krak nishoni sohibi Dilshoda Turopova ishtirok etdilar. ✅Mehmonlar talaba-qizlarga o‘z hayot yo‘llari, kasbiga sadoqati va ko‘p yillik mehnat tajribalari haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, har qanday kasbda halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va mas’uliyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladilar. Tadbir yakunida mehmonlarga institut nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi. ✅Suhbatning amaliy davomi sifatida mehmonlar va talaba-qizlar ishtirokida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida institut hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish, tabiatga mehr va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratildi. 💯Mazkur tadbir talaba-qizlarda mehnatga hurmat, kasbga sadoqat va hayotiy maqsadlarga intilish tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, jamiyat ravnaqida ayollarning munosib o‘rnini e’tirof etishga xizmat qildi. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

😊SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! 🗓Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm markazida bo‘lib o‘tgan “Talaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafonida institutimiz yoshlari ham faol ishtirok etishdi. #Videolavha #SamATI #TalabaYugur2026 #YoshlarSporti 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

📌Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari vakili institutga tashrif buyurdi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instit
+9
📌Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari vakili institutga tashrif buyurdi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Buyuk Britaniyaning Biznes boshqaruvi magistrlari assotsiatsiyasi (Association of MBAs - AMBA) va Biznes ta’limi bitiruvchilari assotsiatsiyasi (Business Graduates Association - BGA) vakili, BGAni rivojlantirish bo‘yicha rahbar Richard Turner tashrif buyurdi. ✅Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif doirasida mehmonni institut rektori, professor Sh.Hasanov kutib oldi. Uchrashuvda rektor institut faoliyati haqida taqdimot qilib, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi. ✔️Muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro akkreditatsiya talablarini joriy etish va istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmon institutda yaratilgan shart-sharoitlar hamda “O‘zbekistonda urug‘lik kartoshka yetishtirish texnologiyalari va ko‘paytirish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. ✅Ma’lumot uchun, Londonda joylashgan AMBA va BGA biznes va boshqaruv ta’limi sifatini baholash hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasida faoliyat yuritadi. AMBA biznes boshqaruvi bo‘yicha magistratura dasturlarini akkreditatsiyalashga ixtisoslashgan bo‘lsa, BGA biznes maktablarining faoliyatini kompleks baholash va ularning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website 📱Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

📌Moziyga sayohat: tarix, tafakkur va ma’naviyat uyg‘unligi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiy
+9
📌Moziyga sayohat: tarix, tafakkur va ma’naviyat uyg‘unligi 😊Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 2-bosqich talabalari kursga mas’ul tyutor O.Nazarov boshchiligida Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar. ✅Sayohat davomida talabalar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida allomaning astronomiya sohasidagi ilmiy kashfiyotlari, Registon maydonida esa milliy me’morchiligimizning betakror namunalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif davomida esa xalqimiz tarixining murakkab va og‘ir davrlari, istiqlol va ozodlik yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan tanishdilar. 💯Mazkur ma’rifiy sayohat talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlarimizga hurmatini oshirish, tarixiy xotirani asrash hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. 🤓 SamATI Axborot xizmati 📱Website 📱Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

Institutda “Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatim gavhari!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi Bugun 21-oktabr - O‘zbek
+9
Institutda “Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatim gavhari!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi Bugun 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan institut talaba-yoshlari o‘rtasida “Ona tilim - millatim faxri, ma’naviyatim gavhari!” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining boyligi, betakror jozibasi va ma’naviy ahamiyatini keng targ‘ib etish, shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyati hamda yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov davomida talabalar o‘z insholarida ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifodalashdagi o‘rni, uning tarixiy ildizlari, boyligi va sofligini asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi fikr-mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning ona tiliga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ona tilini sevish - millatni sevishdir! 🤓 SamATI Axborot xizmati 📱Website 📱Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

Repost from Edu.uz
#SavolJavob #30foizchegirma Pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini davlat tomonidan qoplab berish tartibi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin, qanday tartibda ariza topshiriladi va chegirma qay tarzda qo‘llaniladi? Quyida shu kabi ko‘p berilayotgan savollarga batafsil javob beramiz. ❓30 foizlik chegirma kimlarga beriladi? ❓Kontrakt pulini oldindan to‘liq yoki qisman to‘lagan bo‘lsam, chegirma olamanmi? ❓Ariza berishdan oldin joriy o‘quv yili uchun kontrakt shartnomasi bo‘lishi kerakmi? ❓Yarim grant, yarim kontrakt asosida o‘qiyotganlarga ham chegirma beriladimi? ❓Super-kontrakt asosida o‘qiyotganlar chegirma oladimi? ❓Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi? ❓Agarda mening shartnomam stipendiyali bo‘lsa, shu shartnoma summasining 30 foiziga chegirma beriladimi? ❓Ariza qabul qilingach, shartnoma summasi o‘zgaradimi? ❓Ariza tasdiqlansa, pul darhol OTM hisobiga tushadimi? ❓Ariza topshirishning oxirgi muddati qachon? ❓Bir o‘quv yilida necha marta ariza berish mumkin? Rad etilsa, qayta yuborish mumkinmi? ❓Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini qayerdan tekshirish mumkin? Batafsil videoda 👆 Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/233356 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva I
+6
Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi. Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan. “Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi. Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

✅15 – oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni 🌱Hozirgi kunga kelib shahar va qishloqlar orasidagi farq tobora kamayib bormoqda.
✅15 – oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni 🌱Hozirgi kunga kelib shahar va qishloqlar orasidagi farq tobora kamayib bormoqda. Zero, qishloqlarda ham zamonaviy uylar, kattadan katta do’konlar-u turli o’yingohlar, ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar qad rostlamoqda. Lekin shunday bo’lsa-da, qishloq ayollari boshqalarga nisbatan, samimiyligi, mehnatkashligi, soddaligi va mehmondo’stligi bilan ajralib turadi. Ha, ular murakkab bo’lmagan oddiy uy yumushlarini bajaradilar, tomorqasi-yu bog’idan farzandlari uchun sabzavot-mevalar yetishtiradilar. Ba’zan esa butun dunyodan “uzilgan” holda oilasi bilan tinch va baxtli yashaydiganlar ham ular… 💧Bugun ana shunday ayollarni faqat eslab qo’yadigan kun emas, bugun ularning jasoratlarini olqishlaydigan, milliy qadriyatlarimizdagi o’rni naqadar muhimligini anglaydigan va, aytish mumkinki, ularning oddiy va qishloq havosidek “toza” baxtiga havas qiladigan kundir. P.s: rasm AI yordamida yaratilgan. 🤓 SamATI Axborot xizmati 📱Website 📱Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

😊SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! 🗓Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm markazida bo
+9
😊SamATI yoshlari “Talaba yugur – 2026” marafonida faol ishtirok etdi! 🗓Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm markazida bo‘lib o‘tgan “Talaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafonida institutimiz yoshlari ham faol ishtirok etishdi. 🏆Quvonarlisi, Agrobiologiya fakultetining 2-bosqich talabasi Bolg‘ayeva Gulsevar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi. 👏Gulsevarni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! #SamATI #TalabaYugur2026 #YoshlarSporti 🏛 SamATI Axborot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

😊SamATI yoshlari "Talaba yugur - 2026" marafonida faol ishtirok etdi Bugun Samarqand "Ipak yo'li" turizm markazida “Talaba y
+9
😊SamATI yoshlari "Talaba yugur - 2026" marafonida faol ishtirok etdi Bugun Samarqand "Ipak yo'li" turizm markazida “Talaba yugur – 2026” kuzgi mavsum ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Mazkur mafaronda institutimiz yoshlari ham o'z faolliklarini ko'rsatishdi. Marafondan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar orasida sport va sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ularni qo'llab-quvvatlash va boshqalardan iborat. Mazkur marafonda nafaqat talabalar balki turli tashkilot va ijtimoiy qatlam vakillari hamda maktab o'quvchilari ham ishtirok etdi. 🤓SamATI Axborot xizmati 📱Website  📱Telegram 📱Facebook📱Instagram📱YouTube

Repost from Edu.uz
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” — yoshlar uchun ibratli film Giyohvandlikning inson hayoti, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, zararli odatlarga berilishning og‘ir oqibatlari qisqa metrajli filmda badiiy obrazlar orqali ochib berildi. Film yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan ogoh etish hamda hayotda to‘g‘ri tanlov qilishga undash maqsadida suratga olingan. Mazkur ijodiy loyiha Toshkent xalqaro universiteti, Qo‘qon universiteti hamda Qo‘qon universitetining Andijon filiali hamkorligida amalga oshirildi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram