Edu.uz
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Edu.uz
Канал Edu.uz (@eduuz) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 144 880 підписників, посідаючи 802 місце в категорії Освіта та 302 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 144 880 підписників.
За останніми даними від 24 жовтня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -478, а за останні 24 години на -59, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 18.56%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 13.68% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 26 903 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 19 822 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 34.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 25 жовтня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.
Завантажуємо дані
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 25 жовтня | +1 | |||
| 24 жовтня | +35 | |||
| 23 жовтня | +128 | |||
| 22 жовтня | +295 | |||
| 21 жовтня | +1 591 | |||
| 20 жовтня | +231 | |||
| 19 жовтня | +109 | |||
| 18 жовтня | +12 | |||
| 17 жовтня | +7 | |||
| 16 жовтня | +111 | |||
| 15 жовтня | +35 | |||
| 14 жовтня | +47 | |||
| 13 жовтня | +153 | |||
| 12 жовтня | +120 | |||
| 11 жовтня | +15 | |||
| 10 жовтня | +55 | |||
| 09 жовтня | +101 | |||
| 08 жовтня | +8 | |||
| 07 жовтня | +20 | |||
| 06 жовтня | +61 | |||
| 05 жовтня | +23 | |||
| 04 жовтня | +2 | |||
| 03 жовтня | +52 | |||
| 02 жовтня | +133 | |||
| 01 жовтня | +1 |
Tadbir doirasida yoşlar xorijda ta’lim oliş imkoniyatlari, universitetlarga kiriş talablari va zamonaviy ta’lim dasturlari bilan tanişib, universitet vakillari bilan bevosita muloqot qiliş imkoniga ega böladi. Tadbir Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar, umumta’lim va xususiy maktablarning yuqori sinf öquvçilari hamda maktab maslahatçilari uçun möljallangan.❕Muhim eslatma! Öquvçilar forumda maktab maslahatçilari yoki öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari hamrohligida qatnaşişlari şart. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
| 2 | 🏛TerDUda kuç, ğurur va ğalaba!
Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari va texnikum öquvçilari örtasida kuraş böyiça respublika musobaqasi va seminari bölib ötmoqda!
💪 205 nafar polvon — bir maydonda, yagona maqsad: ğalaba!
🥇 Oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida:
🔹 Öğil bolalar: 66 kg, 81 kg va +100 kg
🔹 Qiz bolalar: 63 kg va 78 kg
🥇 Texnikum öquvçilari örtasida:
🔹 Öğil bolalar: 60 kg va 73 kg
🔹 Qiz bolalar: 57 kg
🇺🇿 Milliy sportimiz şukuhi, polvonlar mahorati va yoşlar azmi namoyon bölayotgan uşbu musobaqa kuraşni keng tarğib etiş, iqtidorli sportçilarni keşf qiliş hamda milliy qadriyatlarimizni uluğlaşga xizmat qiladi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 5 846 |
| 3 | Auditoriyadan işlab çiqariş maydonigaça: kelajak muhandislari qadami!
Neft va gaz sanoati taraqqiyoti zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitgan malakali muhandislarga boğliq. Buxoro davlat texnika universiteti — mamlakatimizda dual ta’limni rivojlantirish va işlab çiqariş bilan integratsiyalaşgan ta’limni yo‘lga qo‘yişda ilğor oliygohlardan biridir.
Bugungi kunda universitetda 812 nafar talaba dual ta’lim asosida tahsil olib, kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantirmoqda. Jumladan, Ilğor muhandislik maktabining Gazni çuqur qayta işlaş texnologiyasi hamda Neft va neft-gazni qayta işlaş texnologiyasi yo‘nalişlarida tahsil olayotgan 50 nafardan ziyod talaba dual ta’lim dasturi asosida soha korxonalarida amaliy tajriba orttirmoqda.
Talabalar Kogon magistral gaz quvurlari boşqarmasi hamda “Buxoro neft bazasi” MÇJ va “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida amaliy tajriba orttirmoqda. Uşbu korxonalarda kafedra filiallari ham tashkil etilgan bo‘lib, talabalar işlab çiqarish jarayonida kasbiy könikmalarini rivojlantirmoqda.
👉Batafsil
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 7 977 |
| 4 | #KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan
📢 «Jadidlar izidan» tanlovining tuman-şahar bosqiçi start oldi!
🤐 Umumiy örta taʼlim maktablari va nodavlat taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida ötkaziladigan «Jadidlar izidan» Respublika tanlovining yangi mavsumi doirasida barça hududlarda tuman-şahar bosqiçi ötkazilmoqda.
⚡️ Tanlov nizomiga köra, iştirokçilar 3 bosqiçda (tuman-şahar, hududiy, respublika) jadidlar hayoti va ijodini örganişga doir şartlar böyiça öz bilimini sinovdan ötkazadilar. Tanlov 2 ta yoş toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf öquvçilari örtasida bölib ötadi.
🟧 Respublika bosqiçi 14 nafar ğoliblari jadidlarimiz tahsil olgan Germaniyaning Gumboldt universitetiga taʼlim sayohatini qölga kiritadi. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalariga kirişda kasbiy (ijodiy) imtihonida soha böyiça eng yuqori ball oliş imkoniyatiga ega böladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 12 449 |
| 5 | “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan”: ÖzDJTU va maktablar hamkorligi kengaymoqda
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” taşabbusi doirasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi oltita umumtaʼlim maktabida Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari oçildi.
Poytaxtımıznıng Çilonzor, Şayxontohur, Sergeli va Uçtepa tumanlari, şuningdek, Parkent tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab va 20-maktabda taşkil etilgan markazlarda zamonaviy öquv xonalari foydalanişga topşirildi, maktablarga xalqaro öquv adabiyotlar sovğa qilindi.
Şuningdek, ÖzDJTU va Parkent tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab örtasida hamkorlik memorandumi, 20-maktab bilan esa hamkorlik şartnomasi imzolandi. Hujjatlarda zamonaviy taʼlim metodikalarini joriy etiş, tajriba almaşiş va öquvçilarni xalqaro sertifikatlarga tayyorlaş kabi yönalişlar belgilandi.
Taşabbus yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi, amaliy könikmalarini rivojlantirişi va kelajakdagi taʼlim hamda kasbiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Batafsil..
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 11 588 |
| 6 | #Forum #StudyInUzbekistan #Taʼlim
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi
28-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilmoqda.
Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.
Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Dasturda:
➖ rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖ taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖ parallel sessiyalar;
➖ “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.
Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.
forum.edu.uz
📅 28-oktabr, 2026-yil
📍 Toshkent, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 15 492 |
| 7 | Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş imtihonlari uçun ruxsatnomalar eʼlon qilindi
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, şuningdek, Qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.
Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.
Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.
Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 26 216 |
| 8 | #SavolJavob
Milliy sertifikat imtihonlarida qaysi alifbodan foydalaniladi❓
Yaqinda yangi özbek alifbosini joriy etişga oid qonun imzolandi. Oldinda esa milliy sertifikat imtihonlari turibdi. Endi uşbu sinovlarda qaysi alifbodan foydalaniladi va javoblar qaysi yozuvda yozilişi lozim?
Imtihon qaçon bölib ötadi❓
2026-yil 24–26-oktyabr kunlari barça hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bölib ötadi.
Test materiallari qaysi alifboda tayyorlangan❓
Test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida tayyorlangan.
Javoblar qaysi yozuvda yozilişi kerak❓
Quyidagilar ham amaldagi alifboda yozilişi lozim:
1️⃣ oçiq turdagi test topşiriqlarining javoblari;
2️⃣ yozma iş (esse)lar.
Nega yangi alifbo emas❓
Yangi alifboni joriy etiş töğrisidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan söng kuçga kirişi belgilangan.
Ya’ni:
— hozirgi imtihonlarda amaldagi alifbo;
— yangi alifbo esa 6 oydan söng kuçga kiradi.
Şu sababli Agentlik tomonidan ötkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 15 358 |
| 9 | #xalqaro_hamkorlik
Aşxobodda ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Turkmanistonning Aşxobod şahrida bölib ötayotgan Markaziy Osiyo va Möğuliston davlatlari ta’lim vazirlarining davra suhbati doirasida Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Ilhom Siradjev qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.
Xususan, Turkmaniston ta’lim vaziri Jumamirat Gurbangeldiyev, Tojikiston ta’lim va ilm-fan vaziri Rahim Saidzoda hamda Qirğiz Respublikasi maorif vaziri örinbosari Nadira Jusupbekova bilan muzokaralar bölib ötdi.
Uçraşuvlarda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz örtasida döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik hamkorlik munosabatlari yangi bosqiçga kötarilgani ta’kidlandi.
Asosiy e’tibor ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş, ta’lim sifatini oşiriş hamda qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş orqali mamlakatlarimiz örtasidagi döstona va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalariga qaratildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 13 437 |
| 10 | #rasmiy_munosabat
Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari doirasida ötkazilgan test sinovlari yuzasidan
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqiçida "Axborot texnologiyalari", "Özbekiston tarixi" va "Xorijiy tillar" fanlaridan Bilim va malakalarni baholaş agentligida (hududlar böyiça) maxsus test sinovlarini topşirişlari belgilangan.
Qarorda test sinovlari böyiça ötiş balining quyi çegarasi töplaş mumkin bölgan eng yuqori ballning 55 foizi etib belgilangan bölib, uşbu çegaradan past ball töplagan yoki test sinovlarida iştirok etmagan talabgorlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilmasligi belgilangan.
Uşbu qarorga muvofiq, 2026-yilning 10-oktabr kuni 2026/2027-öquv yili uçun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqiçiga tavsiya etilgan talabgorlar uçun Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan hududlar kesimida belgilangan fanlardan test sinovlari ötkazildi. Mazkur test sinovlarida jami 1 460 nafar talabgor iştirok etdi.
Test sinovlari natijalaridan norozi bölgan talabgorlardan vazirlikning “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya arizalari qabul qilingan. Har bir apellyatsiya arizasida keltirilgan eʼtirozlar va ularga asos bölgan test savollari apellyatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda körib çiqiladi. Eʼtirozlar asosli deb topilgan taqdirda, tegişli apellyatsiya arizalari qanoatlantiriladi. Körib çiqiş natijalari böyiça tegişli maʼlumotlar talabgorlarning “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali maʼlum qilinadi.
Vazirlik Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarini belgilangan talablar asosida taşkil etiş, talabgorlarning murojaatlarini xolisona körib çiqiş hamda tanlov jarayonining şaffofligini taʼminlaydi.
Talabalardan rasmiy xabarlarni faqat vazirlikning rasmiy sayti va “my.edu.uz” elektron tizimidagi şaxsiy kabinetlari orqali kuzatib borişlarini söraymiz.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 29 230 |
| 11 | #Raqamlaştiriş #Reyting
⚡️Vazirlik raqamli transformatsiya reytingida respublika bo‘yicha yuqori natijani qayd etdi
Davlat taşkilotlarining raqamli transformatsiya holatini baholaş böyiça 2026-yilning birinçi yarim yilligi yakunlariga köra, vazirlik yuqori natijani qayd etdi.
Reyting natijalariga köra, vazirlik 95 foiz natija bilan “yaşil” toifadan joy oldi va davlat organlari orasida 2-örinni, vazirliklar kesimida esa 1-örinni egalladi.
Baholaş jarayonida taşkilotlar faoliyati 6 ta asosiy yönaliş böyiça tahlil qilindi:
▪️Oçiqlik va elektron iştirok — 17,2 ball (95,4 foiz);
▪️Elektron davlat xizmatlari — 17,0 ball (94,3 foiz);
▪️Axborot xavfsizligi — 17,2 ball (95,4 foiz);
▪️Faoliyatning raqamlaştirilganligi — 20,3 ball (92,5 foiz);
▪️Taşkiliy yönaliş — 11,7 ball (97,6 foiz);
▪️Sun’iy intellekt — 12,0 ball (100 foiz).
Erişilgan natijalarga vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantiriş markazi tomonidan ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş va raqamli infratuzilmani rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar ham munosib hissa qöşmoqda.
Kelgusida ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda ta’lim va boşqaruv jarayonlarida raqamli yeçimlar kölamini kengaytiriş orqali yanada yuqori natijalarga erişiş maqsad qilingan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 21 225 |
| 12 | #YoşlarKuni
Yoşlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz oliy ta’lim taşkilotlarida kötarinki ruhda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etildi. Uçraşuvlar yoşlarning bilim va salohiyatini namoyon etiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlash hamda yoşlar örtasida döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Farğona davlat universiteti;
Termiz davlat pedagogika instituti;
Guliston davlat pedagogika instituti;
Urganç davlat pedagogika instituti;
Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti;
Çirçiq davlat pedagogika universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Namangan davlat texnika universiteti;
Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti;
Andijon davlat çet tillari instituti;
Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Guliston davlat universiteti;
Andijon davlat tibbiyot instituti;
Buxoro davlat pedagogika instituti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 25 144 |
| 13 | #Brifing
Pedagoglar uçun kuzgi malaka sinovlari 26-oktabrdan boşlanadi
2026-yilgi kuzgi attestatsiya doirasida maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari taʼlim taşkilotlari pedagoglari uçun malaka (test) sinovlari 26-oktabrdan 28-noyabrga qadar belgilangan jadval asosida ötkaziladi.
Sinovlar hududlar kesimida belgilangan manzillarda taşkil etiladi.
Umumiy örta taʼlim böyiça 32 ta fan va 3 ta yönaliş, maktabgaça taʼlim böyiça 10 ta yönaliş, şuningdek, boşlanğiç taʼlimning matematika, ona tili, öqiş savodxonligi, tabiiy fanlar va tarbiya fanlari böyiça malaka sinovlari ötkaziladi.
Test materiallari özbek, rus va qoraqalpoq tillarida tayyorlangan. Boşlanğiç taʼlim yönalişi böyiça sinovlarni yetti tilda ötkaziş nazarda tutilgan.
Test topşiriqlari ikki bosqiçda aprobatsiyadan ötkazildi. Tarjima qilingan test materiallari esa taşqi ekspertlar jalb etilgan holda ikki marotaba ekspertizadan ötkazildi.
Fanlar kesimidagi test topşiriqlari spetsifikatsiyalari bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.
Barça pedagoglarga malaka sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 24 984 |
| 14 | #Olimpiada #Jarayon
Asosiy olimpiadaning tuman (şahar) bosqiçi davom etmoqda
Ayni kunlarda yurtimiz böylab barça tuman (şahar)larda asosiy fan olimpiadasining ikkinchi — tuman (şahar) boqiçi bölib ötmoqda. Unda iştirok etiş uçun 500 ming nafardan ortiq öquvçi röyxatdan ötgan bölib, jarayonlar 27-oktabrga qadar davom etadi.
4 bosqiçda bölib ötadigan uşbu olimpiada umumiy örta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasbiy ta’lim taşkilotlari öquvçilari örtasida ötkaziladigan, iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning fanlar böyiça bilim va salohiyatini baholaşga qaratilgan respublika miqyosidagi fan olimpiadasi hisoblanadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/237048
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 26 385 |
| 15 | Oliy ta’lim vakillari — Para Osiyo öyinlari sovrindorlari!
Yaponiyaning Aiçi prefekturasi va Nagoya şahrida ötkazilayotgan Aiçi–Nagoya–2026 Para Osiyo öyinlarida Özbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlari va öqituvçilari muvaffaqiyatli iştirok etib, medallarni qölga kiritmoqda.
🥇🥇 Qarşi davlat universiteti talabasi Navröza Axmatova F41 klassida disk uloqtiriş bahsida 30,11 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritdi. Avval yadro uloqtiriş bahslarida ham rekord örnatib, çempionlikka erişgan sportçimiz musobaqalarda ikkita oltin medalni qölga kiritdi.
🥈 Andijon davlat pedagogika instituti talabasi Muhammadabdulloh Tursunjonov T47 klassida balandlikka sakraş bahsida 1,94 metr natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi.
🥈 Qarşi davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi öqituvçisi Sevinçbek Husanov T12 klassida uzunlikka sakraş bahsida 6,54 metr natija körsatib, kumuş medalga sazovor böldi.
🥉 Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Urgançbek Egamnazarov gid-yuguruvçi Sardor Baxtiyorov bilan birgalikda T11 klassida 400 metrga yuguriş bahsida 52,99 soniya natija qayd etib, bronza medaliga sazovor böldi.
🥉 Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya va sport maşğulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi 1-bosqiç magistranti Muhammad Rixsimov F42/63 klassida yadro uloqtiriş bahsida 13,77 metr natija bilan bronza medaliga sazovor böldi.
🥉 Şuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Zuhro Fayzullayeva ayollar örtasida F35 klassida yadro uloqtiriş bahsida 7,57 metr natija körsatib, bronza medalini qölga kiritdi.
Uşbu natijalar sportçilarimizning matonati, qat’iyati va yuksak mahoratini namoyon etib, mamlakatimiz sporti hamda oliy ta’lim muassasalari uçun katta faxrdir.
#ParaOsiyo2026 #Talaba_yutuqlari
#Talabalar_sporti
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 17 768 |
| 16 | Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi.
Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi. Asosan «Ö», «Ğ», «Ş» hamda «Ç» harflarining yozilişi özgartirilmoqda. Şuningdek, «Ng» birikmasi alifboning alohida harfi safidan çiqariladi.
Bu özgarişlar yozuvni ixçamlaştiriş hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda özbek tilidan keng foydalanişni qulaylaştirişga qaratilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 79 477 |
| 17 | 🟦🟦🟦🟦🟦
Termiz davlat universitetida kurash bo‘yicha respublika seminari va musobaqasi o‘tkaziladi
Joriy yil 23–25-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari va texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kurash bo‘yicha respublika musobaqasi va seminari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqa milliy sportimiz — kurashni keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda iqtidorli polvonlarni kashf etishga xizmat qiladi. Kuch, mardlik va matonat bellashuviga marhamat!
📍 Manzil: Termiz davlat universiteti
📅 Sana: 23–25-oktabr
Batafsil: https://new.tersu.uz/news/view/302?l=uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 9 644 |
| 18 | Yangi özbek alifbosi — tilimiz taraqqiyoti va taʼlim sifati yölida muhim qadam
Bugun Taʼlim va ilm-fan vazirligida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun ijrosini taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Unda alifbo islohotining taʼlim tizimi, yoşlar savodxonligi va özbek tilining zamonaviy axborot makonidagi örni uçun ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Prezident Administratsiyasi rahbari qayd etganidek, yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va tilimizning raqamli makondagi mavqeyini mustahkamlaş uşbu islohotning muhim maqsadlaridan biridir.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/236924
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 15 651 |
| 19 | Результаты реформ должны ощущаться в повседневной работе педагога!
Время воспитателя и учителя принадлежит детям. Принимаемые решения и нормы должны облегчать труд педагога и способствовать тому, чтобы уделять больше времени обучению и воспитанию.
В этих целях сформированная министром образования и науки рабочая группа изучила, как на практике реализуются решения, приказы и нормативные документы в детских садах и школах Самаркандской области.
Какие требования отнимают лишнее время? Какой порядок усложняет ежедневную работу? Что необходимо упростить? Эти вопросы обсуждались напрямую с воспитателями, учителями и ответственными лицами. Также было рассмотрено исполнение требований по организации питания детей, медицинскому обслуживанию и санитарно-гигиеническим нормам.
Министр поручил совместно с практикующими специалистами рассмотреть каждый нормативный документ и подготовить соответствующие предложения.
Главная задача — снизить нагрузку на педагогов, ценить их труд и создать условия для того, чтобы они могли уделять больше внимания детям.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 11 778 |
| 20 | Islohotning natijasi pedagogning kundalik işida sezilişi kerak!
Tarbiyaçi va öqituvçining vaqti — bolaning haqqi. Qaror va meʼyorlar pedagogning işini yengillaştirişi, taʼlim-tarbiyaga köproq vaqt ajratişiga xizmat qilişi zarur.
Şu maqsadda Taʼlim va ilm-fan vaziri tomonidan şakllantirilgan işçi guruh Samarqand viloyatidagi boğça va maktablarda qarorlar, buyruqlar hamda meʼyoriy hujjatlarning amalda qanday işlayotganini örgandi.
Qaysi talab ortiqça vaqt olyapti? Qaysi tartib kundalik işni qiyinlaştiryapti? Nimani soddalaştiriş kerak? Bu masalalar bevosita tarbiyaçilar, öqituvçilar va masʼullar bilan muhokama qilindi. Bolalarning ovqatlanişi, tibbiy xizmat va sanitariya-gigiyena talablarining ijrosi ham körib çiqildi.
Vazir har bir meʼyoriy hujjatni amaliyotçilar bilan birga körib çiqib, takliflar tayyorlaşga körsatma berdi.
Maqsad — pedagogning taşvişini kamaytiriş, mehnatini qadrlaş va bolaga köproq eʼtibor qaratişi uçun şaroit yaratiş.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 18 684 |
