uk
Feedback
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

Відкрити в Telegram

Bojxona qo’mitasi www.bojxona.uz Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08 Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy e-mail: info@customs.uz https://www.facebook.com/UZDBQ

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali

Канал O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali (@customschannel) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 24 808 підписників, посідаючи 9 648 місце в категорії Новини і ЗМІ та 3 209 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 24 808 підписників.

За останніми даними від 21 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -476, а за останні 24 години на 22, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Верифікований (Офіційно підтверджено Telegram)
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 12.63%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 10.32% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 3 137 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 2 563 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 0.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Bojxona qo’mitasi www.bojxona.uz Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08 Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy e-mail: info@customs.uz https://www.facebook.com/UZDBQ

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 22 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Новини і ЗМІ.

24 808
Підписники
+2224 години
-217 днів
-47630 днів
Архів дописів
#giyohvandlikka_qarshi_kurash Giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning yoshlar kelajagiga tahdidi “Toshkent” telekanalida efirga uzatilgan “Siz nima deysiz” teledasturida giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning yoshlar hayoti va kelajagiga taʼsiri muhokama qilindi Unda Bojxona instituti xodimi J.Umrzoqov ishtirok etib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash, bojxona nazorati va yoshlar oʻrtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.

#kun_savoli Tovarlar eksportida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati va fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 2026-yil 1-oktabrdan boshlab necha foizga kamaytiriladi?
Anonymous voting

Repost from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoq
+8
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor. Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi. — Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан. Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.

#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan G‘azabni haddan oshirish adovat tug‘diradi, noo‘rin muloyimlik esa obro‘ni yo‘qotadi. Sa’diy Sheroziy

#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi nazorat tadbirlari oʻtkazildi Toshkent
+9
#Xavfsiz_mahalla Sergeli tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi nazorat tadbirlari oʻtkazildi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi U.Qodirov tomonidan tumanda jamoat tartibi va aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi tungi oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Dastlab tumandagi mahallalarga biriktirilgan va tungi xizmatga jalb etilgan bojxona xodimlari bilan muloqot oʻtkazildi. Hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, shuningdek, xizmat intizomiga qatʼiy rioya etish boʻyicha xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shundan soʻng boshqarma boshligʻi “Mehrigiyo” mahallasida boʻldi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot jarayonida koʻp qavatli uylardan birining atrofi devor bilan oʻralganligi, bu aholi harakati hamda favqulodda holatlarda transportlar harakatlanishiga toʻsiq boʻlishi mumkinliga eʼtibor qaratildi. Shu boisdan devorni buzib tashlash va uy atrofini past boʻyli temir panjara bilan oʻrash masalalari koʻrib chiqildi. Navbatdagi manzilda “Joʻn-ariq” MFYda xavfsiz mahalla dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi. Profilaktika inspektorlari va masʼul bojxona xodimlari bilan muloqot oʻtkazilib, hududda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida roʻyxatdan oʻtmasdan yashab kelayotgan fuqarolarni aniqlash va ularni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish lozimligi tushuntirildi.

Vakolatli iqtisodiy operator boʻlishni istaysizmi? Bojxona institutida ushbu yoʻnalish boʻyicha 8 kunlik oʻquv kursi tashkil etilmoqda. Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn ariza toʻldiring va bojxona sohasidagi bilim-koʻnikmalaringizni yanada oshiring!

#Xalqaro_hamkorlik AQSH Bojxona va chegara xizmatining Milliy targetlash markazi delegatsiyasi Bojxona qoʻmitasida boʻlishdi
+3
#Xalqaro_hamkorlik AQSH Bojxona va chegara xizmatining Milliy targetlash markazi delegatsiyasi Bojxona qoʻmitasida boʻlishdi Uchrashuv doirasida ikki mamlakat bojxona xizmatlari oʻrtasida targetlash, xavflarni boshqarish va oldindan elektron maʼlumot almashish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Taʼkidlash joizki, mazkur uchrashuv Bojxona qoʻmitasi raisi A.Mavlonovning AQSH Bojxona va chegara xizmati komissari R.Skott bilan oʻtkazgan ikki tomonlama uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi hisoblanadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa AQSHning Xorijiy elektron yuk maʼlumotlarini almashish dasturi doirasida hamkorlik mexanizmlarini muhokama qilish hamda Oʻzbekiston va AQSH Targetlash markazlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat. Delegatsiya vakillari Markaziy bojxona laboratoriyasi, Targetlash markazi, “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti hamda “Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl bojxona posti faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvlar yakunida yoʻlovchilar va yuklar toʻgʻrisida oldindan elektron maʼlumot almashish, xavflarni tahlil qilish va yuqori xavfli yuklarni oldindan aniqlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi Bojxona qo‘
+7
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi. Rejaga ko'ra, tumanda sentabr–dekabr oylarida 1606 ta oila va 6 645 nafar aholini turli xizmatlar bilan qamrab olish, 1 360 nafar aholining barqaror bandligini ta’minlash, 955 nafar fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, 388 nafar kam daromadli aholiga ko‘maklashish, 9 nafar fuqaroni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda 437 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari belgilangan.
Uchrashuv davomida tumandagi “Bog‘iston”, “Navro‘z” va “Tinchlik” mahallalarida bo‘lib, ushbu hududlarda hokim yordamchilarining kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borayotgan ishlari bilan bevosita tanishildi. Xususan, “Bog‘iston” mahallasi To‘linoy ko‘chasi, 1-uyda yashovchi B.Doniyorov xonadonidagi ijtimoiy masalalar o‘rganildi. Xonadonning ta’mirtalab holatda ekani inobatga olinib, mahalla raisiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda oilaga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, “Bog‘iston”, “Navro‘z” va “Tinchlik” mahallalarida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Repost from ZAMON | RASMIY
13:45 22.09.2026 Katta miqdordagi giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi muxbir: Sohiba Akromova https://t.me/zamon_lavhalar

UZREPORT TV: 1800 AQSh dollari evaziga xorijdan 7,5 kg giyohvandilk vositasini olib kirishga uringan shaxs qo’lga olindi

#Narkovaziyat #giyohvandlikka_qarshi_kurash Respublikamizda 8 oy davomida giyohvandlikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar va narkovaziyat tahlili

Unutmang! O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan radioelektron vositalarni olib kirish Elektromagnit moslashu
Unutmang! O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan radioelektron vositalarni olib kirish Elektromagnit moslashuv markazining tegishli ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi. O‘tgan yilda va joriy yilning 6 oyida bojxona organlari tomonidan jami 2,2 mingdan ziyod radio elektron vositalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yilgan.

Bojxona institutida “Vakolatli iqtisodiy operator vakillarini tayyorlash” boʻyicha navbatdagi oʻquv kursi tashkil etilmoqda.
Bojxona institutida “Vakolatli iqtisodiy operator vakillarini tayyorlash” boʻyicha navbatdagi oʻquv kursi tashkil etilmoqda. 📅 Boshlanish sanasi: 2026-yil 12-oktabr 📚 Kurs davomiyligi: 8 kun 🕑 Oʻquv vaqti: 14:20–17:30 🏫 Taʼlim shakli: anʼanaviy 🗣 Kurs tili: oʻzbek tili Kurs davomida ishtirokchilarga vakolatli iqtisodiy operator faoliyatiga oid zarur bilimlar va amaliy koʻnikmalar beriladi. 📌 Hozirda o'quv kursida ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlardan arizalar qabul qilinmoqda. 📧 Arizalarni yuborish uchun elektron pochta manzili: bi@customs.uz ☎️Batafsil ma'lumot olish uchun: 71-202-99-90 (ichki raqam 43-17)

Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim! “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda. Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish. Takliflaringizni quyidagi platforma orqali yuboring! murojaat.byurokratiyasiz2030.uz

#intellektual_bojxona 📲 Bojxona nazorati yanada shaffoflashmoqda! O‘zbekiston bojxona organlari qator xorijiy davlatlar bilan eksport deklaratsiyalari bo‘yicha elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ydi. ➡️ Tovar chegaraga yetib kelmasdan turib, eksport deklaratsiyasidagi ma’lumotlar import ko‘rsatkichlari bilan avtomatik solishtiriladi. ➡️Tafovutlar aniqlansa, xavf signali shakllantirilib, zarur hollarda bojxona auditi o‘tkaziladi. ➡️Tizim bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashning oldini olish va halol tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. 📌 Raqamli bojxona — shaffof va samarali nazorat garovi!

#kun_intervyusi KUN INTERVYUSI (116-son) Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning samarasi yuzasidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘zlari so‘z yuritishadi. Loyihaning navbatdagi mehmoni Farg'ona viloyatida faoliyat olib boruvchi "Wood eksport trade" korxonasi ish yurituvchisi Bohodir Jurayev.

#kun_savoli 2030-yilga qadar bojxona tushumlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini necha foizga yetkazish nazarda tutilgan?
Anonymous voting

#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol, Yaproqni ifak qilur, chechak bargini bol. Alisher Navoiy

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida ta
+3
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik. O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik. Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman. — Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем. Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе. В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное глобальное лидерство и поддержку нашей страны во всех ключевых сферах безопасности.

“Yangi Oʻzbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari xodimlarga yetkazildi Prezidentimizning 2026-yil
+9
“Yangi Oʻzbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari xodimlarga yetkazildi Prezidentimizning 2026-yil 27-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona maʼmurchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–174-son Farmoni mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida Bojxona qo'mitasida kasbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari tashkil etildi. Unda Bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Gʻ.Nasirov, markaziy apparat shaxsiy tarkibi, shu bilan birga, hududiy bojxona boshqarmalari, bojxona postlari, Bojxona instituti, hamda Milliy kinologiya markazi xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishdi. Oʻquv mashgʻulotlarida Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, ularning maqsadi va ijrosini taʼminlash mexanizmlari batafsil tushuntirilib, har bir topshiriqning xizmat faoliyatidagi amaliy ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Bunda xodimlarning yangi talab va yondashuvlarni chuqur anglashi, ularni kundalik xizmat jarayoniga toʻgʻri tatbiq etishi muhim vazifa sifatida belgilangan. Shuningdek, mashgʻulotlar doirasida 2026–2030-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari ham xodimlarga birma-bir tushuntirib berildi. Negaki, mazkur strategiya doirasida belgilangan vazifalar bojxona tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, xizmat jarayonlarini takomillashtirish va samaradorlikni yanada oshirishga qaratilgan.